Shuningdek, yana psixokimyoviy qurollar ham mavjud boʻlib, ular, odamni oʻlimga olib kelmay, balki, vaqtinchalik psixik oʻzgarishlar, masalan behushlik, uyquchanlik, eshitish qobiliyatining yoʻqolishi, vasvasa, vaqtinchalik koʻrish qobiliyatining yoʻqolishi kabi holatlarni keltirib chiqaradi. Bunday kimyoviy qurollardan koʻpincha gʻarb mamlakatlari politsiyasi ichki tartibsizliklarni tinchitishda foydalanadi. Bunday moddalar turkumiga xinuklid-3-benzilat (BZ) va lizergin kislotasi dietilamidi kiradi.

Kimyoviy qurolni qoʻllash tarixi
Kimyoviy qurollar nemis armiyasi tomonidan 1915-yyilda Ikri (Belgiya)dagi jangda qoʻllanilgan. Keyinchalik boshqa armiyalar ham qoʻllay boshladi. Kimyoviy qurollar Jeneva bayonnomasi (1925) bilan taqiqlangan. Biroq baʼzi tajovuzkor mamlakatlar bu bayonnomani bir necha bor buzishgan (masalan: AQSH Koreya va Vyetnamda, Isroil Livanda Kimyoviy qurollarni qoʻllagan).
Qrim urushida (1854-yil) Sevastopol qamali vaqtida ingliz harbiylari maxsus qoʻlansa moddalar — odorantlardan foydalanishgan (sassiq qoʻzan effekti). Vyetnam urushida esa AQSH armiyasi defoliant moddalarni qoʻllagan. Bunda Vyetnam ozodlik armiyasi yashiringan qalin changalzorlardagi barglarni toʻkish maqsadi boʻlgan boʻlsa ehtimol.

I jahon urushida kimyoviy qurollar qoʻllash boshlanganida, ular jang nuqtai nazaridan kam samarali boʻlib chiqdi. Kimyoviy qurolning taʼsir samarasi koʻp jihatdan ob havoga — shamolmimg yoʻnalishi va kuchiga bogʻliq edi. Qoʻllovchi tarafning oʻzi ham oʻz kimyoviy qurolidan jiddiy talofotlar koʻrardi va anʼanaviy artilleriyadan kam foyda keltirardi. Keyingi urushlarda esa I jahon urushidagidek katta miqiyosda kimyoviy qurollar qoʻllanilmagan boʻlsa-da baribir alohida holatlarda ulardan foydalanish kuzatilgan.