Кirish: I. Asosiy qism: Moddalarning erish issiqlik jarayonlari va xarakteristikasi


 Moddalarning erish issiqlik jarayonlari va xarakteristikasi



Yüklə 1,67 Mb.
səhifə5/22
tarix26.04.2022
ölçüsü1,67 Mb.
#56436
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Êirish I Asosiy qism Moddalarning erish issiqlik jarayonlari

1. Moddalarning erish issiqlik jarayonlari va xarakteristikasi.

Tuzning erish issiqlik jarayonlari va uni aniqlash.
Tuzlar suvda eriganda issiqlik yo yutiladi, yoki chiqadi. Modda xolati o`zgarganda va ximiyaviy reaksiya bo`lganda chiqadigan issiqlik effektini termoximiya o`rganadi. Rus akademigi G.I.Gess kashf qilgan qonun termximiyaga asos soladi. Bu qonunga muvofiq, revksiyaninig issiqlik effekti o`zaro taьsir etuvchi moddalarntng dastlabki va oxirgi holatlariga bog’liq bo`lib, shu moddalarning bir holatdan boshqa holatga qanday yo`l bilan o`tganiga bog’liq emas. Modda o`zgarishining issiqlik effektinii bevosita aniq o`lchab bo`lmaydigan hollarda shu qonundan foydalanib, uning qiymati hisoblab topiladi. Masalan, kristallogidrat hosil bo`lshida chiqadigan issiqlik qiymatini bevosita aniq o`lchash qiyin, chunki suvsiz qattiq modda bilan suvda kristallogidratlar hosil bo`lish reaksiyasi dastlab suvsiz modda kristallchalari sirtqi qavatlarida suv bilan ta’sir etib bo`lguncha tez boradi, keyin esa reaksich juda sekinlashib qoladi Bundan tashqari, modda suvdv erishi natijasida jarayon juda murakkablashib ketadi. Ammo termoximiyaning asosiy qonunidan foydalanib, krisstallogadrat hosil bo`lish issiqligini bilvosita yo`l bilan hisoblab topish mumkin; bunig uchun suvsiz tuz hamda kristallogidratning erish issiqligi o`lchanadi va birinchi qiymatdan ikkinchi qiymat ayirib tashlanadi. Tuz suvda eriganda quyidagi jarayonlar bir vaqitda boradi:1.ionlarning krstall panjarasi buziladi . Bunda Q1 teng miqdorda issiqlik yutiladi. 2. Ionlar gidratlanadi, bunda Q2 teng miqdorda issiqlik chiqadi. Tuzning erish issiqligi jarayolar issiqlik effektining algebraik summvsiga teng: Qerish = Q2 + Q1 Kristall panjarasi mustaxkam bo`lgan va eritma sust gadratlanadigan moddalar eriganda issiqlik yutiladi. Kristall panjarasi mustaxkam bo`lmagan yoki eritmada kuchli gidratlangan (masalan, N + va ON- ) ionlnr hosil qiladigan moddalar eriganda esa issiqlik chiqadi. Eritiladigan bir molь moddaga to`g’ri keladigan erituvchining miqdori oshirilsa, moddaning erish issiqligi ko`tariladi. Agar bir molь moddaga 100-300moldan ko`proq erituvchi to`g’ri kelsa, eritma yana suyultirilishi baoan erish issiqligi qiymati sezilar-sezilmas o`zgaradi. Bir molь modda erituvchida yutiladigan yoki ajralib chiqadigan issiqlik miqdori erish issiqligi deyiladi, erituvchidan shuncha miqdorda olingan bo`ladiki, erituvchidan yana qo`shilishi bilan issiqlik effekti o`lchab bo`lmaydigan darajada o`zgaradi.


Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin