Kipirda anomal issiq kuzatilmoqa



Yüklə 18,45 Kb.
tarix10.01.2023
ölçüsü18,45 Kb.
#78880
03.10.2022 Horij


Kipirda anomal issiq kuzatilmoqa
Oltin kuzfasli sekin asta dunyoning ko‘plab sarhadlariga o‘z tasirini ko‘rsatib havolar sovishni boshlayotgan bir payitda Kiprda g‘ayritabiiy issiqlik kuzatilmoqda. Davlat gidrametralogiya markazining rasmiy ogohlantirish berishicha kelayotgan dam olish kunlari havo deyarli 40 darajagacha isishi mumkin. Buning ortidan ko'pchilik aholi vakillari mamlakatda elektri energiya narxining yuqoriligi sababli kunning issiq vaqtlarida o‘z uylaridagi konditsioner ostida emas balki ko'chada yoki kafelarda o‘tkazmoqda. Avvalroq Kipr instituti iqlim tadqiqotlari markazi Sharqiy O‘rtayer dengizida asr oxiriga kelib o‘rtacha yillik harorat besh darajaga oshishi haqida ogohlantirgan edi. Oktyabr oyidagi g'ayritabiiy issiqlik davri esa global isish bilan bog'liq. Shuningdek, hozirda mamlakat ekotizimida havoning ifloslanish darajasi ko‘payib ketgan keyin Nikosya aholisi hukumatdan bu borada tegishli chora ko‘ishni so‘rab shikoyat qilmoqda.

Hindistonda traktor halokati 26 kishini hayotdan olib ketdi
Hindistonning Uttar-Pradesh shtatidagi Kanpur tumanida traktor halokati oqibatida kamida 26 kishi halok boʼldi. U yerda yoʼlovchilar boʼlgan tirkamali traktor agʼdarilgan va hovuzga tushib ketgan. Halok boʼlganlardan tashqari yana 20 dan ortiq kishi jarohatlangan. Halok boʼlganlar va jarohatlanganlarning aksariyati ayollar va bolalardir. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Baxtsiz hodisa tunda sodir boʼlgan. Traktor tirkamasida 50 ga yaqin odam boʼlgan. Haydovchi boshqaruvni yoʼqotib, mashina suvga agʼdarilgan. Shu bilan birgalikda, voqea qurbonlari mahalliy ibodatxonadagi diniy marosimdan soʼng uylariga qaytayotgan ziyoratchilar ekanli ma’lum qilingan. Hozirda, voqea joyida politsiya va koʼngillilar ishlamoqda. Jarohatlanganlar esa tez tibbiy muolajalar ko‘rsatib shifoxonalarga yotqizilgan.


Niderlandiyalik olimlar 30 % samarador quyosh batareyasini kashf qilishdi
Niderlandiya tadqiqotchi olimlar guruhi 30 foizga yuqori samaradorlikka ega quyosh batareyasini ixtiro qildi. Kashfiyot Italiyaning Milan shahrida boʼlib oʼtgan Fotoelektr energiya konvertatsiyasi (WCPEC-8) boʼyicha VIII Jahon konferentsiyasida butun ommaga taqdim etildi. Ushbu yutuq butun dunyo boʼylab quyosh energetikasini rivojlantirishga va qazib olinadigan yoqilgʼiga bogʼliqlikni kamaytirishga yordam beradi deya takidlagan ixtirochilardan biri. Shuningdek Perovskit va kremniy birikmasiga asoslangan texnologiya ularga kashfiyot qilishga yordam bergnini qo‘shimcha qilgan u. Tadqiqotchilarning ma’lum qilishicha, Milan koʼrgazmasida taqdim etilgan loyiha koʼplab mavjud texnologiyalardan olingan quyosh batareyalarining samaradorligi boʼyicha dunyodagi eng yaxshi loyiha boʼlib, sanoatni joriy etish yoʼlidagi yana bir muhim bosqich hisoblanadi.

Indonezyada stadiondagi tartibsizliklar oqibatida 174 kishi vafot etdi
Futbol bo‘yicha Indoneziya chempionatining 11-turidan o‘rin olgan “Arema” “Persebaya” uchrashuvida fojia yuz berdi. Malangadagi “Kanjuruhan” stadionida o‘tgan derbi vaqtidagi tartibsizliklar oqibatida 174 kishi halok bo‘ldi.O‘yin yakunlanganini bildiruvchi hushtakdan so‘ng xavfsizlik xizmati “Persebaya” futbolchilarini maydondan olib chiqib ketgan. Muxlislar maydonga chiqib kelgan. Buning ortidan ishqibozlar va politsiya o‘rtasida janjal kelib chiqqan. OAV malumotlarigako‘ra tartibszliklarni bostirish vaqtida ko‘plab muxlis hushini yo‘qotgan va olomonning oyoq ostida qolgan. Voqea tufayli Indoneziya chempionatining 11-tur o‘yinlari qoldirilgan. Mamlakat futbol assotsiatsiyasi esa “Arema”ga mavsum yakuniga qadar o‘z maydonida o‘yin o‘tkazishni taqiqlagan.

AQSHga yopirilgan IEN to‘foni qurbonlari soni 77 kishiga yetdi
Аmerika Qoʼshma Shtatlarida IEN toʼfonidan soʼng kamida 77 kishi halok boʼlgani ma’lum qilindi. Qayd etilishicha, halok boʼlganlarning 73 nafari Florida shtatida tasdiqlangan. Аksariyat odamlar choʼkib oʼlgani, ayrimlar esa boʼron taʼsirida halok boʼlgani aytilmoqda. Keksa er-xotinlar elektr taʼminotidagi uzilish tufayli kislorod apparatlari ishlamay qolganidan keyin hayotdan koʼz yumgan. Shimoliy Karolinada ob-havo bilan bogʼliq holatda yana toʼrt kishi, shu jumladan boʼron paytida yoʼl-transport hodisasida esa ikki kishi halok boʼlgan. Tabiiy ofat oqibatida Florida shtadida 1,1 milliondan ortiq odam internet va WiFisiz qolmoqda. Shtat gubernatori Ron DeSantisning soʼzlariga koʼra, SpaceX bosh ijrochi direktori Ilon Mask kompaniyaning sunʼiy yoʼldosh internet xizmatini Starlink orqali yordam olishga yoki yaqinlari bilan uchrashish istagida boʼlgan barcha odamlarga taqdim etishga rozi boʼlgan. Shu bilan birga, mashhurlar ham tabiiy ofatdan yordam berish fondiga xayriya qilishni boshlagan. Shuningdek Аmerika Qizil xoch tashkiloti hozirda 1300 dan ortiq qutqaruvchilar shtat boʼylab qidiruv-qutqaruv ishlarini olib borayotganini ma’lum qilgan
Yüklə 18,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin