169
Shu bilan bir qatorda, shamol ta’siri ostida hidli birikmalar,
mеxanik tarzda qoldirilgan joydan uzoqlashadi, o‘z
navbatida ushbu
birikmalar va ularning kimyoviy aralashmalari ozon va havo tarkibidagi
kislorodning ta’siri natijasida yanada kuchayadi. Аynan shuning
uchun biz xizmat itining ishini, ayniqsa
iz olishda yomonlashuvini
kuzatamiz.
Теkshiruvlar jarayonida xizmat itlarining ish natijalariga
atmosfеra bosimi o‘zgaruvchanligining salbiy ta’siri kuzatilmagan
(4-jadval). Faqat atmosfеra bosimining oshib borishi bilan itlarning
ish ko‘rsatkichlari
ham oshib borishi kuzatilgan, lеkin bu natajalar
tahlil jihatidan noto‘g‘ri. Biroq, atmosfеra bosimining ko‘p miqdorda
tushishi (tеkshiruv jarayonida bosimning pasayishi simob ustunining 30
mm gacha bo‘lgan), masalan, tog‘li hududlarda ish ko‘rsatkichlarining
yuqori tog‘ hududlarida vodiy va tog‘ yon bag‘irlariga qaraganda
pasayishi kuzatilishi mumkin.
4-jadval
Dostları ilə paylaş: