Kirish asosiy qism. Maktabgacha yoshdagi bolalarga aqliy tarbiya berish


Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasining vazifalari



Yüklə 45,49 Kb.
səhifə8/11
tarix16.05.2023
ölçüsü45,49 Kb.
#114664
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
(8)Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta`lim berishda aqliy tarbiya berish vositalari

Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasining vazifalari:

  • Ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini joriy etish;

  • Bolalarning hayotini muhofaza qilish va sog‘lig‘ini mustahkamlash;

  • Bola shaxsini sog‘lom va yetuk, maktabda o‘qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish;

  • Bolaning intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishini ta’minlash;

  • Bolaning rivojlanishidagi (nutqida, ko‘rishida, eshitishida) yengil nuqsonlarni korreksiyalashni amalga oshirish;

  • Bolalarda xalqimizning yuksak ma’naviyati va insonparvarlik an’analariga sadoqat tuyg‘ularini shakllantirish.

3-ilova. “Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha ta’lim muassasasi to‘g‘risida NIZOM jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan maktabgacha yoshdagi bolalarni sog‘lomlashtirishga yo‘naltirilgan ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha ta’lim muassasalarining maqsadi va vazifalarini, uning faoliyatini tashkil etish, moliyalashtirish va ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasini boshqarish tartibini belgilaydi.
Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasi ta’lim-tarbiya berish, korreksion-pedagogik va davolash-sog‘lomlashtirish faoliyatni olib boruvchi muassasa hisoblanadi.

  • Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni ularning bilish imkoniyatlariga muvofiq tarbiyalash, nuqsonlarni korreksiyalash, imkoniyatiga muvofiq maktab ta’limiga tayyorlash, jamiyatga moslashuviga ko‘maklashish maqsadida tashkil etiladi.

Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasining vazifalari:

  • maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablari hamda ular asosida ishlab chiqilgan ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya va sog‘lomlashtirish ishlariga qo‘yiladigan talablarga muvofiq bolalarning ta’lim-tarbiya olishlarini va korreksion pedagogik ishni ta’minlash;

  • korreksion ta’lim-tarbiya jarayonini shaxsga yo‘naltirilgan, individual tarzda tashkil etish;

  • bolaning ijtimoiy-hissiy rivojlanishi, hayotiy qobiliyatlari shakllanishi uchun zarur korreksion-rivojlantiruvchi ta’lim-tarbiya muhitini yaratish;

  • bolaning jismoniy yoki psixik rivojlanishidagi nuqsonlarni bartaraf etish uchun zaruriy korreksion pedagogik ishni tashkillashtirish;

  • bolalarni ijtimoiy hayotga va maktab ta’limiga sifatli tayyorlash.

30.09.2017da O‘zbekiston Prezidentining PF-5198-son “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni va Prezidentning 30.09.2017 yildagi PQ-3305son “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilindi.
“Maktabgacha ta’lim sohasi uzluksiz ta’lim tizimining birlamchi bo‘g‘ini hisoblanib, u har tomonlama sog‘lom va barkamol bola shaxsini tarbiyalash va maktabga tayyorlashda g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi.
Mustaqillik yillarida respublikada ta’lim-tarbiya tizimi va barkamol avlodni tarbiyalash davlat siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishlari darajasiga ko‘tarildi. Biroq o‘tkazilgan tahlillar maktabgacha ta’lim sohasida olib borilayotgan ishlarning – samarasi va natijasi yetarli darajada emasligini ko‘rsatmoqda.
Jumladan, so‘nggi 20 yil davomida davlat tasarrufidagi maktabgacha ta’lim muassasalari soni 45 foizdan ziyodroq kamaygan bo‘lib, bugungi kunda respublika bo‘yicha bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinishi 31 foizni tashkil etadi. Shuningdek, maktabgacha ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasi zamonaviy talabga javob bermaydi.
Uzluksiz ta’lim tizimining muhim bo‘g‘ini bo‘lgan maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, samarali davlat boshqaruvi tizimini yaratish, maktabgacha -ta’lim muassasalari davlat va nodavlat tarmog‘ini kengaytirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, maktabgacha ta’lim muassasalariga bolalarni qamrab olishni keskin oshirish, ta’lim-tarbiya jarayonlariga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish orqali bolalarni har tomonlama intellektual, ma’naviy-estetik, jismoniy rivojlantirish hamda ularni maktabga tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash” maqsadida ushbu farmon qabul qilindi.
Yuqoridagi Farmon ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hama Vazirlar Mahkamasining Qarorlari ham qabul qilindi.
Ushbu me’yoriy hujjatlardan ko‘zlangan asosiy maqsad Maktabgacha ta’limni boshqarishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish, tarbiya va o‘quv jarayonini takomillashtirish, maktabgacha ta’lim muassasalarini yuqori malakali mutaxassislar bilan to‘ldirish, ularning infratuzilmasi va moddiy-texnik jihozlanishini yaxshilash, eng asosiysi bolajonlarimizning barkamol, sog‘lom bo‘lib rivojlanishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan barcha islohotlar buyuk kelajagimizning porloq bo‘lishi uchun yo‘naltirilganlini ko‘rsatib turibdi.
Ta’lim - maktabgacha yoshdagi bolaning bilish kobiliyatlarining muntazam - rejali ravishda rivojiantirib borish, MTMning talim- tarbiya dasturida belgilangan eng oddiy bilimlar sistemasi bilan qurollantirish, malaka va ko'nikmalarni shakllantirishdan iborat. Maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalarga akiiy tarbiya berishjla ta'lim etakchi rol o’ynaydi. CHunki u ta'lim jarayonida akiiy tarbiyaga doir hamma masalalar hal etiladi. Ta'lim — bolalarga izchillik bilan bilim berishni, bu bilimlarni aniqiash va sistemalashtirishni, bilish jarayonlarini, tafakkur faolligini rivojlantirishni nazarda tutadi. Ta'lim kuzatuvchanlik, qiziquvchanlik va aqining singchkovlik, ziyraklik, tanqidiyiik kabi sifatlarni rivojlantiiishga yordam beradi. Ta'lim jismoniy, estetik va mehnat tarbiyasini muvaffaqiyalli amalga oshirish uchun ham zarurdir. MTMda bolalarga madaniy - gigienik ko'nikmalar, asosiy harakatlar o’rgatiladi, ular madaniy ahloqiy qoidalarini o’zlashtirib oladilar. Ta'lim jarayonida bolalarda o'quv faoliyatlari asoslari hosil qilinadi, ularni maktabda muvaffaqiyalli o’qish uchun muhim shart-sharoitlar yaratiladi. Ta'Iimni ikki yul bilan amalga oshirish maqsadga muvofiqdir:
Bolalarga ta'lim berish jarayonida tarbiyachi har xil metodlardan, usullardan foydalanish;

Yüklə 45,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin