Kirish 1-bob. O`Smirlik davrida “men” obrazi xususiyatlari muammosining psixolog olimlar tomonidan o`rganilishi



Yüklə 214,5 Kb.
səhifə11/12
tarix24.10.2023
ölçüsü214,5 Kb.
#161049
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
1-MEN SIYMOSI

2-BOB YUZASIDAN XULOSALAR
SHaxslararo munosabatlar sohasida vujudga keladigan nizolar o‘smirlar tomonidan emotsional affektiv tarzda qabul qilinadi, ular barkamol shaxs kamolotiga to‘sqinlik qilib, o‘smirning hayotiy faoliyat samarasizligiga sabab bo‘ladi.
Xilma-xil psixodiagnostik metodikalar orasida shaxslararo munosabatlarning interpersonal diagnostikasi anketalar va ko‘p omilli so‘rovnomalarning ijobiy tomonlarini o‘z ichiga olganligi bilan ajralib turadi. Ushbu metodlar esa motivatsiyalangan buziliщlar va va sinaluvchining tadqiqot jarayoniga ustanovkalari ta’siridan xoli emas.
Dembo - Rubinshteyn metodikasi psixologik adabiyotlarda ma’lum metodika hisoblanadi. Metodikaning asosini tekshiriluvchiga o’z o’zini baholash uchun taklif qilinadigan shaxs xislatlarini shakllantirish tashkil etadi. Tekshiriluvchilarga tez tez qo’llaniladigan sifatlar bo’yicha o’zlarini baholash taklif qilinadi.
SHaxslararo munosabatlar tashhisining (T.Liri - Sobchik) modifikatsiyalashtirilgan varianti shaxslararo va ichki ziddiyatlar strukturasini o‘rganish uchun juda qulay. Empirik jihatdan isbotlanganki, o‘z-o‘zini baholash strukturasi (real «Men» va ideal «Men»)dagi jiddiy o‘zaro nomuvofiqlik shaxsning ichki disgarmoniyasidan darak berib, uning nizo uyg‘otuvchi xulq-atvoriga sabab bo‘ladi. Mazkur metodikaning qimmati shundaki, u o‘z-o‘zini baholash tizimidagi nomuvofiqlikni va uning xarakterini aniqlashga qodir bo‘lgan yagona o‘lchov asbobi ekanidadir.
O‘smirning ijtimoiy voqelikdagi o‘z-o‘zini qidirish, shaxsiy xususiyatlarni aniqlash jarayoni ko‘p hollarda ichki nizolarni keltirib chiqaradi. Bolaligi nihoyasiga etgan-u, hali katta bo‘lmagan inson - o‘smir uchun o‘zining yangi «Meni» obrazini qidirish ancha og‘riqli va davomiy kechadi. Ularga e’tibor bermaslikka urinish o‘smirning atrofdagilar bilan munosabatlariga buzilishiga olib kelmaydi.
Metodika ko‘rsatkichlarini talqin etishda asosiy e’tibor ayrim ko‘rsatkichlarning boshqalardan ustunligiga qaratilishi kerak.

XULOSA VA TAVSIYALAR

“Men” obrazining asosiy o‘zgarishlari o‘smirlik davrida yuz beradi. Bu sohada ish olib borayotgan ko‘plab olim va tadqiqotchilarning fikricha, aynan shu davr o‘smirlar uchun eng keskin o‘zgarishlar bo‘ladigan va tanqidiy qarashlar kuchayadigan davr hisoblanadi.


O‘smirlik davrida “Men” konsepsiyasining rivojlanishida 1-navbatda o‘ziga xos xususiyatlar sifatida quyidagilarni aytish mumkin:

  • O‘smirlik davrida “Men” konsepsiyasining shakllanishida ularning faol jinsiy rivojlanishlari alohida o‘rin tutadi; jinsiy etilish bilan bog‘liq bo‘lgan psixofiziologik o‘zgarishlar shakllanib bo‘lgan “Men” obrazini buzadi va yangi qomat “Men”ini tuzishni talab etadi.

  • Fikrlash rivojlanishining sifat o‘zgarishlarida namoyon bo‘luvchi kognitiv qayta qurish paydo bo‘ladi. O‘smirlarda oldindan xayolan qaror qabul qilishga moyillik, shuningdek intellektual masalalarga yangicha munosabat kuzatiladi. O‘smir masalalarni tahlil qilishni har qanday mavjud aloqalarni aniqlashdan boshlaydi, ularning barcha bog‘liqlik jihatlari haqida taxmin qiladi va keyingina o‘z gipoteza (faraz)larini tekshirib ko‘radi.

  • “Men va jamiyat” tizimidagi sifat jihatidan boshqacha bo‘lgan munosabatlarning shakllanishida ijtimoiy tajribani o‘rganishning yangi darajasi namoyon bo‘ladi. Bu munosabatlar insonlarning o‘zaro munosabatlari me’yorlarini egallashga yo‘naltirilgan.

  • O‘smirlarning o‘z faoliyatlarini modellashtirish va uning natijalarini yanada qoyilmaqom darajaga ko‘tara olish qobiliyatlari ularning borgan sari tartiblashayotgan, maqsadga yo‘nalgan va irodaviy bo‘lib borayotgan xulq-atvorlarida aks etadi.

O‘smirlarda gavda, qomat “Men” obraziga yuqori darajadagi ta’sirchanlik, o‘z gavda holati, ko‘rinishidan ko‘ngli to‘lmaslik kayfiyatning depressiv holatda bo‘lishi, ippoxondriya, fobiya, emotsional yakkalanish (odamovilik), agressivlik kabi affektiv reaksiyalarga olib keladi. O‘smirning o‘zining gavda, qomat “Men”i obrazi haqidagi tasavvur, hissiyoti va havotirlanishi jismoniy jihatdan ko‘rinishiga nisbatan “men” obrazi yanglish, xato bo‘lishi mumkin. Bu davrda “Men” obrazining xato va yanglish ko‘rinishlari turlicha bo‘lishi mumkin. Ayrim o‘smirlarda “Men” obrazining xato va yanglish ko‘rinishini aniqlovchi omil sifatida kuchsiz refleksiya, o‘zining shaxsiy xislatlarini etarli darajada bilmasligida, o‘zini-o‘zi har xil baholashida aniqlanadi. Ularda o‘zini-o‘zi nazorat qilishning kuchsizligi, impulsiv, bilish faoliyatining past darajadaligi kuzatiladi. Bularning barchasi o‘smir ichki salomatligiga negativ ta’sir ko‘rsatadi. Bunday o‘smirlar jismoniy rivojlanishlari va sog‘liklari borasida qiziqmaydilar, biroq o‘z qaddi-qomatlari va ko‘rinishlariga nisbatan hissiyotga beriluvchan bo‘ladilar.
Men konsepsiyasidagi “qaddi-qomat” va “axloqiy-ruhiy” komponentlarning nomutanosibligi konsepsiyani ma’lum darajada yanglish ko‘rsatadi. Ayrim o‘smirlarda Men-konsepsiyasining rigidligi: o‘zini-o‘zi baholashning bir xil emasligi, ya’ni o‘ta oshirib yuborilganligi yoki o‘ta pasaytirib yuborilganligi ko‘rinadi. O‘zini-o‘zi baholash o‘ta oshirib yuborilganida o‘z imkoniyatlariga talabchanlik darajasi ortganligi kuzatiladi. Bunday o‘smirlar haddan ortiq o‘zlariga ishonadilar, ularning salomatliklariga bo‘lgan munosabatlari uning ahamiyatli ekanligini inkor etishlarida, o‘z tanalari ustida haddan ziyod turli tajribalar o‘tkazishlarida namoyon bo‘ladi (mix ustida uxlash, qizdirilgan toshlar ustida yurish). Ko‘plab tadqiqotlarda bunday o‘smirlarning travmatizmga moyilliklari borligi aniqlandi. O‘zini-o‘zi baholashning o‘ta pasaytirib yuborilishi salomatliklariga bog‘liq muammolarga o‘ta diqqat-e’tiborli bo‘lish, o‘zini-o‘zi ayblash tendensiyasi, ota-onalarga bog‘liqlikning ortishi kuzatiladi.
O‘z-o‘zini baholash turli funksiyalarga ega. Bir tomondan o‘z-o‘zini baholash – kognitiv (bilish) jarayoni. O‘smir o‘zi va o‘zining sifatlarini bilishidan manfaatdor. Ikkinchi tomondan o‘z-o‘zini baholash o‘smir uchun shaxsni psixologik himoya qilish vositasi sifatida xizmat qiladi. Ijobiy darajadagi Men obraziga ega bo‘lish istagi o‘smirlarni tez-tez o‘z qadr-qimmatlarini oshirish va kamchiliklarini kamaytirish istaklarini tug‘diradi. Ijobiy munosabatni saqlab qolishi uchun o‘smir turli himoya mexanizamlarini ishga soladi.
Tadqiqotimiz mobaynida biz o‘smirlarda “Men” obrazining xususiyatlarini o‘rganib, Dembo Rubinshteynning “O’z o’zini baholash” hamda T.Liri-Sobchikning “Shaxslar munosabatlar tashxisi” metodikalaridan faydalanish uchun tavsiyalar ishlab chiqdik. O‘rganilgan ma’lumotlarni tahlil qilgan holda umumlashtirib xulosa chiqaradigan bo’lsak:

  • O’z o’zini yuqori baholovchi o‘smirlarda shaxslararo munosabatlarga kirishish hususiyatida hukmron liderlik oktantasi dominantlik qilishi mumkin. Ularda o’ziga bo’lgan ishonch, yaxshi maslahatchilik ,yetakchi va tashkilotchilik malakasi kuzatilishi mumkin. Ba’zi o‘smirlarda tanqidga toqatsizlik, o’z imkoniyatlarini ortiqcha baholash, fikrlarida diqqat uslubi, boshqalarga buyruq berishga imperativ extiyoj despotizm qirralari ham kuzatilishi mumkin.

  • Yana o‘smirlarda ma’lum darajada mustaqil ustuvorlik oktantasi kuzatilishi mumkin.

O‘smirlar shaxslararo munosabatlarda mustaqil, raqobatchilik hususiyatlariga egalar. O’zini yuqori baholovchi ba’zi o‘smirlarda to’gri tajavvuzkorlik oktantasi hususiyatlari bo’lmish, samimiylik, erkinlik, to’g’rilik, maqsadga erishish yo’lida qat’iylik va haddan ziyod qaysarliklar ham; hamkorlik konvensiallik oktantasi hususiyatlari, guruh bilan yaqin hamkorlik, atrofdagilar bilan do’stona munosabatlarga intilish ham; masuliyatli bag’rikenglik oktantasi hususiyatlari atrofdagilarga yordam berishga tayyorlik mas’uliyat hislari kabilar ham rivojlanganligini kuzatish mumkin.
O‘rganilgan ma’lumotlardan kelib chiqqan holda o‘smirlar bilan ish olib boruvchi o‘qituvchilar, sinf rahbarlari va ota-onalarga quyidagi tavsiyalarni berish mumkin:

  • Guruh rahbari o‘smirlar guruhidagi ijtimoiy ijodiylikni taminlashi zarur.

  • O’smir o‘quvchilarning o’z o’zini adekvat baholashlariga undashi zarur.

  • Har bir o‘smir o’quvchidagi individual hususiyatlarni hisobga olishi lozim.

  • Shaxsda o'z kuchi va imkoniyatiga ishonch hissini tarbiyalash;

  • Shaxsda o'z-o'zini anglash orqali o'ziga nisbatan ishonchni tarkib toptirish;

  • o'smirlarda o'z shaxsiga nisbatan ongli munosabatni tarkib toptirish

lozim.

  • Jamoadagi alohida ajralib turuvchi, turli harakterli o’quvchilarni aniqlab, ular bilan doimiy muloqatda bo’lish, ularni o’rganish, zarur bo’lsa psixologik maslahat, korreksiya ishlarini olib borish.

  • Ota-onalar bilan o‘smir farzandlarining ham fiziologik, ham psixologik o‘zgarishlari haqida suhbatlar, axborotli ma’ruzalar o‘tkazish tavsiya etiladi.

  • Ota-onalarga o‘smir yoshidagi farzandlari bilan munosabatdagi ayrim muammolar va ular echimi haqida ma’lumot berib borish zarur.

  • Ota onalar bilan pedagoglarning o’quvchilar ta’lim tarbiyasida uzviy hamkorlik qilishi tavsiya etiladi.

  • Har bir ta’lim muassasasidagi “Ota-onalar universiteti” faoliyatini yanada rivojlantirishda psixologning faoliyatini oshirish.

Kuni kecha 2019 yil 27 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktabga tashrif buyurganlarida iqtidorli o‘quvchilar bilan suhbatda ta'kidlaganlaridek, kelajagimiz yoshlar qo'lida ekan, o'zining sog'lom fikriga ega bo'lgan, o'z fikrini erkin bayon eta oladigan, o'z kuchiga ishongan komil insonni voyaga etkazish yurtimiz ravnaqi va kelajagi uchun muhim ahamiyatga egadir. Zero, o'ziga ishongan, o'z qadrini bilgan inson o'zini hurmat qila oladi va o'zini hurmat qilgan insongina Vatanini, xalqini hurmat qilishi mumkin.

Yüklə 214,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin