Kirish Bozor iqtisodiyotining mazmuni va amal qilishi


O`tish davrining mazmuni. Bozor iqtisodiyotiga o`tish yo`llari



Yüklə 163 Kb.
səhifə4/9
tarix09.05.2023
ölçüsü163 Kb.
#109936
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bozor iqtisodiyoti uning shakllanishi va rivojlanish shart sharo

O`tish davrining mazmuni. Bozor iqtisodiyotiga o`tish yo`llari.

Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrining umumiy mazmuni iqtisodiy munosabatlarning alohida unsurlarini isloh qilish yoki iqtisodiy siyosatga tuzatishlar kiritish emas, balki butun iqtisodiy munosabatlar tizimini o‘zgartirishdan iboratdir. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davri - ma’muriv-buyruqbozlik tizimini bartaraf etish yoki tubdan o‘zgartirish hamda bozor tizimining asoslarni shakllantirish jarayonlari amalga oshiriluvchi tarixiy davrdir.


1980-1990-yillarga kelib dunyoda ro‘y bergan muhim o‘zgarishlar iqtisodiy taraqqiyot istiqbollari to‘g‘risidagi nazariyalarni qaytadan kо‘rib chiqish va ularga jiddiy o‘zgartirishlar kiritishni zarur qilib qo‘ydi. Chunki, bu vaqtga kelib g‘arb mamlakatlarida uzoq vaqtdan beri (A.Smit davridan boshlab) hukm surib kelgan erkin iqti­sodiy tartibga solish, ya’ni iqtisodiyotning o‘zini-o‘zi tartibga solish g‘oyasi ham, iqtisodiyotni markazlashtirilgan tarzda tartibga so­lish va boshqarish g‘oyasi ham inqirozga uchradi. Bunday sharoitda iqtisodiy taraqqiyotning sifat jihatdan yangi yo’llarini qidirib topish zarur bo’lib qoldi. Bu vaqtga kelib ko‘pgina rivojlangan mamlakatlarning tajribalari umumlashtirilib, iqtisodiyotning yangi taraqqiyot yo’li - ongli ravishda boshqariladigan va tartibga solinadigan bozor iqtisodiyoti deb tan olindi va aksariyat davlatlar shu yo’lni tanladilar. Lekin bunday bozor iqtisodiyotiga o‘tish yoilari (modellari) xilma- xil bo’lib, ulaming umumiy va xususiy tomonlari farqlanadi.
Jahon tajribasida bozor iqtisodiyotiga o’tishning barcha yo’llari


umumlashtirilib, quyidagi uchta asosiy turga bo’linadi:

  1. rivojlangan mamlakatlar yo’li;

  2. rivojlanayotgan mamlakatlar yo’li;

  3. sobiq sotsialistik mamlakatlar yo’li.

Bu yo’llar turli tuman va har xil bo’lishiga qaramay ularda umu­miylik mavjuddir. Ularning umumiyligi shundaki, bu yo’llarning hammasi bozor iqtisodiyotiga o‘tishni maqsad qilib qo‘yadi va maz­kur iqtisodiyotning qonun-qoidalari, amal qilish mexanizmi ko‘p ji­hatdan umumiy bo’ladi. Shu bilan birga har bir yo’lning o‘ziga xos xususiyatlari ham bor, bu esa bozor munosabatlarmi shakllantirishning ijtimoiy-iqtisodiy, tarixiy, milliy sharoitlari har xil bo’lishidan kelib chiqadi. Masalan, bozor munosabatlariga o‘tishning rivojlan­gan mamlakatlar yo’lida oddiy tovar xo‘jaligidan erkin raqobatga asoslangan klassik yoki erkin bozor iqtisodiyotiga va undan hozirgi zamon bozor iqtisodiyotiga o‘tiladi. Mustamlakachilikdan ozod bo’lib, mustaqil rivojlanayotgan mamlakatlaming bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo’lining xususiyati - bu qoloq, an’anaviy iqtisodiyotdan erkin bozor iqtisodiyotiga o’rishdir. Nihoyat, sobiq sotsialistik mamlakatlar yo’lining muhim belgisi markazlashtirilgan, ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodi­yotdan hozirgi zamon rivojlangan bozor tizimiga o‘tishdan iboratdir. Bu yo’lning boshqa yo’llardan farqi shundaki, totalitar iqtisodiyotning bozor iqtisodiyoti bilan umumiyligi yo‘q, ular batamom bir-biriga zid. Shu bilan birga ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor munosabatlariga o‘tayotgan mamlakatlaming o‘zi o‘tish sharoitlari, iqtisodiy rivojlanish darajasi,



Yüklə 163 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin