2-chizma. Auditorlik tekshiruvidagi asosiy vazifalar.
Bu vazifani bajarish uchun auditordan keng professional va hatto intellektual dunyoqarash, yuksak axloqiy fazilat va nazorat ishining ma’lum ko’nikmalari talab qilinadi. Kengaytirilgan dasturda amalga oshiriladigan audit juda murakkabligi sababli odatda nazorat-taftish tadbirlarini mutaxassislar guruhi bajaradi, mutaxassislarning har biri biror kasb sohasida chuqur bilimli bo’ladi. Masalan, savdoda auditorlar guruhida buxgalterlar, tovarshunoslar, iqtisodchilar, iqtisodiy axborotni ishlashning avtomatlashtirilgan tizimi mavjud bo’lsa, ma’lumotlarni informatsion texnologiya mutaxassislari kiritadi.
Umuman auditni tashkil etishning bunday shakli nazorat samaradorligi va sifatini oshiradi, uni o’tkazish muddatini kamaytiradi, demak ko’rsatiladigan xizmatga ketadigan xarajatini kamaytiradi.
Auditorlik tekshiruvida korxona faoliyatining moliyaviy jihatlarini tahlil qilish, shuningdek, uni moliyaviy jihatdan sog’lomlashtirishga doir vazifalar bilan qo’shilib ketadi. Auditorlarning barcha (deyarli barcha) xizmatlari pul evaziga bajariladi, lekin bu mijoz korxonalarga ham, ularning buxgalteriya hisobotidan foydalanuvchi «Uchinchi shaxslar» deb ataluvchilarga ham foydalidir.
K eyinchalik O’zbekistonda ham bozor munosabatlari rivojlangan sari yuqorida aytilgan va shunga o’xshash tafovutlar kengayishi mumkin. Shu sababli auditning tashkiliy-yuridik va iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish va ularni auditorlik xulosalaridan foydalanuvchilarning kutishlaridagi ob’ektiv tafovutlarni hisobga olib takomillashtirish lozim.
Dostları ilə paylaş: |