Kirish “Agrobank” atb ning tashkil etilishi tarixi va vazifasi


“Agrobank” ATB Sherobod filialida orttirgan tajribam



Yüklə 181,16 Kb.
səhifə12/14
tarix25.12.2023
ölçüsü181,16 Kb.
#195363
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Marjona hisobot

5. “Agrobank” ATB Sherobod filialida orttirgan tajribam.
Men Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi “ Agrobank ” ATB da 2023-yil 5-iyundan 2023-yil 17-iyungacha malakaviy amaliyot o`tadim. Amaliyot davrida “ Agrobank “ aksiyadorlik tijorat bankining “ omonatlar bilan ishlash “ bo`limiga biriktirildim. Bevosita ushbu bankning rivojlanishi , nizomi , funksiyalari , strukturasi , hujjatlar bilan ishlash , ijro nazorati va hodimlar ish faoliyati bilan tanishdim. Bank o`z faoliyatida IABS ( bankning avtomatlashtirilgan bank tizimi ) , PRIME ( Visa karta chiqarish , unga mablag` kirimi va chiqimiga oid operatsiyalarni o`tkazish ) , NCI ( bank axborot markazi ) kabi dasturlardan foydalanadi. Men amaliyot vaqtida plastic kartani registratsiya qilish daftarchasiga yangi ochilgan plastiklarni registratsiya qildim. Plastikka kod qo`yishni o`rgandim. Omonatlarni kirim chiqim qilishni, yangi kelgan mijozga omonat qo`yishni, identifikatsiya qilishni o`rgandim. Uzcard va Humo Visa kartalarini ochishni , schyot tasnifi , yuridik shaxsga hisobraqam ochishni , kredit yig`ma jildini, kredit olgan mijozga grafik chiqarishni, kartaga SMS ulashni, skaner qilishni, valyuta perevod stalik kontakt qilishni o`rgandim. Bank asosan 6 ta balanslar bo’yicha ish yuritishi haqida o’rganib chiqdik. tijorat banki ibalansi, ular kredit va boshqa faol amaliyotlar joylashtiriladi qanday ko'rsatgan, bankning o'z, qarz va qarz mablag'lari holatini aks ettiradi. Amalda, qimmatli qog'ozlar bilan operatsiyalar, shu jumladan, moliyaviy resurslar va ularning joylashtirish, davlat kredit, naqd, hal va boshqa bank operatsiyalari, shakllanishini monitoring qilish ma'lumotlaridir. bank balansi bank tashkil etish va bank boshqaruvi faoliyatini takomillashtirish asosiy muhim iqtisodiy ma'lumotlarni aks ettiradi. Davlat organlari yordamida mamlakat bo'ylab pul sektorini rivojlantirish nazorat. Bank balansi asosida o'z navbatida bank, boshqarish, yakuniy natijalar qabul qilish va amalga oshirilgan tadbirlar samaradorligini baholaydi bank operatsiyalarini rivojlantirish keyingi qadamlarni bayon etilgan. Amaliyot kunimning 10 kunidan boshlab, o’z amaliyotimni filialning kredit bo’limida o’tkazdim. Bu bo’limda filial kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni tashkil qilish, uy-joy qurish, t a’mirlash va sotib olish (ijaraga olish) uy xo’jaligini yo’lga qo’yish: mebel va boshqa uzoq muddatli foydalanadigan hayotiy zarur tovarlar sotib olish va o’z navbatida iste’mol kreditlar bilan shug’ullanishiga guvoh bo’ldim va quyidagilarni o’rgandim.
MS WORD da buxgalteriya bo’limida qilinadigan operatsiyalarga quyidagilar kiradi:
-to’lov topshiriqnomasi
-to’lov talabnomasi
-inkasso topshiriqnomasi
-akkredditivga ariza
-Memorial order
MS WORD da kredit bo’limida qilinadigan operatasiyalar quyidagilar:
-kredit shratnomasi
-kredit xulosasi
-kredit bayonnomasi
-kreditni baholash
-kreditga ariza
-bank kafilligi
MS Excel da kredit bo’limida qilinadigan operatsiyalar:
-kreditning qaytish grafigi
-hisobotlar
-balansning moliyaviy tahlili.
Har bir bank o’z kredit siyosatidan kelib chiqqan holda kredit beradi.
Bankning kredit siyosati–kreditlash jarayonida yuzaga keluvchi tavakkalchilikni boshqarishda bank rahbariyati tomonidan qabul qilingan choralar va uslublarni belgilovchi hamda bank rahbariyati va xodimlarning kreditlar portfelini samarali boshqarishga doir ko’rsatmalar bilan ta’minlovchi hujjatdir. Kredit siyosati bankning kredit faoliyati maqsadlarini aniq ko’rsatish va aniqlab berish shart, shuningdek u bank kengashi tomonidan tasdiqlanib, banklarni oshkor qilib bo’lmaydiga siri hisoblanadi.
Kredit siyosati tarkibi quyidagilardan iborat bo’lishi zarur:

  • Kredit siyosatining maqsadi va strategiyasi

  • Kredit turlari

  • Kredit to’planishi

  • Kreditlarni to’lash

  • Qarzdorlarga doir moliyaviy hosobot

  • Garov ta’minonitiga nisbatan qo’yiladigan talablar

  • Foiz stavkalari

  • Bog’liq shaxslar bilan bajariladigan operatsiyalar

  • Ko’zda tutilmagan holatlar moddalari

  • Bank boshqaruv kengashiga taqdim etiladigan hisobotlar

Kreditni rasmiylastirish uchun zarur bo’lgan hujjatlar ro’yxati:



  • Qarzdorlar pasportlarining nusxalari;

  • Yashash joyidan oila a’zolari to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;

  • Asosiy va qo‘shimcha ish joylaridan so‘nggi 12 oy davomida olingan daromadlar va ushlanmalar hajmlari to‘g‘risidagi ma’lumotnoma yoki yashash joyi bo‘yicha so‘nggi yil davomidagi daromadlari to‘g‘risidagi mahalliy soliq organlari tomonidan tasdiqlangan deklaratsiyaning nusxasi;

  • Iste’mol tovarlarini (ishlar, xizmatlar) xarid qilish uchun oldi-sotdi shartnomasi;

  • Kreditning qaytarilishini ta’minlash uchun taqdim etiladigan hujjat;

  • Yosh oilalarga beriladigan kreditlar bo‘yicha bankka nikohni qayd qilinganligi to‘g‘risidagi guvohnoma va fuqarolik holatlari aktlarini yozish organi tomonidan berilgan er va xotinning dastlabki nikohda (yosh oila) ekanligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma taqdim etiladi;

Qarzdor bankka ta’minotning quyidagi turlarini taqdim etadi:

  • bank yoki sug‘urta tashkilotining kafolati, sug‘urta tashkilotlarining kreditni qaytarilmasligini sug‘urtalash bo‘yicha sug‘urta polislari;

  • yuridik va jismoniy shaxslarning kafilligi;

  • boshqa turdagi ko‘chma va ko‘chmas mulk garovi;

  • emitenti moliyaviy jihatdan barqaror yuridik shaxslar bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar garovi.

Bunda kreditni qaytarilishi bo‘yicha ta’minotining barcha turlari bo‘yicha umumiy summa kredit summasidan ortiq bo‘lishi va kredit summasining 125% dan kam bo‘lmasligi kerak.
Yakka tartibdagi turar-joy yoki kvartira sotib olish uchun ipoteka kreditini olishda ariza beruvchi tomonidan bankka kredit olish uchun ariza bilan birgalikda (so‘ralayotgan kredit summasini ko‘rsatgan holda) quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

  • mijoz tomonidan ariza;

  • yashash joyidan oila a’zolari to‘g‘risidagi ma’lumotnoma va ariza beruvchi (aloqador qarzdor) pasportining nusxasi;

  • doimiy ish joyidan berilgan ariza beruvchi (aloqador qarzdor) tomonidan so‘nggi 12 oy davomida olingan daromadlar to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar yoki yashash joyi bo‘yicha ariza beruvchining (aloqador qarzdorning) so‘nggi yil davomidagi daromadlari to‘g‘risidagi mahalliy soliq organlari tomonidan tasdiqlangan deklaratsiyalarning nusxalari;

  • pul mablag‘larining jamg‘arma omonat hisobvarag‘iga joylashtirilganligi to‘g‘risidagi bank ma’lumotnomasi;

  • sotuvchining turar-joyga bo‘lgan mulkchilik huquqini tasdiqlovchi hujjatlarning notarial tarzda tasdiqlangan nusxalari;

  • yakka tartibdagi turar-joy yoki ko‘p kvartirali uydagi kvartira narxini baholash bo‘yicha hisobot; (birlamchi bozordan turar-joyni xarid qilishda yakka tartibdagi turar-joy yoki ko‘p kvartirali uydagi kvartira narxini baholash bo‘yicha hisobot talab qilinmaydi);

  • Soliq organlaridan olingan soliqlar bo‘yicha qarzdorlikning yo‘qligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma.

Kredit kengashi mijozga kredit berishga qaror qilganidan keyin Filial boshqaruvchisi buxgalteriyaga kredit bo’yicha kerakli hisobvaraqlarni ochish to’g’risida bek ofisga farmoyish beradi. Shundan so’ng Kredit bo’yicha buxgalteriya hisob-kitoblari olib boriladi va quyidagicha muomalalarda namoyon bo’ladi
Kredit berish munosabati bilan bank tomonidan olinadigan vositachilik haqi qarzdorning moliyaviy ahvolini va investitsiya loyihalarini qoplanishini baholash, kafolatlarni baholash va aks ettirish, garov va boshqa ta'minotlarni tashkillashtirish bo‘yicha tadbirlar, hujjatlarni tayyorlash va ular bilan ishlash hamda bitimni yakunlash bilan bog‘liq bank xarajatlari kompensatsiyasini o‘z ichiga oladi. Shu kabi vositachilik haqlari kredit berish va kelgusida kredit munosabatlarida qatnashishning ajralmas qismi bo‘lib, va ularga tegishli to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarajatlar bilan birgalikda, muddati uzaytiriladi va real daromadni tuzatish (korrektirovka qilish) sifatida tan olinadi. Bundan tashqari, banklar kredit berish borasida yozma majburiyat uchun vositachilik haqi olishlari mumkin.

Yüklə 181,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin