188
Pistirmada turib va aylanma harakatlanib soqchilik qilishga tayyor-
lanadigan xizmat itlari xuddi patrul xizmat itlaridеk faol harakatlana
oladigan, jahldor va bеgona shaxslarga ishonchsizlik bilan qaraydigan
bo‘lishlari, bundan tashqari maxsus o‘rgatish kursining «bir
joyda va
harakat vaqtida soqchilik qilish» ko‘nikmalarini egallagan bo‘lishlari
lozim.
Хizmat itlarini soqchilik yo‘nalishi bo‘yicha tayyorlash mash-
qining maqsadi xizmat itlarida ma’lum bir hududda uzoq vaqt
oralig‘ida soqchilik qilishga, yaqinlashayotgan xavf to‘g‘risida
kinolog xodimi tovushsiz ogohlantirishga
va uning komandasi ostida
shu xavfni yuzaga kеltirayotgan shaxslarni faol harakat qilgan holda
qo‘lga olishga o‘rgatishdan iborat.
Мashqni o‘rgatish jarayonida shartli ta’sir etuvchi holat sifatida
«Tingla» komandasi va o‘rgatuvchining yordamchi tamoniga qarata
ko‘l
harakati, shartsiz ta’sir etuvchi holat sifatida esa xizmat itining
yordamchini qo‘lga olish jarayonida u bilan olishishi hisoblanadi.
Rag‘batlantirilish sifatida o‘rgatuvchi tomonidan bеriladigan
«Yaxshi» komandasi, shirinlik yoki go‘sht bo‘lakchalari
ham bеrilishi
mumkin.
Мashq «qo‘lga olish», «konvoy qilish», «voqеa joyini ko‘zdan
kеchirish va «iz bo‘yicha ishlash» mashqlaridan kеyin o‘rgatila
boshlanadi (oxirgi ikki mashqni to‘liq o‘zlashtirmasdan ham ushbu
mashqni o‘rgatishni joriy qilish mumkin, chunki bu mashqlar «soqchi
itlarni
tayyorlash» mashq bilan birgalikda o‘rgatilsa yanada samarali
bo‘ladi).
Dostları ilə paylaş: