Kirish. 3D studio max dasturi haqida umumiy tushunchalar


Ob’yektning aks ettirilish rejimini tanlash



Yüklə 1,26 Mb.
səhifə16/19
tarix25.12.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#193888
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
11-Maruza

Ob’yektning aks ettirilish rejimini tanlash


Ob’yektni ajratish. 3 Ds Max da ob’yektlarni ajratishning bir necha usullari mavjud. Eng oddiysi – asosiy qurilmalar panelida joylashgan Select Object
(ob’yektni belgilash) qurilmasi ob’yektini bosishdir. Ob’yekt oq bo’ladi, qachonki, siz Wireframe (Karkas) ob’yektlarini aks etish rejimida turgan bo’lsangiz.

Wireframe (Karkas) rejimida ajratilgan ob’yekt. Wireframe (Karkas) rejimida ishlaganda, yaxshisi ob’yektni aks ettirish uchun oq rangni tanlamagan yaxshi, chunki ob’yektlarni ajratilgan va ajratilmagan ob’yektlar o’rtasidagi farqlanishlar ko’rinmaydi. Smooth + Highlights (tekislangan) rejimida ajratilgan ob’yektning atrofida kvadrat orasida oq rang chiqadi.

Smooth + Highlights (tekislangan) rejimida ob’yektni ajratish.
Bittadan ortiq ob’yektlarni ajratishda Ctrl tugmachasidan-foydalanish mumkin. Ctrl tugmachasi ushlab turgan holda siz xoxlagan ob’yektni ajratib tugmachani bosing. Ajaratil-gan ob’yektlarni o’chirish uchun Alt tugmachsini bosib turgan holda siz o’chirib yuborish uchun xoxlagan ob’yektlarni bosing.
Bir necha ob’yektlarni bir vaqtni o’zida tanlashni boshqa yo’li – sohani belgilash. Bu rejimda ob’yektlarni belgilashnngi bir necha yo’llari mavjud. Rectangular Selection Region (to’g’riburchakli sohalarni belgilash). Bu rejimda ob’yektlarni belgilash uchun sichqonning o’ng tugmachasini ushlagan holda bosing, to’g’riburchakli proyeksiya oynasini chizing. Mazkur to’g’riburchak ichida joylashgan ob’yektlar belgilanadi.

Rectangular Selection Region (to’g’riburchakli sohalarni belgilash) rejimida ob’yektlarni ajratish. Shuningdek, turli shakllar yakunida ob’yektlarni ajratish mumkin (masalan, aylana). Ajratilgan ob’yekt rejimiga bog’lanib sohalarni ajratishda asosiy panel qurilmalari tugmacha-laridan foydalanish kerak.
Beshta variantga ajratish mumkin.

Sohaga ajratish tugmachasi. Sohalarga ajratishda tashqi chizilgan tugmacha yordamida Windows/Crossing (oyna/kesishish) yonida joylashgan tugmachadan foydalanish mumkin. Bundan tashqari tanish bo’lgan Rectangular Selection Region (to’g’riburchakli sohalarni belgilash), bu quyidagilar:

  • Circular Selection Region (ajratilgan aylanma soha);

  • Fence Sele Region (lassoga ajratish);

  • Paint Selection Region (bo’g’inlarga ajratish).

Qachonki sohalarga ajratish Crossing (kesishish) rejimiga ulanganda barcha sohalarga ajratilgan holda, shu bilan birga to’liq yoki qisman to’g’ri kelishi mumkin. Agar Window (oyna) rejimiga ulanganda esa ajratilgan sohaga tushgan ob’yektgina ajratiladi.
Biron bir ko’rgazma ob’yektini ajratish uchun menyudagi Edit – Select By –
Name (to’g’rilash-ajratish bo’yicha-nomi) buyrug’idan foydalanish mumkin. Bundan keyin oynada barcha ko’rgazma ob’yektlari ro’yxatida Select Objects
(Ob’yektni tanlash) paydo bo’ladi.


Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin