Kirish Asosiy qisim Bozor kon’yukturasi tushunchasi


Kon’yunkturani prognoz qilish va bozor kon’yunkturasini prognoz qilish uslublari



Yüklə 55,06 Kb.
səhifə4/5
tarix07.01.2024
ölçüsü55,06 Kb.
#205174
1   2   3   4   5
Kirish Asosiy qisim Bozor kon’yukturasi tushunchasi

Kon’yunkturani prognoz qilish va bozor kon’yunkturasini prognoz qilish uslublari

Ayrim tovar bozor kon’yunkturasini o‘rganishdan maqsad to‘g‘ri prognoz qilish va o‘zgarishlarning oldindan aytib berishdan iboratdir. Umuman bashorat - bu ob’ekt ahvolining kelajagi haqida, fikrlari va rejalarini ruyobga chiqarish yo‘llari va muddatlaridir. Bashorat insonning o‘rganish va amaliy faoliyatida yo‘llangan ob’ekti bo‘lib, jarayonlar, ko‘rinishlar, hodisalar bo‘lishi mumkin.
Prognoz qilish bu- ob’ektning kelajagini tahlil qilish va bu kelajakni qanday bo‘lishini ko‘ra bilishdir. Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning bashorat imkoniyatlari eng avval sabab va hodisa bog‘lanishlarining tabiat xarakterlari orqali aniqlanadi. Oldindan aytib berish, prognoz qilish faqat umumiy xossalar va qonuniylikka ega bo‘lgan sabab va xulosalar aniq bo‘lgan jarayonlarga bog‘liqdir. Iqtisodiy bashorat kon’yunkturasining tuzishning asosiy imkoniyatlari iqtisodiy hodisalarni rivojlanishi to‘g‘ridan - to‘g‘ri vaqt takozosi orqali aniqlanadi. Bashorat qiluvchining vazifasi hozirgi kunda ko‘z ostida oldingilarni esga olib, kelajak elemetlarini topish va umum tendensiyalarini o‘rganib shu hodisalarni rivojlanishining kelajagini ko‘rsatib berishdir. Prognoz qilish har doim ishning rejalashdan oldingi bosqichi hisoblanadi, marketing dasturi va rejasining asosiy variantlaridan biri hisoblanadi, chunki prognoz qilishning maqsadi - bilimimizning darajasiga to‘g‘ri keladigan va bashoratga kiritilishi asosida mumkin bo‘lgan holatlarning rivojlanishini kengroq bo‘lishi mumkin bo‘lgan muqobil yo‘llarini berishdir. Bu holatda qaror qabul qilish bashorat variantlarining ko‘proq bo‘lishi mumkin bo‘lgan asoslangan tanlov hisoblanadi.
Prognoz qilish- ilmiy analitik ajralmas bosqichdir. Ishlab chiqarilgan bashoratlar asosida qarorlarni qabul qilish ham qaror hisoblanadi. Hozirgi vaqtda iqtisodiy prognoz qilish 1-1,5 eng ko‘pi 2 yildir, o‘rta muddatli 5 yilgacha, uzoq muddatli 5 yildan ortiq va 15-20 gacha. Qisqa muddatli prognoz qilish bu har doimgi kon’yunktura bashoratidir, u har kungi amaliyotning boshqaruvchisi hisoblanadi, uzoq muddatli prognoz qilish umumiy tendensiyalarini aniqlaydi, iqtisodiy programmalarni tuzishda asos hisoblanadi va u kelajak kon’yunkturani aniqlash uchun muhimdir. Hozirgi vaqtda zamonaviy ilm-fanda prognoz qilishning 100 dan ortiq turli uslublari qo‘llaniladi. Ular bir-birlaridan qo‘llanmalari bilan, ularni qo‘llash va asoslanganliklari bilan farq qiladi. Ularning orasida ekspert baholash uslubi, miya hujumi, tarixiy analog, matematik - statistik uslublarni qo‘llash bilan farq qiladi. Kon’yunkturani prognoz qilishda kon’yunktura rivojlanishi umumiy tendensiya baholaridan boshlash kerak. Buning uchun esa kelajak kon’yunkturani zamonaviy kon’yunkturadan ajratish uchun hamma narsani e’tiborga olishi kerak. Bu maqsad uchun esa uzoq davr uchun xizmat qiladi.Kon’yunktura rivojlanishidagi ichki omillar bilan bir qatorda yana shu mamlakatning iqtisodiyotiga jahon kon’yunkturasini ta’sir etishini ham kuzatish kerak, chunki u ba’zi mamlakatlar uchun kon’yunktura sinish paytida katta ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin. Agar mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalari qancha kuchli bo‘lsa, shunchalik unga bo‘lgan ta’sir ortadi.
Umuman bashoratni aniqlash ma’lum ob’ektning bo‘lajak holatini, ilmiy asosda obrazini yaratish demakdir. Tovarlar bozori bashoratini aniqlashda quyidagi talablar e’tiborga olinishi shart:
1.Kelajakda bozor kon’yunkturasiga ta’sir etuvchi omillarni hisobga olgan holda ilmiy asoslangan, ishonchli va tizimli yondashish.
