Kimyoviy texnologiya



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə7/46
tarix01.02.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#82140
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   46
Kimyoviy texnologiya

Gess qonuniga muvofiq, kimyoviy reaksiyalarning turg‘un hajm va turg‘un bosimdagi issiqlik effekti sistemaning boshlang‘ich va oxirgi holatiga bog‘liq bo‘lib, jarayonning borish yo‘liga, qanday oraliq bosqichlar orqali bog‘langanligiga bog‘liq emas.
Termokimyoviy hisoblashlarda Gess qonunidan keltirib chiqarilgan ikkita xulosadan foydalaniladi:
1) kimyoviy reaksiyaning issiqlik effekti reaksiya mahsulotlarining hosil bo‘lish issiqligi yig‘indisidan reaksiyaga kirishayotgan moddalarning hosil bo‘lish issiqligi yig‘indisining ayirmasiga teng.
Moddalarning hosil bo‘lish issiqligini hisoblashda modalar oldidagi stexiometrik koeffitsientlar, albatta hisobga olinadi.
Kimyoviy reaksiyaning issiqlik effektini aniqlash tenglamasi quyidagicha yoziladi:
(2.2.3)
Masalan, alyuminiy oksid va sulfat angidriddan alyuminiy sulfat tuzi hosil bo‘lish reaksiyasining issiqlik effektini aniqlash zarur bo‘lsa, dastlab reaksiya tenglaasini yozib, koeffitsientlar tenglashtiriladi:

bo‘ladi.
2) Kimyoviy reaksiyaning issiqlik effekti reaksiyaga kirishayotgan moddalarning yonish issiqligi yig‘indisidan mahsulotlarning yonish issiqliklari yig‘indisini ayirmasiga teng bo‘ladi.
(2.2.4)
Gess qonunidan keltirib chiqarilgash shu ikkita qoida asosida standart sharoitda berilgan noorganik moddalarning hosil bo‘lish va organik moddalarning yonish issiqliklaridan foydalanib turli xil reaksiyalarning issiqlik effektlarini aniqlash mumkin.


Kimyoviy reaksiyalar uchun 3 xil issiqlik effekti ifodasi mavjud: a) reaksiya issiqligi; b) molekulaning hosil bo‘lish issiqligi; v) yonish issiqligi.


Reaksiya issiqlik effekti - ma’lum reaksiyada ajralgan yoki yutilgan issiqlikdir. Masalan:
Bu erda, g-gaz; s-suyuqlik va k-qattiq holatlar.
Hosil bo‘lish issiqligi - 1 mol molekula oddiy moddalardan hosil bo‘lganda ajralgan yoki yutilgan issiqlikdir. Masalan,
,
,
,
bu erda - sulfat kislota, oltingugurt (IV) - oksidi va N2O
ning hosil bo‘lish issiqlik effekti.
Oddiy modda (N2, O2, N2, CH2 va hokazo) molekulalarining hosil bo‘lish effekti nolga teng deb qabul qilingan.

Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin