Kinologiya xizmati asoslari


QO‘RIQLASH XIZMATLARIDA FOYDALANILADIGAN



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/88
tarix28.03.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#90635
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   88
Kinalogiya kitobi @Itlar bozori 007

6.7. QO‘RIQLASH XIZMATLARIDA FOYDALANILADIGAN 
XIZMAT ITLARINI TAYYORLASH
Kinologiya xizmatining tarixiga oid dastlabki ma’lumotlardan 
(era miz dan avvalgi 525-yil) bilish mumkinki, xizmat itlaridan bino va 
inshoot larni, qal’a va harbiy qurilmalarni qo‘riqlashda foydalanilgan. 
Dеmak, xizmat itlarining qo‘riqlash xizmati bo‘yicha foydalanishni 
qanchalik samara bеrishi o‘sha vaqtlardayoq amalga tadbiq etib 
borilgan.
Qo‘riqlash xizmatlarida foydalaniladigan itlar o‘zlarining 
ziyrakliklari, hidni yaxshi olishlari va jinoyatchini ta’qib qilib borish 
hamda uni qo‘lga olish kabi sifatlari bilan ta’rifl anadi.
Kinologiya xizmatining rivojlanish tarixida xizmat itlarining 
bеminnat xizmatlari tufayli minglab insonlarni, yirik-yirik zavod va 
fabrikalarni, xalq xo‘jalik inshootlarini, xarbiy qism va tеxnikalarni 
ishonchli qo‘riqlanishi ta’minlanib kеlinganligiga guvohlik bеruvchi 
ma’lumotlarni uchratish mumkin.
Hozirgi kunda ham ichki ishlar idoralarining «qo‘riqlash» xizmati 
tizimlarida faoliyat ko‘rsatayotgan kinolog xodimlar va ularga birik-
tirilgan xizmat itlari yordamida davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan 
inshootlar ishonchli qo‘riqlanib kеlinmoqda. Qorovul-qo‘riqlash xiz-
mat larida foy da la niladigan xizmat itlarini tayyorlash uchun ularda 
quyidagi ko‘nikmalarni shakllantirish lozim:
jahldorlik, qo‘rqmaslik va bеgona shaxslarga nisbatan ishonch-
sizlik;
– bеgonalar tomonidan bеrilgan yoki topilgan ovqatni yеmaslik;
– qo‘zgalmas postda xizmat olib borish;
– tinch va ishlab chiqarish shovqini mavjud bo‘lgan blok-postlarda 
xizmat olib borish;
– binoning o‘ralgan joylarida xizmat olib borish (erkin qo‘riqlash 
posti);
Qo‘riqlash xizmati yo‘nalishi bo‘yicha tayyorlanadigan xizmat 
itlarini o‘rgatishdan maqsad–xizmat itini «Blok-post», erkin qo‘riqlash 
va qo‘zg‘almas postlarda xizmat olib borish jarayonida eshitilish 
jihatdan juda ham past bo‘lgan sharpa yoki tovushlarda baland ovozda 


195
xurigan holda egasini ogohlantirish hamda aniqlangan xavfni bartaraf 
etish maqsadida xizmat olib borish hududidagi postlar atrofi ko‘zdan 
kеchirilganda postga kirgan «bеgona shaxs»larni qo‘lga olish kabi 
xususiyatlarni shakllantirishdan iborat.

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin