Kimyoviy qurollar quyidagi xususiyatlariga koʻra farqlanadi: zaharlovchi moddaning odam fiziologiyasiga taʼsiri; taktik maqsadi; taʼsir qilish tezligi; zaharllovchi taʼsirning davomiyligi; Zahrlovchi moddalarning taʼsir turi ham keng: halok qiluvchi — dushman harbiy kuchlarida maksimal sondagi yoʻqotishlar keltirib chiqarishga yoʻnaltiriladi. Bunda asosan markaziy nerv tizimnini ishdan chiqaruvchi Zarin, Zoman, Tabun va V-Gaz kabilar ishlatiladi. Teri qavatlari va koʻzga kuchli toksik taʼsir qiluvchi kimyoviy qurollar esa, terida chuqur tsitologik oʻzgarishlar (yiringlar, yaralar, oʻsmalar) keltirib chiqarish va koʻrish qobiliyatidan mosuvo qilishga qaratiladi. Bunday kimyoviy qurollarga Iprit, Lyuzit gazlari misol boʻla oladi. Umumiy zaharlovchi moddalarga asoslangan kimyovviy qurollarda esa, ularning organizmga taʼsir koʻrsata boshlashi natijasida, qonda kislorod miqdori keskin kamayib ketadi. Bunday moddalarga sinil kislotasi va xlortsian kiradi. Boʻguvchi kimyoviy qurollar birinchi navbatda yuqori nafas yoʻllari va oʻpkani zaharlaydi. — Fosgen va difosgen shunday xususiyatga ega.