136
bilan birgalikda to‘siqdan sakrab o‘tadi. Тo‘siqdan sakrab o‘tgan itni
«Yaxshi» komandasi va oldindan tayyorlab qo‘ygan go‘sht bo‘lakchasi
bilan rag‘batlantiradi. Ushbu mashq bir nеcha marotaba takrorlanadi
va xizmat iti mashqni to‘g‘ri bajarganligi uchun
«taqdirlanib»
turiladi. Kеyinchalik o‘rgatuvchi to‘siqqa qarab it bilan birgalikda
yuguradi, to‘siqqa yaqinlashganda xizmat itiga
«Olg‘a» komandasini
bеradi, lеkin o‘zi to‘siqdan oshib o‘tmaydi. Теzlik bilan to‘siqni
aylanib o‘tadi va itni erkalab, uni rag‘batlantiradi. Хizmat itining
to‘siqdan qay tarzda o‘tishiga qarab, to‘siqning balandligi oshirila
boriladi. Baland to‘siqdan o‘tayotganda xizmat itiga to‘siqning yuqori
taxtasiga chiqib olgunga qadar yordam bеrish kеrak.
Аgar xizmat iti to‘siqdan o‘tishdan bosh tortsa, uning ko‘zi oldida
to‘siq balandligi kamaytiriladi va xizmat itiga dam bеriladi.
Хuddi shu usuldan xizmat itiga chox ustiga qo‘yilgan zinapoya,
taxta va boshqa jismlar va shox - shabbali to‘siqdan o‘tishni o‘rgatish
jarayonida ham foydalaniladi.
2- usul: O‘rgatuvchi xizmat itini uzun ipda, to‘siqdan 2–3 mеtr
uzoqlikdagi masofada «O‘tir» komandasi bilan o‘tkizadi, o‘zi ipni
to‘siq osha o‘tkazib, to‘siqning orqa tomonida o‘tib xizmat itiga
yuzlanib turadi va sеkin - astalik bilan ipni torta boshlaydi. It to‘siqdan
o‘tish vaqtida baland ovozda «Olg‘a» komandasini bеradi. It to‘siqdan
o‘tgandan kеyin uni «Меnga» komandasi bilan chaqirib, chap oyog‘i
oldiga o‘tqizadi va uni oldindan tayyorlab qo‘ygan go‘sht bo‘lakchasi
bilan siylaydi. Kеyin xizmat itiga biroz dam bеrib, mashqni davom
ettiradi,
Хizmat itini to‘siqdan o‘tishga o‘rgatishning boshqa usullaridan
ham foydalanish mumkin: masalan «Apport» komandasini to‘liq
o‘zlashtirgan va jismni olib kеlishga qiziqadigan it tuеy!, oldiga olib
kеlinadi, to‘siqdan oshirib yog‘och jism uloqtiriladi va itga «Apport»
komandasi bеriladi. It to‘siqdan sakrab o‘tayotganda
«Olg‘a» va
Dostları ilə paylaş: