Kimyoviy texnologiya


Qobiq-trubali issiqlik almashinish qurilmalari



Yüklə 320,77 Kb.
səhifə19/31
tarix07.01.2024
ölçüsü320,77 Kb.
#208732
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   31
Kimyoviy texnologiya-fayllar.org

Qobiq-trubali issiqlik almashinish qurilmalari. Bu qurilmalar silindrik
qobiqdan va unda zich joylashtirilgan trubalar o‘ramidan iborat. SHuning uchun, 

konstruksiyalari har xil bo‘lishiga qaramasdan, bunday issiqlik almashinish


qurilmalarini montaj qilish, ularning og‘irligi, o‘lchami va fazoda joylashishiga 
bog‘liqdir.
Hozirda ishlab chiqarilayotgan qobiq-trubali issiqlik almashinish qurilmalarining 
og‘irligi va o‘lchamlari, ularni montaj maydonchasiga tayyorlovchi – zavod tomonidan
yig‘ilgan ko‘rinishda 
transportirovka
qilish imkonini beradi. 


Transportirovka


qilish uchun temir yo‘l platformalari, treylerlar, avtomashinalar va
boshqalardan foydalaniladi. 
Issiqlik almashinish qurilmalari loyihaga turli belgilarda gorizontal yoki vertikal
holatda o‘rnatiladi. Ular uchun tayanch konstruksiyalari bo‘lib: beton yoki temir-beton 
anker boltli ustunlar (past gorizontal holatda) va baland metall konstruksiyalar to‘sinlari
(vertikal joylashganda va yuqori balandliklarda gorizontal joylashganda) xizmat qiladi. 
Qurilma qobig‘iga oraliq masofalari normalga to‘g‘ri keladigan ikkita tayanchlar
payvand qilinadi (2.2 a-rasm). Issiqlik almashinish qurilmasini mavjud bo‘lgan 
poydevorga o‘rnatish uchun tayanchlar orasidagi masofani kichik chegaralarda
o‘zgartirish mumkin. Qurilmaning qobig‘i va tayanchlari orasida po‘lat listlardan 
yasalgan qistirmalar joylashtirilishi kerak. Ular qobiqdagi shikastlanishni oldini oladi.
Vertikal joylashgan issiqlik almashinish qurilmalari qobig‘iga tayanchlar o‘rniga 
mustahkamlik qovurg‘alariga ega bo‘lgan panjalar payvandlanadi (2.2 b-rasm).


2.2 –rasm. Issiqlik almashinish qurilmalarini montaj qilish usullari 

a- 2 ta kran yordamida; b – quvur o‘tkazgich yordamida; v – isitkich bloklarini kran


yordamida; 


g - vertikal isitkichlarni monobalka yordamida; I – gorizontal issiqlik almashinish 


qurilmalar tayanchi; II – vertikal issiqlik almashinish qurilmalarining tayanchlari.
Ko‘p hollarda issiqlik almashinish qurilmalarini loyiha nuqtasiga o‘zi yurar 
kranlar yordamida o‘rnatiladi. Agar, ayrim hollarda kranning yuk ko‘tarish qobiliyati
etarli darajada bo‘lmasa, issiqlik almashinish qurilmalari ikkita kran yordamida 
o‘rnatiladi. rasmda issiqlik almashinish qurilmalarini ko‘tarish va o‘rnatilishi
ko‘rsatilgan. 
Ikkita va undan ortiq
yarusda

joylashgan issiqlik almashinish qurilmalarini bir


necha qurilmalardan iborat yirik bloklarda, o‘zaro trubalar bilan bog‘langan holda, 
ko‘tarish maqsadga muvofiq.
Bir turdagi issiqlik almashinish qurilmalarini ko‘tarish va ularning trubali 
bog‘lanishlarini
unifikatsiyalash
uchun ularni tayyorlashda qobiq va taqsimlovchi
kamera shtutserlarining loyihadagi o‘lchamlari aniq bajarilishi zarur.
Issiqlik almashinish qurilmalari holatini sath yoki shovun bilan tekshiriladi.
Issiqlik almashinish qurilmalari gorizontal o‘rnatilganda qobiq va tayanchlar 
oralig‘idagi temperaturalar deformatsiyasi bir necha millimetrga etishi mumkin. Shuning
uchun tayanchlardan biri qo‘zg‘aluvchan bo‘lishi mumkin. 
Sirpanuvchi yuzalarni shunday muhofazalash kerakki, bunda qisib qolish holatlari
bartaraf qilinishi kerak.
Montaj qilinayotgan issiqlik almashinish qurilmalar, tayyorlovchi korxonalarda
sinov bosimi ostida tekshirilgan bo‘lishi kerak. SHuning uchun, montaj maydonida ular 
bitta-bitta bosim bilan tekshirilmaydi. Issiqlik almashinish qurilmasi umumiy texnologik
tizim bilan birgalikda, montaj ishlari tugagandan so‘ng tekshiriladi. Korxona sinovlari 
dalolatnomasi yoki qurilma uzoq vaqt davomida omborda yoki montaj maydonchasida
turib qolgan bo‘lsa, montaj oldidan issiqlik almashinuvchi qurilma taftish qilinadi, 
zarurati bo‘lsa, ta’mirlanadi ham. Nuqsonlarni aniqlash va ularni bartaraf etish usullari,
xuddi yangi issiqlik almashinish qurilmasida bo‘lgani kabi, ekspluatatsiyada bo‘lgan 
issiqlik almashinish qurilmasida ham ularning kostruktiv bajarilishiga bog‘liq. SHuning
uchun har bir qurilmani taftish va ta’mirlanishiga alohida to‘xtalamiz.



Yüklə 320,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin