Talab hajmiga ta’sir qiluvchi boshqa omillar o’zgarmay qolgan sharoitda narxning 1% ga o’zgarishi talabning necha foizga o’zgarishini ifodalovchi ko’rsatkich talabning narx bo’yicha egiluvchanligi ko’rsatkichi deyiladi. Bu ko’rsatkich ko’pincha oddiy qilib talabning egiluvchanligi deb ataladi.
XULOSA. Bozor tizimi barcha mamlakatlar iqtisodiyotiga xos bo`lib, u o`z doirasini to`xtovsiz kengaytirib bormoqda. Iqtisodiy munosabatlarni samarali tashkil etish va resurislarni oqilona joylashtirish avvaldan insoniyat diqqatini, ayniqsa iqtisod ahlini jalb etib kelgan.
Ma’lumki jamiyat ixtiyoridagi ishlab chiqarish imkoniyatlari, mehnat resurslari, tabiiy boyliklar, yer, ya’ni bu resurslar chegaralangan bo`lib ulardan foydalanish, joylashtirish oqilona yondashuvni talab etadi. Hozirgi vaqtda bozor iqtisodiyoti hukmronligi resurslarni samarali taqsimlab joylashtirish va iqtisodiy o`sishni tezlashtirish, mahsulot sifatini yaxshilash va yuqori turmush darajasini taminlash imkonini tug`diradi. Bunday tizim mehnatni rag`batlantirishning ma’qul usullaridan keng foydalanish va shaxsiy boylikni, milliy boylikning ortib borishini tezlashtiradi.
Bozorni asosan talab va taklif, raqobat, baho kabilar shakllantiradi, tartibga solib turadi. Talab va taklif qonuning harakati va bozor iqtisodiyoti taraqqiyoti insoniyat jamiyati uchun juda ahamiyatli bo`lgan barcha boyliklardan foydalanish samarasini ko`tarish va inson manfaatiga qaratishda katta imkoniyatlar yaratishini qayd qilish mumkin. Bunda resurslardan to`la foydalanish, tabiiy boyliklar samarasini ko`tarish, yangi-yangi texnalogiyalar tufayli yangi xom-ashyo, materiallarni yaratish juda ahamiyatlidir.
Hozirgi texnalogiya asosan kam xarajat, ayniqsa kam moddiy sarfli ishlab chiqarishni yuqori darajaga ko`targan bo`lib, bularning hammasi bozor talabi natijasidir.
Ishlab chiqarishning talab asosida har tomonlama va keng miqyosda taraqqiy eta olishi inson turmish tarzining yuqori darajasini taminlab boradi.
Talab va taklif qonuni ta’sirida rivojlanayotgan iqtisodiyot mavjud imkoniyatlardan inson manfaati uchun eng samarali foydalanish imkonini tug`diradi.
Bozor iqtisodiyotining ustunligi ham avvalo shu bilan belgilansa kerak.