Kirish Asosiy qism


Sharq mutafakkirlari mehnat tarbiyasi haqida



Yüklə 45,98 Kb.
səhifə14/16
tarix04.04.2022
ölçüsü45,98 Kb.
#54686
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Mutaffakir allomalar Kurs ishi

Sharq mutafakkirlari mehnat tarbiyasi haqida. Ta'lim-tarbiya tarixiga nazar tashlar ekanmiz, dastlabki xalq og’zaki ijodi namunalaridan tortib, buyuk mutafakkirlar ijodigacha yoshlarni mehnatsevar bo’lib yetishishi, kasb-hunar o’rganish, mehnat ahlini hurmat qilish hamda mehnat insonni ulug’lash masalalariga alohida e'tibor berilganligiga guvoh bo’lamiz.

Buni biz turli davrlarda yaratilgan ta'limiy-axloqiy asarlar va xalq og’zaki ijodi namunalari topishmoq, xalq qo’shiqlari, masal, maqol, ertak va dostonlarda mehnat va kasb-hunar odobi, axloqi va qoidalarini o’zlashtirish muhim hayotiy zarur ekanligi ta'kidlanadi.

Bundan tashqari «Avesto», Kaykovusning «Qobusnoma», Abu Nasr Forobiyning «Fozil odamlar shahri», Abu Rayhon Beruniyning «Geodeziya»,

«Minerologiya», Maxmud Qoshg’ariyning «Devonu lug’atit-turk», Yusuf xos Hojibning «Qutadg’u bilig», Alisher Navoiyning bir qator asarlari va shu kabi ma'rifiy meros namunalarida mehnatsevarlik, kasb-hunarning ahamiyati haqida muhim fikrlar bayon etilgan. Bular dastlabki xalq og’zaki ijodi namunalaridagi xalq eposlari, ertak, maqol va topishmoqlardan boshlangan.

Mana shunday ertaklardan biri «Aql va boylik» ertagidir. Bunda chol to’rt o’g’liga qarata «Kim aqlli va davlatmand bo’lsa, o’sha oila boshlig’i bo’lib qoladi», degan so’zlariga o’g’illaridan biri zumrad ko’zli oltin uzugi, ikkinchisi zarbof choponini, uchinchisi esa qimmatbaho kamarini ko’rsatadi.

Kenja o’g’il esa otasining savoliga «Menda zumrad ko’zli uzuk ham, zarbof chopon ham, qimmatbaho kamar ham yo’q. Lekin mehnatkash qo’lim, botir yuragim, aqlli boshim bor», - deydi va otasi uni oila boshlig’i qilib, uyro’zg’orini meros qoldiradi.

Ko’rinib turibdiki, xalq bu ertak vositasida yoshlarga insonni hayotda baxtli qila oladigan narsa mehnat dеgan g’oyani ilgari surgan.

Faqat ertaklarda emas, xalq maqollarida ham mehnatsevarlik, mehnatda hamkorlik, mehnatning insonni baxtli-saodatli qilishi ifodalangan. Maslan:

Daryo suvini bahor toshirar, Inson qadrini mehnat oshirar.

Oltin o’tda bilinar, Odam mehnatda.

Mehnatda do’st ortar, g’iybatdan dushman, kabi maqollar shular jumlasidandir.

Yusuf xos Hojibning «Qutadg’u bilig» asarida esa shahar va qishloq xalqini ijtimoiy tabaqalarga ajratib, dehqonlar, hunarmandlar, chorvadorlar, olimlar, tabiblar va boshqalar haqida so’zlab, ularning jamiyat hayotidagi o’rniga alohida to’xtalib o’tadi. Turli kasblar, ayniqsa, dehqonchilik, hunarmandchilik va chorvachilikka oid fikrlarini bayon etadi. U dehqon, hunarmand va chorvadorlarni jamiyatning moddiy boyliklarini yaratuvchi sifatida ta'riflaydi.

Dehqonlar mehnatini ulug’lash bilan birga, hunarmandlar haqida ham «juda zarur kishilardir ... temirchi, tikuvchi, etikdo’z, suvchi, egarchi, toshchi, o’qchi, kamonchilarning foydasi katta. Ularni sanay berib ko’zim uzayib ketdi. ... Bu dunyoga ular yaxshilik kеltiradilar, Ular juda ko’p ajoyib narsalarni ishlaydilar», - deb o’zining xayrixohligini bayon etadi va hukmron doiralarga mehnatkashlar bilan munosabatda bo’lish shartlari xususida o’z tavsiyalarini bayon qiladi.


Yüklə 45,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin