Atamalar va ularning vujudga kelishi
Reja:
Kirish
Asosiy bolim
Atamalar va kasb-hunarga oid so’zlar leksik birlik sifatida.
Atamalar ma’nosidagi chegaralanganlik va ularning baynalmilallik xususiyati.
Kasb-hunarga oid so’zlarning vazifaviy uslublarda qo’llanilishi.
Kasb-hunarga oid so’zlarning ilmiy va rasmiyuslublardagi vazifasi.
Xulosa
Foydalangan adabiyotlar
Kirish
O’zbek tilining barcha leksik resurslarida bo’lgani kabi atamalarning ham o’z boyish yo’llari bor va ular tilimiz taraqqiyotidagi umumiy qonuniyatlarga muvofiq keladi.
Dunyoda chetdan so’z o’zlashtirmagan birirta ham til yo’q, degan qarash uning terminologiyasiga ham to’g’ri keladi. “Hamma tillarda ham yangi tushunchani ifodalash uchun yo boshqa tildan tayyor termin qabul qilinadi, yo shu tilning o’zida mavjud bo’lgan so’z yoki termindan foydalaniladi, yo bo’lmasa yangi termin yasaladi” deb yozadi S.Akobirov.
E’tirof etish kerakki, o’zbek tilida chetdan qabul qilingan ilmiy-texnikaviy atamalarning salmog’I katta. An’anaga ko’ra ularni quyidagi yo’nalishlarda o’rganamiz:
Ular(tilning sofligi uchun kurashuvchilar - mualliflar)… ko’plab qadimiy so’zlarni tiriltirishni, o’zbek adabiy tiliga qabul qilishni tavsiya qildilar. Masalan, arabcha zahmat, xalq, duo, nasihat, rais, olam, kitob,maktub so’zlari o’rniga emgak, el, oqish, o’g’ut, boshliq, ochun, bitik, yozoq so’zlarini, forscha shahar, guvoh, tajriba so’zlari o’rniga baliq, taniq, sipok so’zlarini, ruscha parovoz, poyezd, revolyutsiya, proletar, samovar, pochta, agronom, elektr, geografiya, botanika, astronomiya, morfologiya, sintaksis kabi so’zlar o’rniga o’txona, otash arava, o’zgarish, yo’qsil, o’zi qaynar, choparxona, ekin bilg’ich, simchiroq, yer biligi, o’simlik biligi, yulduz biligi, sarf, nahv kabi so’z va iboralarni ishlatishni ko’tarib chiqdilar.
Dostları ilə paylaş: |