2004 yil iyul, Bankning Farg’ona filiali ochilishi. 2004 yil 23 iyulda Farg’ona shahrida Bankning Farg’ona filiali ochildi.
senyabr, Bankning Navoiy filiali ochilishi. 2004 yil 30 oktyabrda Navoiy shahrida Bankning Navoiy filiali ochildi.
2003 yil fevral, Commerzbank bilan vakillik munosabatlarini o’rnatilishi. 2003 yil fevralda Germaniya Commerzbank AG bilan EVRO va AQSH dollarida vakillik munosabatlari o’rnatildi. Hozirgi kunda o’zaro hujjatlar almashinuvi jadal olib borilmoqda.
2002 yil noyabr, WESTERN UNION pul o’tkazmalari bilan hamkorlik aloqalari o’rnatildi. 2002 yil 11 noyabrda 15 daqiqa ichida butun dunyo bo’yicha AQSH dollarida pul o’tkazmalarini amalga oshirish uchun WESTERN UNION kompaniyasi bilan shartnoma imzolandi.
sentyabr, “Banklarda aholi omonatlarini kafolatlash” fondiga a’zo bo’lishi. 2002 yil 5 apreldagi O’zbekiston Respublikasining “Banklarda aholi omonatlarini kafolatlash to’g’risida”gi qonunini amalga oshirish maqsadida “O’zbekiston Respublikasi Banklarida aholi omonatlarini kafolatlash” fondi tashkil etildi. 2002 yil 19 sentyabrda AT “Aloqabank” fondning doimiy a’zosi bo’ldi.
senyabr, Bankning Qashqadaryo filiali ochilishi. 2002 yil 16 sentyabrda Qarshi shahrida Bankning Qashqadaryo filiali ochildi.
yanvar, Bankning Samarqand filiali ochilishi. 2002 yil 18 yanvarda Samarqand shahrida Bankning Samarqand filiali ochildi.
2001 yil sentyabr, SWIFT Xalqaro to’lov tizimiga a’zo bo’lishi. 2001 yil sentyabrida bank SWIFT Xalqaro to’lov tizimiga qo’shildi va uning a’zosi bo’ldi.
avgust, Bankning Surxondaryo filiali ochilishi. 2001 yil 21 avgustda Termiz shahrida Bankning Surxondaryo filiali ochildi.
iyun, Bankning Universal Bankga aylantirilishi. Aloqa va telekommunikasiya sohasiga aloqador bo’lmagan korxona va tashkilotlar hisobiga mijozlar bazasining jadal suratlarda oshishi Maxsus Bankdan Universal Bankga o’zgarishiga sabab bo’ldi. 2001 yil 23 iyunda avvalgi bosh litsenziya o’rniga O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan Bank nomiga o’zgartirishlar (MATB “Aloqabank” ATB “Aloqabank” ga almashtirildi) kiritilgan boshqasi berildi.