а) Alisher Navoiy о’zbek adabiy тilining аsoschisi.
ASOSIY QISM:
1) Navoiy tilining fonetik xususiyatlari.
2) Navoiy tilining morfologik xususiyatlari.
XULOSA.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
Navoiyning tilshunoslikka oid qarashlari
O’zbek adabiy tilining rivojida 15-asrning ikkinchi yarmi juda muhim davr hisoblanadi. Bu davrda Alisher Navoiy o’zining muborak ijodi bilan o’zbek adabiyotini yuksak darajaga ko’tarish bilan birga, o’zbek tilining taraqqiyotiga ham o’zining salmoqli hissasini qo’shdi. Navoiy o’z asarlarida, albatta «grammatika» yoki «fonetika» so’zini qo’llagan emas. Lekin tilning grammatik va fonetik qonunyatlarini yaxshi bilgan, ularni bir-birlaridan yaxshi farqlagan va o’ziga xos arabcha-forscha va turkcha-o’zbekcha atamalar bilan nomlangan: amr, harf, harakat, hamza, voze (voz-yasovchi yoki so’z yasovchi); tajnis va ihom – ko’p ma`noli so’z; alam-ism, ot; atmutakallim-so’zlovchi; lafz, kalom, alfoz kabilar haqida o’z davriga nisbatan juda muhim fikr va mulohazalar bayon qilgan. Jumladan, Navoiy turkiy (o’zbek) tilining grammatik xususiyatlari haqida yetarli darajada fikr bildirgan.
U, xususan, so’z yasash yo’llari haqida maxsus to’xtaydi. O’zbek tilida fe`llardagi birgalik va orttirma darajalarini yasovchi –sh/-ish, -t, qo’shimchalari orqali chopishmoq, topishmoq, ko’chishmoq, o’pishmoq, yugurt, qildurt, yashurt, chiqart kabi so’zlar yasalganligini, sifatlarda belgining ortiq-kamligini esa p, m, vositasi orqali op+oq qop+qora, qip+qizil, sap+sariq, yum+yumaloq, yap+yassi, op+ochuq, yam+yashil, bo’m+bo’sh tarzida ifodalanishini aytadi. Shuningdek, ravishdoshning – g’ach/-gach, -qach/-kach affiksi orqali tergach, borg’ach, yorg’och, topqoch, sotqoch kabi fe`l formalarining yasalishini; harakatni bajarishga intilish, tayyorlanish kabi ma`nolarni ifodalashda esa – gu/-g’u affiksi bilan yasalgan sifatdosh formasiga – dek ravishdosh yasovchi qo’shimchaning qo’shilishi orqali borg’udek, yorg’udek, qayg’udek, urgudek, surgudek fe`llarning hosil qilishini misollar bilan ko’rsatadi. Navoiy asos solgan adabiy tilning tovush imkoniyatlarining kengligi ham to’la isbot qiladi. Алишер Навоий асарларининг 15 томлиги. 14-том. - Тошкент, 1967,116-117-бетлар.
Chunki Navoiy asarlarining tili o’z davrida mavjud bo’lgan turkiy sheva, lahja va dialektlarning deyarli hammasining vokalizmini qaryib to’liq ravishda aks ettirgan va 9 sostavli unli tovushlar sistemasi va singarmonizm qonuniyati eski o’zbek adabiy tilining asosiy bazalari bo’lgan qipchoq lahjalarinng ham, o’g’uz lahjalarining ham, o’rta o’zbek (qarluq-chigil-uyg’ur) lahjalarining ham tovush sistemalarini to’liq aks ettirishga imkon beradi. Navoiy tilidagi qisqa hamda cho’ziq i unli tovushli o’sha davrdagi o’g’uz-turkman lahjalarining tovush sistemasini to’liq aks ettirish uchun hamda fors-tojik tilining ta`siriga kuchli ravishda uchragan Hirot, Samarqand, Buxoro shahar shevalari va ular tipidagi shevalarning tovush xususiyatlarini aks ettirish uchun xizmat qilgan. Alisher Navoiy asarlari tilida uchrovchi ochiq o (o) tovushi esa shu keyingi aytilgan til va dialektlarda fonema darajasiga ko’tarilgan lablangan o ni aks ettirish uchun qo’llagan. Alisher Navoiyning turkiy til sistemasidagi tovushlarning qonuniyatlarini yaxshi bilishligi va ularni yaxshi qo’llay olishi turkiy tilning tovush imkoniyatlarini necha yuz yillar davomida an`anaga kirib qolgan tor arab alfaviti imkoniyatlari darajasida ham yuzaga chiqarish mumkinligini isbot qiladi. Alisher Navoiy va umuman klassik shoirlarimiz juda yaxshi bilgan. Ular o’z asarlarining tilida 9 ta mustaqil fonemani ishlatganlar.
Alisher Navoiy o’zbek tiliga ya`ni o’z ona tilimizga diqqat bilan qaradi. Navoiyning afsus bilan ta`kidlashicha, hatto, ko’pgina o’zbek shoirlari ham, ona tili boyliklari va keng imkoniyatlaridan foydalanishga kam e`tibor berardilar. «Bu til dag’al til, unda yuksak san`at asarlari yaratib bo’lmaydi» degan fikrlarga uzil-kesil zarba berish, o’zbek tilining yashirin qolib kelayotgan xazinalarini ochish va uni ilm ahllariga, she`riyat muxlislariga tushintirish o’zbek xalqining buyuk farzandlari oldida muhim vazifa bo’lib turardi. Ana shu ulkan ishning uddasidan Alisher Navoiy chiqa oldi. Navoiy «Bu alfoz va iboratda bir nav daqoyiq ko’pdurkim, bu kunga deguncha hech kishi haqiqatig’a mulohaza qilmag’on jihatdin bu yashurun qolibdur. Va filhaqiqat agar kishi yaxshi mulohaza va taammul qilsa, chun bu lafza muncha vus`at (kenglik) va maydonida buncha fushat (ochiqlik) topilur…» deb yozdi va o’zbek shoirlarini o’z ona tilini faqatgina xalq ommasi emas, balki shoirlar ham qo’llashi, shu tilda, iloji boricha, o’z iqtidor va mahoratlarini ko’rsatishlari kerak edi. Masalan, Navoiy xuddi shu maqsadda quyidagicha yozadi: «…turk tilining jomliyati muncha daloil bilan sobit bo’ldi, kerak erdikim, bu xalq orasidin paydo bo’lg’on ta`b ahli salohiyat va ta`blarin o’z tillarin turg’och, o’zga til bilan zohir qilmasa erdi va ishga buyurmasalar erdi. Va agar ikala til bilan aytur qobiliyatlari bo’lsa, o’z tillari bilan ko’proq aytsalar erdi va yana biri bilan ozroq aytsalar erdi.