Kirish. Asosiy qism. Zamonaviy pedago`gik texnologiyalarning ta`limdagi ahamiyati



Yüklə 170,4 Kb.
səhifə1/26
tarix13.06.2023
ölçüsü170,4 Kb.
#129649
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
9-sinflarda-ishqoriy-yer-metallari-mavzusini-oqitishda-zamonaviy-pedagogik-texno (1)


9- sinflarda ishqoriy yer metallari mavzusini o`qitishda zamonaviy pedago`gik texnologiyalar va AKT lardan foydalanish
Reja:

  1. Kirish.

  2. Asosiy qism.

    1. Zamonaviy pedago`gik texnologiyalarning ta`limdagi ahamiyati.

    2. Kimyo darslarida AKTdan unumli foydalanish.

    3. 9- sinflarda ishqoriy yer metallari mavzusini o`qitishda zamonaviy pedago`gik texnologiyalar va AKT lardan samarali foydalanish.

  3. Hulosa.

  4. Foydalanilgan adabiyotlar.

  5. Tavsiya va takliflar.

Kirish
Har bir jamiyatning kelajagi uning ajralmas qismi va hayotiy zarurati bo`lgan ta`lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Bugungi kunda mustaqil taraqqiyot yo`lidan borayotgan mamlakatimizning uzluksiz ta`lim tizimini isloh qilish va takomillashtirish, yangi sifat bosqichiga ko`tarish, unga ilg`or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy qilish hamda ta`lim samaradorligini oshirish davlat siyosati darajasiga ko`tarildi. “Ta`lim to`g`risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning qabul qilinishi bilan uzluksiz ta`lim tizimi orqali zamonaviy kadrlar tayyorlashning asosi yaratildi.
Ta`limning barcha bosqichlariga oid umumiy pedagogik va didaktik talab o`quvchining dasturiy bilim, tasavvur va ko`nikmalari asosida mustaqil ishlash samaradorligini takomillashtirish, ilmiy fikrlashga, o`quv faniga qiziqishini kuchaytirish, kasbiy bilimlarini chuqurlashtirish, nazariy va amaliy mashg`ulot mobaynida ularning faolligini oshirishdan iboratdir. Jahon pedagogik tajribasi, zamonaviy pedagogik texnologiyalarining o`quvchilarni fanlarga qiziqtirishga, ularning mustaqil ishlashda faolliklarini oshirishga imkoniyati cheksiz ekanligini tasdiqlamoqda.
Ta`limning bugungi vazifasi o`quvchilarni kun sayin oshib borayotgan axborot – ta`lim muhiti sharoitida mustaqil ravishda faoliyat ko`rsata olishga, axborot oqimidan oqilona foydalanishga o`rgatishdan iboratdir. Buning uchun uzluksiz ravishda mustaqil ishlash imkoniyati va sharoitini yaratib berish zarur.
O`zbekiston Respublikasi demokratik, huquqiy va fuqarolik jamiyatini qurish yo`lidan borayotgan bir paytda ta`lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning bosh maqsadi va harakatga keltiruvchi kuchi har tomonlama rivojlangan barkamol insonni tarbiyashdan iboratdir. Bu barobarida darslarda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish yaxshi samara beradi.

Yüklə 170,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin