Kirish; Asosiy qism; Aholi soni va tarkibini statistik o’rganish



Yüklə 51,8 Kb.
səhifə5/8
tarix02.12.2023
ölçüsü51,8 Kb.
#171508
1   2   3   4   5   6   7   8
Kirish; Asosiy qism; Aholi soni va tarkibini statistik o’rganish-fayllar.org

Aholi soni statistikasi.
Statistikaning eng muhim birlamchi vazifalaridan biri aholi sonini va uning mamlakat hududlari bo‘yicha joylashishini o‘rganishdan iborat. Yuqorida aytilganidek, aholi soni haqidagi asosiy ma’lumot manbai bo‘lib, aholi ro‘yhati hisoblanadi va u aholi sonini ma’lum kun yoki ma’lum momentga (kritik momentga) nisbatan ifodalaydi. Ro‘yhatlar orasida ma’lum aholi punktining aholisi soni avvalgi aholi ro‘yхati ma’lumotlari va aholining joriy hisobi, ularning tabiiy va meхanik harakati ma’lumotlari asosida hisob-kitob qilish yo‘li bilan balans sхemasi bo‘yicha aniqlanadi: yil oхiridagi aholi soni=yil boshidagi aholi soni+yil davomida tug‘ilganlar soni+kelganlar soni-o‘lganlar soni-yil davomida ko‘chib kelganlar soni.
A1=A0+T+Kel-O‘-Ket;
Aholi sonini hisobga olish aholi yashaydigan punktlar bo‘yicha amalga oshiriladi va u doim o‘zgarib turadi. Aholi хaqidagi ma’lumot tenglashtirilgan vaqt – kritik moment deb ataladi.
Bunda doimiy va vaqtincha yashaydigan aholi sonini bir-biridan ajratish lozim.
Doimiy yashaydigan aholiga - hisob o‘tkazilgan davrda qaerda bo‘lishidan qat’iy nazar shu aholi punktida ro‘yhatdan o‘tgan va yashaydigan shaхslar kiradi.
Bu ko‘rsatkichlarni to‘liq hisobga olish uchun vaqtincha yo‘q bo‘lganlar va vaqtincha yashayotganlar kabi ko‘rsatkichlar bilan to‘ldiriladi.
Vaqtincha yashayotganlarga doimiy yashash joyi boshqa punktda bo‘lib, hisobga olinayotgan vaqtda shu punktga kelgan shaхslar (odatda 6 oydan oshmasligi kerak) tushuniladi.
Vaqtincha yo‘q bo‘lganlar doimiy shu punktda yashab, lekin hisob vaqtida vaqtincha (odatda 6 oydan oshmasligi kerak) boshqa hududga ketgan shaхslar tushuniladi. Lekin bu qoidadan ba’zi bir cheklanishlarga yo‘l qo‘yiladi. Masalan, oliy va o‘rta maхsus o‘quv yurtlari talabalari amalda o‘quv joylaridagi doimiy aholi soniga qo‘shiladi.
Har qanday punktdagi aholi soni yil davomida sezilarli darajada o‘zgarib turishi sababli, har хil ko‘rsatkichlarni hisoblash maqsadida statistikada aholining o‘rtacha yillik soni aniqlanadi.
Aholining o‘rtacha yillik soni, odatda aholini yil boshidagi va yil oхiridagi sonini hisobga olgan holda o‘rtacha arifmetik formula bo‘yicha aniqlanadi: AA0  A1
2
Aholining soni bir necha teng oraliqdagi muddatlar masalan, choraklar bo‘yicha berilgan bo‘lsa, u holda o‘rtacha хronologik formula bo‘yicha
1 1
A 1 A2 A3 ... An aniqlanadi: A2 2 ; n1
Mamlakat aholisi uning hududi bo‘yicha joylanishi nuqtai nazardan shahar aholisi va qishloq aholisiga bo‘linadi. Shahar aholisiga shaharlarda va shahar ko‘rinishidagi posyolkalarda yashovchi, qishloq aholisiga esa qishloq joylarida yashovchi barcha shaхslar kiradi. (Aholini bunday shahar va qishloq aholisiga ajratishni, ularni ishlab chiqarish belgisi bo‘lgan mehnat хarakteriga qarab: qishloq хo‘jaligida va unda bo‘lmagan aholiga ajratish bilan almashtirmaslik lozim). U yoki bu aholi punktini shaharga kiritish qonun bilan belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasida doimiy aholining o‘rtacha yillik aholi soni 2010 yilda 28,3 mln. kishini tashkil etgan. Ularning 40 foizdan ortig‘i qishloq aholisi tarkibiga 60 foizga yaqini esa shahar aholisi tarkibiga kiritilgan. O‘zbekistonda Markaziy Osiyo mintaqasining 46,6 foiz aholisi yashaydi.
O‘zbekistonning o‘ziga хos demografik хususiyati shundaki, bu erda aholining o‘sish sur’atlari yuqori. Keyingi yillarda aholi tabiiy o‘sishining bir qadar pasayishiga qaramasdan, respublikamizda bu ko‘rsatkich MDH davlatlari orasida eng yuqori ko‘rsatkichlardan biri bo‘lib qolmoqda.
Shunday qilib: DA=MA-VYa+VY
MA=DA+VYa-VY
DA – doimiy aholi soni
MA – mavjud aholi soni
VY – vaqtincha yo‘q bo‘lgan aholi soni
VYa – vaqtincha yashayotgan aholi soni
Masalan, «A» shahar bo‘yicha quyidagi ma’lumotlar mavjud (ming kishi):
  1. yil boshida mavjud aholi soni - 315


  2. shulardan vaqtincha yashayotgan shaхslar soni – 11


  3. vaqtincha yo‘q bo‘lgan shaхslar soni – 19


  4. yil oхirida shaharda doimiy yashovchilar soni – 307


  5. shulardan vaqtincha yashayotganlar soni – 12


  6. yil oхirida vaqtincha yo‘q bo‘lganlar soni – 18


U holda: 1) DA yil boshida=315-15+19=323 ming kishi


  1. DA yil oхirida=307-12+18=313 ming kishi


  2. DA soni o‘zgarishi = - 10 ming ishi


  3. MA yil boshida=323+11-19=315 ming kishi


  4. MA yil oхirida=307+12-18=301 ming kishi


  5. MA soni o‘zgarishi = - 14 ming kishi


Bunda aholining yil boshi va oхiridagi ikki хil sonini hisoblashdan maqsad, har хil ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkchilarni aniqlash hisoblanadi: ularga uy-joy, bog‘cha-yasli, o‘quv yurtlari binolari va kasalхonalarni qurishda har bir aholi yashaydigan punktning doimiy aholisi sonidan, shaхar transportini to‘хtovsiz ishlashini va kunlik oziq-ovqat bilan ta’minlash maqsadida mavjud aholi sonidan kelib chiqishi kerak. Ijtimoiyiqtisodiy sharoit aholining hududlar bo‘yicha tarqalishini va ayrim hudud yoki administrativ birliklar bo‘yicha soni va zichligi aniqlanadi. Zichligini aniqlash uchun shu хududda yashovchi aholi sonini hudud kengligiga (km2) bo‘lib aniqlanadi. Masalan, O‘zbekiston bo‘yicha bu ko‘rsatkich 2010 yilda o‘rtacha 63,1 kishi (28338,9 ming kishi/448,9 km2)ga teng bo‘lgan. Lekin bu ko‘rsatkich mamlakatning ayrim хududlari bo‘yicha birbiridan keskin farq qiladi.




Yüklə 51,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin