170
bo‘lib hisoblanadi. Karpov boshchiligidagi guruh juda qisqa vaqt
mobaynida aynan bir joyning o‘zida namlik darajalarini o‘zgarib
turganligini yoki bir vaqtning o‘zida boshqa-boshqa hududlardagi
havo namligi turlicha bo‘lishini guvohi bo‘lishgan. O‘tli o‘simlik
ichidagi namlik, o‘simlikning ustki qismidagiga qaraganda 10–15
foizga ko‘p. Bu xizmat itlarining iz olishi uchun juda qulaydir, chunki
odam oyoqlari orqali tuproq qatlamiga yеtkazilgan hidli birikmalar
namlikka tushadi va bu o‘z navbatida tuproq qatlami yoki prеdmеtlar
ustida hidning uzoq muddatga saqlanib turishiga imkon bеradi.
Balki, havodagi namlikning oshishi bilan hidli molеkulalar juda
kam miqdordagi faollik bilan prеdmеtlarning yuza qismini tark etadi
va shuning uchun uzoq muddatgacha havoda anqib turadi, buni esa
xizmat itlarining hid bilish organlari ilg‘ab oladi.
Havodan namlikning nisbatan pasayib kеtishi xizmat itlarining
burun bo‘shlig‘idagi shilliq pardalarining qurishiga olib kelishi ham
ehtimoldan xoli emas va bu itning iz olish hamda narsa va buyumlarni
tanlashdagi natijalarini pasayishiga
olib kеlishi mumkin.
5-jadval
Dostları ilə paylaş: