o`quvchilar kichik guruhlarga ajratiladi;
o`quvchilar darsning maqsadi va tartibi bilan tanishtiriladi.
O`quvchilarga mustaqil o`rganish uchun mavzu bo`yicha matnlar tarqatiladi;
Berilgan matnlar o`quvchilar tomonidan yakka tartibda mustaqil o`rganiladi;
Har bir guruh a`zolaridan yangi guruh tashkil etiladi;
Yangi guruh a`zolarining har biri guruh ichida navbati bilan mustaqil o`rgangan matnlari bilan axborot almashadilar, ya`ni bir – birlariga so`zlab beradilar, matnni o`zlashtirib erishadilar;
Berilgan ma`lumotlarni o`zlashtirilganlik darajasini aniqlash uchun guruh ichida ichki nazorat o`tkaziladi, yani guruh a`zolari bir-birlari bilan savol-javob qiladilar;
Yangi guruh a`zolari dastlabki holatdagi guruhlariga qaytadilar;
Darsning qolgan jarayonida o`quvchilar bilimlarini baholash yoki to`plagan ballarini hisoblab borish uchun har bir guruhda “guruh hisobchisi” tayinlanadi;
O`quvchilar tomonidan barcha matnlar qay darajada o`zlashtirilganligini aniqlash maqsadida o`qituvchi (yoki opponent guruh) o`quvchilarga savollar bilan murojaat etadilar, og`zaki so'rov o`tkazadilar;
Savollarga berilgan javoblar asosida guruhlarni to`plagan umumiy ballari aniqlanadi;
Har bir guruh a`zosi tomonidan guruhdagi matnning mazmunini hayotga bog`lagan holda bittadan savol tuziladi;
Guruhlar tomonidan tayyorlangan savollar orqali savol javob tashkil etiladi;
Guruh a`zolari tomonidan to`plangan umumiy ballar yig`indisi aniqlanadi va guruh a`zolari o`rtasida teng taqsimlanadi.