2. Bashoratni aniqlashda bir necha variantlardan foydalanish, ularning natijalari bir xil yoki yaqin bo‘lishi.
3.Ishlatilgan uslublarning ilmiy asosi etarli bo‘lishi.
4.Xulosalarni aniq va ravon tilda, ayniqsa qaror qabul qiluvchilarga tushunarli ishlanganligi.
5.Bozor kon’yunkturasi istiqboli o‘z vaqtida aniqlanishi va korxona, assotsiatsiya, kompaniya va vazirliklar ishini boshqarishda qo‘llaniladi. Bozor kon’yunkturasini iqtisodiy tenglikka yo‘likmaslik, muvozanatiga erishish sharti hisoblanadi.
Bozor kon’yunkturasini prognoz qilish uslublarini 4 ta katta sinfga bo‘lishimiz mumkin.
1. Faktografik uslublar. Bu prognoz qilishning shunday uslubiki, unda o‘tgan davrda bo‘lib o‘tgan haqiqiy omillardan axborotli asos sifatida foydalaniladi. Bu ma’lumotlar miqdor va sifat xarakteriga egadir. Bozor kon’yunkturasini prognoz qilishning faktografik uslublari o‘z navbatida 3 turga bo‘linadi. Birinchi turi ekstropolyasiya va interpolyasiya uslublari yig‘indisidan iborat bo‘lib, bu turdagi modellar uchun chiziqli funksiyalarni tuzishda boshlang‘ich axborotdan foydalanish xarakterlidir. Ikkinchi turi statistik uslublar bo‘lib, ular ikki va undan ortiq o‘zgaruvchan prognoz qilish ob’ektlarining o‘zaro aloqalarini tadqiq qilishda qo‘llaniladi. Uchinchi turi mazkur ob’ektlarning kelgusidagi rivojlanishini shunga o‘xshash ob’ektlarning rivojlanish qonuniyatlari bo‘yicha tadqiq qilishga asoslanadi.
2. Ekspert uslublar u yoki bu sohadagi mutaxassis-ekspertlarning fikr va mulohazalarini qayta ishlashga asoslanadi. Prognoz qilishning ekspert baholash uslubi intuitiv va analitik uslubni o‘z ichiga oladi. Intuitiv uslublarga ekspertlarni jalb qilishga, amalda prognoz qilish ob’ektini rivojlantirish jarayonlarini aniqlash hamda shaxsiy eruditsiya va tuygu vositasida kelgusidagi o‘zgarishni baholashga asoslangan uslublar kiradi. Analitik uslublarga prognoz qilish ob’ektini tadqiq qilish jarayoni modelini mantiqan tahlil qilishga asoslangan usullari kiradi. Bozor kon’yunkturasini prognoz qilishda ekspert baholash uslublari, ayniqsa, intuitiv uslublar keng qo‘llaniladi.
3. Ekstropolyasiya uslubi. Ekstropolyasiya uslublari bozor kon’yunkturasining turli ko‘rsatkichlari va xususiyatlarini prognoz qilishda qo‘llaniladi. Ekstropolyasiya formalar yoki jarayonlarning kelgusidagi holati qonunlari, nazariyalari hamda tajribasini keng yoyishni takozo qiladi, ya’ni bu holda ekstropolyasiya prognoz qilish amalga oshirilayotgan ob’ektning ilgarigi rivojlantirish tendensiyalariga tayanadi. Ekstropolyasiyaning bozor tadqiqotlarida qo‘llaniladigan asosiy modellaridan biri – bu trend modelidir. Trend modellari jarayonlarni vaqtga nisbatan o‘zgarishning asosiy yo‘nalishlarini ko‘rsatadi.
4. Ekonometrik modellar. Ekonometrik modellar iqtisodiy jarayonlar paramerlarining stoxastiklarini nazarda tutgan holda bozor kon’yunkturasining turli ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar va proporsiyalarni miqdoriy bayon qiladigan regression va balans tenglamalari tuzish orqali ifodalanadi. Ekonometrik modellash bozor kon’yunkturasini prognoz qilishda keng qo‘llaniladi. Ular ishlab chiqarish va unga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar, bozordagi narxlar darajasi, raqobat va unga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar, iste’molchilarning ehtiyojlarini tahlil qilish, marketing tadbirlarini amalga oshirish va unga ta’sir qiluvchi omillar o‘rtasidagi va boshqa jarayonlar o‘zgarishni matematik modellar yordamida tahlil qilishga hamda prognoz qilishga yordam beradi. Ekonometrik modellarning xususiy holi korrelyasion va regression modellashdir. Bozor kon’yunkturasini tahlil va prognoz qilish natijalari firmaning biznes - reja tuzishda yoki firmaning bozordagi butun faoliyatini tartibga solishda va boshqarishda keng qo‘llaniladi.




  1. Yüklə 55,06 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin