5) Psixologik konsultatsiya - talabalar ta`lim va tarbiyasi bilan shug’ullanuvchi barcha shaxslarga, jumladan ma`muriyat, o’qituvchilar, ota-onalar, ijtimoiy va jamoatchilik tashkilotlari xodimlariga aniq maslahatlar berish; - ta`lim, taraqqiyot, tarbiya, kasb tanlash va turmush qurish, o’zaro munosabat, muomala va muloqot sirlari, tengdoshlar munosabati, masalan, dunyoqarash, qobiliyat, iqtidor muammolari yuzasidan individual, guruhiy, jamoaviy tarzda maslahatlar uyushtirish.
Psixologik xizmat metodlari turlicha bo’lishi mumkin: a) psixologik madaniyatni o’stirish va targ’ib qilish maqsadida universitet professor-o’qituvchilari, talabalar bilan ma`ruzalar turkumi va trening mashg’ulotlari o’tkazish, ularni tarqatish;
b) ilmiy-ommabop adabiyotlarni yaratish;
v) ommaviy axborot vositalarida chiqishlar;
g) psixodiagnostik tadqiqotlar o’tkazish, metodikalar ishlab chiqish (test, savol varaqasi, tajriba, kuzatish, suhbat va boshqalar);
d) psixologik maslahat berish;
e) pcixologik konsiliumlar o’tkazish. Uning ish rejasi prorektor tomonidan tasdiqlanadi va nazorat qilinadi.
Psixologiya fani nimadan baxs yuritadi - degan savol mavjuddir, birok xozirgi zamonda Korreksion psixologiya fani nimani urgatadi, kanaka predmet degan savol tugilmokda. Ma’lumki psixologiya Fani shaxsni urganadigan yagona fan emas, chunki uning ayrim jixatlarini filasofiya, pedagogika, logika, sotsiologiya, xatto kibernetika tadkik qilmokda.
Korreksion psixologiya fanida esa inson shaxsi va individualligini targib toptirish jarayeniga faol ta’sir kursatishni takozo kiladi. Psixologik xizmatning ushbu yo’nalishida aloxida axamiyat kasb etadigan narsa bu -bolalar, o’quvchilar, talabalarning buzilishi,ta’limda uzlashtirishning yomonlashuvi kabilarni urganadi. Psixolog bolalar, o’quvchilar, talabalarning psixik tarakkiyotidagi xulki va muomalasidagi nukson va kamchiliklarni asta sekin tuzatish korreksiya kilish dasturini ishlab chikaradi va amaliyetga uni tadbik etadi. Buning uchun ular bilan maxsus mashgulotlar utkazadi va ijodiy kobiliyatlarni ustirish maksadida treninglar olib boradi
Korreksion ishlarda guruxning kadriyatlarga yunalganligi etnopsixologik va etnomadaniyati xususiyatlari, elat tarixi , millat odati usuli, rasm-rusmlari va boshka etnos uz aksini topishi lozim.
Bulardan tashkari o’quvchilar talabalar va murabbiylar urtasida nizomlarni yukotish, egallagan urnidan , mavkeidan konikmaslik xissini kamaytirish uchun treninglar, rolli uyinlarni tashkil kilingan iborat. Yukoridagi muloxazalardan kurinib turibdiki ta’lim uz mazmuni va maksadi bilan turmush, vokelik, xalk xujaligi, fan va madaniyatning aktual extiyojlari bilan uzviy boglik bulsa u (uzuvchi) tanlagan kasbini uzlashtiradi va insonning ijtimoiy xayotida uz urnini topishi katta axamiyatga egadir. Korreksiyada xar bir shaxsning xar tomonlama va garmonik kamolga yetkazish fanning zarur talabi bulib, xar bir mashuglotlarda amalga oshirildi. Xis-xayajon bilan utilgan mashgulot va treninglar tinglovchilar kalbida iz koldiradi, fikr yuritish uchun asos bulib xizmat kiladi, fantaziyani uygotadi , tafakkuri, kobiliyati, dikkati rivojlanadi.
Korreksion ishlar ma’lum tartibda ilmiy tanlov asosida maxsus mashgulotlar va treninglar buyicha utkaziladi Bu Bilan birga emotsional zurikishga uchragan shaxsning millati, yoshi , jinsi, individuall tipologik xususiyati, ta’sirlanish darajasi xisobga olinadi va tuzatish ishlari kasb xususiyatiga mos mutanosib bulishi ta’sir utkazish samaradorligini oshiradi.Shuni xam ta’kidlab utish joizki,korreksiyada psixolog bolalar, o’quvchilar va talabalarning yosh xususiyatlarini xamda jadal rivojlanishini xisobga oluvchi, ularning psixikasining barcha jabxalarini kamrab oluvchi dinamik tarakkiyotga kafolat beruvchi dastur ijtimoiy usish talabiga javob beruvchi umuminsoniy va etnopsixologik konuniyatlar muxitida kamolotga intiluvchi shaxsni tarkib toptirishni bosh maksad deb xisoblaydi.Shu bilan birga Korreksion psixologiyada bolalarni maktabgacha tayyorgarligini aniklash va boshlangich sinf o’quvchilari muammolari va xokazolarni urganadi.