Kirish. Asosiy qism. Zamonaviy pedago`gik texnologiyalarning ta`limdagi ahamiyati


Natriy, tabiatda uchrashi, fizik va kimyoviy xossalari, muhim birikmalari, ishlatilishi



Yüklə 170,4 Kb.
səhifə20/26
tarix13.06.2023
ölçüsü170,4 Kb.
#129649
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   26
9-sinflarda-ishqoriy-yer-metallari-mavzusini-oqitishda-zamonaviy-pedagogik-texno (1)

4. Natriy, tabiatda uchrashi, fizik va kimyoviy xossalari, muhim birikmalari, ishlatilishi.
Natriyning atom massasi 22,99 ga teng. Uning atom radiusi 0,189 va ion radiusi 0,098 nm ga teng bo’lib, ionlanish energiyasi esa, 5,14 eV ga teng. Natriy tabiatda ko’p tarqalgan element, u yer po’stlog’ining 2,64% ini tashkil qiladi. Quyoshda va yulduzlarda ham natriyning borligi aniqlangan. Natriy minerallari qatoriga NaCl galit yoki toshtuz, Na2SO4∙H2O mirabilit yoki glauber tuzi, Na2AlFkriolit, Na2B4O7∙10H2O bura, Na2CO3∙10H2O soda, NaCl∙KCl silvinit, Na2SO4∙3K2SOglazerit, Na2SO4∙MgSO4∙4H2O astraxanit, NaNO3 chili selitrasi va boshqalar kiradi. Natriy boshqa elementlar bilan birga silikat va alyumo-silikatlar tarkibida, o’simliklarda, inson va hayvonlar organizmida, shuningdek, dengiz va tuzli ko’l suvlarida ko’p miqdorda uchraydi.
Natriy osh tuzining suyuqlanmasini elektroliz qilish yo’li bilan olinadi. Katod va anod bo’shlig’i diafragma bilan ajratilgan bo’ladi, natriyning musbat ioni katoddan elektron biriktirib oladi ya’ni neytral atomga aylanadi. Natriyning neytral atomlari katodda suyuqlangan metall holida yig’iladi. Anodda xlor ionlari elektronlarini beradi, ya’ni oksidlanish sodir bo’ladi va gaz holida erkin xlor ajralib chiqadi. Bu jarayonlarni quyidagicha tasvirlash mumkin:
NaCl = Na+ Cl- Na+ e- = Na0 (katodda); Cl- - e- = Cl0; 2Cl0 = Cl2(anodda)
Natriy olish uchun soda bilan ko’mir aralashmasini qattiq qizdirish kerak:
Na2CO+ 2C =2Na + 3CO
Hosil qilingan natriy kerosin ostida yoki berk metall idishlarda saqlanadi. Natriy yumshoq pichoq bilan oson kesiladigan yengil metall, kub shaklida kristallanadi. Natriy bug’i alangani sariq tusga kiritadi. Natriy kimyoviy xossalari jihatidan juda aktiv havoda tez oksidlanadi, ftor va xlor atmosferasida uy haroratida alangalanadi. Qizdirilganda brom, yod, oltingugurt, vodorod va boshqa moddalar bilan reaktsiyaga kirishadi shuningdek, suv bilan reaksiyaga kirishib, vodorodni ajratib chiqaradi: 2Na + 2H2O = 2NaOH + H2
Yonib ketgan ishqoriy metallni suv sepib o’chirib bo’lmaydi, balki uning ustidan kalsinatsilangan soda kukuni sepish kerak.

Yüklə 170,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin