Xulosa qilib aytganda, xalq maqol, matal va iboralarining o’rni xalqimiz ma’naviy olami, kamoloti va farzandlar tarbiyasida beqiyos o’ringa egadir. Yuqorida sanab o’tilgan paremik janrlar og’zaki ijodning qadimiy va ommaviy janrlaridan bo’lib, xalqimizning dunyoqarashini aks ettirgan. Ular jamiyatda ro’y berayotgan voqelikni o’zida aks ettiradi. Maqol, matal va iboralar so’z tartibi rang-barang mavzularni aks ettirishi bilan xarakterlidir. Xalq maqollari va iboralari inson hayotining har bir jabhasini qamrab oladi. Ularda qayg’uli kunlar ham, shodlikka to’la lahzalar ham aks etadi. Men kurs ishimning so’ngida maqol, matal hamda iboralarni qiyosiy o’rganib quyidagi xulosalarni aytib o’tishimiz mumkin.
Xalq maqollarida doimo tugal mazmun ifodalanadi. Kafil bo’lma, kafansiz ketasan kafil bo’lmoq - birovni mudofaa qilmoq, o’z himoyasiga olmoq. Masalan, bir odam bir odamdan qarz so’rasa, boshqa bir odam oraga tushib, qarz beruvchiga: “Hech ikkilanmay beravering, falon paytda qaytaradi, bunga mana men kafil” deydi. Qarz beriladi. Bordi-yu shundan keyin biror kor-hol ro’y berib qolsa (qarz olgan odam to’lab ulgurmasdan o’lib qolsa) taomilga ko’ra kafil bo’lgan odam o’sha qarzni o’z yonidan to’lashga majbur bo’ladi. Yuqoridagi maqolda “zinhor kafil bo’la ko’rma!” deb uqtirilishining boisi ana shunda. “kafansiz ketasan” deyish bilan – Kafil bo’lsang bor-yo’g’ingdan ajrab, hatta kafan sotib olishga qurbing yetmay qoladi – qabilidagi qat’iy hukm ifodalanyapti. So‘z san’atining mahsuli sifatida maqollar ham badiiyat hodisalaridir. Ularda bir so‘zning o‘nlab ma’no qirralari, badiiy tasvir vositalari, poetik ko‘chimlarining barcha namunalarini uchratish mumkin. Masalan, qo‘lingizdagi to‘plamda qaysi maqol tarkibida kelishiga qarab birgina yomon so‘zi yomonlikdan tashqari xudbinlik, tekinxo‘rlik, egrilik, insofsizlik, dushmanlik, qo‘rqoqlik, nodonlik, ilmsizlik, odobsizlik, baxillik, manmanlik, noshudlik, yolg‘onchilik, sabrsizlik, bevafolik, ochko‘zlik, nomussizlik, isrofgarchilik va hokazo ma’nolarni ifodalaydi. Bu — maqollarda so‘zlarning ma’no imkoniyatlari naqadar kengligini ko‘rsatadi. Maqol-xalq og’zaki ijodining ommaviy janrlaridan biridir. Asrlar davomida og’izdan-og’izga o’tib kelgan maqollar xalqning dunyo qarashi jamiyatga bo’lgan munosabati ,tarixi va ruxiy holatini ifodalaydi.Maqollarda hayotiy tajribalar natijasida kelob chiqqan qimmatli fikrlarning hulosasi ifodalanadi maqollar ko’pincha sheriy shaklga ega bo’ladi.Ular o’zining ixcham pishiq va puxtaligi bilan ham xalq og’zaki ijodining boshqa turlaridan farq qiladi.