Kirish. 2 I bob Obraz va Prototip Isajon Sultonning"Alisher Navoiy"asari asosida



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/16
tarix24.12.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#192652
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Obraz va prototip Isajon Sulton

Giyohga, maysaga, yaprog`u gulga, qurququshga shunday baxtiyorlik berding. 
Go`zalligiga, betakrorligiga turfa iforiga, borlig`iga beqiyos san`atini ham 
joylading. 
U san`at shunchalar mukammalki, har shaklda namoyon bo`lib turadi. 
Inson bolasiga ham o`xshashi yo`q baxtlar ato etding, hayvon jasad ichra 
to`lg`in qalb yaratding, uni zavqu hayratlarga, dardu iztiroblarga, o`ylaru 
hikmatlarga oshno qilib qo`yding, ko`z ustiga yana bir ko`z, quloq ustiga yana bir 
quloq, til ustiga yana bir til, yurak ustiga yana bir yurak berding va unga ham 
“So`zla!” deding. Bularning barini birgina ”Bo`l” degan hukming bilan qilding, 
qudratimdan qo`rqishing, hayratlanishing, zavqlanishing va maqtovingdir deding, 
ularga o`z cheksiz qudratingdan, san`atkorlikni ham hadya qilding. Son-sanog`i 
yo`q so`zlarni o`rgatding, har so`zga bir tilsim jo aylab, bag`riga o`z dargohingdan 
qudrat jo aylading. Ne`matlaring beqiyos edi, shu ne`matni ham berding, buni 
nechun qilding, Parvardigorim?.. 
Kitobni mutolaa qilar ekansiz, Isajon Sulton Navoiy obrazini, shaxsiyati va 
ijodini yaratishda, ”Quron Karim” va ko`plab Islomiy ma`lumotlarni ham chuqur 
o`rganib, so`z mulkining sultoni Navoiy tafakkuri va ezgu ishlarini ochib berishga 
muvaffaq bo`lgan.
Alisherning bolaligi, yoshlik yillari, o`rta yoshda ko`rgan kechirganlari va 
keksalik pallasidagi foydalari romanda o`z aksini topgan. Lekin, 4 qism romanda 
katta o`rinni egallagan. ”Xamsa” ning yakunlanishi, ”Muhokamat ul–lug`atayn” 
muhokamalari, ”Lison-ut tayr” hayajonlari aynan shu bobda o`z aksini topgan. 
Bilamizki, badiiy asar syujeti, ekspozitsiya, tugun, voqealar rivoji, kulminatsiya, 
yechimlardan iborat. Yuqoridagi unsurlarga Isajon Sultonnning “Alisher Navoiy” 
romanidan qarab chiqsak. Tugun voqealar rivoji va kulminatsiya syujetning 


14 
asosidir. Yuqoridagi unsurlar har qanday syujetda aks etadi. Tugun esa zaruriy 
unsurdir. Ekspozitsiya, yechim ba`zi bir syujetlarda bo`lmasligi mumkin. Bu 
muallifning ijodiy niyatiga, o`zgacha talqiniga muoviq holda beriladi. Har qanday 
asar syujeti voqealar asosiga quriladi. Voqealar o`z navbatida qahramonlarning 
hatti-harakati, shaxslararo munosabat, ziddiyatlari va suhbatlaridan tashkil topadi. 
Ularni kerakli joyda qo`llash kitobxon ongida bir chiziqda jamlash uchun muallif 
syujetda ifodalaydi. Syujetda badiiy asardagi qahramonlar xarakteri, ichki dunyosi
ochilib boradi. Kitobxon uni yanada yaxshi tanib olishiga imkon yaratiladi. 
Badiiy asar, yaratiq ijodkor o`y hayollarining fikratining mahsuli, u inson 
va jamiyat, shaxs taqdir yo`li, o`y kechinmalarini qorishiq tarzida ifodalaydi. Har 
bir asarda hayotimizda sodir bo`lishi mumkin bo`lgan voqea va hodisalar badiiylik 
qonuniyatlari asosida kitobxonga namoyish etiladi. Asarda odatda o`rtaga 
tashlangan muammolar kitobxon e`tiboriga havola etilar ekan, u o`z navbatida asar 
yaratilgan davr, muhit bilan chambarchas, bog`liqdir. Badiiy adabiyotning rivojida 
so`z ustalarining kitobxon ong-u shuurini naqadar zabt eta olgani, insonning 
ma`lum tarixiy sharoit, ijtimoiy muhit, davr munosabatlarini to`g`ri talqin qilishda 
namoyon bo`ladi. 
XXI asr o`zbek nasrida shaxs ruhiyati, undagi xilma-xillik yangi bosqichga 
chiqdi. Taraqqiyot mavjlari, istiqlol odimlari yana bir bor navoiy obrazini 
gavdalantirishni taqozo etdi. Zero, buyuk insonlar kelajak avlodlar uchun ham 
munosib o`rnakdir. 
Asar yuqorida aytganimizdek, 4 qismdan iborat va har bir qismi bir biriga 
bog`liq voqea va hodisalarni jamlagan. Xususan, 1-qism “G`aroyib us-sig`ar”da 
“Hiriy 849”, ”Havzi mohiyonda bir tantana”, ”Go`zal bir oqshom”, ”Hiriyda bir 
tong”, ”Bir boshqa olam”, ”Gul sayli”, ”Mantiq ut –tayr”, ”Hikmat fazilati 
haqida”, “Shohrux Mirzoning o`limi”, ”Cho`li Iroq”, ”Abulxayrxon”, ”Taft: bir 
ajoyib chol”, ”Dumli yulduz siri”, ”Orazin yopqoch”, ”Hiriy azimati”, ”Mavlono 
Lutfiy “, ”Koshkda ikki yulduz”, ”Chopqin majlisi“, ”Maymana jangi”, ”Kelajak 
bilan uchrashuv”, ”Qizil, sorig`, yashil”, ”Sayhatun-vahidatun”, ”Mashhadda 


15 
Qurbon hayiti”, ”Sulton Abu Said mirzoning tashrifi “, “Pahlavon Muhammad 
zaforat”, ”Zulm”, ”La`l ham tosh, tosh ham tosh“ kabi bir biri bilan uzviy bog`liq 
boblardan tashkil topgan. Shuni ham alohida ta`kidlash lozimki, muallif boblarni 
ham o`zgacha nomlash, kitobxon lug`atida bo`lmagan so`zlarga murojaat qilib 
kitobxon zehnini o`tkir qiladi. Birgina “Hiriy“ so`zini oladigan bo`lsak, adib 
Hirotni ardoqlab erkalab shunday ifoda etadi. Qaranga qanday ajoyib hodisa. 
Jonivorlarni, mavjudotlarni erkalaganliklari tanish holat, lekin bu hol baridan 
o`zgacha. Muallif asarda juda ko`p tarixiy so`zlarga, joy nomlariga, qurol –aslaha, 
kundalik turmush buyumlariga, liboslarga, taomlarga urg`u berib o`qirmandlar 
bilimini yanada oshirib boradi.
“Alisher Navoiy“ romanida dastlab Navoiyninig bolalik yillari, maktab 
saboqlari, tog`alari bilan bo`lgan suhbat, Husayn Boyqaro bilan bo`lgan suhbatlar, 
shuningdek, Navoiyning oilasi, onasi, otasi, tog`alari, Qutb joriya va uning 
atrofidagi voqealar qalamga olingan. Voqealar asosan Hiriyda bo`lib o`tadi. 
Muallif ekspozitsiya ya`ni voqea –hodisalar yuz beradigan joyni shu qadar 
mohirlik bilan ifodalaydiki, beixtiyor shu joyda hozir bo`lasiz. 
Adib joy nomlarini ham alohida san`atkorlik bilan yaratadi. Hiriy, Hirirud, 
Astrabod nomlariga ham to`xtalib o`tadi. ” Hiriy istehkom devorlari uzra rango –
rang matolar xilpirar, bayroqlar ilingan, karnay-surnay sadolari kelar, devor usti-yu 
osti sipoh va odamlarga to`lgan edi”. Hiriy bu joy nomi. Xurosonliklar Hirotni 
mehr bilan shunday atashgan. Adibning mahoratini qarangki, insonni o`zi 
yashagan joyni ham sevib erkalaydigan so`zni topa oladi.
Asarda “Dumli yulduz“ voqeasi tahsinga sazovor. Navoiy roman davomida 
“Dumli yulduz” ni 4 bora uchratadi. Mirsaid tog`oyi tomonidan “Aytadilarki, kim 
quyrug`i tikka ko`tarilgan dumli yulduzni hayotida 3 bora ko`rsa, firdavs ul a`loga 
kirarmish, Tangri hech shubhasiz bilguvchi“ deya o`zi bilmagan holda kelajagiga 
ishora qiladi. Shuningdek, Navoiy hayoli “Xamsa“ bilan band ekanligi, u hayolan 
qahramonlar og`ushida ekanligini ko`ramiz.” Kelajak bilan uchrashuv” bobida suv 
chiqarayotgan Xusrav uni yanada ilhomlantiradi. Tanti, insonparvarligi bois 


16 
Xusravga yaxshilik qiladi, o`zi uchun tog`lardan suv chiqargan Farhodni kashf 
etadi. 
Muallif badiiy asarda g`oyani yuzaga chiqarishda syujetdan unumli 
foydalaniladi. Syujetda voqealar va harakter birligi yetakchi. Asarda voqealar bir 
syujet chizig`ida tutashtirilib yaxlit g`oyani ifodalashi zarur. Syujet tizimida 
obrazlar ko`p. Lekin ularning har biri Navoiy obrazini yanada to`liqroq ochib 
berishga qaratilgan. Syujet birligi badiiy asarda faqat katta-katta voqealargina 
emas, balki mayda epizodlar, xatto detallarning ham ishtirok etuvchi shaxslarning 
asosiy tomonlarni ochib berishga to`la xizmat qiladi. Asarda voqealar bir-biriga 
bog`langan, ularning markazida Navoiy obrazi turadi. Romanning mazmuni, 
syujeti, kompozitsiyasi juda mukammal. Voqea va hodisalar bir birini to`ldirib 
yanada sayqal bergan. Muallif syujetning juda murakkab yo`lini tanlagan. 
Oddiylikdan qochib murakkab yo`lni tanlaydi-yu, natijada muazzam asar yaratgan. 
Asarning Muqaddima qismida Ollohga hamd va na`t, Ollohni ulug`lash uning lutfi 
va karamidan so`z ketsa, Hiriy 849 yil bobida esa Navoiy va tog`asi Muhammad 
Ali bilan kechayotgan sarguzashtlar ifodalanadi. Muallif asar boshidayoq nafaqat 
Navoiy shaxsiyatini ochib berishga balki ijtimoiy-siyosiy hayotni ham ifodalaydi. 
”Havzi Mohiyonda bir tantana” bobida Ollohning uyiga kisva ya`ni yopinchiq 
yopishga muvaffaq bo`lgan xalqning quvonchi ifodalangan Shayx Nuriddin va 
Shayx Shamsiddin ka`badan qaytganligini xalq xushkayfiyat bilan nishonlayotgani 
tasvirlangan. 
“Ka`baga yopinchiq yopish davlat kuch-qudratini bildiradi. Misr sultonlari 
ham har kimga izn beravermaydilar. Sulton Shohrux Mirzo yigirma yil bu ishni 
uddalashga urinib keldi, xatto orada musulmon haqini nega tan olmaysan deb, 
Misrga qo`shin tortishga tayyorligini aytdi. Nihoyat bu qutlug` maqomga erishildi, 
-deb uning gaplarini quvvatladi oq taylasonli mudarissifat kishi. ”Chindan ham 
muqaddas Ka`bada ularning o`z qo`llari bilan tikilgan yopinchiq borligi 
faxrlanishga arzirli hodisa edi. Bobda shuningdek, xalqning ijtimoiy hayoti, milliy 
o`yin bo`lmish kurash, Alisherning hayratga to`la o`ylari ifodalangan. 


17 
“Hiriyda bir tong” va “Bir boshqa olam” bobida Alisher va Husayn Boyqaroning 
do`stligi, sadoqatining ilk kurtaklarini ko`rishimiz mumkin. Navoiyning ilk ustozi 
Kulohiy haqida ham shu bobda so`z yuritilgan asar davomida ham Ustoz Kulohini 
uchratishimiz mumkin. Xattoki “Xamsa” ni ham Navoiy aynan shu ustozi bilan 
quvonchini bo`lishadi. Shuni ham alohida ta`kidlab o`tishimiz joizki aynan shu 
ustozi Navoiyning qalbiga so`zga muhabbat, uning naqadar durdona ekanligini 
uqtirgan. 
Isajon Sultonning “Alisher Navoiy “romanida Navoiy obrazini asar 
voqealar oqimidan ajralgan holda tasavvur etib bo`lmaydi. Badiiy asar syujetida 
muallif ba`zi o`rinlarda ibratli hikoyalardan ham foydalanadi. Xususan, 
Navoiyning ustozi Kulohiy tomonidan yosh navnihollar qalbiga Ollohning 
buyukligi har damda itoatda bo`lishimiz lozimligi quyidagi rivoyat orqali bolalar 
ruhiyatiga singdiriladi.” -Siz suratga emas, siyratga boqing. Ilm bir quyosh esa, 
shayx o`z kitobini xoksorlik bilan “La`ma” deb atadi, -dedi mudarris -Istasangiz 
bir misol keltiray. Qudratu adolatda tengsiz bir sulton bor edi. Uning ikki quli 
bo`lib, biri aytilgan hamma ishbi bajarar, qolgan mahalda istirohatini qilib ayshini 
surib yuraberardi. Ikkinchi qulning ham sultonga muhabbati va sadoqati beqiyos, 
har damda uni yod etar, saroy eshigidan sira ketmas,ko`zi to`rt bo`lib uni kutar, 
gohida sultonini ko`rib qolsa, muhabbati zo`rligidan xushdan ketib yiqilar edi. 
Ayting-chi, qaysi qul sulton naznida muxibroq bo`lg`ay? 
-Ikkinchisi albatta.
-Bu rivoyatda sulton-Tangri, qul esa insondir. Men aytgan kitoblar o`shanday 
qullarning holidan ogoh etar. Bilingkim, faqir sizga bir kalid bermoqdaman. Ma`ni 
qulflarining bir qanchasi ochilgaydir, inshoolloh. ”Muallif hikoyatni bejizga 
keltirmaydi. Kitobga mehr chin qalbdan bo`lishi shundagina juda ko`p ma`nolar 
tubiga yetishiga ishoralar bor.
Syujet chizig`ida “Dumli yulduz siri“ bobi ham ahamiyatlidir. -Vo ajab! -
deb xitob qildi Mirsaid Kobuliy. Dumli yulduzning ko`rinmog`i kishi o`g`liga 


