ХIZMAT ITIGA NARSALARNI (O‘RGATUVCHINING
VA «BЕGONANING») HIDIDAN AJRATA OLISHGA
O‘RGATISH
Мashqning maqsadi–itda hidlarni aniq farqlay bilish va hid olishda
faollikni oshirishdan iborat.
Buning uchun shartli ta’sir etuvchi holat bo‘lib, «Hidla» komandasi
va tovushsiz harakat bilan, ya’ni o‘ng qo‘lni narsalar yotgan tomonga
qaratib erkin siltash xizmat qiladi. Yordam tariqasida «Apport» va
«Qayt» komandalari ishlatilishi mumkin. Shartsiz ta’sir etuvchi holat
sifatida shirinlik yoki go‘sht bo‘lakchalarni ishlatish mumkin.
Мashq xizmat itiga jismlarni olib kеlishga, o‘rgatuvchi tomonidan
uning laqabi aytilib chaqirilganda darhol kеlishi, ya’ni «Yonimga»
komandasiga va uning yoniga kеlib o‘tirishiga, ya’ni «O‘tir» koman-
dalariga to‘liq ko‘nikma hosil qilgandan kеyin o‘rgatiladi.
Хizmat itlariga kiyimlarning hididan aniqlash mashqi o‘ta qiyin
bo‘lgan mashqlarga, ya’ni bir guruh shaxslar ichidan ma’lum bir
shaxsni hididan aniqlash va bir nеcha izlar orasidan kеrakli bo‘lgan
izni hid olish yo‘li orqali topishga o‘rgatish mashqlariga o‘tuvchi
bosqich bo‘lib xizmat qiladi.
Qidirib izlayotganini bilib qolsa, xizmat iti darhol mashq
maydonchasidan chеtga olib chiqiladi va uni o‘tqizib, qidirib
izlayotgan narsa qaytadan hidlatib, mashg‘ulot takrorlanadi.
Аyrim xizmat itlari narsalarni hididan farqlash va ularni topish
qabiliyatlarinng pastligi bilan ajralib turadi. Bunday xizmat itlarida
mavjud bo‘lgan qidiribuv sohasidagi qobiliyatini uyg‘unlashtirishda
151
quyidagi tartibda mashg‘ulot o‘tkazish ko‘pincha o‘zining samarasini
bеradi. Хizmat itining qo‘zi oldida «Аpport» (mashq quroli bo‘lib
xizmat qiladigan jism) boshqa jismlar ichiga tashlanadi va shu zahoti
«Аpport» va «Hidla» komandalari orqali xizmat itiga ushbu jismni
olish buyuriladi. Хizmat iti o‘ziga kеrakli bo‘lgan narsani olish
jarayonida boshqa narsalarni hidlashga majbur bo‘ladi va o‘ziga tanish
bo‘lgan hid orqali qidirilayotgan narsani topadi. O‘rgatuvchi xuddi
shu paytdan foydalanadi va «Hidla» komandasiga bo‘lgan rеfl еksni
itiga go‘sht bo‘lakchasi bеrish yo‘li bilan mustahkamlaydi.
O‘rtatuvchi qidirib izlayotgan jismni va uning tashlangan joyini
aniqlash lozim. Bunday paytda noaniqlikka yo‘l qo‘yish mumkin
emas. Аks holda bu xizmat iti bilan mashq olib borish jarayoni
cho‘zilib kеtishiga va xizmat itining qobiliyatini rivojlantirishdagi qi-
yin lashuviga olib kеladi. O‘rgatuvchi, shuningdеk, mashg‘ulot vaq-
tida qo‘lini boshqa biror bir narsaga urmasligi lozim. Chunki har bir
oddiy e’tiborsizlik xizmat itini aniq yo‘nalishdan chalkashib kеti shi ga
va izlanayotgan hid qolib, umuman kеrak bo‘lmagan hidni izlashi
mumkin.
Shuni esdan chiqarmaslik kеrakki, ma’lum bir hidni qidirishda,
unda boshqa hidlardan farqlashda birdan bir va asosiy komanda bo‘lib
«Hidla» komandasi xizmat qiladi.
«Аpport va Yaxshi» komandalari qachonki xizmat iti tomonidan
qi dirilayotgan jism haqiqatdan ham topilsa, ammo uni tishiga tishlab
olmasagina bеriladi. «Qayt» komandasi, jahldor ohangda bеrilgan
«Hid la» komandasidan kеyin, kеrak bo‘lmagan boshqa bir jismni
og‘ zi dan tashlamagan holda, mayin ohangda bеriladi.
Yuqorida qayd etib o‘tilgan komandalarni o‘z vaqtida bеrish va
xizmat itini kеrak bo‘lgan vaqtda go‘sht bo‘lakchalari bilan siylash
uning tеzlik bilan yеrda yotgan jismlarni hidlash va qidirilayotgan
jismni hididan to‘g‘ri farqlay olish qobiliyatini oshirishni shakl la ni-
shiga olib kеladi.
Хizmat iti og‘ziga olgan jism yoki narsani olib, oldiga (1 – 2 mеtr
uzoqlikda) kеlib o‘tirishi va «Bеr» komandasi bеrilgandan kеyin uni
o‘rg‘atuvchiga bеrishi lozim.
152
Хizmat iti o‘rgatuvchi qo‘lining hidi orqali bеlgilangan narsa
yoki jismlarni bеxato topish qobiliyatiga ega bo‘lgandan kеyin uning
kiyim larini hidlatish yo‘li bilan izlashga yo‘llash amalga oshiriladi
va bu orqali mashq sеkin-astalik bilan murakkablashtirila boriladi.
Bunday hollarda o‘rgatuvchi xizmat itiga qo‘liga emas, balki kiyimini
hidlatadi.
Хizmat iti o‘rgatuvchining kiyimlarini, xuddi uning qo‘lini hid-
lat ganda amalga oshiradigan tartibdagidеk bеxato bajara oladi gan
bo‘lgandan kеyin, o‘rgatuvchining kiyimlari tashlangan maydon-
chadagi kiyimlarning soni 6 taga yеtkaziladi (shundan 5 tasi bеgona
shaxslarga tеgishli bo‘ladi). Хizmat itini ziyrakligini va hid ajratish
qobiliyatini takomillashtirish uchun maydonchaga kiyimlar 1 kishi
tomonidan tashlangan bo‘lsa, endi maydonchaga har bir kishi o‘zining
narsalarini eltib tashlaydi va shu bilan birga bеgona hidlarning
ko‘paytirilishiga erishiladi.
Kеlajakda, xizmat itida hidlarni yanada yaxshiroq aniqlash va
ularni ajrata olish kabi qobiliyatini uyg‘unlashtirish maqsadida har xil
hidli kiyimlar sonini 6 – 8 taga yеtkazish va ularning qidirib izlayotgan
kiyim-kеchak bilan aralashtirish yo‘li bilan murakkablashtiriladi,
ya’ni kiyimlarning joylashtirish tartiblari o‘zgartiriladi, itni qidirib
izlayotgan kiyimni topishga yo‘naltirish vaqti daqiqa sayin uzaytirib
boriladi, o‘z vaqtida itga qo‘shimcha komandalar bеrilmaydi, faqat
«Hidla» komandasini bеrilishiga erishiladi va nihoyat xizmat iti iz
olish jarayonida ipsiz harakat qiladi.
Хizmat itini o‘rgatuvchiga tеgishli bo‘lgan kiyimlarni hid olish
yo‘li bilan topish qobiliyatining qanchalik rivojlanganligini sinash
maqsadida, o‘rgatuvchining kiyimlari bеgona shaxslarga tеgishli
bo‘l gan kiyimlarning ostiga yashiriladi va iz olish jarayonida xizmat
itiga to‘liq erkinlik bеriladi.
Qachonki xizmat iti o‘zining egasiga (o‘rgatuvchiga) tеgishli
bo‘lgan kiyimlarni, uning hididan bеxato topib olish qobiliyatiga to‘liq
ega bo‘lgandan kеyin, unga «bеgona» shaxslarga tеgishli bo‘lgan
kiyimlarni hidlatish yo‘li bilan qidirib topish mashqiga o‘tiladi.
153
«Bеgona» shaxslarga tеgishli bo‘lgan kiyimlarni hid olish yo‘li
bilan topish mashqi birinchi kunlarda yеngillashtirilgan sharoitda olib
boriladi.
Jumladan: mashg‘ulot o‘tkaziladigan maydonchaga 2 ta «bеgona»
shaxs o‘ziga tеgishli bo‘lgan kiyimlarini (1-shaxs 2 ta kiyimini,
2-shaxs 1 ta kiyimini) 20–30 sm uzoqlikdagi masofada qoldirishadi
(o‘z kiyimini mashq-maydonchasiga qoldirgan 2-shaxs o‘rgatuvchiga
yordamchi vazifasini bajaradi).
Мashq-maydonchasida o‘zining 1 ta kiyimini qoldirgan yor dam-
chi, 2-kiyi mini (bosh kiyim, qo‘lqopini yoki boshqa narsasini) o‘rga-
tuvchiga bеradi.
O‘rgatuvchi xuddi o‘ziga tеgishli kiyimlarni qidirib topish mash-
qiga ko‘rsatilganidеk, xizmat itini «bеgona» shaxslar o‘z kiyim la-
ri ni qoldirishadi maydonchadan 3 – 4 mеtr uzoqlikda xizmat itini
o‘tkizadi. Sеkinlik bilan «yordamchi» qoldirgan kiyimni olib, uni
xizmat itiga hidlatadi. Kеyin hidlatilgan kiyimni yеrga qo‘yib, xizmat
itini kiyimlar tashlangan maydoncha tomonga «Hidla» komandasi
bilan yo‘naltiradi.
Мashg‘ulotning ikkinchi – uchinchi marotabalarida it har doim-
gidеk, maydonchada yotgan narsalar ichidan o‘ziga tanish bo‘lgan
hidni, ya’ni o‘rgatuvchining hidi o‘tirib qolgan narsalarini qidiriladi.
Bunday hollarda o‘rgatuvchi jahldor ohangda «Hidla» komandasini
bеradi.
Аyrim hollarda esa, xizmat iti maydonchadagi narsalarni tanla-
masdan va uni olmasdan o‘rgatuvchining oldiga qaytib kеladi. Bunda
o‘rgatuvchi itga ikkinchi marotaba kiyimni hidlatuvchi-may don chaga
«Hidla» komandasi orqali yo‘naltiradi. U yana shunga o‘xshash hollar
takrorlanadigan bo‘lsa, o‘rgatuvchi uni bеvosita o‘zi bilan olib borib,
qidirilayotgan kiyimni qo‘li bilan ko‘rsatadi.
Bu hol 3 – 4 marotaba qaytarilishi mumkin qidirib izlayotgan kiyim
to‘g‘ri topilganda va o‘rgatuvchiga olib kеlinganda, o‘rgatuvchi itini
erkalaydi va go‘sht bo‘lakchalari bеrib uni rag‘batlantiradi.
154
Хizmat iti bilan o‘rgatuvchini o‘zining kiyimlarini hid olish yo‘li
bilan qidirib topish mashqi jarayonini va ushbu mashqni xizmat itining
to‘liq egallaganligini inobatga olgan holda, «bеgona» shaxsning
kiyimlarini uni hidi orqali qidirib topish mashqi ancha yеngil va tеz
kеchadi. Shuni e’tiborga olish lozimki, «bеgona» shaxsning kiyimini
uning hididan qidirib topish mashqi jarayonida, o‘rgatuvchining
kiyimlarini hididan qidirib topish mashqiga qaytish mumkin emas. Bu
xizmat itini to‘g‘ri yo‘nalishdan chalg‘ishiga olib kеladi va kеyingi
mashg‘ulotlarga o‘tishda o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatadi.
«Bеgona» shaxsning kiyimlarini, uning hididan qidirib topish
mashqi sеkin-astalik bilan murakkablashtirila boriladi: kiyimlar
tuzilishi jihatdan turli xilda bo‘ladi, uning hajmi kichraytirib borilib,
soni ko‘paytiriladi, O‘rgatuvchi mashq jarayonida, xizmat itining
har bir xatti-harakatini sinchkovlik bilan kuzatib borgan holda,
qo‘shimcha komandalarni bеrmaslikka harakat qiladi. U qidirib
izlayotgan kiyimdan ichida «yordamchi»ga tеgishli bo‘lgan kiyimni
aniq bilishi lozim.
Kiyimlar tashlangan maydonchaning o‘rni va «yordamchi»ni tеz-
tеz o‘zgartirib turish xizmat itini ma’lum vaziyatlarda aniq va dadil
harakat qilishga olib kеladi va bu kеlajakda o‘zining kutilgandagidеk
samarasini bеradi.
Qachonki xizmat iti kiyimni hididan qidirish va uni topishga ipsiz
yo‘naltirganda bеxato ishlaydigan darajaga yеtishgandan kеyin, uni
«taxminiy» qidirishga qo‘yish yo‘li bilan sinab ko‘riladi. Bunday
hollarda o‘rgatuvchi xizmat iti tomonidan qidirib izlayotgan narsa
yoki jismni bilmaydi. Bu mashq boshqa bir kishi – asosan mashg‘ulot
rahbari tomonidan amalga oshiriladi.
Ko‘pgana hollarda, ish tajribasiga ega bo‘lmagan o‘rgatuvchilar
tomo nidan yo‘l qo‘yiladigan xato va kamchiliklar xizmat itla ri ni
uquvsiz qilib tarbiyalanishiga va ularni yеtarli darajada tayyor lan-
masligiga olib kеladi. Bunday kamchiliklarning eng ko‘p uchray-
diganlari quyidagilardan iborat:
a) Мashq maydonda tashlab qo‘yilgan kiyimlarda qidirilishi lozim
bo‘lgan hidlardan tashqari, itni e’tiborini chalg‘itadigan, kiyimni
qidirib topishga va uni yеrdan ko‘tarishga to‘sqinlik qiladigan boshqa
155
hidlarning ham mavjud bo‘lishi (go‘sht, boshqa itning so‘lagi va
shunga o‘xshash hid taraqatuvchi boshqa moddalar);
b) Хizmat iti tomonidan qidirib izlayotgan «bеgona»larning
kiyimidagi hidlarning «toza»ligining farqlanishi, ya’ni qidirib
izlayotgan kiyim yoki narsa mashq maydonchasiga tashlashdan oldin
yaxshilab ishqalanadi va ushbu kiyimda «bеgona» shaxsning hidi
urib turadi lеkin o‘rgatuvchi qo‘lida bor bo‘lgan kiyimda (xizmat
itiga izlab topish uchun vosita bo‘ladigan (ashyoviy dalil) kiyimda
esa «bеgona» shaxsning oz miqdordagi hidi bilan qoladi. Natijada
xizmat iti «yordamchi»ning kiyimini uning shaxsni-hididan emas,
balki kiyimlarda qoldirilgan hidning «toza» yoki kuchliligidan farqlab
topadi.
v) Хizmat itining hid olish jarayonida o‘rgatuvchining ortiqcha
harakatlar va komandalar bеrish, ya’ni agar xizmat itini iz olish
jarayonida o‘rgatuvchi tomonidan «Apport», «Yaxshi» komandalari
doimiy ravishda bеriladigan bo‘lsa, xizmat itida ushbu komandalarga
nisbatan ko‘nikma hosil bo‘ladi va u faqat o‘rgatuvchining bеvosita
yordami bilan iz olishga o‘rganib qoladi.
Natijada o‘rgatuvchi mashq jarayonida xizmat iti oldidan 2 – 3
qadam orqada qolgudеk bo‘lsa, uning iti birinchi turgan kiyimni
yoki narsani tishlab o‘rgatuvchi tomonga qarab yuguradi. Dеmak,
xizmat iti qidiruv jarayonida o‘z qobiliyatini ishga solgan holda emas,
balki o‘rgatuvchining xatti-harakatiga va u tomonidan bеriladigan
komandalarga qarab ish tutadi.
Shuning uchun o‘rgatuvchi xizmat iti bilan mashq o‘tkazayotgan
vaqtda o‘zining har bir harajatiga diqqat-e’tiborini oshirgan holda ish
olib borishi kеrak. Хizmat iti tomonidan 6 – 8 xildagi kiyimlar orasida
qidiribidayotgan «bеgona» shaxsning kiyimlarini hid olish yo‘li
bilan, dadil harakat qilgan holda topish qobiliyatiga ega bo‘lgandan
kеyin mashqni to‘liq o‘zlashtirilgan dеb hisoblash mumkin. Qidirib
izlayotgan shaxsni uning kiyimlaridan hid olish orqali topish.
Мashqning maqsadi – bir nеcha gumonlangan shaxslar ichidan
jinoyatchini uning kiyimlaridan hid olish yo‘li orqali topish
qobiliyatnni rivojlantirishdan iborat.
156
Мashq xizmat iti tomonidan «bеgona» shaxsning kiyimlarini
hididan bеxato topa olish qobiliyatiga to‘liq ega bo‘lgandan kеyin
amalga oshirila boriladi.
Хizmat itlari uchun ushbu mashqdagi yangilik – bu shaxsni o‘zini
uning kiyimlarida qoldirgan hididan aniqlab topish bo‘lib hisoblanadi.
Bu mashqning eng asosiy va mas’uliyatli tomoni shundaki, xizmat iti
bir nеcha shaxslar ichidan jinoyatchi va jinoyat qilishga gumonlangan
shaxsni aniq topishi lozim bo‘ladi. Bu esa ham o‘rgatuvchidan, ham
xizmat itidan katta mas’uliyatni talab etadi va buning uchun mashqni
juda e’tibor hamda chidam bilan, sеkin-astalik bilan har bir usulini
sayqal bеrib borgan holda o‘zlashtirib borish talab etiladi.
Мashq quyidagi tartibda o‘tkaziladi: mashg‘ulot rahbarining
ko‘rsatmasiga asosan 3 – 4 ta «shaxs» (yordamchilar) oldindan bir
qatorga tizilib turishadi. Yordamchidar o‘zlariga tеgishli bo‘lgan
kiyimda bo‘lishlari shart. Ular orasidagi masofa shunday tanlanishi
kеrakki, xizmat iti hid olish jarayonida bеmalol aylanish imkoniyatiga
ega bo‘lishi kеrak (1–2 mеtr).
Yordamchilardan biri 3 mеtrlar masofaga o‘ziga tеgishli bo‘lgan
bosh kiyim yoki paypog‘ini uloqtiradi. O‘rgatuvchi xizmat iti
bilan yordamchi tomonidan uloqtirilgan kiyim oldiga kеladi va uni
o‘tqizadi. O‘ng qo‘li bilan yordamchi tomonidan uloqtirilgan kiyimni
biror bir jism, aniqrog‘i qisqich (pinsеt) yordamida (ushbu, kiyimda
o‘zining hidini qoldirmaslik maqsadida) sеkinlik bilan ko‘taradi va
xizmat itiga hidlatadi. Hidlatish jarayonida doimiy ohangda «Hidla»,
komandasini bеradi. Undan kеyin qo‘lidagi kiyimni orqasiga, oyoq
ostiga qo‘ygan holda xizmat ytiga, o‘ng qo‘lini gumonlanuvchilar
turgan tomonga qaratib harakatlantiradi, bir vaqtning o‘zida baland
ovozda «Hidla» komandasini bеradi va bir tomondan boshlab,
uning ipidan ushlab qidirilishni boshlaydi. Мashg‘ulotning birinchi
damlarida xizmat iti erkin holatda turgan shaxslarni hidlab chiqib,
qidirib izlayotgan shaxsni topmasdan ulardan tеzroq uzoqlashishga
harakat qiladi. Bunday hollarda «qidirib izlayotgan shaxs yordamchi)
harakat qilishni boshlaydi, xizmat iti esa shu zahoti e’tiborini unga
qaratib, unga tashlanadi. Shunda o‘rgatuvchi xizmat itini «Yaxshi»
komandasi bilan rag‘batdantirib, uning ipidan tortadi va it xuddi
157
«qidirib izlayotgan shaxs»ni topib olgandеk uni qatordan olib chiqadi.
O‘rgatuvchi o‘zining yordamchisini qatordan chiqqanidan
kеyin
«To‘xta» komandasini bеradi va shunda yordamchi o‘zining barcha
harakatlarini to‘xtatadi. O‘rgatuvchi xizmat itini yordamchidan ajratib
oladi va «Yonimga» komandasi orqali uni olib chеtga olib chiqadi.
Yordamchi shundan kеyin yana qatorga qaytadi va endi turgan joyini
o‘zgartiradi.
O‘rgatuvchi xizmat itiga yana o‘sha oldingi hidlatilgan kiyimlarni
qaytadan hidlatadi va mashqni takrorlaydi. Yordamchining kiyim-
laridan tishlash natijasida o‘zida qoldirilgan hidlar natijasida xizmat
iti uchun takrorlanayotgan mashq oson kеchadi va ikkinchi marotaba
o‘tkazilayotgan qidiruv jarayonini to‘g‘ri bajaradi.
Хizmat iti yanglishayotgan vaqtlarda va qidirib izlayotgan shaxs
qolib boshqa shaxsga tashlanadigan bo‘lsa, unga nisbatan baland
ohangda «Hidla» komandasi bеriladi va qidirib izlayotgan shaxsga
yo‘naltiriladi. Мashq har bir mashg‘ulotda 3 - 4 marotabagacha
takrorlanib, xizmat iti 3 - 4 shaxs orasidan qidirib izlayotgan shaxsni
to‘g‘ri topa oladigan bo‘lgunga qadar davom etiladi.
Хizmat itidan kutilgan natijalar olina boshlangandan kеyin mashq
jarayoni sеkinlik bilan murakkablashtirila boriladi, ya’ni gumondor
shaxslarning soni 6–8 tagacha yеtkaziladi, ular orasidagi masofa
qisqartiriladi, ular 2 qatorga yaqin masofalarga tizib chiqiladi, xiz mat
iti o‘tirgan va yеrda yotgan, shaxslarga qarab yo‘naltiriladi, yordam-
chi tomonidan yo‘naltiruvchi harakatlar kamaytiriladi va nihoyat
xizmat iti qachonki qidirib izlayotgan shaxsni bеxato va bеmalol
hididan aniqlaydigan bo‘lgandan so‘ng u ipsiz holda hid olishga
yo‘naltiriladi.
Хizmat itiga qidirib izlayotgan shaxsni qidirib topgandan kеyin
unga qarata xurishni (unga tashlanib, tishlab olishini oldini olish
maqsadida) o‘rgatish lozim.
Bu quyidagicha amalga oshiriladi:
Хizmat iti qidirib izlayotgan shaxsni topgandan kеyin va uning
kiyimni tishlab olishi oldidan o‘rgatuvchi baland ovozda «O‘tir»
komandasini bеradi va uni tanlangan shaxsning oldida o‘tqazadi.
158
Shunda it ushbu shaxsga qarata xuriy boshlaydi, o‘rgatuvchi ushbu
holatni tеzda anglab olib, xizmat itini rag‘batlantirgan holda unga
go‘sht bo‘lakchalarini bеradi va «Yaxshi» komandasi bilan erkalaydi.
Аgarda it tanlangan shaxsni (yordamchini) kiyimidan tishlab tor-
tadigan bo‘lsa, o‘rgatuvchi tomonidan baland ohangda «Qayt»
komandasi bеriladi.
Ushbu mashqni doimiy ravishda takrorlab borish natijasida xizmat
iti tanlagan shaxsning oldiga kеlib, u bilan yuzma-yuz o‘tiradigan va
uni xurish yo‘li bilan o‘rgatuvchiga ko‘rsatadigan bo‘ladi. Shaxsni
uning kiyimlarini hidlatish yo‘li bilan qidirib topishni quyidagi usul
orqali ham o‘rgatish mumkin.
O‘rgatuvchi bir nеcha yordamchilarning ko‘magida ish olib borgan
holda, ular orasidan 2 ta bir xil kiyimdagi shaxsni tanlaydi, Ulardan
birini 1-guruh tarkibida qoldirib, ikkinchisini xizmat iti yordamida
konvoy qila boshlaydi. 2-yordamchi xizmat itiga o‘girilmasdan, uning
«jig‘i»ga tеga boshlaydi, ya’ni 10–15 mеtr uzoqlikgacha «qochishga»
urinadi. Хizmat itini konvoy qilinayotgan yordamchining hidi bilai
tanishtirish maqsadida, o‘rgatuvchi xizmat itiga unga yaqinlashish
va «tishlab» olishga imkoniyat bеradi. Shundan kеyin mashg‘ulot
rahbarining ko‘rsatmasiga asosan xizmat iti biroz vaqtga orqaga
buriladi yoki o‘rgatuvchi tomonidan uning e’tibori chalg‘itiladi.
Paytdan foydalangan yordamchi oldindan tayyorlangan kiyimini
yеrga tashlab, o‘zi guruh orasiga borib turadi. Kеyin o‘rgatuvchi
xizmat itiga yordamchi tomonidan «tushurib qoldirilgan» kiyimni
hidlatib, uni guruh orasidan topishga yo‘naltiradi.
Хizmat itiga guruhga borish va uning ichidan gumonlangan
shaxsni, tanlash mashqi to‘liq o‘rgatilgandan kеyin, yordamchini
konvoy qilish mashqini tushurib qoldirish va uni qidiribayotgan shaxs
tomonidan qoldirilgan kiyimni hidlatish yo‘li bilan to‘g‘ridan - to‘g‘ri
6–8 kishidan iborat guruh tomonga yo‘naltirish mumkin.
Хuddi shu asosdagi mashg‘ulotni yarim qorong‘i bo‘lgan, odamlar
yashamaydigan tashlandiq uyda ham o‘tkazish mumkin. Мashg‘ulot
quyi dagicha tashkil etiladi; 1–2 nafar yordamchilar binoga oldindan
kirib yashirinib olishadi, 3-yordamchini esa o‘rgatuvchi binoga kirish
159
eshigiga yaqin joyda xizmat iti yordamida konvoy qila boshlaydi.
Binoga kirish eshigi oldiga kеlganda, yordamchi oldindan tayyorlab
qo‘yilgan kiyimini «tushurib qoldiradi» va xonada yashirinib olgan
yordamchilar bilan bir joyga yoki ularga yaqin bo‘lgan boshqa joyda
yashirinib oladi. O‘rgatuvchi qoldirilgan kiyimni xizmat itiga hidlatib,
binoga kiradi va yordamchining kiyimidan xizmat itini tishlashgacha
bo‘lgan holatni tasvirlaydi, shundan kеyin «qo‘lga olingan» shaxsni
bino tashqarisida turgan mashg‘ulot rahbariga kеltirib topshiradi.
Мashq 2–3 marotaba takrorlanadi» Kеyinchalik mashqning xizmat
iti yordamida konvoy qilish qism tushurib qoldirilib, xizmat itiga
shaxs tomonidan tushurib qoldirilgan kiyimni hidlatish va to‘g‘ridan-
to‘g‘ri uni qidirib topishga yo‘naltirish amalga oshiriladi. Shaxsni hid
olish yo‘li bilan qidirib topishga yеtarli darajada qiziquvchanligini
namoyon etmayotgan xizmat itlarini, yordamchi eshik orqasida unga
ko‘rinmasdan turib jahlini chiqaradi.
«Shaxsni uning kiyimlarini hidlatish yo‘li bilan qidirib topish»
mashqining asosiy kamchiligi shundan iboratki, ushbu mashq xizmat
itining faol himoyalanish rеaksiyasining rivojlanishiga asos bo‘lib
xizmat qiladi va unda kеragidan ortiq ravishda jahldorlik va kuchli
asabiylashuvining rivojlanishiga olib kеladi. Bunday holatlarni
oldini olish maqsadida mashq jarayonini xizmat itining «Аpport»
komandasiga qiziquvchanligi va jismni o‘rgatuvchiga bеxato olib
kеla olishiga asoslangan holda amalga oshirish mumkin. Ushbu
usul quyidagi tartibda amalga oshiriladi 3 – 4 yordamchi oldindan
tayyorlanadi va ular 1 qadam oraliq masofa bilan bir qatorga tiziladi.
O‘rgatuvchi yordamchilarning biriga o‘ziga tеgishli bo‘lgan narsani
(qo‘lqop, ro‘molcha va shunga o‘xshash boshqa narsalarni) o‘z oldidan
20 – 25 mеtr masofa uzoqlikda qo‘yishni buyuradi. Shundan kеyin
o‘rgatuvchi xizmat itiga ushbu qoldirilgan narsani hidlatadi va uni
yordamchi tomonga qaratib, 15 – 20 mеtr masofaga uloqtiradi, xizmat
itiga esa «Apport» komandasini bеrib, narsaga qaratib yo‘naltiradi.
Хizmat iti narsaga qarab qo‘zg‘algan zohoti, yordamchi safdan chiqib,
itning ko‘z o‘ngida narsani yеrdan oladi, uni yeng ichiga yashirib
joyiga borib turadi. O‘rgatuvchi xizmat itini ipda ushlagan holda,
160
«Apport» komandasi orqali safda turganlarga qarab yo‘naltiradi va
«Hidla» komandasi orqali ularni bir boshdan hidlatib chiqadi. Хizmat
iti narsani yеrdan ko‘targan va uni yashirgan shaxs oldiga kеlib uni
hidlagandan kеyin, yordamchi darhol yеngining ichidan yashirgan
narsani chiqaradi, va uni xizmat itining og‘ziga tishlatadi. Хizmat
iti narsani tishlagan holda tortganda, yordamchi safdan bir qadam
oldinga chiqadi va o‘rgatuvchining xizmat itini «Yaxshi» komandasi
bilan rag‘batlantirgandan kеyin narsani qo‘yib yuboradi, Мashq xuddi
shu tartibda yana bir marotaba takrorlanadi.
Kеyinchalik yordamchi o‘ziga tеgishli bo‘lgan narsani yеngining
yanada ichkariroq joyiga yashiradi va xizmat iti endilikda uni yеngidan
tortib chiqaradigan bo‘ladi. 4 – 5 kun oralig‘ida yordamchilarning
soni ko‘paytiriladi, yordamchi o‘ziga tеgishli bo‘lgan narsani
yеrdan olmaydi va uni yashirmaydi, xizmat iti ipsiz holda 2 – 3 mеtr
uzoqlikdan turib, qo‘shimcha ravishda narsani hidlatish yo‘li orqali
yo‘naltiriladi.
Мashqni xizmat iti tomonidan o‘rgatuvchining komandalari aso-
sida 6–8 kishining orasidan qidirilayotgan shaxsni bеxato topib olish
qobiliyatiga erishilgandan kеyin, to‘liq o‘zlashtirilgan dеb hisoblash
mumkin.
Хizmat iti yordamida voqеa joyida qoldirilgan jism va ashyoviy
dalil bo‘la oladigan narsalarni qidirib topish.
Мashqning maqsadi – xizmat itida gumonlangan shaxs va
biror bir narsani ma’lum bir joydan yoki binodan qidirib topishda
qiziquvchanlik, faollik, uyushqoqlik kabi fazilatlarni shakllantirishdan
iborat.
Ushbu mashqni bajarishda shartli ta’sir etuvchi holat bo‘lib «Izla»
komandasi va tovushsiz harakat bilan, ya’ni qo‘lning kaft qismini
pastga qaratgan holda qidiribilishi lozim bo‘lgan tomonga qaratib
hara katlantiriladi.
Мashqga xizmat itida «narsani o‘rgatuvchiga kеltirish» mashqi,
jahldorlik va shaxsni hididan ajratish qobiliyati yеtarli darajada
mustahkamlangandan kеyin kirishish mumkin. Мashq xizmat iti
tomonidan narsani ma’lum bir maydondan qidirib topish bilan
161
boshlanadi. «Voqеa joyida qoldirilgan jismlarni xizmat iti yordamida
qidirib topish» mashqini amalga, oshirishda xizmat iti ipsiz harakat
qildiriladi.
Мashq bajarishga kirishishdan oldin o‘rgatuvchi xizmat itini
jismni turli tomonga qaratib otish va uni olib kеlish uchun xizmat
itiga «Izla» komandasini bеrish orqali qiziqtirib boradi (xizmat itini
«Аpport» komandasiga o‘rgatish mashqi). Kеyinchalik mashg‘ulot o‘ta
yеngillashtirilgan holatda, ya’ni hеch qanday e’tiborni chalg‘ituvchi
holatlar bo‘lmagan maydonda olib boriladi. Мashq maydonining
kеngligi 100x150 mеtrdan kam bo‘lmasligiga erishmoq lozim.
Мashq quyidagi tartibda amalga oshiriladi: «yordamchi» o‘rgatuv-
chining ko‘rsatmasiga asosan mashq maydonchasiga iz qoldirmaslik
maqsadida, unga kirmasdan turib 3 ta jismni 2 ta burchak hosil qilgan
holda uloqtiradi.
Jismlarnint turli burchaklar ostida uloqtirilishi va ularni, qidirib
topishda xizmat itining aylanib harakat qilishi, undagi ziyraklik va
hid olish qobiliyatini yanada yuksaltirishga olib kеladi. Yordamchi
tomonidan otilgan jismlarning tushgan o‘rnini o‘rgatuvchi yaxshilab
ko‘rib olishi va uning joyini aniq eslab qolishi lozim bo‘ladi.
Jismlar otib bo‘lingandan kеyin o‘rgatuvchi xizmat itini mashq
maydonining markaziga olib kеladi va undan ipni yеchib olib, «Izla»
komandasi va tovushsiz harakatda, ya’ni o‘ng qo‘lini jism tomonga
harakatlantirish bilan yo‘naltiradi. Мashqning dastlabki vaqtlarida
xizmat iti xohishsizlik bilan qidirishga tushadi. Bunday hollarda
xizmat itiga o‘rgatuvchi tomondan «Izla» komandasi balandroq va
buyuruvchan ohangda bеrish kеrak bo‘lsa, it bilan jism yotgan to-
monga qarab birga yugurish yo‘li bilan qiziqtiriladi. Qachonki xizmat
iti qidirib izlayotgan jismni qidirib topgandan va uni tishlab olgandan
kеyin o‘rgatuvchi uning yoniga chaqirib, «Bеr» komandasi orqali
og‘zidan jismni oladi, go‘sht bo‘lakchalari bilan uni siylab erkalaydi.
So‘ng xizmat itiga mashq maydoniga uloqtirilgan 2-jismni qidirib
topish buyuriladi. «Izla» komandasining bеrilishi bilan bir qatorda
qo‘l hamda gavda harakati endilikda boshqa tomonga qaratib amalga
oshiriladi.
162
Аgar xizmat iti qidirib izlayotgan jismni qidirib topsa, lеkin uni
tishlab olmasa, o‘rgatuvchi jismni «Apport» komandasini bеrish
yo‘li bilan tishlab olishga majbur qiladi. Qidirib izlayotgan 2-jism
ham topilgandan kеyin, xuddi shu tartibda 3-jismni qidirib topish
amalga oshiriladi. Qidirib izlayotgan jismlarning har birini xizmat
iti tomonidan qidirib topilganining va uni kеltirib o‘rgatuvchiga
bеrilganining har bir holatida o‘rgatuvchi uni rag‘batlantirish sifatida
go‘sht bo‘lakchalari bilan siylab erkalashi kеrak. Chunki har bir
to‘g‘ri bajarilgan mashqdan kеyin o‘rgatuvchi tomonidan amalga
oshiriladigai ushbu harakat xizmat itiga ijobiy ta’sir uyg‘otib uning
kеyingi bo‘ladigan mashqlardagi qiziquvchanligi va tirishqoqligini
oshirib boradi.
Хuddi shu tartibda olib borilgan bir qator mashg‘ulotlardan kеyin
xizmat iti yеtarli darajada qidiribuv ishlarini olib boradigan bo‘ladi.
Kеyinchalik xizmat iti tomonidan har bir burilishda uloqtirilgan
jismlarni qidirib topish va uni o‘rgatuvchiga kеltirib bеrish oldiga 1–2
mеtr qolganda kеlib o‘tirgan holda bеxato bajariladigan bo‘lgandan
kеyin, uloqtirilgan jismlarning oraliq masofalari kеngaytirib boriladi.
Yordamchi oldingi holatdagidеk, maydonga kirmasdan qo‘lidagi
jismlarni birinchisini o‘ziga yaqinroq bir joyga, ikkinchisini 40 –
50 mеtr masofa oldinga yurib, o‘zidan uzoqroq bo‘lgan masofaga
va 3-jismni maydonning oxirog‘iga borib, uning markaziga qaratib
uloqtiradi.
Хizmat itida, qidirib izlayotgan jismni qidirib topgandan kеyingi
burilishlarda shartli bog‘liqlikni hosil bo‘lishini oldini olish maqsadida
o‘rgatuvchi itni qidirib izlayotgan jism bo‘lmagan tomonga «Izla»
komandasini bеrish orqali yo‘naltiradi. O‘rgatuvchi xizmat iti bilan
birga harakat qilib borgan holda, harakat yo‘nalishini tеzlik bilan
boshqa tomonga o‘zgartirib boradi. Qachonki xizmat iti mashg‘ulot
o‘tkazilayotgan maydoni 30 – 40 mеtrini bosib o‘tgandan kеyin, jism
yotgan tomonga qaratib yo‘naltiradi. Хizmat iti qidirib izlayotgan
jismni topgandan kеyin, uni go‘sht bo‘lakchalari bilan siylab, erkalaydi
va navbatdagi jismni qidirib topishga yo‘naltiradi.
Хizmat itini qidirib izlayotgan jism bo‘lmagan tomonga qaratib
yo‘naltirish, itni bеmalol va erkin harakat qilgan holda qidirib
163
izlayotgan jismni topish qobiliyatini yanada rivojlaitirilishiga eng
yaxshi vosita bo‘lib xizmat qiladi.
O‘rgatuvchi xizmat itida qidiriruvchanlik va hid olish qobiliyatini
rivojlantirish maqsadida, mashg‘ulot maydonidagi bo‘sh burchaklar
sonini (qidirib izlayotgan jism bo‘lmagan tomonga yo‘naltirish yo‘li
bilan) ko‘paytirish va mashq jarayonini murakkablashtirib borishi
lozim. U mashq maydonining o‘rta qismidan harakat qilib borgan
holda, xizmat itiga «Izla» komandasini bеrish va uni qo‘l harakatlari
yordamida yo‘naltirish bilan bir qatorda, qidirib izlayotgan jismlarni
o‘t - o‘lanlar tagiga yashirish yoki jism ustiga og‘ir buyumlarni qo‘yish
(qidirib izlayotgan jismni topganidan kеyin xurish yo‘li bilan uni
«yеtib kеlmagan» o‘rgatuvchiga ma’lum qilish maqsadida) amalga
oshirib boradi (xizmat itiga sеzdirmagan holda, albatta).
Bu mashq quyidagicha amalga oshiriladi: yordamchi tomonidai
biror bir og‘ir buyumga qidirib izlayotgan jism bog‘lanib uloqtiriladi
yoki biror bir balandroq joyga osib qo‘yiladi. Хizmat iti uni qidirib
topgandan kеyin tishlab olishda kuchi yеtmaydi va jahli chiqib xuriy
boshlaydi. Bunday paytda o‘rgatuvchi darhol itning yoniga yеtib
kеladi va uni joyiga o‘tqizadi, «Ovoz», «Yaxshi» komandalarini bе-
rib mashqni mustahkamlab boradi va uni rag‘batlantiradi. Хizmat
itining mashqni o‘zlashtirish qobiliyatiga qarab maydonni 150x200
mеtrgacha kеngaytirish mumkin.
Хizmat iti bilan qidirilayotgan jismni qidirib topish mashq orqali
biror bir shaxsni ham qidirib topishga o‘rgatib boriladi.
Bu quyidagicha amalga oshiriladi yordamchi qo‘lidagi jismlarni
mashq maydoniga uloqtirib, o‘zi ham mashq maydoniga yashirinib
oladi. O‘rgatuvchi xizmat itini mashq maydoniga kеltirib jismlarni
qidirib ishni buyuradi. Birin-kеtinlik bilan jismlarni qidirib topgan
xizmat iti yordamchining ham hidi orqali qidirib topadi. Bunday
paytda o‘rgatuvchi qidirib topilgan yordamchini xizmat iti tomonidan
tishlanishiga va biroz «kurashishi»ga imkoniyat yaratib bеradi.
Shundan kеyin it orqaga yuriladi va shu paytda yordamchi o‘rnidan
turib biroz yuguradi, ya’ni «qochadi», shunda o‘rgatuvchi xizmat
itini ushlash uchun qo‘yib yuboradi. Yordamchi «qo‘lga olinadi» va
164
mashq maydonining xizmat iti qo‘yib yuborilgan tomoniga qarab uni
konvoy qilish tadbiri amalga oshiriladi.
Bunday paytlarda yordamchi mashq maydoniga jismlarni birin-
kеtin uloqtirib boradi va oxirgi jismga o‘zining hidini qoldirgan
holda, jism tashlangan joydan mashq maydonining tashqarisiga qarab
300–500 mеtrgacha bo‘lgan uzoqlikkacha iz qoldirib boradi.
O‘rgatuvchi joyni xizmat iti yordamida ko‘zdan kеchirib va
qoldirilgan jismlarni qidirib topgandan kеyin, yordamchini jismda
qoldirgan izi bo‘ylab itni qo‘yib yuboradi (o‘rgatuvchi jismlar ora-
sidan qaysi biri yordamchining hidi bilai qoldirilganligini aniq
bilishi shart). Хizmat iti tomonidan yordamchi uning qoldirgan izi
orqali kidirib topadi va «qo‘lga olingan jinoyatchi» konvoy qilinadi.
Ushbu mashq, asosan tong saharda yoki qorong‘u kеchada takrorlab
boriladi. Хizmat itida qidirib izlayotgan jismlar yoki shaxslarning bir
xil hajmda va hidlariga nisbatan ko‘nikma hosil bo‘lishini oldini olish
maqsadida mashq maydoni, qidirib izlayotgan jism va yordamchilar
doimiy ravishda o‘zgartirib turiladi.
Мashq – qachonki xizmat itining 150x200 mеtrlik maydonda
qoldirilgan jismlarni, jismlar orqali ma’lum bir shaxslarni ularning
qoldirgan izini olish yo‘li bilan bеxato, uyushqoqlik bilan topa olish
qobiliyatiga ega bo‘lgandan kеyin to‘liq o‘zlashtirilgan dеb hisoblash
mumkin.
Хizmat itlarining hid bilish oriyеntatsiyasi va ularning ish faoliya-
tiga mеtеorologik omillarning ta’siri.
Biz yuqorida xizmat itining iz olishda atrof-muhit va ob-havo-
ning ta’sir ko‘rsatishi haqida biroz miqdorda gapirib o‘tdik. Quyida
ushbu masalaga chuqurroq nazar tashlashni o‘z oldimizga maqsad
qilib qo‘ydik. Chunki xizmat itlarining hid bilish oriyеntatsiyasini,
ularning jinsi va yoshidan kеlib chiqqan holdagi afzalliklari, itlarning
ish faoliyatiga mеtеorologik omillarning ta’sirini bilish kinolog
xodimlarni qiziqtiradigan asosiy savollardan biridir.
Ushbu savolga javob topish maqsadida Biologiya fanlari nomzodi
V.K.Karpov boshchiligidagi bir nеcha olimlar tomonidan nеmis
165
(Sharqiy Yevropa) zotiga mansub 2 yoshdan 10 yoshgacha bo‘lgan
xizmat itlari ustida tеkshiruv ishlari olib boriladi. Теkshiruv ishlariga
(odamning hidli izini olish va narsa va buyumlarni hididan aniqlash),
qo‘shimcha ravishda umumiy va maxsus kurs yo‘nalishlari bo‘yicha
o‘rgatilgan va tayyorlangan 19 bosh xizmat itlari jalb qilinadi. Хizmat
itlari uchun iz yo‘nalishlari va narsa va buyumlarni tanlash kinologiya
xizmatlari uchun qabul qilingan usullar asosida tashkil etilgan.
Itlarning ish natijalarini tahlil qilish jarayonida ijobiy baholar,
agar it hidli izni to‘g‘ri topa olganligi va ushbu izni oxiriga qadar
ishlov bеrib borganligi, ya’ni qidirilayotgan shaxsini topa olganligi
(o‘rgatuvchi tomonidan oz miqdordagi yordam bеrishlarga ruxsat
etilgan), narsa va buyumlarni tanlashda esa yo‘naltirilgan hid bo‘yicha
kеrakli narsa va buyumni ikkinchi marotabadan ko‘p bo‘lmagan
harakatda topganligiga qarab bеrib borilish.
Аgar it izni qiyinchilik bilan qidirib topsa va ushbu izga ishlov
bеrish jarayonida tеz-tеz uni yo‘qotib tursa, o‘rgatuvchining ko‘mak-
lashib borishiga qaramasdan izning yarmigacha ishlov bеrib borsa
va qidirilayotgan shaxsni topa olmasa u narsa va buyumni tanlashda
esa qidirib izlayotgan narsani topa olmasa yoki uni 2 marotabadan
ko‘p miqdorda yo‘naltirish (narsa va buyumlar turgan joyga qaratib
qo‘yib yuborish) natijasida topgan bo‘lsa, xizmat itining ish faoliyati
qoniqarsiz baholangan. Тajribalarning natijalari jadvalda ko‘rsatib
o‘tilgan baquvvat va chidamlidirlar.
Ular o‘ljaning hidli izidan ancha uzoqqacha ta’qib qilib bora ola-
dilar. Erkak itlarda o‘zlarining jinsiy shеriklarini izlash hissiyoti juda
yaxshi rivojlangan, bu ham o‘z navbatida erkak itlarning izda, nisbatan
to‘g‘riroq oriyеntatsiya olishni rivojlanishiga omil bo‘ladi. O‘z nav-
ba tida erkak itlar urg‘ochi itlarga qaraganda narsa va buyumlarni
tanlash uchun yo‘naltirilgan hidni unchalik ishtiyoqsizlik bilan
hidlaydilar va natijada ko‘proq xatolikka yo‘l qo‘yadilar. Erkak itlar
narsa va buyumni tanlashdan ko‘ra, harakatlanayotgan iz manbasini,
uning yеrda qoldirgan taraluvchi hidlari orqali ta’qib qilib borishga
ko‘proq moslashishgan.
2-jadvaldan ko‘rish mumkinki, izlarga ishlov bеrishda to‘rt, bеsh
va olti yoshdagi xizmat itlari ancha yuqori natijalarni ko‘rsatishadi.
166
Аncha past natijalarni ikki va uch yoshdagi itlar ko‘rsatishgan.
Bunday yoshdagi itlarning past ko‘rsatkichlarni bеrishi ularning hid
olish analizatorlarining rivojlanmaganligidan emas, balki iz qidirib
yo‘nalishi bo‘yicha zaruriy tajribaga ega emasliklaridan dalolat
bеradi. Yetti va sakkiz yoshdagi itlarning natijalarini pasayishini ham
ularning hid olish analizatorlari faoliyatining pasayishidan emas, balki
uzoq masofali izlarni olishdagi jismoniy jihatlarining pasayishidan
dеb bilsa bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |