Alisher Navoiy aniq bir dialektga asoslanib ish ko’rmagan. U o’zbek dialekt va shevalarida ko’p va keng qo’llanuvchilik xarakterli xususiyatlarni tanlab olib, o’zbek adabiy tilini taraqqiy ettirish uchun qizg’in kurash olib bordi. Navoiy asarlarida qarluq-chigil-uyg’ur lahjasi va qisman qipchoq shevalari xususiyati mavjuddir.
Navoiy asarlari tilining fonetikasi hozirgi zamon o’zbek tili va 10-13-asr yodnomalari tilining fonetikasidan o’zining ba`zi xususiyatlari bilan farq qilai. Navoiy tilining fonetik xususiyatlari bilan bog’liq bo’lgan masalalar hali to’liq-to’kis ravishda hal qilingani yo’q. Navoiy nutqining fonetik bo’laklari haqida tilshunoslarimiz bir-biriga mos kelmaydigan turli fikrlarni bayon qilganlar.
Jumladan keyingi kichik fonetik bo’lak sintagmadir. Jumla bir yoki bir necha sintagmalarga bo’linadi. Sintagma bir yoki bir necha taktdan iborat bo’lishi mumkin. Takt sintagmadan kichik fonetik bo’lak bo’lib, bir bosh urg’u ostiga olib talaffuz qilinadigan bo’lakdir. Alisher Navoiy o’zining «Muhokamat ul lug’atayn» asarida taktga quyidagicha bo’lib chiqadi.