18 
saodat yo falokat olib kelishi kishining burji, burjlarning falak toqidagi vaziyati va 
yulduz dumining qay tarzda ekanligiga qarab bashorat qilinishidan xabardor edi. 
Iroq ahli yulduz dumini tepaga yoxud pastga qaraganiga, qalin-yupqaligiga qarab 
fol ochishardi. -Qarang yuksalgandan yuksalmoqda. Barcha yulduzlarni quyida 
qoldirib uchmoqda!” 
Bu voqea ham Navoiyning kelajakda chindan buyuk inson bo`lishiga 
ishora. Zero, bola Alisher tili bilan aytganda “Uning boshqa yulduzlarga qaraganda 
o`zga vazifasi bo`lsa kerak. Romanda timsol va ramzlar alohida ahamiyatga ega. 
Ularning har biri o`ziga xos vazifa bajaradi. Xususan “Dumli yulduz” voqeasiga 
murojaat qiladigan bo`lsak, Alisherning hayoti davomida qayta qayta yuzlashadi. 
Hayotining turfa yillarida, turfa hollarda uchrashishadi. Lekin umuman olganda, 
umri chiziqlari aynan xalq tomonidan aytilgan “Dumli yulduz”ni ko`rgan inson 
o`zgacha istiqbolli, taqdiri ajib bo`lishiga ishonishgan. Chindan ham asar 
davomida dumli yulduz shu istak bajarishga safarbar etiladi. 
O`zbek zamonaviy adabiyoti roman poetikasida inson va tabiatning 
uyg`unligi yaqqol sezilmoqda. Tabiat hodisalarining ifodasi inson ruhiyatiga mos 
kelishi badiiy asar qiymatini yanada oshirmoqda. Joy va makon tasvirida tog`u 
toshlar, adirlar, dala dashtlar, tabiatning uyg`onishi, inson ruhiyatidagi 
evrilishlarga hamohang. Badiiy adabiyot insoniyat, tabiat, hayvonot va nabodot 
olamini bir butunlikda ifodaklaydi. Ularning o`zoro uyg`unligi insoniyatni yanada 
o`zini anglashga, taftish etishga undaydi. Isajon Sultonning “Alisher Navoiy“ 
romanida
 
tog`, cho`l, shahar qishloqlar, turfa joylar qalamga olingan Adib ularni 
bir chiziqda mohirlik bilan ifodalaydi, kitobxon also zerikmaydi. Asarda 
ekspozitsiya ya`ni voqea hodisalar bo`ladigan makon g`oyat mohirlik bilan 
yaratilgan. ”Mashhad Hirotdan yeti kecha kunduzlik yo`l edi. Orada vodiy-u 
yaylovlar oralab, Saraxs tog`laridan o`tiladi. Karvondan yarim kunlik masofada 
ilg`or sarbozlar borishar, karvon yetib kelmasidan to`xtash uchun joy hozirlab, 
tevarak qishloqlardan ozuqa –g`anak va o`tin to`plashar, yana bir to`n sarboz ov 
qilar chodirlar tikishardi. Aravalardagi o`n yigirma quloqli ulkan qozonlar 


19 
tushurilib, yer qazib o`rnatilar, bakovullar betlari qizarib osh damlashardi. Safar 
asnosida hammaning kayfiyati chog`, oqshomlari qo`nilganda sulton chodiridan 
kuy-navo eshitilar, hamma bir biriga hazil mutoyiba qilar edi. Yuqoridagi matnda 
ko`rib turganimizdaek adib joylarni shu qadar jonli, kichik –kichik detallarni ham 
shu qadar mohirlik bilan ifodalaydiki, kitobxon ko`z oldida beixtiyor gavdalanadi.
 
Isajon Sulton zamonaviy madaniyat va adabiyot rivojiga katta ta’sir 
ko‘rsatdi. Uning o‘ziga xos uslubi, hayajonli syujetlari, falsafiy g‘oyalari butun 
dunyo adabiyot ixlosmandlari qalbida mangu saqlanib qoladi. Isajon Sulton 
nafaqat muallif, balki yozuvchi va kitobxonlar avlodiga ilhom manbai bo‘lib, 
uning ijodi bundan keyin ham so‘z olamiga shodlik, ma’rifat olib kelaveradi. 
Isajon Sultonning “Alisher Navoiy” romani murakkab tuzilishi, teran 
badiiy xususiyatlari bilan kishini hayratga soladigan asardir. Ilk bor 2010-yilda 
nashr etilgan asar qisqa vaqt ichida tanqidchilar va kitobxonlar e’tirofiga sazovor 
bo‘lib, o‘zbek adabiyotining ulkan yutug‘iga aylandi. 
Roman buyuk o‘zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiyning tarjimai 
holi asosida yaratilgan. Isajon Sulton o‘zining yoshlikdan to kechki balog‘at 
yoshigacha bo‘lgan hayot yo‘lini, bilimga intilishi, san’atga mehrini, o‘zbek 
madaniyati rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasini yorqin ifodalaydi. Isajon 
Sultonning romanchilik dahosi tarixiy haqqoniylik va adabiy fantaziyaning mohir 
uyg‘unlashuvida namoyon bo‘ladi. 
Asarning eng muhim xususiyatlaridan biri uning ko'p qatlamliligidir. 
Isajon Sulton Alisher Navoiy hayotining turli qirralarini turli obraz va davrlar 
orqali ko‘rsatadi. O'quvchi voqealarning murakkab mozaikasini yaratib, bir-biriga 
bog'langan va bir-biriga bog'langan ko'plab syujet chiziqlariga tortiladi. Biroq, 
muallif syujetning rivojlanish sur'atlarini mukammal tarzda boshqaradi, uni chizib 
qo'yish yoki hikoya buzilishining oldini oladi. Butun roman qahramonlarning 
nozik psixologiyasi bilan sug'orilgan. Isajon Sulton bosh qahramonlar, ayniqsa, 
Alisher Navoiyning ichki dunyosiga e’tibor beradi. O'quvchi uning his-tuyg'ulari, 


20 
fikrlari va motivlari haqida bilib oladi, bu uning xarakterini juda real va jozibali 
qiladi. Shu tufayli romanga hissiy teranlik berilgan, personajlar o‘rtasidagi 
murakkab munosabatlar va ularning ichki kurashlari ochib berilgan. 
Asar mavzusi turli g'oyalar va muammolarga boy. Muallif muhabbat, san’at, 
sadoqat, burch, insonning jamiyat bilan munosabatlari, an’analar kabi muhim 
mavzularga to‘xtalib o‘tadi. Shuningdek, o‘z-o‘zini kashf etish, hayotda o‘z o‘rnini 
topish, meros yaratish masalalariga ham to‘xtalib o‘tadi. Muallifning uslub va tilni 
mukammal egallaganligi unga ana shu fikrlarning barchasini jonli va teran 
yetkazish, ularga jon bag‘ishlash, zamonaviy o‘quvchi uchun dolzarb bo‘lib 
qoldirish imkonini beradi. 
Isajon Sultonning “Alisher Navoiy” romani o‘zining ajoyib tasviriy uslubi, 
qiziqarli syujeti bilan kishini o‘ziga rom etibgina qolmay, inson hayotining muhim 
masalalari haqida fikr yuritadigan asardir. Bu bizning ildizlarimiz, madaniy 
merosimiz asrlar o‘tsa ham o‘z dolzarbligini saqlab, yangi avlodni san’at 
yaratishga undashini yaqqol namoyon etadi. Bu romanda Isajon Sulton nafaqat 
mashhur yozuvchi, balki yetuk tarjimon va xalq merosi posboniga ham aylanadi. 


21 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin