Muhammad al-Xorazmiy (9 asr) bilish nazariyasi rivojlanishiga katta hissa qo’shgan. U birinchi bo’lib koinot ob'yektlarining harakatlari hamda yerdagi nuqtalarining joylashishini jadval ko’rinishida aks ettirib, tajribakuzatish va tadqiqotlar metodlarini ilmiy jihatdan asoslab berdi, yagonalikning birligi tamoyili, shuningdek, alohida va umumiy, induktsiya va deduktsiyalarning mohiyatini aniqlashtirdi; matematik masalalarni echishning algoritmik metodini ishlab chiqdi. Bu metoddan bugungi kunda ham foydalanib kеlinmoqda.
Al-Kindiy (9 asr) ilmiy bilishning uch bosqichli kontseptsiyasini ilgari suradi. Alloma insonning bilishini: sezgiga oid va ratsional bilish tarzida ikkiga ajratadi. Sezib bilishning predmeti va ob'yekti barcha jism va moddiy narsalar hisoblanadi. Kindiyning fikricha, sezib bilish aql uchun muhim materialni beradi. Faqatgina aql tashqi dunyo haqida haqiqiy bilim va tushunchani ishlab chiqishga qodir, - deb hisoblaydi Kindiy.