Bugungi kunda matematik paketlarning o’quv jarayonidagi o’rni va roli ancha sezilarli va samaraliroqdir. O’quvchilarda matematik paketlardan foydalanish ko’nikmalari va malakalarini shakllantirish orqali informatika fanining boshqa fanlar bilan o’zaro aloqadorligini, ya’ni integrasiya darajasini oshirish asosiy maqsadlardan biridir.
«Maple»eng ko’p tarqalgan va qo’llaniladigan keng imkoniyatli va samarali integrallashgan tizim bo’lib, u barcha foydalanuvchilar uchun ham sonli ham analitik hisoblashlarni amalga oshirish imkoniyatiga ega zamonaviy va universal matematik paket hisoblanadi. Maple tizimi foydalanish uchun ancha qulay bo’lib, undan foydalanuvchi dastur varag’i bilan xuddi qog’oz varag’i singari ishlaydi. Unga sonlarni, formulalarni, matematik ifodalarni va boshqa ma’lumotlarni bemalol yoza oladi.
Umumta’lim maktablarida matematika fanlarini o’qitishda zamona-viy kompyuter texnologiyalaridan foydalanish bir tomondan fanlararo integrasiyani amalga oshirsa, boshqa tomondan mavzularni o’zlashtirishda o’quvchilarning bilim darajasini oshiradi. Ana shuni hisobga olgan holda Maple muhitidan foydalangan holda ifodalar va ularni qiymatini hisob-lash jarayonini o’rganish mumkin.
Oddiy ifodalarni hisoblash Maple muhitida oddiy ifodalar sonlar , arifmetik va mantiqiy amal belgilaridan iborat bo’ladi. Maple muhitida ham ifodalar xuddi dasturlash ( Paskal, Beysik) tillari kabi ostki hamda ustki indekslarsiz bitta satrga yoziladi. Masalan: ifoda quyidagicha yoziladi:
(56.6 +6.3*3.2) / (2.3^3 +2^4) Har qanday sonli ifodani qiymatini chiqarish uchun, klaviatura orqa-li standart matematik yozuvdan foydalanib kerakli ifoda teriladi va oxi-
riga (;) belgisi qo’yilib enter tugmachasi bosiladi.
Rasional sonlarni aniq ko’rinishda emas, balki taqribiy qiymatini hosil qilish uchun butun sonlarni haqiqiy sonlar ko’rinishida yozish kerak bo’ladi. Masalan: 1) Quyidagini bajaring : > 75/4;
Endi shu ifodada 4 sonini haqiqiy son, ya’ni 4.0 ko’rinishida yozamiz. Natijani kuzating. > 75/4.;
2) ni hisoblang: > 345-34/678;
Bu yerda endi 34 sonini haqiqiy son , ya’ni 34.0 ko’rinishida yozamiz.
> 345-34./678;
Demak, amal bajarilish jarayonida sonlardan hyech bo’lmasa bittasi haqiqiy son ko’rinishida ifodalanishi kerak bo’ladi.
Bunday kasrlarning sonli qiymatlarini hosil qilish uchun evalf (ifoda) yoki evalf(%) buyruqlaridan foydalanish mumkin. Bu yerda % shu
satrdan oldingi satrdagi qiymatga ishora qilashni bildiradi.
3) ( ):31 ni hisoblang.
> ((45*63+10)-(44*84+25))/31;
> evalf(%);
4) ni hisoblang. > evalf(((2*3+1)-(1*9+1))/4);
O’quvchilarning oddiy ifodalarni hisoblashga doir bilimini mustah-kash uchun bunday misollardan ko’plab keltirish mumkin.
Endi Maple muhiti yordamida arifmetik ifodalarni, ya’ni o’zgaruv-chilar ishtirok etgan ifodalarni hisoblash jarayonini ko’rib chiqamiz