Kirish Avtomobil



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə2/14
tarix12.06.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#129017
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
ZAMONAVIY AVTOMOBILLAR YURISH QISMI tayyori

Avtomobil (yunoncha αυτο – oʻzi va lotincha mobilis – harakatlanuvchiyuruvchi) oʻz dvigateliga ega, yer sirtida harakatlanish uchun moʻljallangan, relssiz oʻziyurar transport vositasidir. Atamaning koʻpgina taʼriflari avtomobil yoʻlda yurishga moslangan, bittada to sakkiztagacha yoʻlovchi uchun joyli, odatda toʻrt gʻildirakli, va aksar holatlarda yuk enas, balki odam tashishga moʻljallanganligini taʼkidlaydi[2]. Biroq, bunday taʼrif aniq emas, zero shu ishlarni bajaradigan boshqa tur transport vositalari ham mavjud.
2002-yil maʼlumotlariga koʻra, dunyoda 590 million avtomobil bor (taxminan har oʻn bir kishiga bittadan).

Etimologiyasi


Avtomobil soʻzi fransuzcha automobiledan, u esa oʻz navbatida qadimgi yunon tilidagi αὐτός (autós, "oʻzi") hamda lotincha mobilis ("yuruvchi") soʻzlaridan kelib chiqqan boʻlib, oʻzi, yaʼni hech qanday hayvon yoki boshqa ulov yordamisiz harakatlanuvchi ulovni anglatadi.

Tarixi


Karl Benz

Benz Patent Motorwagen (1885), tiklangan nusxasi.
Asosiy maqola: Avtomobil tarixi
Birinchi oʻziyurar mexanik ulov yoki avtomobil 1769-yili Nicolas-Joseph Cugnot tomonidan ixtiro qilingan, deb hisoblansada, baʼzilar Cugnot'ning uch gʻildirakli mashinasi haqiqatdan ham ishlaganiga shubha bildirishadi, boshqalar esa ilk bugʻ mashinasini Xitoyda iezuit missioneri 1672-yilda yasagan, deb taʼkidlashadi[4][5]. Nima boʻlganda ham François Isaac de Rivaz, shveysariyalik ixtirochi, birinchi ichki yonuv dvigateli muallifi hisoblanadi; u yasagan dvigatel yoqilgʻi sifatida vodorod va kislorod aralashmasini ishlatib, dunyoda shu tipdagi eng birinchi dvigatel edi. Biroq u Samuel Brown, Samuel Morey va Etienne Lenoir'lar yasagan ichki yonuv dvigatelli ulovlar kabi qoʻpol va beoʻxshov edi.
1881-yilning noyabrida farang ixtirochisi Gustave Trouvé uch gʻildirakli, ishlaydigan avtomobilni namoyish etdi. Bu voqea Parijdagi Xalqaro Elektr Koʻrgazmasida sodir boʻlgandi.
1885-yili Olmoniyaning Manheim shahrida Karl Benz toʻrt qadamli dvigatelga ega avtomobil qurib, keyingi yili, yanvar oyida oʻzining Benz & Cie. shirkati (1883-yili asos solingan) yordamida shu ixtirosi uchun patent oldi.
Shu muammo ustida boshqa olmon ixtirochilari (shu jumladan, Gottlieb Daimler, Wilhelm Maybach va Siegfried Marcus) ishlashgan boʻlishsada, zamonaviy avtomobilning rasman ixtirochisi, deb koʻriladi[6]. 1879-yili Benz oʻzining ilk dvigateli (1878-yilgi) uchun patent olgandi. Uning koʻpgina boshqa ixtirolari ulovni yurgiza oladigan dvigatel yasashda qoʻl keldi, va 1896-yili Benz birinchi oppozit dvigatel patentladi.
1893-yilda Benz oʻzining toʻrt gʻildirakli avtomobilini namoyish etdi, ungacha taxminan 25 dona Benz ulovlari sotilgandi. Ular Benz'ning oʻzi loyihalagan toʻrt qadamli dvigatellar yordamida harakat qilar edi. Litsenziyalangan Benz dvigatellarini ishlab chiqarayotgan fransiyalik Emile Roger, endi uning avtomobillarini ham sota boshladi. Fransiya avtomobil bozori Olmoniyadagiga nisbatan chaqqonroq boʻlgani uchun ulovlar Roger orqali tezroq sotila boshladi.
Daimler va Maybach 1890-yili Cannstatt'da Daimler Motoren Gesellschaft (Daimler Motor Shirkati, DMG) ga asos solishib, shu savdo belgisi ostidagi ilk avtomobilni 1892-yilda sotishdi. 1895-yilga kelib 30ga yaqin DMG avtomobillari sotildi. Benz va Daimler avvalboshda bir-birlarining ishlaridan bexabar boʻlib, mustaqil ishlashgani taxmin etiladi.
Daimler 1900-yilda vafot etdi va shu yili, biroz vaqt oʻtib, Maybach Emil Jellinek buyurtmasiga binoan Daimler-Mercedes motorini yasadi. Ikki yildan soʻng DMG'da shu motorli avtomobil ishlab chiqarilib, "Mercedes" deb ataldi. Soʻngra Maybach DMG'dan ketdi va oʻz biznesini ochdi. Daimler savdo belgisi boshqa ishlab chiqaruvchilarga sotildi.
Karl Benz Birinchi Jahon Urushidan soʻnggi Olmoniya iqtisodiyotining ojizlana boshlaganida DMG va Benz & Cie. orasida hamkorlik oʻrnatishni taklif etdi, biroq DMG direktorlar kengashi bu taklifni rad etdi. Ikki shirkat orasidagi muhokamalar bir necha yil oʻtib boshlandi va 1924-yilda ular 2000-yilgacha kuch saqlaydigan Oʻzaro Manfaatdorlik Shartnomasini imzoladilar. Ikkala tashkilot oʻz belgilarini saqlab qolishsada, dizayn, ishlab chiqarish, sotuv, xarid va reklama marketinglarini kelishib loyihalasha boshlashdi. Nihoyat, 1926-yilning 28-iyunida Benz & Cie. va DMG Daimler-Benz nomi ostida birlashib, avtomobillarini DMG'ning eng muhim markasi, Maybach loyihalagan 1902 Mercedes-35hp ulovi va Benz sharafiga Mercedes Benz, deb atashdi. Karl Benz vafotigacha (1929) Daimler-Benz direktorlar kengashining vakili boʻlib qoldi.
1890-yili fransuzlar Emile Levassor va Armand Peugeot Daimler motorili ulovlar chiqara boshlab, Fransiya avtomobil sanoatini yoʻlga qoʻyishdi. AQShda esa, ilk ichki yonuv dvigatelli mashina 1877-yilda George Selden (Rochester, New York) tomonidan yasalib, 1879-yili patentlandi. Birlashgan Qirollikda ham oʻziyurar ulov yaratishga harakatlar boʻldi, xususan Thomas Rickett ismli ixtirochi 1860-yili bugʻ mashinalari ishlab chiqarishni boshlamoqchi boʻldi.[8] Britaniyaning ilk ichki yonuv motorili avtomobili esa 1894[9] va 1895 (Frederick William Lanchester) yillarida yasaldi, lekin ommaviy chiqarishga oʻtmadi.[9] Bu sohada Daimler Motor Company (asoschi – Harry J. Lawson, 1896) kashshof boʻldi; ilk ommaviy avtomobillar 1897-yili sotuvga chiqa boshladi.
1892-yili olmon mehandisi Rudolf Diesel "Yangi Ratsional Yonuv Motori" uchun patent oldi. 1897-yilda u ilk Diesel motorini yasadi.[6] 1895-yilda Selden ikki taktli motori uchun AQSh patenti (549160 raqamli) oldi. Bugʻ, elektr va benzin energiyasidan foydalanuvchi avtomobillar yillab raqobatlik qilishdi va natijada, 1910larda benzin ishlatuvchi motorlar boshqa tur motorlarni siqib chiqardi.
Turli porshensiz rotorli dvigatellar anʼanaviy porshen va tirsakli valli motorlar bilan raqobatlashishga harakat qilishgan boʻlsada, faqatgina sanoqli shunday motorlar oz-moz omadga erishishdi (masalan, Mazdaning Wankel motori).

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin