Kirish bob. Axborotlarni kodlash haqida tushuncha



Yüklə 0,89 Mb.
tarix22.05.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#119696
metodikadan kurs ishi


MUNDARIJA:
Kirish…………………………………………………………………………...2
1-bob.Axborotlarni kodlash haqida tushuncha……………………..
1.1. . Axborot tushunchasi, Axborotni kodlash …………………………………3
1.2. Axborotni kodlash usullari. …………………………………………………6
2-bob.” Axborotlarni kodlash”mavzusini o’qitish metodikasi………
2.1.” Axborotlarni kodlash mavzusida 1 soatlik dars ishlanmasi …..10
2.2. “Axborotlarni kodlash” interfaol metodlardan foydalanish……14
Xulosa………………………………………………………………………….18
Foydalanilgan adabiyotlar. ……………………………………………………20

Kirish
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 21 martdagi “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risi”dagi PQ-1730-sonli, 2013 yil 27 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1989-sonli Qarorlari axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Axborot hayotimizda muhim ahamiyatga ega ekan, uni Internetdan kerakli vaqtda, zarur miqdorda, qisqa vaqt ichida olib turishirniz kerak bo'ladi. Lekin, Internetdan axborotni qisqa vaqt ichida olish muammosi ham bor


1-bob.Axborotlarni kodlash haqida tushuncha
1.1. . Axborot tushunchasi, Axborotni kodlash
Axborot (lotincha «informatio»-tushuntirmoq, bayon etmoq) zamonaviy fan va siyosatning asosiy tushunchalaridan biri; dastlab kishilar tomonidan og`zaki, keyinroq yozma yoki boshqa shakllar uzatilgan ma`lumot; XX asrning o`rtalaridan boshlab insonlararo, inson-avtomat, avtomat-avtomat o`rtasidagi ma`lumot hamda hayvonlar va o`simliklardagi signal almashinuvi, hujayrada hujayraga muayyan belgilarning uzatilishi va shu kabilarni anglata boshlagan.
Axborot resurslari — alohida hujjatlar, hujjatlarning alohida to’plamlari, axborot tizimlaridagi (kutubxonalardagi, arxivlardagi, fondlardagi, ma’lumotlar banklaridagi va boshqa axborot tizimlaridagi) hujjatlar va hujjatlarning to’plamlari.
Ommaviy axborot – bunga cheklanmagan doiradagi shaxslar uchun mo’ljallangan hujjatlashtirilgan axborot, bosma, audio, audiovizual hamda boshqa xabarlar va materiallar kiradi.
Axborot tizimi — axborotni to’plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish hamda undan foydalanish imkonini beradigan, tashkiliy jihatdan tartibga solingan jami axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalari.
Kompyutеrlarni ishlatish faoliyatida esa axborotdan boshqarish funksiyalarini amalga oshiruvchi ob'еkt sifatida foydalaniladi. Axborot tushunchasi ma'lumot tushunchasi bilan uzviy bog`langan, lеkin har qanday ma'lumot axborot bo`lavеrmaydi. Masalan: olma dеsak, bir nеcha xil ma'noni tushunish mumkin: qizil olma dеganda, mеvaning ma'lum bir rangi tushuniladi, dеmak barcha ma'lumotlar axborotga aylanishi uchun voqеa - xodisa to`g`risidagi butun xususiyatlarni ifodalashi lozim.Hozirgi zamon ilmiy-texnika taraqqiyotining asosi bo’lmish hisoblash texnikasidan ishlab chiqarishning turli iqtisodiy vazifalarini hal etishda keng foydalanilmoqda, chunki juda ko’p faktorlarni hisobga olish, katta hajmdagi axborotlar bilan ishlash zaruriyati - bunday masalalarni elektron hisoblash mashinalarisiz hal etishga imkon bermaydi.
Axborotlarni asosan quyidagi shakllarda ifodalash (yig`ish, saqlash, qayta ishlash, masofaga uzatish) mumkin:
1.Turli xil yozma matnlar – kutubxonalardagi ilmiy va badiiy adabiyotlardan, gazeta va jurnallardan o’qiymiz. Ulardan foydalanish jarayonida ehtiyojga qarab qayta ishlash maqsadida yangidan boshqa ko’rinishda yana matn shaklida saqlab qo’yish mumkin.
2.Turli xil chizmalar – grafiklar (diagramma, funktsiyalarning grafiklari, ob’ektlarning loyihalari), rangli tasvirlar (tabiat tasviri, foto suratlar va h.k.) kabi uchraydi.
3.Turli xil tovushlar – odam bir-biri bilan muloqotda bo’lgandagi ovozlar, tabiatdagi jonivorlarning ovozlari, turli xil sun’iy tovushlar (telefon, radio, televizor, musiqa asboblarining tovushlari) va h.k.
4.Turli xil videolavhalar – televizor orqali namoyish etilayotgan lavhalar, tabiatda odam ko’zi orqali ko’rayotgan lavhalar, tele va videofilmlar va h.k.
Axborotlar quyidagi sifatlarga ega bo’lishi lozim:
-Axborotlar to’liqlik sifati, ya’ni axborot o’rganilayotgan narsa yoki hodisani har taraflama to’liq ifodalashi lozim bo’ladi.
-Axborot ma’lum darajada qimmatli bo’lishi, aks holda foydalanish ehtiyoji tug`ilmaydi.
-Axborot ishonchli bo’lishi lozim. aks holda uni qayta ishlashga zarurat tug`ilmaydi.
Axborotlar ushbu sifatlar bilan farqlanishidan tashqari shakliga ko’ra ikki turga bo’linadi, ya’ni uzluksiz va uzilishli turlariga ajratiladi.Atrof-muhitdagi ob-havo holatini yoki hozir sutkaning qaysi vaqti (kun yoki tun) ekanligini ham istagan vaqtda bilishimiz mumkin. Bu uzluksiz axborotga misol bo’la oladi.Shunday jarayonlar borki ular haqida hamma vaqt ham axborot olib bo’lmaydi. Masalan, faqat soat va minutlarni ko’rsatadigan soat yordamida vaqtning lahzalari haqida axborot olib bo’lmaydi. Bu uzulishli axborotga misol bo’la oladi.Har bir sohada axborotlar o’z shakliga ega bo’ladi. Masalan, matematikada axborotlar asosan sonlar va formulalar orqali qayta ishlanadi va ifodalanadi. Biologiya fani yo’nalishida o’rganiladigan ob’ekt – tabiiy tirik sistemalar (odam, hayvonlar, o’simliklar) bo’lib, biologiyada qo’llaniladigan axborotlar ana shu ob’ektlar yordamida, ularning bevosita ishtirokida to’planadi, qayta ishlanadi, saqlanadi va uzatiladi.
Informatikada axborotlar ikki turga – anolog (uzluksiz) va raqamli (uzulishli) axborotlarga bo’linadi.
Anolog axborotlar uzluksiz mavjud bo’lib, uni ixtiyoriy vaqtda qabul qilish mumkin, boshqacha aytganda, anolog axborotlar atrof-muhitga (shu jumladan insonga ham) uzluksiz ta’sir etuvchi energetik signallardir. Anolog axborotlarni qayta ishlash uchun ularning biror davrdagi holatini ajratib olishimiz va tahlil qilishimiz lozim. Buning uchun esa bu axborotni boshqacha shaklga o’tkazish zarur bo’ladi. Bunda turli belgilardan foydalanishga to’g`ri keladi. Ya’ni har qanday axborotni raqamli axborotga aylantirish, masalan ranglarni raqamlar bilan, tovushlarni notalar – notalarni esa yana raqamlar bilan belgilab, anologli axborotni raqamli axborotga aylantirish zarur bo’ladi.
Tabiatda bu signallarning ikkita aynan bir xil kompbinatsiyasi uchramaydi. Ya’ni aynan bir xil tovushni uchratmaymiz. Ammo buning teskarisi, ya’ni bir xil shaklga ega bo’lib, turli mazmun kasb etadigan holat ham mavjud. Masalan, bitta nota qog`ozda bitta yagona belgi bilan ifodalansa-da, u turli musiqa asboblarida ijro etilganda, uning farqini darhol sezish mumkin.
Ta’kidlash lozimki, analog axborotlarni qayta ishlash uchun ularning biror davrdagi holatini ajratib olishimiz va tahlil qilishimiz lozim. Buning uchun esa bu axborotni boshqacha shaklga o’tkazishimiz kerak bo’ladi. Bunda turli belgilardan foydalanamiz. Har xil ranglarni turli raqamlar bilan, tovushlarni esa notalar bilan belgilab, analog axborotni raqamli axborotga aylantirishimiz mumkin.
Anolog axborot bilan raqamli axborotning asosiy farqi shundaki, anolog axborot uzluksiz, raqamli axborot esa uzulishlidir.
Inson tomonidan yaratilgan qurilmalar ham mana shu yuqorida ko’rsatilgan ikki xil turdagi axborotlar bilan ishlaydi. Masalan, televizor, telefon anolog axborotlarni qayta ishlash qurilmalari bo’lsa, kompyuter raqamli axborotlar bilan ishlash qurilmasi hisoblanadi. Hozirgi kunda raqamli televizor, telefon, videokamera, fotoapparat kabi qurilmalar ham hayotimizga kirib kelmoqda.
Biz axborotlarni turli xil signallar orqali qabul qilamiz. Ularni qayta ishlash jarayonida signallarning turli-tumanligi qiyinchiliklar tug`diradi. Axborotlarni to’plash, qayta ishlash, saqlashni osonlashtirish maqsadida barcha shakl va turdagi axborotlarni bir xil shaklga keltirib olinadi, ya’ni qayta ishlash uchun qulay bo’lgan belgilar bilan almashtiriladi. Bu jarayon axborotlarni kodlash deyiladi. Kodlashning ikkita usuli mavjud – tekis va notekis kodlash. Tekis kodlashda bir xil hajmdagi belgilardan foydalaniladi, masalan ikkilik kodlash. Notekis kodlashda esa turli xil hajmga ega bo’lgan belgilardan foydalaniladi, masalan, morze alifbosi orqali kodlash.Biror belgilar yordamida yozilgan axborotni kodlangan axborot deb qarashimiz mumkin. Chunki mazkur alifbo bilan tanish bo’lmagan uning yordamida tayyorlangan axborotni qabul qila olmaydi va qayta ishlash imkoniga ega bo’lmaydi. Shuning uchun ikki taraf o’zaro axborot almashganda oldindan biror qonun va qoidaga kelishib oladi. Masalan, avtomobil svetorfor signallaridan foydalanamiz, demak, signallardan foydalanish oldindan kelishib olingan qat’iy qoidaga rioya qilish kodidir.
Informatika va hisoblash texnikasi asoslari fani uchun asosiy o’rganiladigan ob’ekt – axborotdir. Axborotlarni yig`ish, saqlash, qayta ishlash va uzatishda asosiy vosita bo’lgan kompyuterning xususiyatlarini o’rganish ham ushbu fanning vazifasiga kiradi.
Kompyuter raqamlarning o’zini emas, balki shu raqamlarni ifodalovchi signallarni farqlaydi. Bunda raqamlar signalning ikki qiymati bilan (magnitlangan yoki magnitlanmagan, ulangan yoki ulanmagan, ha yoki yo’q) ifodalanadi. Bu holatning birinchisini 0 raqami bilan ikkinchisini 1 raqami bilan belgilash qabul qilingan bo’lib, axborotni ikkita belgi yordamida kodlash nomini olgan. Bu usul qisqacha qilib ikkilik kodlash ham deb ataladi. Bunda har bir raqam va alifbodagi belgi jahon andozalaridagi kodlash jadvali – ASCII (American Standart Code for Information Interchange) jadvali yordamida ikkilik belgildar ketma-ketligida ifodalanadi.Odatda, matnlar harflar, raqamlar, tinish va boshqa belgilardan iborat bo‘ladi. Matnlar axborotning boshqa shakllari singari kompyuter xotirasida ikkilikda kodlanadi. Belgilarni kodlash jadvallarining turli ko‘rinishlari mavjud. Aksariyat hollarda ASCII va Unicode tizimlaridan foydalaniladi. ASCII jadvali kodning uzunligi 8 ga teng bo‘lgan ikkilik kodlar asosida ishlaydi, ya’ni har bir belgi sakkizta 0 va 1 ning ASCII jadvali asosidagi ketma-ketligidan iborat. Har bir belgi 8 bit kod uzunligiga teng va u xotiradan 1 bayt joyni egallaydi. ASCII kodlash tizimi yordamida o‘nlik sanoq sistemasidagi 0 dan 255 gacha bo‘lgan sonlar orqali jami 28 = 256 ta belgi kodlanadi.
ASCII (ingl. American Standard Code for Information Interchange – axborot almashish uchun Amerika standart kodi) – xalqaro kodlash jadvali.



Matnlar kompyuter xotirasiga klaviatura yordamida kiritiladi. Klaviaturada harf, raqam, tinish belgilari va boshqa belgilarga mos tugmachalar berilgan. Bir so‘z bilan ularni belgi deb olish mumkin. Biror tugmacha bosilganida, o‘sha tugmachaga mos belgi ikkilik kod shaklida kompyuter xotirasida ifodalanadi. Uni monitorda aks ettirish uchun, u yana ikkilik koddan avvalgi ko‘rinishga o‘tkaziladi.
Unicode – yozuv tillarining deyarli barcha belgilarini kodlash standarti. Unicode kodlash jadvalida oddiy belgilardan boshlab, xitoy iyerogliflari, matematik belgilar, grek, kirill va lotin alifbolari harflari, musiqaning nota belgilari hamda boshqa belgilargacha kodlangan. Jadvalda kodlangan belgilar kodining uzunligi 16 bitga teng, ya’ni har bir belgi xotiradan 2 bayt joyni egallaydi. Unicode jadvali belgilarini kodlash ASCII jadvaliga mos tushadi, bundan tashqari, u ASCIIda mavjud bo‘lmagan belgilar bilan to‘ldirilgan. Unicode jadvalida belgilar 16 lik sanoq sistemasidagi to‘rtta raqam orqali kodlanadi. ASCII va Unicode jadvallaridan boshqa ham ko‘plab belgilarni kodlash jadvallari mavjud. Ularga ISO, CP, Windows, UTF jadvallari misol bo‘la oladi. Matnning axborot hajmi matn berilayotgan kodlash jadvalida belgilangan kodning uzunligiga bog‘liq. Masalan, bitta belgi ASCII jadvali orqali 1 bayt, Unicode jadvalida kodlansa – 2 bayt, UTF-8 da 1 baytdan 4 baytgacha axborot hajmiga ega bo‘ladi.


Monitor ekranida hosil qilingan tasvir gorizontal va vertikal chiziqlar kesishmasidagi kichik nuqtalar – piksellardan tashkil topadi. Grafik axborotlar kompyuter xotirasida rastrli yoki vektorli tasvir ko‘rinishida saqlansa-da, monitorda rastrli tasvir sifatida namoyon bo‘ladi. Rastrli tasvirdagi har bir piksel ikkilik koddan iborat. Pikselning rangi mana shu ikkilik kod yordamida aniqlanadi.
Odatda, tasvir o‘lchamlari piksellarda emas, balki santimetr (cm)larda beriladi. Raqamli qurilmalar, shuningdek, monitor ekrani o‘lchami dyuymlarda ifodalanadi: 1 dyuym = 2,54 cm
Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin