Kirish glaballashuv tushunchasi Glaballshuv davri Jahon iqtisodiyoti globallashuvining harakatlantiruvchi kuchlari va omillari Xulosa Kirish



Yüklə 92,15 Kb.
səhifə3/4
tarix21.01.2023
ölçüsü92,15 Kb.
#79992
1   2   3   4
sobirov kurs ishi (4)

Globallashuv davrlari
Ta`riflardan birida globallashuv Er kurrasi bo`ylab yoyilayotgan kommunikatsiya va ayirboshlash tarmoqlar orqali va ular tufayli mintaqaviy xo`jaliklar, jamiyatlar va madaniyatlar bir biri bilan yaqinlashib, bir biriga singib ketganligini ifoda etadi, deyiladi. F.Tolipovning “global taraqqiyot deganda biz kishilar hamjamiyatlarining hayotiy faoliyati natijasida jahon miqyosida sodir bo`layotgan va butun insoniyat taraqqiyoti uchun tizimiy ahamiyatga ega siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ekologik, psixologik o`zgarishlar majmuini tushunamiz”[27][131], degan ta`rifi globallashuvning asosiy jihatlarini qamrab oladi, deb hisoblaymiz.
Globallashuv alomatlari qadim zamonlardan beri kuzatiladi. Qadimgi va o`rta asrlar imperiyalari tarix qatlarida qolib qetgan bo`lsa-da, o`sha davrlardagi globallashuv tamoniga bo`lgan siljishlar saqlanib qoldi. Bunga bir misol Ipak yo`li bo`lsa, boshqa misol sifatida CHingizxon imperiyasida barpo etgan pochta xizmatini ko`rsatish mumkin. Ammo xususiy, tor ma`noda globallashuv, deb eng oxirgi davr yuritiladi. Bugun o‘zini yorqin namoyon qilayotgan globallashuv bir necha asrlik ildizlariga ega. XV-XVII asrlardagi geografik kashfiyotlar ko‘plab mamlakatlar va mintaqalarning xalqaro savdo doirasiga tortilishiga, sanoat revolyusiyasi esa umumiy aloqalarning yanada kuchayuvi, keng qamrab kasb etishiga iqtisodiy zamin yaratgan edi. Keyingi davlarda bunday munosabatlar yanada chuqurlashib bordi. XX asr boshlariga kelib yangi sifatiy xarakter kasb etgan va ijtimoiy xayotning barcha sohalarini qamrab olgan mazkur jarayon globallashuv tushunchasi orqali ifodalana boshlandi. Jumladan, globallashtirish jarayonlari antik davrdan buyon yoki boshqa variantlarda, dastlabki jahon bozorlari yoki yaxlit jahon xo’jaligi yuzaga kelgan vaqtlardan e'tiboran rivojlanib kelayotgani to’g’risidagi tasdiqni ham uchratish mumkin. Siyosiy kon'yunktura mahalliy Markazi direktori V.Fedorov[28] Globallashtirish butun dunyo – tarixiy jarayon sifatida XVIII asr boshlaridan e'tiboran yuzaga kelgan deb hisoblaydi.
Umuman olganda, xalqlar va ularning davlat tuzilmalari o‘rtasida har doim ma’lum aloqalar yuz berib kelgan. lekin ayrim olimlarning fikricha, globallashuv buyuk geografik kashfiyotlar natijasida va Yevropa madaniyati ta’sirida xvi asrdan boshlangan. kishilar kemalarda dunyoning ko‘p joylariga suzib bora boshlagan. lekin bu jarayon ko‘pchilikning hisoblashicha, xx asrda dunyoviy ko‘lam kasb etib o‘z yakuniga yetgan. Agar uning birinchi davri (xvi–xvii asrlar)da mamlakatlar o‘z-o‘zicha yetarli holatda bo‘lgani uchun ular o‘rtasidagi jarayonlar kuchsiz kechgan, xix asrda esa dunyoviy yaxlitlikka erishilmagan bo‘lsa-da, davlatlar o‘zaro keng aloqalarga kirishganki, bularning natijasi globallashuvni kuchaytirmasligi mumkin emasdi. uchinchi davr – xx asrda yuz bergan tarixiy voqealar 1929–1933-yillardagi jahon iqtisodiy krizisi, ii jahon urushi, davlatlar valuta aloqalaridagi oltin standartining tanazzuli, isroilning qo‘shni arab davlatlariga navbatdagi tajovuziga javoban neftga boy arab davlatlarining yoqilg‘i narxini oshirgani natijasida 1973–1974-yillardagi inqiroz, sovet davlatining barham topishi, «sotsialistik hamdo‘stlik» mamlakatlarida tinch kechib, tuzum tabiatini o‘zgartirgan voqealar va boshqalar globallashuv ko‘lamini yaqqol ko‘rsatdi.
Globalizatsiya 19-asrining 60-yilaridan boshlab yonqin namoyon bo`ldi. Boshqa fikrlarga ko`ra globalizatsiya 19-asrning oxirida boshlanib, o`tgan asrning oxirgi choragida jadallashdi.[29][132] Globallashuv transmamlakat korporatsiyalarining tez sur`atlar bilan kengayishi ortidan xo`jaliklarning “o`sish-yo-o`lish” dinamikasini ifoda etuvchi sistemik tendentsiyaning natijasidir, degan fikr bildirilgan.[30][133] O`z navbatida bu tendentsiya trasmamlakat korporatsiyalarning jadal o`sib borishi bilan bog`liqdir. Iqtisodiy kontekstda globallashuv tovarlar, sarmoya, xizmatlar va ishchi kuchi oqimini osonlashritish maqsadida davlatlar chegaralaridagi to`siqlarni bartaraf qilish yoki sezilarli darajada pasaytirishni anglatadi. Tor ma`nodagi globallashuv savdo-sodiq, bevosita chet el investitsiyalari, kapital oqimi, migratsiya orqali mamlakatlar xo`jaligining bir internatsional xo`jalikka intregrallashuvni anglatadi. Keng ma`nodagi globallashuvga g`oyalar, tillar va ommabop madaniyatning mamlakatlararo almashinuvi hamroh bo`ladi.
O`zbekiston globallashuv jarayonidan chetda qolmadi. Ipak yo`lining bir necha marshruti hozirgi O`zbekiston eridan o`tgan, Samarqand va Buxoro Ipak yo`lidagi yirik savdo markazlari sifatida jahonga tanildi. Hozirgi O`zbekiston eri xalqaro tijorat yo`llarining chorrahasi sifatida o`z ahamiyatini kech o`rta aslargacha saqlab keldi. Ushbu globallashuv natijasi o`laroq Markaziy Osiyo erlarida ma`naviy sohada diniy tolerantlik, ilm-fanga charqoqlik vujudga kelgan, islom diniy tafakkuri va grek falsafasi kirib kelgan bo`lsa, xo`jalikda ipakchilik va paxtachilik rivojlandi, muayyan mahsulot ekport qilindi. Salbiy oqibatlar ham yo`q emas edi – “miyalar sizib ketishining” ilk ko`rinishlari, yalpi ichki mahsulotning bir qismi markazga to`lov sifatida olib ketilishi, masalan.
Rossiya istilosi bilan globallashuv jadallalashdi va boshqa yo`nalish oldi. Turkiston oykumenasi deformatsiyaga uchradi. Iqtisodda paxtachilik va ipakchilik ko`lami oshgan, temir yo`llar va shular asosida paxtaga dastlabki ishlov berish, mexanik ishlab chiqarish paydo bo`lgan bo`lsa, turmush tarziga Yevropacha unsurlar kira boshladi va ko`payib bordi. Ma`naviy sohada ta`lim tizimini isloh qilish g`oyalari, yangi usul maktablari, dramaturgiya janri, teatr yuzaga keldi. Siyosiy sohada konstitutsiyaviy monarxiya, imperiya tabaalarining millati, dinidan qat`i nazar tenghuquqligi g`oyalari muhokama qilina boshladi.[31][134] Mustaqillik O`zbekiston uchun oykumenani kengaytirib xalqaro munosabatlarning to`laqonli qatnashchisiga aylanishga imkon yaratdi, respublika BMTga, ko`pchilik xalqaro shartnoma, konventsiya, ularga qo`shimcha protokollar va hokazolarga a`zo bo`ldi.
Xulosa o`rnida aytish joizki, globallashuv jarayoni zamonaviy fenomen sifatida o`z vazifasini qanday yo`l bilan bo`lsa ham ado etmoqda. Albatta, bunda ba`zi ma`lum va noma`lum (globallashuv bayroqdorlari ham deyish mumkin) kuchlar bu jarayonni sun`iy tezlashtirsalar ham yoki manfaat ko`rsalar ham yuqorida keltirilgandek millatlar ma`naviyati, mentaliteti, o`zgarishi yoki mustahkamlanishi, o`ziga xosligini saqlab qolishi qaysidir ma`noda mamlakatning o`ziga bog`liq bo`lib qoladi.
2. Jahon iqtisodiyoti globallashuvining harakatlantiruvchi kuchlari va omillari.Globallashuv tahlilining keyingi logistik bosqichi globallashayotgan jarayonlarga ta'sir ko’rsatuvchi, bevosita ularni shakllantiruvchi omillar va globallashuvning xarakatlantiruvchi kuchlarini ko’rib chiqishdan iborat bo’lishi lozim. Oxirigisiga jahon iqtisodiyoti doirasida kuch to’playotgan kapitalning jamlanishi va markazlashishini, xo’jalik hayotining transmilliylashtirilishi – yirik transmilliy kompaniyalar va moliyaviy guruhlarning o’sishi va rivojlanishini kiritish mumkin. Zamonaviy globallashuv jarayonlariga nafaqat milliy bozorlarda, shuningdek, jahon miqyosidagi bozorlarda ham globallashuvni rag’batlantiradigan bozor raqobati kabi baquvvat kuch katta ta'sir ko’rsatadi. Raqobatning asosiy vositasi – xarajatlarni kamaytirish, tovar va xizmatlar sifatini oshirish, ularning turlarini kengaytirish globallashtirishning motori hisoblanadi.
Globallashtirishning bir harakatlantiruvchi kuchi ilmiy texnikaviy taraqqiyotning, texnologik innovatsiyalar taraqqiyotining rivojlanishi bo’lib, u transport va aloqani, axborot va telekommunikatsiya tarmoqlarini modifikatsiya qilishda yanada yaqqol namoyon bo’ladi, tovar va xizmatlar, moliyaviy vositalar, g’oya va axborot mahsulotlarini chegarviy transport vositalariga tez va kam xarajat bilan joylashtirish uchun kutilmagan imkoniyatlarini yaratadi. Yangi axborot va kommunikatsiya texnologiyalarining yuzaga kelishi, tez xarakatlanuvchi kompyuter texnikasi, signal uzatishning optik to’lqinli texnologiyasi, sputnik va uyali telefon aloqasi, kibernetika, tarmoq texnologiyalari, kompakt elektron qurilmalar rivojlanishi, Internet global tarmog’i yaratilishi bilan, boshqa texnik yutuqlarning yuzaga kelishi bilan paydo bo’ldi. Butunlay yangi imkoniyatlar axborot va kommunikatsiya texnologiyalari doirasida yangiliklarning kashf qilinishi globallashtirish jarayonlari rivojlanishini rag’batlantiruvchi inqilob bilimlariga (knowledge-based) asoslangan haqiqiy axborot innovatsiyalari haqida gapirish imkonini beradi. Mavjud hisob-kitoblar va baholarga muvofiq, keyingi 5-10 yil ichida dunyodagi mavjud axborotlarning umumiy hajmi har yarim yilda ikki barobarga oshdi: bu Mur qonuni nomini oldi (bu tendentsiyani ilk bor topgan kishi nomi sharafiga).
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning amerika tadqiqotchisi Dj. Garret jahon iqtisodiyoti globallashuvining uch asosiy mexanizmini ajratib ko’rsatadi, ularga quyidagilar kiradi: 1) jahon savdosida o’sib borayotgan raqobat; 2) ishlab chiqaruvchilarning ishlab chiqarish quvvatlarini boshqa mamlakatlarga joylashtirish hisobiga shaxsiy daromadlarini oshirishga intilishlari natijasida ishlab chiqarishning ko’p millatli xarakterini o’rnatish; 3) moliyaviy bozorlarning xalqaro integratsiyasi.
Jahon iqtisodiyotida transmilliylashtirish jarayonlari real va moliyaviy tarmoqlarda transmilliy korporatsiyalar yaratilishi va ularning faoliyati jarayonlarida mujassamlanadi. g’arb iqtisodchilarining ishlarida iqtisodiy faoliyatning bunga o’xshash sub'ektlari transmilliy, xalqaro, multimilliy, supermilliy, global va boshqa kompaniyalar deb nomlanishi mumkin. Shunga muvofiq ravishda transmilliy korporatsiya deganda, yirik moliyaviy, ishlab chiqarish, ilmiy-texnikaviy, savdo-servis uyushmalari tushuniladi, ular o’z operatsiyalarini o’zlari tashkil etadilar va boshqa xorijiy mamlakatlarda ham birdek amalga oshiradilar. Ularni shaxsiy ishlab chiqarish, bank, investitsiya, savdo-reklama faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish, kadrlarni tayyorlashni o’z ichiga oluvchi murakkab tashkiliy tuzilma bir-biridan ajratib turadi.
TMKlarning zamonaviy ajralib turadigan jihatlari quyidagilar hisoblanadi:
Bozorlarni reja asosida yuritish va jahon miqyosida raqobatni amalga oshirish (ayrim xorijiy ekspertlar global raqobatning zamonaviy atamasi uchun yangi so’z – “giperraqobat” so’zini ishlatadilar);
Jahon bozorlarini shunday global korporatsiyalar bilan ajratish;
Yangi axborot kommunikatsiya texnologiyalari asosida o’z bo’limlari faoliyatini kuzatish; korporatsiyalar tuzilmasining moslashuvchanligi; o’z bo’limlari, zavodlari va qo’shma korxonalarini yagona xalqaro boshqaruv tarmog’iga birlashtirish;
TMK faoliyat yuritayotgan davlatga iqtisodiy va siyosiy ta'sir ko’rsatish.
Har qanday mamlakat uchun ilk asosiy rivojlanish, tabiiyki, ichki bozor bo’lib qoladi (yirik mamlakatlar bunda g’ayritabiiy afzalliklarga ega), modomiki, transmilliylashtirish jarayonlarining avj olishi bilan siyosiy iqtisodiy rivojlanishning asosiy kriteriyasi jahon bozoriga zamonaviy mahsulotlar bilan chiqish va u erda o’z o’rniga ega bo’lishdan iborat bo’lib qoladi.
TMK lar jahon to’g’ri xorijiy investitsiyalari (TXI) ning asosiy qismini amalga oshiradigan xo’jalik sub'ektlari hisoblanadilar. Oxirigi dinamika hayratda qoldiradi: 2002 yildagi Xalqaro investitsiyalar haqidagi Ma'ruza ma'lumotlariga ko’ra, dunyoda TXI ning o’rtacha yillik o’sish sur'ati 90- yillarning birinchi yarmida 20 % ni, ikkinchi yarmida esa 40,1 % ni tashkil qilgan. Xalqaro investitsiyalar umumiy hajmidagi to’g’ri xorijiy investitsiyalar ulushida asosiy kapital 1980 yildagi 2,0-2,4 % dan 1990 yilning oxirlarida 6-8 % gacha o’sdi.
Globallashtirish va regionalizatsiya, hududiy iqtisodiy integratsiya jarayonlarining o’zaro munosabati har doim ham bir xil ma'noga ega bo’lavermaydi. Sir emaski, globallashayotgan jahon iqtisodiyotining bugungi holatining xarakterli belgilaridan biri ko’p miqdorli hududiy iqtisodiy guruhlarni shakllantirish bo’lib qolmoqda. Regionalizatsiya (hududiy iqtisodiy integratsiya) va globallashtirishning o’zaro faoliyati haqidagi sodda tasavvurlar biri ikkinchisini inkor qiladigan pozitsiyaga mos keladi. Masalan, shunday fikrlar ham uchraydiki, bunda “xalqaro regionalizatsiya globallashtirishning dialektik inkori hisoblanadi, modomiki, hududiy ittifoqlar mamlakatlarning cheklangan miqdorinigina o’z ichiga oladi”[1].
Mashhur rus tadqiqotchisi prof. Yu.V. Shishkov fikriga ko’ra, globallashtirish keng xo’jalik hayotining baynalminallashtirish jarayonlarining rivojlanishi, shu bilan bir vaqtda hududiy integratsiya sifatida bir hudud doirasida ichki xo’jalik hayotini baynalminallashtirish jarayonlari rivojlanishining eng yuqori darajasi imkon qadar mumkin bo’ladi[2]. Shu ma'noda aytish mumkinki, hududiy integratsiya oldindan his qilishdir va bir vaqtda bir hudud doirasida globallashtirish ma'nosini tashkil etuvchi jarayonlar rivojlanishining chuqur va intensiv darajasidir.
Hududiy iqtisodiy integratsiya jahon xo’jaligi globallashuvi jarayonlarini chuqurlashtirish uchun dastlabki shart-sharoitlarni shakllantiradi.
Globallashtirishning harakatlantiruvchi kuchlari globallashtirish jarayonlarining aniq omillarida mujassamlashadi. Jahon iqtisodiyotini globallashtirish jarayonlarining yuzaga kelishi va evolyutsiyasiga ta'sir ko’rsatuvchi asosiy omillar ichidan quyidagilarni keltirish mumkin:
- mamlakatlararo o’zaro iqtisodiy bog’liqlikning qat'iy kuchayishi; hozirgi kunda hech bir mamlakat o’z rivojlanishida jahon xamjamiyati va regressidan butunlay uzoq bo’lgan vaziyatda qolishni istamagan holda jahon iqtisodiyotidan tashqarida qolishi mumkin emas; keyingi vaqtlarda dunyoning deyarli barcha mamlakatlarining iqtisodiy oshkoralik darajasi tez sur'atda oshib borishi; xalqaro savdo[3] va kapitalning mamlakatlararo harakatining o’sishi tufayli xalqaro iqtisodiy makonda yuz berayotgan milliy iqtisodiy jarayonlarga intensiv ta'sir ko’rsatishi;
- tayyor mahsulotlarni mamlakatlararo almashtirish ulushi oshayotgan, agrar xom ashyo tovarlarini almashtirish esa xalqaro savdoni yanada ko’paytirayotgan bir vaqtda xalqaro mehnat taqsimotining yangi sifatining shakllanishi; ichki tarmoq savdosining solishtirma og’irligining o’sishi;
- xalqaro moliyaviy bozor milliy sigmentlararo aloqalarning va yanada integratsiyalashgan global moliyaviy bozor shakllanishining kuchayishi;
- xo’jalik hayotining xususiy va umumiy sub'ektlariga ega bo’lgan turli mamlakatlardagi hududiy tarmoq xo’jalik sub'ektlari o’rtasida doimiy aloqalarni qo’llab-quvvatlash uchun sharoit yaratadigan axborot va telekommunikatsiya inqilobi;
- kuchli texnologik va moliyaviy resurslarga ega bo’lgan, butun dunyoda ishlab chiqarish va boshqa bo’linma hamda bo’limlarni joylashtirish, va shu tufayli mahalliy raqobatdosh afzalliklardan foydalanish samaradorligiga erishish imkonini beruvchi transmilliy korporatsiyalar faoliyat doirasini global ravishda kengaytirish;
- rivojlanayotgan va bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan mamlakatlarni xalqaro savdoga jalb qilinishining, xalqaro kreditlashtirish va investrlashtirishning, xalqaro mehnat migratsiyasining o’sib borishi;
- jahon iqtisodiyoti sub'ektlari tuzilmasining asosiy murakkabligi – jahon arenasida milliy davlatlar va o’z faoliyati doirasida milliy afzallikka ega bo’lgan kompaniyalar bilan bir qatorda TMK lar va TMBlar, xalqaro iqtisodiy tashkilotlar, hududiy tashkilotlar, jumladan, integrallashgan uyushmalar, shuningdek, nodavlat tashkilotlari, yirik shaharlar va xatto, alohida individlar (olimlar, madaniyat xodimlari, Dj. Sorosga o’xshagan ishbilarmonlar va boshqalar) ham faol ishtirok etishlari mumkin.
- Globallashtirishning asosiy belgilari qanday? Ularga xalqaro mehnat taqsimoti xarakteridagi sifat o’zgarishlarini, TMK kabi jahon iqtisodiyoti sub'ektlarining ta'mir doirasi va faoliyat qamrovining o’sishini, global iqtisodiy jarayonlarga moslashtirish maqsadida milliy va xalqaro darajada iqtisodiyotni boshqarish tizimidagi o’zgarishlarni, davlatlararo va nodavlat xalqaro iqtisodiy tashkilotlar tizimidagi vazifalarning o’zgarishini kiritish mumkin. Xalqaro iqtisodiy aloqalar xalqaro xo’jalik mavjud barcha tarkibiy qismlarining muhim shakliga aylanadi: hech bir, xatto eng kuchli davlatlar ham tashqi muhit bilan chambarchas bog’lanmagan, mutlaq etarlilik tartibida mustaqil rivojlana olmaydi.
Jahon iqtisodiyoti globallashuvi jarayonlarining natijalari. Alohida mamlakatlar va jahon hamjamiyati mamlakatlari guruhi uchun iqtisodiy globallashuv jarayonlarining natijalari haqidagi masalaning qo’yilishi tan olingan masala hisoblanadi. Bir tomondan, xalqaro iqtisodiyot nazariyasi xorijiy raqobatchilar uchun bozorlarning ochilishi, xalqaro savdoning kuchayishi, moliyaviy resurslar va investitsiyalarning mamlakatlararo joylashtirilishi, xalqaro ishlab chiqarish omillaridan samarali foydalanish, xalqaro ishlab chiqarishni oshirish uchun imkoniyatlar yaratishidan dalolat beradi. Natijada globallashtirish mazkur jarayonda ishtirok etadigan mamlakatlarning katta muvaffaqiyati bilan muvofiqlashadi. Shu bilan bir vaqtda, xususan, globallashtirishning neoliberal modelining asosiy mazmuni bo’lgan xo’jalik hayotining keng qamrovli liberalizatsiyaning globallashtirish bilan birlashishi sharoitlarida global tovar va moliyaviy bozorlarda integrallashgan raqobatning kuchayishi raqobat kurashida kuchlilarga yon bosuvchi alohida kompaniyalar hamda alohida mamlakatlar uchun ham muqarrar risklarni anglatadi. Modomiki, rivojlangan mamlakatlar uchun globallashtirishning eng katta foydalari etarli darajada yuqori (aynan shu erlarda kuchli kompaniyalarining shtab-kvartiralari – jahon bozorlaridagi o’yinlar, shuningdek, sayyoraning asosiy ilmiy-texnikaviy va texnologik salohiyati, asosiy moliyaviy resurslar joylashgan), alohida ishlab chiqarishni qisqartirish, daromadlarni qayta taqsimlash, ijtimoiy tengsizlikning kutilayotgan o’sishi ko’rinishidagi risklar davlatning ijtimoiy siyosati bilan bo’lib-bo’lib kompensatsiya qilinadi.
Unchalik rivojlanmagan mamlakatlarning eng zaif tomoni ularning bozorlaridan xorijiy moliyaviy kapitalning chayqov asosida nazoratsiz oqib kirishi va chiqib ketishidir. Keyingi o’n yillikning jahon tajribasi (1994-1995 yillardagi Meksikadagi inqiroz, 1997 yildagi xalqaro (Osiyo) inqirozi, Rossiya, Braziliya, Argentinadagi ketma-ket yuz bergan inqirozli o’zgarishlar) global moliyaviy kapitalning mamlakatlararo harakati rivojlanayotgan mamlakatlar va o’tish iqtisodiyotidagi mamlakatlar moliyaviy va jamg’arma bozorlarini qulatib, bu mamlakatlarning milliy valyutasi barqarorligini so’ndiribgina qolmay, shuningdek, mazkur mamlakatlar xo’jaligining real tarmog’ida juda salbiy tarzda aks etadi.
Globallashtirish jarayonlari ko’p hollarda ilg’or iqtisodiyotning rivojlanishi darajasini oshirishga va unchalik rivojlanmagan mamlakatlarning jahon iqtisodiyotidagi o’rnining kuchsizlanishiga olib keladi. Ko’pgina rivojlanayotgan mamlakatlar va o’tish iqtisodiyotidagi mamlakatlar rivojlangan mamlakatlarga texnologik jihatdan bog’liq bo’ladilar: zamonaviy texnologiyalarning murakkablashuvi ularning ishlanmalari xarajatlarini juda oshirib yuboradi, o’zlashtirilgan texnologiyalar esa komplementar omillarning, birinchi navbatda yuqori malakali va o’qitilgan mutaxassislarning yo’qligi tufayli yaxshi samara bermasligi mumkin.
Globallashtirish jahon iqtisodiyoti rivojlanishining umumiy qonunchiligini – uning tengsizligini bekor qilmaydi, undan, rivojlangan mamlakatlar guruhlari uchun jahon bozoridagi etakchilikning o’ziga xos kurashidan qochib qutilib bo’lmaydi. D. Marshall (Buyuk Britaniya) fikriga ko’ra, “shuni to’la ishonch bilan ta'kidlash mumkinki, mamlakatlararo shafqatsiz raqobat kabi tizimning bunday mohiyatli xarakteristikasi, etakchi rivojlangan mamlakatlarning jahonda etakchi o’rinni egallash uchun raqobatlashishi, barcha mamlakatlarning markazlashgan yoki pereferiy mamlakatlarga bo’linishi, zamonaviy kapitalistik tizim yanada integrlashib borayotganligiga qaramasdan o’zgarmay qolmoqda. Jahon kapitalizmi barcha mamlakatlarga muvaffaqiyatli rivojlanish uchun teng imkoniyatlarni yaratmagan va bundan keyin ham yaratmaydi. Yuqori daromad olish uchun kurash shundayligicha qolmoqda... jahon iqtisodiyoti esa xuddi avvalgidek, notekis rivojlanmoqda”[4].
Dunyodagi uch asosiy iqtisodiy kuch – AQSh, g’arbiy Yevropa (yoki yanada tor yondashuv bo’yicha Yevropa Ittifoqi) va Yaponiya o’rtasidagi raqobat birinchi navbatda texnologik rivojlanish, yuqori texnologiyalar – mikroelektronika, biotexnologiya, yangi materiallarni yaratish va boshqalar doirasida rivojlanadi.
Jahon banki tomonidan tayyorlangan, 2000-2001 yillardagi xalqaro rivojlanish haqidagi ma'ruza ma'lumotlariga ko’ra, dunyoning 20 ta eng boy mamlakati aholisining o’rtacha daromadlari 20 ta kambag’al mamlakatlarning o’rtacha daromadlarini 37 marta oshirdi. Bunda keyingi 40 yilda portlashlar ikki barobarga oshdi. Dunyoning beshta boy va beshta kambag’al mamlakatlari o’rtasidagi daromadlardagi uzilishlar esa 1990 yilda 60:1 va 1997 yilda 74:1 tashkil qildi. Fin eksperti K. Kilyunen fikriga ham qo’shilish mumkin, uning fikricha, “iqtisodiy tizim dunyoning 225 ta boy kishilarining jami boyligi 1 trln. dollardan oshganda sog’lom hisoblanishi mumkin emas, bu 47 % kishini tashkil etuvchi 2,5 mlrd. kambag’alning yillik daromadlariga teng ... sayyoraning uchta boy kishisining umumiy holati 48 ta rivojlangan mamlakatning jami YAIM ini oshiradi”[5]. Rivojlangan va unchalik rivojlanmagan mamlakatlar o’rtasida ziddiyat unchalik qat'iy emas, oldin jahon hamjamiyatining muhim tarkibiy qismi sifatida ishtirok etgan ayrim mamlakatlar bugun yaxshi rivojlanmagan mamlakatlar qatoriga kirib qolgan (BMT tasnifi bo’yicha). AQSh jahon xo’jaligida o’z etakchiligini saqlab qolish va yanada oshirishga, o’z milliy masalalarini hal qilish uchun globallashtirishning neoliberal variantidan foydalanishga harakat qiladi.
Globallashtirishning, eng avvalo, moliyaviy foydasi, o’z hududida ta'sis qilingan (1960-1970 yillardayoq), alohida periferey mamlakatlar, offshor hududlar, xorij kapitalini jalb qilish maqsadida soliqdan ozod qilinganligini olishlari mumkin. To’rt asosiy hududiy guruhni birlashtiruvchi offshor hududlarning yaxlit pleyadasi yuzaga keldi. Karib havzasining offshor hududlari Nyu-york bilan bir vaqtinchalik mintaqada bo’lgan Shimoliy va janubiy Amerika mamlakatlariga xizmat qiladi. Fors ko’rfazi mamlakatlaridagi offshor hududlar Yaqin Sharqning neft qazib chiqaradigan mamlakatlariga xizmat qiladi. Tinch okeanining Singapur, Gongkon, shuningdek, Vanuatu, Nauru va boshqa orol hududlari Tokio bilan bir vaqtinchalik mintaqada joylashgan Osiyo-Tinch okeani mamlakatlarining moliyaviy kapitalidan foydalanadilar.
Globallashuv jarayoni ayniqsa moliyaviy va iqtisodiy sohada jadal sur`atlar bilan kechmoqda. U avvalo, tabiiy boyliklar va savdo bozorlari ustidan nazorat o`rnatish borasida raqobatning keskinlashuvida namoyon bo`ladi. Bu jarayonda davlatlar bilan bir qatorda transmilliy korporatsiyalar (TMK) ham etakchi o`rin tutadi.
Globallashuv tufayli tez rivojlanayotgan mamlakatlar boy davlatlarga aylanadi, qashshoq mamlakatlar ulardan yanada ko‘proq ortda qoladi. Dramatik tarzda o‘sib borayotgan daromadlardagi farq qashshoq mamlakatlarda norozilik keltirib chiqaradi, bu xalqaro mojarolarga olib kelishi mumkin. So‘nggi 15 yilda aholi jon boshiga daromad 100 dan ortiq mamlakatlarda pasaygan, 60 dan ziyod mamlakatda aholi jon boshiga talab qisqargan. (Rivojlangan mamlakatlarda yashayotgan deyarli 5 mlrd. kishi orasida 3/5 qismi eng past sanitar me’yorlarga mos kelmaydigan sharoitda yashashadi, 1/3 qismi ichimlik suvidan mahrum, 1/5 qismi esa to‘yib ovqatlanmaydi). “Imtiyozlarni adolatli taqsimlash” jahon iqtisodiyotini globallashtirishning eng muhim muammolaridan biri hisoblanadi. Ammo bu muammo, afsuski, yagona emas.
Boshqa bir muhim muammo milliy iqtisodiyotlarning umumsayyora darajasidagi o‘zaro bog‘liqligi tufayli yuz berish imkoniyati yuqori mintaqaviy yoki global beqarorlik bilan shartlangan. Bir mamlakatdagi iqtisodiy silkinish yoki bo‘hron mintaqaviy yoki hatto global oqibatlarga ega bo‘lishi mumkin. Dunyo bo‘yicha sustlik yoki depressiya populistik chaqiriqlarni keltirib chiqarishga, globallashuvning borishida qaror topgan o‘zaro bog‘liqlik va aloqalarni uzib yuborishga qodir. Natijada iqtisodiy urushga aylanish xavfi bo‘lgan iqtisodiy mojaro va hatto harbiy-siyosiy to‘qnashuv kelib chiqishi mumkin.
Ayrim mamlakatlar iqtisodiyotini nazorat qilish mustaqil hukumatlar ixtiyoridan eng kuchli davlatlar, ko‘pmillatli, global korporatsiyalar va xalqaro tashkilotlar qo‘liga o‘tishi xavfi ham mavjud. SHu bois ba’zi siyosatshunoslar globallashuv hodisasida milliy suverenitetdan ajralish xavfini ko‘rmoqdalar. SHu sababdan globallashuv milliy davlatlar etakchilarida uning kuchi qarshisida ojizlik hissini tug‘dirishi, oddiy fuqarolarida esa uni yoqtirmaslik tuyg‘usi uyg‘otishi mumkin. Bu kabi kayfiyatlar proteksionizmga chorlovchi ksenofobiya va millatchilikni qayta tug‘dirishi, ekstrimistik siyosiy harakatni keltirib chiqarishi mumkin. Bu esa o‘z navbatida jiddiy mojarolarning yuz berishiga kuchli sabab bo‘ladi. Ko‘pincha ish haqi yuqori bo‘lgan iqtisodiy rivoj topgan mamlakatlardagi ishsizlikni globallashuv to‘siq bo‘ladigan hodisalar qatoriga kiritishadi. Ammo, e’tirof etish lozimki, bu kabi fikrlarni ularning ko‘pchiligida ishsizlikning past me’yori va ish haqi past bo‘lgan davlatlarda ishsizlikning yuqori darajasi inkor etadi. Haqiqatda esa bandlikka hukumat siyosati va texnologik jarayon globallashuvning boshqa omilllariga nisbatan ko‘proq ta’sir ko‘rsatadi.
Globallashuv kengayib borishiga ba’zan uning ijtimoiy farovonchilikka xavfi to‘g‘risidagi afsonalarni bog‘lashadi. Biroq ijtimoiy farovonchilik darajasiga mutlaqo boshqa ta’sirlar — soliq siyosati, demografik tendensiyalar ancha ko‘proq ta’sir etadi. SHu bilan birga keyingi vaqtlarda ko‘pchilik rivojlangan mamlakatlarda o‘rta sinfning foiz ulushi kamayib borayotganini aniq dalil sifatida inkor etmaslik kerak.
Nihoyat, globallashuvdan asosan muayyan davlatlarning tashqi siyosatidagi muvaffaqiyatsizliklarni oqlash uchun foydalaniladi.
Jahon xo‘jaligi va xalqaro mehnat taqsimotidagi asosiy rivojlanish tendensiyalari haqida chuqur bilimga ega bo‘lmasdan turib iqtisodiy xavfsizlik muammosini tadqiqot qilish mumkin emas.
Bu tendensiyalarning asosiysi iqtisodiyotning globallashuvidir. Xorijda 2-3 ming yilliklarda geosiyosiy o‘zgarishlarning sodir bo‘lishini tahlil qilarkan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimov quyidagicha izoh beradi. ”strategik vazifalarni hal etib jahon hamjamiyatida keng integratsiyalashgan, zamonaviy demokratik davlat qurishni yaxshi tushunamiz. CHunki jahon xo‘jaligi bugunga kelib ko‘p qirrali bo‘lmoqda… XXI asr xalqaro munosablarda shak shubhasiz globallashuv asri bo‘ladi.” [6]
Jahon iqtisodiyotida globallashuv jarayonlarini quyidagilarda ko‘rish mumkin: xalqaro kapital bozorlari hamda infrastrukturaning rivojlanganligida, global telekommunikatsiya sistemasining shakllanganligida, transmilliy korporatsiyalarning yuqori sur’atda o‘sganligi, kichik va o‘rta korxonalarning ishlab chiqarishi, iqtisodiy va investitsion faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan integratsiyalashgan milliy korporativ strukturasining tashkil topishini keltirish mumkin.
SHu bilan birga Markaziy Osiyo mamlakatlarida iqtisodiy o‘zgarishlarni Jahon xo‘jaligining transfarmatsiyasi bilan xalqaro raqobatning kuchayishi, kapitalning davlatlar va hududlar orasida erkin harakat qilishi, transmilliy kompaniyalar faoliyatini kengaytirish, xalqaro moliya – kredit munosabatlarni erkinlashtirish va iqtisodiy globallashuv bilan amalga oshadi.
Boshqa tomondan globallashuv rivojlangan mamlakatlarni jumladan Markaziy Osiyo mamlakatlarini ham Jahon xo‘jaligi aloqalariga kirishga bir qator muammolarni ham tug‘diradi. Bu muammolar – milliy iqtisodiyotning tashqi ta’siridan himoyalanmaganligi, mamlakatlarni xorijiy bozorlarga chiqishdagi qiyinchiliklar, tashqi transport va informatsion aloqalarni rivojlanmaganligi hamda ularning xalqaro tizimlardan uzoqda joylashganligi, asosiy eksport tovarlariga Jahon narxlarining o‘zgarib turishi, globallashuv xo‘jaligi faoliyatining Markaziy Osiyoda atrof muhit va energetika holatini salbiy oqibatlarga olib kelishi bilan chambarchasi bog‘liqdir.
Iqtisodiyotda globallashuv tushunchasi erkin savdo, erkin kapital oqimi, ishlab chiqarish korxonlari daromad solig‘inng pasaytirilishi, mehnat va tabiiy resurslar xarajatini kamaytirish maqsadida ishlab chiqarish tarmoqlarining davlatlararo erkin ko‘chishi kabi asosiy xususiyatlarni o‘z ichiga qamrab olsada, quyidagi xususiyatlarni ham qamrab olgan:
- Rivojlangan davlatlardagi kabi rivojlanayotgan davlatlarda uzluksiz ish haqi, narx va ishlab chiqarish daromadlarining bir biriga tenglashishi[7];
- Ishchi kuchini kamaytirish va radikal restruktizatsiya qilish maqsadida mamlakat ichida va transmilliy doirada kompaniyalar sonining ortishi;
- Internet tarmog‘i orqali moliyaviy axborotlarning butun jahon bo‘yicha tez tarqalishi va ishlab chiqarish korxonalarining ochiqligi;
- Moliyaviy birjalarning ahamiyati ortishi;
- Tovarlar reklamasining ko‘payishi;
- Mahsulotning milliylik xususiyatlari yo‘qolib borishi;
- Transmilliy kompaniyalarning soni va ahamiyati ortishi.
Iqtisodiyotning globallashuvida pirovard maqsad barcha davlatlarda muttasil iqtisodiy o‘sish va aholi farovonligini oshishini ta’minlashdan iborat. Global rejalarning yuzaga kelish tamoyili sifatida esa globallashuv xalqaro iqtisodiy aloqalar borasida yangi qulaylik va imkoniyatlar yaratish bilan bir qatorda turli-tuman tahdid va ziddiyatlarni ham keltirib chiqarmoqda.
Birinchidan, global bog‘liqik tamoyillari kuchaygan sayin jahon xo‘jalik tizimining rivojlanishidagi nomutanosiblik tobora oshib bormoqda. Rivojlangan mamakatar va rivojlanayotgan davlatlardagi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy etish ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi tafovut yanada ortib bormoqda. Rivojlangan davlatlar eksporti jahon eksportining qariyb 60%ni tashkil etmoqda. Rivojlanayotgan davlatlar o‘z eksport tovarlarining 70%ni rivojlangan davlatlaga sotadi. Uya mamlakat, ya’ni AQSH, YAponiya va Germaniyada jahon aholisining 9% yashaydi, ular hissaiga esa dunyo daromadining yarmi, xaridorlik quvvatining 30% to‘g‘ri kelmoqda[8]. Jahondagi “katta ettilik” mamlakatlari (AQSH, Kanada, YAponiya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya) hissasiga yalpi eksport va importning qaryib yarmi to‘g‘ri kelmoqda.
Ikkinchidan, mamlakatlar iqtisodiy rivojlanishi intensivligi turli-tuman yo‘nalishar, mezonlar bo‘yicha xilma-xil tarzda namoyon bo‘lmoqda. Masalan, iqtisodiy tizimlarning tavsiflanishida qo‘llaniladigan “milliy bozor modellari”ni olib ko‘raylik. Bozor iqtisodiyotini shakllantirishda Germaniya belgilagan bozor modeli YAponiya, Janubiy Korea yoki Xitoydagi bozor modellaridan tamomila farqlanadi. Bozor iqtisodiyoti institutlarining barpo etishda umumiy o‘xshashliklar bo‘lsada, ularni shakllantirish yondashuvi va yo‘llari turlicha bo‘lib kemoqda.
Uchinchidan, erkin iqtisodiyotni barpo etishda xo‘jalik yuritishning jahon qoidalarini unifikatsiyalashga urinilmoqda, lekin bunda xalqaro tashkilotlarning harakatlari muvaffaqiyatsiz chiqmoqda. CHunki, har bir davlat iqtisodiyotini tartibga solish, uni erkinlashtirish va tashqi iqtisodiy faoliyatini rivojlantirishda o‘ziga xos vosita va uslublarni qo‘llamoqda.
Tashqi iqtisodiy xavfsizlik—shartnomalar va institutsional tuzilishni amalga oshirish borasidagi barcha xalqaro shartlar majmuasi bo‘lib, unda xar bir jahon hamjamiyatidagi a’zo davlatning erkin saylash va o‘zining ijtimoiy–iqtisodiy taraqqiyot strategiyasini ishlab chiqishi, tashqi bosimga uchramasligi, boshqalarni ishiga aralashmasligi, o‘zaromanfaatli va o‘zaromuvofiqlik asosida jahondagi boshqa davlatlar bilan hamkorligi.
Globallashuv sharoitida tashqi iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash uchun quyidagilar taqoza etiladi:
Birinchidan, jahon xo‘jalik aloqalarida ishtirok etib, milliy ishlab chiqarish uchun qulay sharoitlar yaratish;
Ikkinchidan, jahonda sodir bo‘layotgan iqtisodiy, siyosiy noxush hodisalar salbiy oqibatlarining milliy iqtisodiyotga ta’sirini kamaytirishga erishish. Alohida ta’kidlash joizki, ochiq iqtisodiyot sharoitida tashqi tahdidlar ta’siririni butunlay yo‘q qilish, unga barham berish mumkin emas.
Iqtisodiy xavfsizlikka tahdid soluvchi tashqi omillarga quyidagilar kiradi:
1)Eksport tarkibidagi xom ashyo tovarlarining ustuvorligi, an’anaviy mashinasozlik va harbiy sanoat tovarlari bozorlarining yo‘qotilishi;
2)mamlakatning ko‘p turdagi mahsulotlar, shu jumladan, strategik ahamiyatdagi va oziq-ovqat mahsulotlari iportiga qaramligi;
3)eksport va valyuta nazoratining yaxshi yo‘lga qo‘yilmaganligi, bojxona chegaralarining ochiqligi;
4)raqobatga bardoshli eksportni qo‘llab-quvvatlovchi moliyaviy, tashkiliy va axborot infratuzilmalarning rivojlanganligi va import tarkibining ratsional emasligi;
6)eksport-import operatsiyalariga xizmat ko‘rsatuvchi transport infratuzilmalarining rivoj topmaganligi;
7) Ilmiy salohiyat oqimi;
8)Kapital oqimi;
9)Tashqi qarzlarning o‘sishi;
10)Tijorat va iste’mol mollari bo‘yicha import qaramlikning ortishi;
11)Iqtisodiyotning haddan tashqari ochiqligi;
12)Milliy tovarlarni ichki va tashqi bozorlardan siqib chiqarish maqsadida chet el kapitallarini jalb qilish.
Eksport tovarlariga narxlarning keskin pasayib ketishi yoki aksincha, import tovarlariga narxlarning keskin ko‘tarilib ketishi tashqi bozorga bog‘liq bo‘lgan iqtisodiyot uchun o‘ta xavfli hisoblanadi.
Bundan tashqari, bozorlarda savdo qilish yoki mahsulot etkazib beruvchi mamlakat yoki mamlakatlar guruhi tomonidan embargo kiritilishi ham iqtisodiyotning rivojiga xavf tug‘diradi. SHuningdek, bir mamlakatdan yoki mamlakatlar guruhidan ayrim turdagi mahsulotlarni keltirishda yuqori darajadagi qaramlikka, bog‘liqlikka yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. CHunki bu iqtisodiy qaramlikdan siyosiy jihatdan ta’sir ko‘rsatishdan foydalanishlari mumkin.
Milliy iqtisodiyot uchun uning eksporti tarkibida ikki-uch xil tovarning ustuvor o‘rinni egallashi, xatto eksport hajmining yarimidan ko‘pini tashkil etishi o‘ta xavfli holatlarni tug‘dirishi mumkin. Ko‘pgina rivojlanayotgan mamlaktlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, eksportning bunday tarkibi bunday tarkibi jahon bozori kon’yukturasi yomonlashgan sharoitda, ularga bo‘lgan talabning kamayishi oqibatida iqtisodiyot halokatiga olib kelishi mumkin.
Mamlakat eksport qilayotgan xom ashyo resurslarining jahon bozridagi narxlarning tushib ketishi oqibatida uning tashqi savdo aylanmasi pasayib ketadi. Natijada, valyuta tushumi kamayadi va bu hol mamlakat uchun zarur investitsiya loyihalarining bajarilishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Hatto milliy valyuta qadrning tushib ketishiga ham olib kelishi mumkin. SHuningdek, xom ashyo ishlab chiqaruvchi milliy korxonalarning iqtisodiy-moliyaviy ahvoli yomonlashadi. Ularning ba’zilari xonavayron bo‘ladi, ko‘pchiligi esa ishlab chiqarish hajmini kamaytirishga majbur bo‘ladi. Oqibatda, ish bilan band xodimlar soni qisqarib, ishsizlar soni oshadi. Davlat byudjetidan aholini ijtimoiy himoyalashga ajratilgan mablag‘ ko‘payib, ijtimoiy muammolar ham birmuncha keskinlashadi. Milliy iqtisodiyotning rivojlanish sur’atlari sekinlashadi yoki turg‘unlikka, tanglikka yuz tutadi.
Ochiq iqtisodiyotga o‘tish o‘ta darajadagi proteksionizmdan voz kechishni taqazo etadi. Ammo mamlakatni jahon xo‘jaligiga kirib borishi nuqtai nazaridan istiqbolli bo‘lgan tarmoqlar va ishlab chiqarisharni himoya qilish, ya’ni selektiv proteksionizm zarurdir. Bu davrda iqtisodiy xavfsizlik nuqtai nazaridan vatanimizda ishlab chiqarilgan tovarlarni sotish bozorlarini, import xom ashyo va sanoat mahsulotlari manbalarini diversifikatsiyalash, ko‘plab mamlaktlar bilan yomonlashgan munosabatlar o‘rniga boshqa mamlakatlar bilan bo‘ladigan iliq munosabatlar rivojlantiriladi.
Iqtisodiyot chuqur krizisga uchragan va kaptal mablag‘larni unga jalb qilish keskin kamayib ketayotgan sharoitda xorijiy investitsiyalar ba’zi sohalarda iqtisodiy o‘sish katalizatori bo‘lishi mumkin. Bu esa iqtisodiy xavfsizlikni mustahkamashga imkon beradi. Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish mexanizmi xorijiy hamkorarning moliyaviy va moddiy resurslarini milliy iqtisodiyotga real kiritishga undashi lozim. Ular tomonidan moddiy boyliklarni arzon narxlarda ko‘lab sotib olishga yo‘l qo‘yish mumkin emas. SHunday qilib, xorijiy investitsiyalarni iqtisodiyotga keng jalb qilish choralarini ko‘rish bilan bir qatorda, bu jarayonlarni tartibga solish ham darkor. Bunda milliy manfaatlarga rioya qilgan holda, xorijiy kompaniyalarning minimal mablag‘lari evaziga butun bir tarmoqlar ustidan o‘z nazoratini o‘rnatishlariga yo‘l qo‘ymaslik lozim bo‘ladi.
Butun dunyoda milliy valyuta qadri mamlakt iqtisodiy ahvolining indikatori hisoblanadi. Mamlakatdan moliyaviy mablag‘larning katta miqdorlarda chiqib ketishi, ya’ni “kapitalning qochishi” milliy iqtisodiy xavfsizlikka jiddiy tahdiddir. Mablag‘larning chetga chiqib ketishining legal, ya’ni ochiqdan-ochiq yo‘li tijorat banklari tomonidan xorijiy banklar hisobi schetlariga katta miqdordagi mablag‘larning o‘tkazilishi hisoblanadi. Mablag‘larning chetga chiqib ketishining noqonuniy, ya’ni yashirin yo‘llarga esa quyidagilar kiradi:
-eksport mahsulot narxining pasaytirib, importda oshirib ko‘rsatish. Bunda fiktiv va haqiqiy narx o‘rtasidagi farq xorijiy kompaniya
lar tomonidan vatanimizdagi ishbilarmonning xorijiy bankdagi schetiga o‘tkaziladi;
-import uchun “avans” o‘tkaziladi, ammo import sodir bo‘lmaydi va h.k.
Mamlaktning nafaqat iqtisodiy, shuningdek, siyosiy ahvoliga ham jiddiy xavf tug‘diruvchi tahdidlardan bir tashqi qarz muammosidir. Tashqi qarzning yuqori darajadaligining o‘ziyoq tashqi siyosat yuritishni shubha ostiga qo‘yadi. Mamlakat qarz bergan yirik kreditor mamlaktlarga qaram bo‘lib qoladi. Tashqi qarzlarni to‘lash uchun mamlakt qarzlardan kreditlarni belgilangan muddatlarda to‘lashni kafolatlaydigan ishlab chiqarish loyihalarini moliyalashtirishda foydalanishi hamda yangi ob’ektlarni ishlab chiqarilgan mahsulotlar eksportini kengaytirish mumkin.
YUqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, globallashuv sharoitida milliy iqtisodiyot xavfsizligini ta’minlash naqadar muhim ahamiyatga ega ekanligi, qolaversa, tovar va xizmatlar reklamasining mazmuni, yo‘nalishi, targ‘ib qilish usul va uslublari jamiyatdagi umue’tirof etilgan me’yorlarga javob berishga qaratilgan qoidalarni ishlab chiqish va ular bo‘yicha nazorat tizimini takomillashtirish zarur.
XX asrning so`nggi choragida jahon miqyosida yangi dunyoviy tartibning qaror topishi, avvalo, turli mamlakatlar iqtisodiyotining integratsiyalashuvi “geoiqtisodiyot»ning shakllanishi bilan uzviy bog`liqdir.
Bu jarayonning quyidagi belgilovchi omillarini ajratib ko`rsatish mumkin: “sovuq urush”da g`olib chiqqan davlatlarning harbiy qudratining kuchayishi; SHimoliy Amerika, G`arbiy Yevropa va SHarqiy Osiyoda iqtisodiyotning jadal o`sishi; Transmilliy korporatsiyalar va nodavlat tashkilotlar mavqei va ta`sirining oshishi rivojlangan va “Uchinchi dunyo” mamlakatlar o`rtasidagi ziddiyatlarning keskinlashuvi; rivojlangan davlatlarning rivojlanayotgan davlatlar tabiiy boyliklarini egallash, ishchi kuchi va intellek-tual zaxiralarini jalb etish va hokazo.
Rivojlangan mamlakatlar uchinchi dunyo ega bo‘lgan mineral xom ashyo, yoqilg‘i-energetika resurslariga ehtiyoj sezmoqda. CHunki ularning zahirasi tugab bormoqda. Tabiiy xom ashyo resurslarining, ayniqsa, gaz va neftning cheklanganligi yaqin ellik yilda xalqaro munosabatlar rivojlanishining bosh omili hisobladi. Ushbu zahiralarni qo‘lga kiritishga intilish asosida mojarolar avj oladi, kuchlar konfiguratsiyasi (kuchlar joylashuvi) o‘zgaradi. Muqobil energiya manbalarini birinchi bo‘lib topgan mamlakat nafaqat milliy iqtisodiyotini rivojlanitirish, balki geosiyosiy koordinatalarning yangi tizimini shakllantirish uchun ham barcha sharoitlarga ega bo‘ladi.
Uchinchi mingyillik oralig‘ida xalqaro munosabatlar tizimi, G‘arb adabiyotida aytilayotganidek, xalqaro tizim (International System) o‘z rivojlanishining sifat jihatdan yangi fazasiga kirdi. Uning hozirgi dunyoga ta’sirini inqilobiy deb tavsiflash mumkin. 1945-1990 yillarda mavjud bo‘lgan «sovuq urush» davridagi xalqaro tizim yoki YAlta-Potsdam tizimi nom-nishonsiz ketdi. YAlta-Potsdam tartibi o‘rniga kelgan yangi xalqaro tizim tub o‘zgarishlarning girdobli jarayonini boshidan kechirmoqda. 1980 yillar oxiri-1990 yillar boshi davomida SHarq va G‘arb o‘rtasidagi qarama-qarshilikning tugashi, sotsialistik lagerning qulashi, SSSRning tarqab ketishi, Evrosiyo qit’asida o‘nlab yangi mustaqil davlatlarning paydo bo‘lishi singari butunjahon-tarixiy ahamiyatga molik voqealar sodir bo‘ldi. Xalqaro tizim “aktyorlari”ning miqdor va sifati, ular munosabatlarining modeli va o‘zini tutish qoidalari bir necha yil ichida o‘nlab yillar davom etgan «sovuq urush» davridan ko‘ra ancha chuqur o‘zgarishlarni boshidan kechirdi. Dunyo tartiblilikdan ko‘ra tartibsizlik, mojarolarni tartibga solish strategiyasidan ko‘ra mojarolar bilan xarakterlanadi (tavsiflanadi).
SHunday qilib, hozirgi xalqaro tizim endilikda tamomila yangi xarakter belgilariga ega:
1. Milliy davlatlar avvalgidek uning bosh aktyori hisoblanadi, bu o‘rinda gap integratsiya darajasiga qaramasdan, ixtiyoriylik sharti bilan davlatning turli davlatlararo mintaqaviy, mintaqalararo va global tashkilotlarda ishtiroki haqida bormoqda. Siyosiy hokimiyat hududiy mustaqillik (suverenitet) tamoyili asosida xalqaro huquqning boshlang‘ich sub’ektlari bo‘lib qolayotgan alohida davlatlar ixtiyorida saqlanadi. Biroq ko‘payib borayotgan global muammolarni hal qilishda ularning kuchi kamayadi. Yevropa va Osiyoning ulkan kengliklarida «real sotsializm» g‘oyasi va amaliyotining barbod bo‘lishi shunga olib keldiki, kommunistik utopiya (xayolot) o‘rnini davlat-millatni yaratish konsepsiyasi egalladi. Millat, milliy qurilish g‘oyasi qirq yoki etmish yil davomida totalitarizm zulmi ostida qolgan jamiyatlar uchun tenglashtirish ob’ekti bo‘lib xizmat qiladi. Millatchilik bu jamiyatlarda konstruktiv (asosiy) kuch rolini o‘ynaydi.
2. Xalqaro xukumatlararo tashkilotlar (XHT) kabi xalqaro nohukumat tashkilotlar (XNT) sonining ham o‘sib borishi xalqaro tashkilotlar siyosiy, iqtisodiy va sotsial sohalarda davlatlarning o‘zaro bog‘liq XT manfaatlarining ortishi tufayli zarur bo‘lgan xalqaro tizimni boshqarishning alohida shaklini yaratadi. XT transchegaraviy, siyosiy jarayonning instutitsional doirasini shakllantiradi, unda ko‘p sonli davlat va hamjamiyatlardan davlat yoki nodavlat aktyorlar ishtirok etishadi. XHT ikkilamchi va yasama bo‘lsa ham, chunki ular xalqaro huquqning birlamchi sub’ektlari — davlatlar tomonidan tuzilgan, xalqaro huquqning sub’ektlari hisoblanadi. XNT esa xalqaro xususiy huquq institutidir. Umuman, XNT siyosiy sohada davlat butkul va to‘lig‘icha o‘ziga ololmaydigan boshqaruvning ma’lum funksiyasini o‘z zimmasiga oladi.
3. Xalqaro tizimdagi qarama-qarshilik (ziddiyat) globallashuv bilan bir vaqtning o‘zida kechgan nomarkazlashtirish, mintaqalashtirish va ko‘pqutblilik jarayonlarida namoyon bo‘ladi. SHarq va G‘arb ziddiyati konfiguratsiyasi uning bipolyarliligi bilan birga endi xalqaro tizim uchun struktur belgilovchi bo‘lmay qoldi. Kuchlarning yangi mintaqaviy markazlari tashkil topdi. Eng muhim mintaqaviy davlatlar sifatida YAponiya va Germaniya, shuningdek, Xitoy va Braziliyaning ko‘tarilishida ko‘pqutblilik namoyon bo‘lmoqda. Mintaqaviy guruhlar va xalqaro tashkilotlar (Rossiya, Yevropa Ittifoqi, NAFTA Islom Konferensiyasi tashkiloti, ASEAN va sh.k. bilan birgalikda «katta ettilik») xalqaro tizimda davlatlar bilan birga etakchi aktyorlarga aylanmoqda.
4. Xalqaro tizimda qarama-qarshilik markazining SHarq-G‘arb nisbatidan SHimol-Janub o‘qiga ko‘chib o‘tishi, sodda qilib aytganda, boy SHimol bilan, kambag‘al Janub o‘rtasidagi mojaro (ixtilof) industrial va rivojlanayotgan mamlakatlar rivojining mutlaqo turlicha siyosiy, iqtisodiy va madaniy imkoniyatlariga asoslanadi. «77 lar guruhi»ga birlashgan, o‘zida 120 dan ortiq davlatni qamragan rivojlanayotgan mamlakatlar katta guruhi ichida tabaqalanish jarayoni yuz bermoqda. Unda OPEKga tegishli, son jihatdan uncha ko‘p bo‘lmagan bir necha boy (badavlat) va rivojlanayotgan mamlakatlar hamda «yangi industrial mamlakatlar» ajralmoqda. Ikkinchi tomondan, rivojlangan va rivojlanayotgan, boy va kambag‘al mamlakatlar o‘rtasidagi farq kengayib bormoqda. 
«Sovuq urush» tugagandan so‘ng SHimol-Janub o‘qidagi keskinlikning kuchayishiga ko‘p jihatdan sivilizatsion omillar sabab bo‘ldi.
5. SHarq va G‘arb mojarosining tugashi «kuch» tushunchasining mazmun va o‘lchamida dramatik burilish yasadi. Kuchning mumtoz belgilari (davlat hududi o‘lchamlari, aholi soni, geopolitik holati, qurolli kuchlari soni va sh.k.) va davlatning hududiy mustaqilligi ko‘p jihatdan endi o‘z ahamiyatini yo‘qotdi. G‘arb siyosiy tafakkuri ilmiy muomalaga «sezilarli kuch» va «sezilmas kuch» tushunchalarini olib kirdi. «Sezilarli kuch» kategoriyasi o‘z ichiga yuqorida qayd etilgan an’anaviy kuch belgilarini oladi. «Sezilmas kuch» kategoriyasi ilmiy-texnologik baza, iqtisodiyotning sanoat va moliyaviy quvvati, valyuta, inson boyligi (kapitali), ijtimoiy xavfsizlik kafolati, davlatning siyosiy va ijtimoiy tuzilishini himoya qilishda aholining safarbarlik layoqati singari go‘yoki bir qarashda ko‘rib va sezib bo‘lmaydigan davlat qudratining belgilaridan iborat. Kuchning ushbu yangi o‘lchamlari davlatning o‘rni, maqomi va qudratini aniqlashda yanada katta ahamiyat kasb etmoqda.
6) Dunyo tizimi «turlarning ayni bir paytda bo‘lishi» («baravar yuz berishi») bilan, ya’ni tarixiy davr va ijtimoiy makon kabi fundamental tushunchalarning ayni bir paytda mavjud bo‘lishi va bir-birining ustiga qo‘yilishi bilan duch kelmoqda. «Jahon o‘tish jamiyati»ning hali etarlicha aniqlanmagan va pishib etilmagan sharoitida, bir tomondan, davlatlararo mojarolarning mintaqaviylashuvi va markazdan uzoqlashuvi, ikkinchi tomondan, davlatlararo harbiy va davlat ichkarisidagi ijtimoiy-siyosiy mojarolarning o‘zaro qo‘shilib ketishi yuz bermoqda. Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish Tashkilotiga birlashgan evroatlantika makonining sanoati rivoj topgan mamlakatlarida SHarq va G‘arb mojarosining bartaraf etilishi natijasida tinchlik barqaror va xavfsiz bo‘lgan bir vaqtda dunyoning boshqa mintaqalarida beqarorlik va ko‘tarilishlar keskin ortdi. Xalqaro munosabatlarda globallashuv jarayonlarining yonma-yon borishi va mahalliy hamjamiyatlarning saqlanishi, o‘zaro qo‘shilib ketishi va tabaqalanish, qismlarga ajralish (fragmentizatsiya) va markazdan uzoqlashish, yaqinlashish va begonalashish, mustaqillik va o‘zaro bog‘liqlik xalqaro tizim uchun xarakterlidir.
Hozirgi xalqaro munosabatlar tizimining asosiy tendensiyasi uning baynalmilallashuvidir. Zamonaviy baynalmilallashuv nafaqat xalqaro aloqa va almashinuvlarning turli-tumanligi hamda hajmlarning kengayishida, faoliyatning yangi sohalariga tarqalishida aks etadi, balki xalqaro hamkorlikning (ittifoqlar, bitimlar, tashkilotlarning) mustaqil, barqaror, mavjud va davlatdan avtonom (muxtor) ravishda harakat qiluvchi shakllarini ham tug‘diradi. Faoliyatning maqsadi, soha va yo‘nalishlari shakllanmoqda, faqat xalqaro hamkorlik bo‘lgandagina ular amalga oshishi mumkin; iqtisodiy etakchi mamlakatlarning farovonligi va rivoj topishi tashqi bozor va aloqalarga bog‘liq. Baynalmilallashtirish vositalari, uning harakatlanuvchi kuchlari o‘zgarmoqda: hozirgi paytda u asosan iqtisodiy va ilmiy texnik omillar ta’siri ostida rivojlanmoqda. Ishlab chiqaruvchi kuchlar, iqtisodiy aloqalar, texnologiyalar, ilm va texnika rivojlanishi bilan baynalmilallashuv jarayonlari kuchli va ahamiyatli bo‘lgan joyda sohalar o‘zgarmoqda.
Yirik siyosiy jarayonlarga olingan natijalar bo‘yicha jiddiy, barqaror va ishonchli ta’sir ko‘rsatish, ularni samarali boshqarish maqsadida — qo‘shilish zarur. Xalqaro barqarorlik yo‘naltirilgan va kutilayotgan o‘zgarishlarning bashorat qilingan jarayoni sifatida faqat shunday o‘zgarishlarning ishtirokchilari uchungina mumkin bo‘ladi. Xalqaro hayot va uning muhim jarayonlaridan o‘zni chetga tortish jahon iqtisodiyoti, siyosati va taraqqiyotida mamlakatning o‘rni, roli va mavqeini yo‘qotish evazigagina mumkin bo‘ladi.
Nihoyat, xalqaro hayotning sifat jihatidan yangi hodisasi — alohida davlatlar — sub’ektlar tomonidan er shari (hududiy), dunyo iqtisodiyoti va siyosati miqyosida o‘z hayotiy faoliyatlarini amalga oshirish imkoniyatlari hamda ehtiyojlariga ega bo‘lishi alohida ahamiyat kasb etmoqda. Globallashuv asosiy belgi sifatida qandaydir muammo yoki faoliyatni darhol global (umumjahon) darajaga chiqarishni ko‘zda tutadi. SHu bilan birga, bunday faoliyat ishtirokchilarning tarkibiga ko‘ra, baynalmilal bo‘lishi shart emas, balki bitta davlat, tashkilot, firma tomonidan amalga oshirilishi mumkin (ular buning uchun tegishli imkoniyatlarga ega bo‘lishlari sharti bilan).
Hozirgi dunyo nafaqat turli-tuman va murakkab, balki ziddiyatli hamdir. Unda davlatlar o‘rtasida ham, ularning ichkarisida ham qarama-qarshiliklar o‘zaro bog‘lanib ketgan. SHunga qaramasdan, xalqaro munosabatlarning butun tizimi uchun ob’ektiv asos bo‘lib xizmat qilgan uning yaxlit sifatdagi birligi hozirgi dunyoning muhim qonuniyati hisoblanadi.
Hozir xalqaro tizimning o‘tish sifatida tavsiflanishi ham davom etmoqda, yaqin va uzoq kelajak joylashishining (konfiguratsiyasining) turli variantlari muhokama qilinmoqda, shu bilan birga, xalqaro munosabat ko‘plab turli rejadagi omil va shartlarning ta’siri ostida rivojlanib borishi vaziyatiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
1. S.Xantingon “o‘zaro kurashayotgan etti madaniy-diniy sivilizatsiyalar dunyosi”ning: xitoy, yapon, hind, islom, provaslav, g‘arb, lotin amerikasi va ehtimol, afrika modelini taklif qiladi. Ushbu maktab hozirgi sharoitda global siyosat ko‘p qutbli, ko‘p sivilizatsiyali bo‘lib qoldi, dunyoda yuz berayotgan jarayonlar madaniy — sivilizatsion (tamadduniy) ittifoqlarning to‘qnashuvi bilan izohlanadi, degan shiorni yoqlaydi. Iqtisodiy va texnologik modernizatsiyalarning yo‘qotilgan diniy yoki sivilizatsiya jihatidan o‘xshashligini saqlash yoki tiklashga undaydi. Bunda jahon maydonida yangi kuch va ta’sir markazlarini shakllantirish uchun real shart-sharoit hamda qarama-qarshiliklar manbai namoyon bo‘lib; sivilizatsiyalar to‘qnashuvi dunyo siyosatining asosiy omili bo‘lmoqda.
Bunday xulosa yangi mojarolar tug‘ilishi bilan asoslanadi, ular ko‘pincha etnomilliy bo‘yoqqa ega hamda ularning geografiyasi musulmon va xristian sivilizatsiyalari o‘rtasida chegara chizig‘i bilan bir-biriga to‘g‘ri kelar emish.
SHu yo‘nalishning o‘zida islom siyosiy ekstremizmi tahdidi borasidagi xavotir oshib bormoqda.
2. Taklif qilinayotgan boshqa konfiguratsiya modeli “konsentrik aylanalar dunyosi” bo‘lib, unga ko‘ra, xalqaro munosabatlar kelgusida “rivojlangan demokratik jamiyatlar” yoki “mas’uliyatli demokratiyalar hamjamiyati”ni o‘zida ifoda qiluvchi AQSH boshliq asosiy davlatlar atrofida quriladi. Bu dunyoda birinchi guruhni Amerika Qo‘shma SHtatlarining sheriklari bo‘lgan EI va YAponiya tashkil qiladi, ular “asosiy zonani kengaytirish va himoyalash yukini” Amerika bilan bo‘lishishlari mumkin. Ushbu guruh davlatlariga er yuzi aholisining 1/5 dan kamroq ulushi, ammo insoniyat iqtisodiy potensialining 4/5 ulushi to‘g‘ri keladi.
Navbatdagi konsentrik aylanaga mutaxassislar Yevropa, Lotin Amerikasi va Osiyoning “o‘tish mamlakatlari”ni kiritishadi. Ushbu davlatlarda o‘tish jarayonlari bir-biridan farq qilishi va sanoat ishlab chiqarishi, bozorlar, sarmoya, professional kompetensiya (kasbiy vakolat) va islohotlarning globallashuvi yaqin yigirma yil ichida er yuzining barcha mintaqalarida tarqalishi shart emasligi alohida ta’kidlanadi.
AQSH siyosatshunoslarining fikriga ko‘ra, bu mamlakatlarga “e’tibordan qolgan” davlatlar qo‘shiladi. Ular asosiy davlatlarning etakchilik rolini inkor qilib, vosita va imkoniyatlari bo‘lganda, ularning manfaatlariga zarar etkazar emish. “E’tibordan qolganlar” (“raugue nations”) safiga asosiy mamlakatlarning siyosiy manfaatlari va qadriyatlariga qarshi muayyan vaziyatlarda ochiqchasiga, shu jumladan, kuch ishlatish bilan chiqishi mumkin bo‘lgan Eron, Iroq, Liviya, KNDR va boshqa mamlakatlar kiritiladi. Ushbu ittifoqqa turli mamlakatlardagi ayirmachi (separatist) va fundamentalist guruhlar ham mansub.
Ushbu sxema (chizma) markazidan uzoqda joylashuvni o‘z hududlarida loqal jamoat tartibiga o‘xshash tartibni o‘rnata bilmagan va o‘z fuqarolarining oddiy ehtiyojlarini qondira olmagan “omadsiz” mamlakatlar (“failure nations”) deb ataluvchi davlatlar tashkil qiladi. Bunday mamlakatlarni qochoqlar tark etishadi, natijada er yuzining yirik mintaqalari chegarasida ijtimoiy-siyosiy vaziyat beqarorlashadi. “Omadsiz” mamlakatlarga Somali, Ruanda, Zoir, Serra-Leone va boshqa bir qator mamlakatlar kiritilgan.
3. “AQSH va G‘arbiy sivilizatsiya mamlakatlari “qoloq dunyoga qarshi” shaklidagi yana bir nazariy nizomning mohiyati quyidagilardan iborat: jahon taraqqiyotining hozirgi bosqichida rivojlangan, barqaror “SHimol” va yanada ortda qolayotgan beqaror “Janub”ning yangi tuzilmasi vujudga keladi; ular o‘rtasida iqtisodiy va texnologik farqning ortishi muqarrar, “SHimol”ning dunyoni “qayta o‘zgartirish”ga intilishi shu bilan izohlanar emish. Bo‘lishi mumkin bo‘lgan qarama-qarshiliklar natijasida “Janub”ning bunga kuch bilan erishishi amrimahol. Lekin beqaror vaziyat, sharoiti yaxshi zonalarga ommaviy ko‘chish (migratsiya)ga urinish, “Janub”da iqtisodiy va texnogen halokatlar ehtimoli, qashshoqlikdan oziqlanuvchi siyosiy ekstremizmning kuchayishi dunyoni doim keskinlikda tutib turadi. “SHimol” uchun bunday vaziyatdan tubdan chiqishning ikki yo‘li bor: “Janub”dan to‘siqlanish yoki uni iqtisodiy jihatdan barqaror darajaga etkazish.
4. “Demokratik dunyo”ning nazariyasi va modeli G‘arb sivilizatsiyasining izolatsiyasiga qarshi harakatlanishning o‘ziga xos vositasi bo‘lib xizmat qilishi mumkin, unga ko‘ra XXI asr “tinchlik va barqarorlik zonasi” hamda “tartibsizliklar va mojarolar zonasi”ga bo‘linadi. Ushbu nazariya tarafdorlari demokratik rejimlarga mojarolarni tinch yo‘l bilan hal qilishning ichki tarafdorligi mos (muvofiq) keladi va aynan ular tashqi siyosatda kuch bilan qo‘rqitishdan foydalanishning noqonuniyligi shiorini tarqatishlari lozim, deb taxmin qiladilar.
5. Turli xarakter va miqyosdagi integratsion jarayonlar ta’siri ostida davlatlar o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlar tuzilmasining o‘zgarishi, ya’ni “geoiqtisodiyot”ning tashkil topishi yangi dunyo tartibi vujudga kelishiga xos bo‘lgan asosiy tendensiya sanaladi. Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida davlat va xususiy biznes kuch-g‘ayratlarini birlashtirish jahon maydonida ta’sir ko‘rsatishning “noharbiy vositalari (instrumentlari)” tovarlar va xizmatlar dunyo bozorida operatsiyalar o‘tkazish, xorijiy sarmoya qo‘yish, yangi tadqiqot va ishlanmalar sohasida hamkorlik (va raqobat) rolini oshiradi.
Umuman, o‘z jamuljamligi bilan jahon hamjamiyatini yangi holatga olib boruvchi qator qudratli omillarni ajratib ko‘rsatish mumkin: davlatlarning harbiy qudrati; “sovuq urush”dan g‘olib chiqish; SHimoliy Amerika, G‘arbiy Yevropa va SHarqiy Osiyoda iqtisodiyotning keskin ko‘tarilishi; transmilliy korporatsiyalar va nodavlat tashkilotlar ta’sirining o‘sishi fonida davlatlar ahamiyatining pasayishi; davlat va xalqlarning yangi sharoitlarda yangi bir xillikni qo‘lga kiritishga intilishlari; qashshoqlik va boylik qarama-qarshiligining kuchayishi; XX asrda qaror topgan dunyo konfiguratsiyasini tubdan o‘zgartirishga qodir rivojlanayotgan mamlakatlardagi demografik portlash.
Davlatning jahon maydonidagi ierarxik o‘rni ham raqamlar bilan o‘lchanadigan xarakterga (tavsifga), ham baho xarakteriga (tavsifiga) ega bo‘lgan ko‘plab parametrlar (o‘lchamlar) bilan belgilanadi.
Davlat qudratining eng umumiy tavsifi — bu yalpi ichki mahsulot, aholi, hudud, shuningdek, qurolli kuchlar sonidir (eng avvalo, yadro qurollarini qo‘shganda). 1990 yillarda etnik, diniy zamindagi turli qurolli mojarolarning ko‘pligiga qaramay, dunyo siyosatida moliyaviy-iqtisodiy va savdo-iqtisodiy muammolar ustun mavqeda bo‘lgani umume’tirof qilingan edi. Hozirgi paytda xalqaro terrorizm, ommaviy qirg‘in qurollarining tarqalishi kabi muammolarning ahamiyati oshdi, dunyo siyosatida yadro omili yana dolzarb bo‘lib qoldi. Terrorizmning ahamiyati sezilarli o‘sib bormoqda. Hududning kattaligi davlatning harbiy xavfsizligini oshiradi, qishloq xo‘jaligi uchun keng maydon beradi, transdavlat transport yo‘laklari uchun, atrof muhitni muhofaza qilish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish va shu kabilar. uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi. 
Dunyoda kuchayib borayotgan strategik mavhumlik, beqarorlik etakchi kuch markazlariga nisbatan “tekis vektorlilik” (ravnovektornost), uzoq muddatli muayyan dunyoviy yoki mintaqaviy kuch markazlariga kirishdan uzoqda turish, ayni paytda ular va boshqa davlatlar bilan imkoni boricha o‘zaro foydali, teng huquqli mazmundagi sheriklik munosabatlarini kuchaytirish kabi tashqi siyosat strategiyasini saqlash hamda rivojlantirish muhimligini isbotlamoqda.
Integrallashuv jarayonlarini aniqlashtirish va tushuntirish borasidagi turli nazariy konsepsiyalar birgalikda mavjud bo‘lib, bir-biri bilan o‘zaro ta’sirda bo‘ladi. Biroq, asosiy masala kun tartibida turishda davom etmoqda: mintaqaviy integratsiyaning kuchayishi global erkin savdo maqsadiga yaqinlashishga layoqatlimi? Jahon iqtisodiyotining global tartibi (rejimi) globallashuv va mintaqaviylashuv jarayonlarining birga mavjud bo‘lishi hamda birgalikda harakatlanishiga yo‘l beradi.
Globallashuvning eng katta muammosi “kim yutib chiqadi?” degan savol bilan bog‘liq. Ustunlikning katta qismini amalda boy davlatlar yoki individlar qo‘lga kiritadi. Globallashuv samarasining notekis taqsimlanishi mintaqaviy, milliy va baynalmilal hamda umumjahon miqyosida mojarolar xavfini tug‘diradi.
Mintaqaviy darajada ham, global darajada ham institutsionallashuv mavjud. Masala shundaki, ushbu darajalar qanday qilib bir-biri bilan o‘zaro munosabatda bo‘lishi va bir-birini kuchaytirishi yoki o‘zaro ziddiyatga kirishishi mumkin. Balki, global tartib ichidagi mahsuldor mintaqaviy sheriklikni (xavfsizlik sohasida ham siyosiy, iqtisodiy hamkorlik) “mintaqalararo globallashuv” sifatida belgilash mumkin. Mintaqaviy tashkilot va kaolatsiya ayrim muammolarning alohida bilim va tajribalaridan, mintaqa ichidagi katta legitimlilikdan foydalanib hamda namoyish qilib global tashkilotlar yukini sezilarli darajada bo‘lisha olishlari mumkin. Ammo, global tashkilotlarning alohida siyosiy legitimliligi tufayli va ular xavfsizlik chaqiriqlariga mintaqadagi davlatlar samarali javob berishga qurbi etmagan yoki bu masalada siyosiy betaraf bo‘lgan holatlarda ekstraregional aralashuv tizimini o‘zida ifodalagani uchun mintaqaviy tashkilotlar global tashkilotlarsiz faoliyat ko‘rsata olmaydi.

Xulosa
Globallashuv sharoitida jahon iqtisodiyotining beqarorligi va tashqi xatarlarning o‘sishi O‘zbekiston iqtisodiyotiga sezilarli darajada salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Pandemiya davridagi bunday global tahdidlarning salbiy ta’sirini kamaytirish uchun zarur choralar ko‘rilmasa, milliy iqtisodiyotning barqaror va izchil rivojlanishini ta’minlash mushkul.
Avvalo, karantin davridagi ishlab chiqarish va xizmatlarga cheklovlar, investitsiya faolligining pasayishi, ishlab chiqarish zanjirlarining uzilishi, aholi daromadlarining kamayishi tufayli ichki va tashqi bozorda talabning pasayishi, eksportning qisqarishi iqtisodiy o‘sishni sekinlashtirdi. Bundan tashqari, o‘sib borayotgan byudjet defisiti va tashqi davlat qarzi, inflyatsiyaning o‘sishi, pandemiya sharoitida ijtimoiy muhofazaga byudjet xarajatlarining ko‘payishi va boshqalar makroiqtisodiy barqarorlik uchun xavf tug‘dirdi.
Mavjud qiyin vaziyatni hisobga olgan holda O‘zbekistonda global inqiroz oqibatlarini yumshatish bo‘yicha tezkor choralar ko‘rildi. Koronavirus pandemiyasi mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ta’sirini va uning salbiy oqibatlarini kamaytirishga qaratilgan inqirozga qarshi kompleks dastur qabul qilindi. Dasturning asosiy maqsadi 2020-yilda ijobiy iqtisodiy o‘sishga erishish va 2021-yilda YAIMning 5-5,5 foizgacha o‘sishini ta’minlash edi. Ushbu maqsadga erishish uchun iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning investitsiyalari va tashqi iqtisodiy faoliyatini tiklash uchun sharoit yaratish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2020-yil 29-dekabrda Parlamentga murojaatida pandemiya oqibatida yuzaga kelgan global inqirozning muammolari va xatarlari oldida barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashning strategik maqsadiga erishish qiyin vazifa ekanini, mavjud va yangi o‘sish manbalarining potensiali hisobga olingan taqdirdagina uni hal etish mumkinligiga to‘xtaldi.Respublikada iqtisodiy o‘sishning doimiy yuqori sur’atlarini ta’minlash uchun katta zaxira va imkoniyatlar mavjud. Ularning ishtirokisiz iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlariga va makroiqtisodiy muvozanatni ta’minlashga erishish qiyin. Qisqa va o‘rta muddatli istiqbolda iqtisodiy o‘sish omillarini izlash va faollashtirish uchun mavjud va hali ishlatilmagan ichki zaxiralarni hisobga olish zarur: makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash, iqtisodiyotning monetizatsiya darajasini oshirish, yalpi ichki mahsulotning energiya zichligini kamaytirish, tejashdan yanada samarali foydalanish, investitsiya muhitini yaxshilash, infratuzilmani takomillashtirish, AKTdan foydalanishni kengaytirish, integratsiya jarayonlarini faollashtirish, inson kapitali sifatini oshirish va hokazo. Kelgusida ichki va tashqi bozorga raqobatbardosh mahalliy mahsulotlar turlarini ishlab chiqarishni kengaytirish uchun zaxiralarni iqtisodiy aylanmasiga maksimal darajada jalb qilish, yangi texnologiyalarga o‘tish iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlarini ta’minlaydi. Ushbu muammolarning yechimiga ishlab chiqarishga yuqori samarali zamonaviy texnologiyalarni jadal joriy etish sharti bilan faqat mahsulot tannarxini pasaytirish va hosildorlikni oshirish orqali erishish mumkin. Buning uchun mehnat samaradorligini oshirish, ishlab chiqarish uchun resurslar xarajatlarini va mahsulotlarni tashish va sotish xarajatlarini kamaytirish, texnologik yangilanish va raqamlashtirishga sarmoyalarni ko‘paytirish va «yashil» iqtisodiyotga o‘tish uchun sharoit yaratish zarur. Jahon tajribasi ko‘rsatib turibdiki, o‘sib borayotgan global beqarorlik va ichki muammolar sharoitida uzoq muddatli istiqbolda iqtisodiy rivojlanish barqarorligini ta’minlashga faqat iqtisodiy o‘sishning yangi, asosan, innovatsion omillariga o‘tish natijasida erishiladi. Iqtisodiyot rivojiga ilg‘or texnologiyalar va innovatsiyalarning ta’siri kuchaymoqda. Mamlakatimizda katta inson kapitali mavjud, ammo hozircha ushbu boy resursdan yetarli darajada foydalanilmayapti. Innovatsion rivojlanish yo‘liga bosqichma-bosqich o‘tish sharoitida inson kapitalining miqdoriy emas, balki sifat ko‘rsatkichlari muhim rol o‘ynay boshlaydi. Dunyoning rivojlangan mamlakatlarida, allaqachon isbotlanganidek, ijodkor, ijodkor inson bilimlar iqtisodiyotini shakllantirish va rivojlantirishning asosiy omiliga aylanadi. Bu yuqori sifatli inson kapitali innovatsiyalarni yaratadi va yuqori texnologiyalarni yaratish va iqtisodiyotni rivojlantirishning asosiy harakatlantiruvchisi hisoblanadi. Mamlakatimiz uchun inson kapitali sifatini oshirish va kelajakda undan samarali foydalanish iqtisodiy o‘sish va ijtimoiy-iqtisodiy turmush sharoitlarini yaxshilash uchun sinergetik samara berishi mumkin. Raqamli texnologiyalar inson faoliyatining deyarli barcha sohalarida qo‘llanilganligi sababli, raqamli iqtisodiyotning bozor hajmini aniqlash va baholash qiyin. Rivojlangan mamlakatlarda raqamli iqtisodiyot YIMning o‘rtacha 18,4 foizini (10 dan 35 foizgacha), rivojlanayotgan mamlakatlarda yesa 2 dan 18 foizgacha egallaydi. Raqamli iqtisodiyot hajmi 2000-yildan 2015-yilgacha 2,5 baravar oshganligini hisobga olsak, ko‘plab tadqiqotchilar 2025-yilga kelib bu taxminan 23 trillion dollarni yoki jahon YIMning 24,5 foizini tashkil qiladi, deb hisoblanadi. Raqamli iqtisodiyotni muvaffaqiyatli amalga oshirish tufayli Xitoy jadal iqtisodiy o‘sishni ta’minladi va dunyodagi ikkinchi yirik iqtisodiyotga aylandi. Raqamli iqtisodiyot allaqachon Xitoy yalpi ichki mahsulotining uchdan bir qismiga to‘g‘ri keladi. Jahon iqtisodiyoti rivojlanishining zamonaviy tendensiyalarini hisobga olgan holda Prezident Sh.Mirziyoyev dunyo shiddat bilan o‘zgarib borayotganini, agar bu borada ishlar boshlanmasa, mamlakat orqada qolishini, shuning uchun bizning strategik maqsadimiz YIM tarkibidagi raqamli iqtisodiyot ulushini 30 foizga yetkazish ekanligini ta’kidladi. Ishlab chiqilgan dasturni muvaffaqiyatli amalga oshirish kelajakda raqamli iqtisodiyot YIM o‘sishining asosiy omiliga aylantirishni ta’minlaydi va milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshiradi. Dasturning amalga oshirilishi korrupsiyani ham keskin kamaytiradi. Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari, Yaponiya, Janubiy Koreya va Xitoy iqtisodiyotini isloh qilish tajribasi shuni ko‘rsatadiki, innovatsion sanoatning rivojlanishi mamlakatlarning iqtisodiy xavfsizligini, barqaror iqtisodiy o‘sishini va aholi farovonligini oshirishni ta’minlaydi. Ma’lumki, mamlakatimiz boy tabiiy resurslarga ega. Ularning rivojlanish darajasi va ishlatilayotgan resurslarning samaradorlik koeffitsiyenti shuni ko‘rsatadiki, sanoat sohasida barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, YIM o‘sishidagi ulushini oshirish uchun ishlatilishi kerak bo‘lgan zaxiralar mavjud. Akademik Aganbegyanning so‘zlariga ko‘ra, bilimlar iqtisodiyoti nafaqat iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning, balki butun mamlakat hayoti o‘sishining katalizatoridir. Bilimlar iqtisodiyoti odatda fan, ta’lim, axborot texnologiyalari, biotexnologiya va sog‘liqni saqlashni o‘z ichiga oladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu katalizatorlarning Rossiya YIMni yaratishdagi ulushi taxminan 15 foizni tashkil etadi: 1 foiz – fan, 5 foizdan kam – ta’lim, 4,9 foiz – sog‘liqni saqlash, 5 foiz – axborot texnologiyalari, deyarli 0 foizga yaqin – biotexnologiya. Gʻarbiy Yevropada bilim iqtisodiyotining ulushi 35 foizni tashkil qiladi, chunki YIMni yaratadigan sog‘liqni saqlash tizimi 10,2 foiz, ta’lim – 8, fan – 2,5 va eng katta farq axborot texnologiyalari ulushida – 15-20 foiz. Taqqoslash uchun: Hindiston har yili 55 milliard dollarlik matematik dasturlarni eksport qiladi, bu Rossiyaning gaz eksporti bilan bir xil, bu qora metall eksportining umumiy hajmidan ko‘pdir. So‘nggi bir necha o‘n yilliklar davomida ajoyib natijalarga erishgan Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy, Singapur va Janubi-Sharqiy Osiyoning boshqa davlatlari o‘zlarining o‘sishini asosan inson kapitali sifatining, birinchi navbatda, uning ta’lim darajasining oshishi hisobiga ta’minladilar. Inson kapitali sifatini oshirishda innovatsion iqtisodiyot ehtiyojlarini hisobga olgan holda ta’lim sifati va yuqori malakali kadrlar tayyorlash hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lib, ushbu sohada katta zaxiralar ishlatilmay qolmoqda. Mamlakatimiz ishlab chiqarish sanoatida innovatsion texnologiyalardan foydalana oladigan malakali mutaxassislar yetishmayapti. Innovatsion rivojlanish yo‘liga kirish uchun oliy ta’lim sohasidagi davlat dasturini ommalashtirish va to‘siqlarni kamaytirish zarur; oliy ta’limga xususiy sektor va sanoatni jalb qilish muhim, shundagina iqtisodiyot o‘z malakalari uchun zarur bo‘lgan mutaxassislarni qabul qila boshlaydi. Shunday qilib, Janubiy Koreyaning YIMdagi axborot texnologiyalarining ulushi 9 foizni, Yaponiyada – 5,5 foizni, Xitoy va Hindistonda – 4,7 foizni, O‘zbekistonda esa atigi 2,2 foizni tashkil etadi. Axborot-kommunikatsiya rivojlanish indeksida O‘zbekiston 176 mamlakat orasida 95-o‘rinni egallab turibdi. MDH mamlakatlarida Internetga ulanishning o‘rtacha tezligi biznikiga qaraganda 10 baravar yuqori. Mamlakat iqtisodiy o‘sishining barqaror yuqori sur’atlarini ta’minlashning yana bir omili bu hududlarning tabiiy va iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalanish imkoniyatidir. O‘zbekiston uchun o‘sishning muhim zaxiralari kichik va xususiy tadbirkorlik sohasida to‘plangan. Kichik biznesni ishlab chiqarish faoliyatiga yo‘naltirish, daromad va mehnat unumdorligi jihatidan yanada samarali ish o‘rinlarini yaratish, ayniqsa, qishloq joylarda, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, biznesning muhim qismini yashirin iqtisodiyotdan olib chiqish – bu eksport salohiyatining o‘sishini, ichki talabning oshishini ta’minlaydi, investitsiya uchun qo‘shimcha imkoniyatlar ochadi. Jahon iqtisodiyotining globallashuvi sharoitida mamlakatlar iqtisodiyoti o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik kuchaymoqda, xalqaro iqtisodiy munosabatlarning milliy iqtisodiyotga ta’siri kengaymoqda. Hech bir davlat iqtisodiy faoliyatning baynalminallashuvi, xatti-harakatlar normalari va jahon iqtisodiy faoliyatining asosiy ishtirokchilarining rivojlanish ustuvorliklarini hisobga olmagan holda o‘zining uzoq muddatli rivojlanish strategiyasini shakllantirishi va amalga oshirishi mumkin emas. Xalqaro iqtisodiy integratsiya xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashishini, savdo erkinligi va milliy iqtisodiyotning ochiqlik darajasi oshishini, ilmiy-texnik taraqqiyotning globallashuvini, tovarlar, xizmatlar, resurslar, kapital, ishchi kuchi harakati to‘siqlarini bartaraf etishni ta’minlaydi. Respublikada raqamli iqtisodiyotni faol rivojlantirish, barcha sohalarda, avvalambor, davlat boshqaruvi, ta’lim, sog‘liqni saqlash va qishloq xo‘jaligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, elektron hukumat tizimini takomillashtirishni, dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalarining ichki bozorini yanada rivojlantirishni, respublikaning barcha hududlarida IT-parklarni tashkil qilishni va ushbu sohani malakali kadrlar bilan ta’minlashni nazarda tutuvchi 220 dan ortiq ustuvor loyihani amalga oshirish boshlandi. Bundan tashqari, 40 dan ortiq axborot tizimlari bilan birlashtirilgan geoportalni ishga tushirish, jamoat transporti va kommunal infratuzilmasi uchun axborot boshqaruv tizimini yaratish, keyinchalik ushbu tajribani boshqa mintaqalarga tarqatish bilan ijtimoiy sohani raqamlashtirishni nazarda tutadigan “Raqamli Toshkent” kompleks dasturi amalga oshirilmoqda.
2020-2022-yillarda mintaqalar va sanoat tarmoqlarini raqamli o‘zgartirish doirasida quyidagilar ko‘zda tutilgan:
— aholi punktlarining Internetga ulanish darajasini 78 foizdan 95 foizgacha, shu jumladan, keng polosali ulanish portlarini 2,5 milliongacha oshirish, 20 ming kilometr optik tolali aloqa liniyalarini yotqizish va uyali aloqa tarmoqlarini rivojlantirish;
— hududlarni ijtimoiy va iqtisodiy rivojlantirishning turli yo‘nalishlarida 400 dan ortiq axborot tizimlari, elektron xizmatlar va boshqa dasturiy mahsulotlarni joriy etish;
— kompyuter dasturlash asoslari bo‘yicha 587 ming kishini, shu jumladan “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida 500 ming yoshni jalb qilish orqali o‘qitishni tashkil etish va hokazo.
— kompyuter dasturlash asoslari bo‘yicha 587 ming kishini, shu jumladan “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida 500 ming yoshni jalb qilish orqali o‘qitishni tashkil etish va hokazo.


Yüklə 92,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin