Kimyoviy texnologiyalar


-rasm. O’rtacha namuna olish



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə6/25
tarix11.02.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#83920
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Materiallar texn-laboratoriya2018

2-rasm. O’rtacha namuna olish.
Rejada ko’zda tutilgan barcha tahlillarni o’tkazish uchun 1000 g xom ashyo sarflanadi, shundan 500 gramm xom ashyoning strukturasi tahlili uchun ketadi (xom ashyoning struktura-agregat tarkibini o’rganish va uning hajmiy massasini aniqlash ishlari odatda maydalanmagan xolatdada o’tkaziladi). Havoda quritilgan va qog’ozga yupqa qilib yoyib qo’yilgan xom ashyoning bir nechta joyidan hammasi bo’lib 200-250 g o’rtacha namuna olinib, hovonchada rezina maydalanadi va hammasi ko’zlari diametri 1 mm bo’lgan elakdan o’tkaziladi. Agar xom ashyo toshsimon bo’lsa, namunaning elakdan o’tmagan qismini suv bilan yuvish, quritish va tarozida tortib ko’rib tuproqsimon skleti miqdorini aniqlash lozim. Shuningdek bu maydalangan xom ashyodan o’rtacha analitik namuna ham olinadi (2-rasm).
Gigraskopik namlikni aniqlash.
Ishdan maqsad: Xom ashyo va materiallarning tarkibidagi gigroskopik namlikni aniqlashdan iborat.
Kerakli reaktiv va jihozlar: xom ashy ova material namunalari, analitik tarozi, quritkich, filtr qog’ozi, eksikator, chinni havoncha, 1sm2 da 10000 ta teshigi bo’lgan elak, byuks va chinni tigel.
Ishning nazariy asoslari: Silikat materiallar tarkibida suv uch turda bog’langan bo’ladi: mexanikaviy suv, gigroskopik suv va kimyoviy bog’liq suv.
Xom ashyoning tarkibidagi qattiq qismlar havodan bug’simon namni singdirib, uni o’zining zarralari sirtida mahkam ushlab turish xususiyatiga ega. Shu sababli havoda qurigan holatdagi xom ashyoda hamisha ma’lum miqdorda suv bo’ladi.
Xom ashyoning havodagi namni singdirish xossasi gigroskopikligi deb, shimilgan nam esa gigroskopik nam (G) deb ataladi.
Tarkibidagi gigroskopik nam miqdori xom ashyoning mexanik tarkibiga undagi organik moddalar yoki turli tuzlarning miqdoriga bog’liq. Gilsimon zarrachalar toshsimon zarrachalarga qaraganda havodan suvni ko’proq singdirib oladi.
Gigroskopik suvni xom ashyo tarkibidagi minerallar mahkam ushlab turgani uchun uni oddiy sharoitda chiqarib bo’lmaydi. Tuproqdan suvni chiqarib yuborish uchun uni termostatda 105 0C gacha qizdirish zarur.
Gigroskopiklik ko’rsatkichidan tahlil natijalarini mutlaqo quruq tuproqqa hisoblash uchun foydalaniladi.
Gigroskopik suv deb, havodan yutib olingan va 100-1050S da quritganda chiqib ketadigan suvga aytiladi. Namunadagi gigroskopik suvni aniqlash uchun quyidagi ishlar qilinadi:

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin