Birinchi usul xalaqit beruvchi aralashmalarni, masalan silikagel kabi
adsorbentlardagi metal oksidlarini chiqarib yuborishni ta’minlaydi.
Ikkinchi usulda adsorbent sirtda joylashgan faol guruhlar faol bo’lmagan guruhlarga
almashtiriladi. Masalan, silikagelni silanlashda gidroksil guruhlar faol bo’lmagan metall
guruhlarga almashinadi.
Uchinchi usulda adsorbentlarning dezaktivastiyasi, ya’ni faol-ligining kamayishi
sodir bo’ladi. Masalan, suv bug’lari miqdorini o’zgartirish natijasida alyuminiy
oksidining adsorbstion faolligini o’zgartirish mumkin. Bundan tashqari, adsorbent
yuzasiga bug’lanmaydigan organik suyuqliklar kiritish ularning faolligini pasaytiradi. Bu
usul quruq tashuvchi yuzasiga suyuq faza kiritish singaridir. Geotermik modifikastiya
usuli adsorbentlarni 900–1000°S da qizdirishdan iborat bo’lib, bunda qovushib qolish
natijasida adsorbentdagi g’ovaklarning tuzilishsi o’zgaradi va ultrag’ovaklar yo’qolib,
adsorbent sirtida faqat yirik g’ovaklar qoladi.