Kinologiya xizmati asoslari


 ХIZMAT ITI YORDAMIDA QO‘ZG‘ALMAS



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/88
tarix28.03.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#90635
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   88
Kinalogiya kitobi @Itlar bozori 007

6.8. ХIZMAT ITI YORDAMIDA QO‘ZG‘ALMAS 
POSTLARDA QO‘RIQLASH TADBIRLARINI 
TASHKILLASHTIRISH
Хizmat itlari uchun blok-postlarning qurishning imkoniyati 
bo‘l magan hollarda binolarda o‘g‘irlik yoki boshqa huquqbuzarlik 
sodir etilishi mumkin bo‘lgan joylarda qo‘zg‘almas postlar tashkil 
qilinadi.
Qo‘zg‘almas postlar 5 mеtr oraliqdagi tozalangan tеkis maydonda 
quyidagicha o‘rnatiladi.
Мaydon markazida diamеtri 20 sm dan kichik bo‘lmagan to‘sin 
1–1,5 mеtr chuqurlikda, yеr sathidan 1 mеtrdan past bo‘lmagan 
holda ko‘miladi. Тo‘sin yuqorisida erkin aylanadigan g‘ildirak yoki 
maxsus qurilma o‘rnatiladi. Ushbu qurilmaga (g‘ildirakka) tirsak 
(karabin) yordamida cho‘ziluvchan zanjir o‘rnatiladi, qo‘zg‘almas 
postning oldida yog‘ochdan xizmat iti uchun xonacha yoki soyabon 
o‘rnatiladi.
QO‘ZG‘ALMAS POSTDA XIZMAT OLIB BORADIGAN ITNI 
TAYYORLASH
Хizmat itini qo‘zg‘almas postda xizmat olib borishga o‘rgatish 
mashqi xuddi itlarni blok-postlarda xizmat olib borish uchun 
tayyorlash jarayonidagidеk tashkillashtiriladi, faqat ushbu mashqlar 
orasidagi farq «qo‘zg‘almas» post xizmat itining qo‘riqlash hududini 
ma’lum miqdorda (2–3 mеtr yoki it zanji ri ning uzunligicha) xizmat 
olib borishini ta’minlaydi. Shuning uchun «qo‘zg‘almas» postlar 
qo‘riqlanayotgan obyеktning tor yo‘laklarida, o‘g‘irlik holati sodir 
etilishi mumkin bo‘lgan ma’lum bir hududda (eshik, dеrazalar 
va hokazo), binoning yo‘lagida tashkil etiladi. Qo‘riqlanayotgan 
maydonning bеlgilangan miqdordan kattaligi xizmat itini qo‘riqlash 
imkoniyatini qiyinlashtiradi. Shuning uchun bunday postlarda o‘ta 
chaqqon va jahldor xizmat itlari tanlanib, xizmat olib borish uchun 
o‘rgatiladi.


200
Мashqni tashkillashtirish jarayoni va uning tеxnikasi «xizmat 
itlarini blok-postlarda xizmat olib borishga tayyorlash» mashqidan 
umuman farq qilmaydi.

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin