Kirish aт “Aloqabank” ning shakllanish tarixi aт “Aloqabank” ning boshqaruv strukturasining tavsifi Korxona ichki va tashqi aloqalari aт “Aloqabank” ning iqtisodiy



Yüklə 494,44 Kb.
səhifə15/22
tarix28.11.2023
ölçüsü494,44 Kb.
#169163
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22
Aloqabank

Bankning yuksak vazifasi - o'z mijozlariga ularning bizneslari talablariga javob beruvchi keng qamrovli bank xizmatlarini professional darajada taqdim etib, respublikada tadbirkorlikning mustahkamlanishiga ko'maklashish.
Ushbu vazifani amalga oshirishda AT «Aloqabank» doimiy ravishda o'zining korporativ qadriyatlariga asoslanib faoliyat yuritadi.
Korporativ qadriyatlar:
Kasbiy mahorat. AT «Aloqabank» bilan ish olib borayotgan har qanday mijoz sifatli xizmat ko'rsatilishi hamda mahsulotlardan foydalanishda eng maqbul qaror va maslahatlar taqdim etilishiga amin bo'lishi mumkin.
Ishonchlilik. AT «Aloqabank» biznes sohasida yaxshi nom orttirishni o'z oldiga maqsad qilib qo'yib, mijozlar, hamkorlar va davlat organlari bilan halollik, o'zaro ishonch, ochiq siyosat va hamjihatlikka asoslangan o'zaro munosabatlarda ish etikasining yuksak me'yorlariga rioya qiladi.
Ochiqlik. AT «Aloqabank» faoliyati mijozlar, xodimlar, jamoatchilik va davlat bilan bo'ladigan ochiq va samimiy munosabatlarga asoslangan.
Qonuniylik. AT «Aloqabank» o'z faoliyatini qonuniy asoslarga tayanib olib borishi bilan birga, noo'rin tavakkalchilik va shubhali (g'ayriqonuniy) bitimlar tuzilishiga yo'l qo'ymaydi.
Innovatsion g'oyalarni qo'llash. AT «Aloqabank» doimo har bir mijozga jahon miqyosidagi bank ishi va innovatsion g'oyalarning eng zamonaviy yutuqlariga asoslangan bank mahsulotlari va xizmatlarining majmuasini taqdim qilishga intiladi.
Xalqaro hamkorlik. AT «Aloqabank» mamlakatimiz korxonalariga chet el investorlarini jalb qilish va xorijiy hamkorlarga O'zbekistonda o'zlarining biznes faoliyatlarini amalga oshirishlari uchun zamonaviy g'oyalarni taklif etadi.
Samaradorlik. Har bir operatsiyani amalga oshirishda AT «Aloqabank» qisqa vaqt ichida mehnat va moliyaviy resurslardan eng maqbul ravishda foydalangan holda eng yuqori natijalarga erishishni ko'zda tutadi.
Bank o'z biznesini quyidagi tamoyillarga tayangan holda amalga oshiradi:
Shaffoflik. Bank doimo faoliyatida sodir bo'layotgan muhim voqealar to'g'risida ishonchli ma'lumotlarni taqdim etadi, chunki axborotlarning shaffofligi – mijozlar va hamkorlarning bankka bo'lgan yuqori darajadagi ishonchi uchun asos va poydevordir.
O'zaro ishonch. Bank o'z mijozlarini biznesni rivojlantirishning asosi deb hisoblagan holda ularning bankka bo'lgan ishonchini qadrlaydi hamda munosabatlarni o'zaro manfaatli sharoitlarda mustahkamlaydi.

Yüklə 494,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin