Kirish “Agrobank” atb ning tashkil etilishi tarixi va vazifasi


Foizlar kapitalizatsiyasi



Yüklə 181,16 Kb.
səhifə10/14
tarix25.12.2023
ölçüsü181,16 Kb.
#195363
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Marjona hisobot

Foizlar kapitalizatsiyasi – bu ma'lum muddatda depozit bo‘yicha hisoblangan foizlar omonatning asosiy summasiga qo‘shilishi va keyingi foizlar yangi hosil bo‘lgan summa bo‘yicha hisoblanishi. Boshqacha so‘z bilan – foizlarga ham foiz to‘lanishi.


Imtiyozli davr – bu siz kredit bo‘yicha faqat foiz to‘lovlarini amalga oshirishingiz mumkin bo‘lgan vaqt. Bu vaqtda sizga kreditning asosiy summasini so‘ndirish majburiyati yuklatilmaydi.
Bank jismoniy va yuridik shaxslardan omonatga pul qabul qiladi hamda ushbu mablag‘larni aholiga kredit sifatida taqdim etadi. Barcha ishlab chiqarish jarayoni kabi, ushbu jarayonda ham “xomashyo” va “yakuniy tayyor mahsulot” o‘rtasida farq mavjud. Ushbu farq bankning opreatsion xarajatlari (xodimlarning ish haqi, ijara, bino uchun xarajatlar, safar va amortizatsiya ajratmalari, sug‘urta, soliq va h.k.), shuningdek, risk bo‘yicha xarajatlardan tashkil topadi (to‘lanmagan kreditlar bo‘yicha majburiyat bank zimmasiga tushadi va shu sababdan bank yetarli darajada rezerv miqdorini yaratishi zarur). Foiz stavkalariga, o‘z navbatida, pul manbalariga iqtisodiyotda talab va taklif darajasi, raqobat va boshqa omillar ham ta'sir ko‘rsatadi.
Agarda garov ta'minotiga qo‘yilgan biror mulkingizni sotish maqsadida yoki boshqa sababga ko‘ra garovdan chiqarmoqchi bo‘lsangiz, qarz beruvchining (tijorat bankining) roziligi bilan, ushbu ta'minot summasiga teng keluvchi boshqa garov ta'minotiga almashtirishingiz mumkin bo‘ladi.Masalan, 100 mln. so‘m miqdoridagi kredit uchun 125 mln. so‘mlik ko‘chmas mulkni (do‘kon) garovga olingan bo‘lsa, kredit asosiy qarzining 40 mln.so‘m qismi so‘ndirilgan taqdirda, kredit qoldig‘iga mos ravishda ko‘chmas mulk garovini 75 mln.so‘mlik avtotransport vositasiga almashtirish mumkin.
Qarz oluvchi bankka quyidagi ta'minot turlarining birini yoki bir nechtasini taqdim etishi mumkin:
• mulk yoki qimmatli qog‘ozlar garovi;
• bank yoki sug‘urta tashkiloti kafolati;
• uchinchi shaxsning kafilligi;
• sug‘urta kompaniyasining qarz oluvchining kreditni qaytara olmaslik xatarini sug‘urta qilingani to‘g‘risidagi sug‘urta polisi.
Kredit hisobiga sotib olingan mulk, uning qiymatining 80 foizi miqdorida mazkur kredit bo‘yicha garov predmeti bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Kreditning to‘liq qiymati (KTQ) - iste'mol krediti yoki qarz olish bilan bog‘liq to‘lovlarining haqqoniy, yillik va samarali hisoblashdagi foiz stavkasi hamda to‘liq qiymati.
Bugungi kunga kelib barcha banklar qarz oluvchilar bilan tuzilgan iste'mol krediti shartnomalarida kreditning to‘liq qiymati miqdorini ko‘rsatadi.

Yüklə 181,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin