Kirish I bob. Axloqiy tarbiya haqida xalq maqollari 1 Xalq maqollari milliy qadriyat sifatida



Yüklə 160 Kb.
səhifə2/6
tarix06.05.2023
ölçüsü160 Kb.
#108722
1   2   3   4   5   6
Kirish I bob. Axloqiy tarbiya haqida xalq maqollari 1 Xalq maqol

Kurs ishining maqsadi. Maktabgacha ta’lim- tarbiyada xalq maqollaridan foydalanish asosida insonniylik sifatlarini tarbiyalash
Kurs ishining predmeti: Maktabgacha ta’lim- tarbiyani shaklantirishda xalq maqollarini o`rgatish metodlari o`rganish.
Kurs ishining obyekti. Maktabgacha ta’lim- tarbiyada xalq maqollaridan foydalanish mavzusi bo`yicha tushuntirish ishlarini olib boorish jarayoni
Kurs ishining vazifalari:
  • Xalq maqollari milliy qadriyat sifatida

  • Ta’lim-tarbiya jarayonida xalq og’zaki ijodidan foydalanish

  • O’quvchilarni darslar va darsdan tashqari mashgulotlarda vatanparvarlik ruhida tarbiyalash jarayonining mazmuni.

  • Tarbiyaviy tadbirlarda maqollarning pedagogik ahamiyati (Mehri daryo ustozlar tadbiri misolida)

  • Tarbiya va odob haqida maqollar

I BOB. Axloqiy tarbiya haqida xalq maqollari

1.1 Xalq maqollari milliy qadriyat sifatida


Har bir maqolda hamisha «ta`lim ulushi» ibrat mavjud bo`ladi: maqol tagida ibrat tusidagi aniq ramzni tushuniladi, bu ibrat haetning turli ko`rinishlarini umumlashtirib, tugal jumla holiga kelgan bo`ladi. Maqollar mehnatkashlarning ko`plab ma`naviy ehtiejini qondiradi, ular aqliy bilim, ishlab chiqarish bilan bog`liq bo`lishi, odamiylik, ahloqiy fazilatlar va hoqazolarni anglatishi mumkin. Maqollar qadimiy e o`tmish hodisa bo`lmay, xalqning jonli ovozidir, xalq bugungi zarur bo`lgan va ertaga asqotadigan narsani xotirasida saqlaydi. Maqolda o`tmish to`g`risida gap ketsa, u hozir va kelajak nuqtai nazaridan baholanadi, hikmatlarda aks etgan o`tmishning xalq orzu-niyatlari, ezgu maqsadlariga qay darajada muvofiqligiga bog`liq ravishda qoralanadi eki ma`qullanadi. Maqolni butun xalq yaratadi, shu bois unda jamoatchilik fikri o`z ifodasini topadi. Unda xalqning hatega bergan bahosi, xalq zakovatining kuzatishlari jo etilgan bo`ladi. Yakka shaxs yaratgan yaxshi hikmat, agar u ko`pchilikning fikrini ifoda etolmasa, maqol bo`la olmaydi. Juda bo`lmaganda, umumxalq fikri va yakka shaxs fikri bir vaqtning o`zida enma en kelishi mumkin, xolos. Xalq maqollari eslab qolish uchun qulay shaklga ega bo`lib, etnopedagogik vosita sifatida ular ma`nosini kuchaytiradi.
Maqollar xotiraga mahkam o`rnashadi. So`z o`yinlari, so`zlarning turlicha jarangi, qofiyadoshligi, ohangdorligi, goho shu qadar jozibali bo`lidiki, kishi oson esda saqlab qoladi. Ayni holda she`riyat donolikni, tarbiya va uning hosilasi xulqni ifoda ebilish faoliyati tajribasini asrash va targ`ib qilish vazifasini ado etadi. Maqolning asil vasitasi tarbiyadir, ular qadim zamonlardan buen ta`lim vasitasi bo`li xizmat qilib kelmoqda. Bir tomondan, ular ta`lim g`oyasidan iborat, ikkinchi tomondan tarbiyaviy ta`sir ko`rsatib, ta`lim vazifasini bajaradi, xalq tasavvurlariga mos keluvchi tarbiya ta`sirining vositalari, uslublari tug`risida hikoya qiladi, shaxsning ijobiy eki salbiy jihatlarini baholaydi, shaxsning shakllanish maqsadlarini u eki bu tarzda aniqlab, tarbiyalanishga chorlaydi, o`zlarining tarbiyaichdek qutlug` vazifalarini mensinmaydigan katta eshdagi odamlarni qoralaydi va hoqazo. Maqollarning eng keng tarqalgan shakli o`gitdir. Ta`lim nuktai nazaridan o`gitlar uch toifaga bo`linadi: Bolalar va eshlarni yaxshi xulqli bo`lishga, shu jumladan, muloyim bo`lishga undaydigan tanbehlar. Katta eshdagi odamlarni o`ziga yarashadigan xulqu odobga o`rgatadigan tanbehlar Katta eshdagi odamlarni o`ziga yarashadigan xulqu odobga o`rgatadigan tanbehlar va nihoyat, tarbiya natijalarini aks ettiruvchi, ta`lim maslahatlaridan iborat o`ziga xos nasihatlar. Bu, ayniqsa, ta`lim tajribasini umumlashtirishning o`ziga xos shakli sanaladi. Maqollarda bolalarning tug`ilishiga, ularning xalq haetidagi o`rniga, tarbiya maqsadlari, vositalari va uslublariga, rag`batlantirish va jazolashga, o`qish mazmuniga,mehnat va ahloq tarbiyasiga, bolalarning ota-onalar fe`el atvoridagi fazilatlarni meros qilib olishiga, atrof muhit va jamoatchilik fikrlarining ta`siriga daxldor ta`lim g`oyalari o`z aksini topgan va h.k. Xalq va avlodlarning ta`lim mubohasasida kattayu kichik barcha xalqlar beistisno ishtirok etadi. Bolaning dunega kelishi uchun bayram, farzandsiz ikkin jonning yashashi dushvor. O`zbek maqollarida bolalar haqidagi yaxshi gaplar ko`n takrorlanadi: «O`g`il bilan qiz - bir juft qizil gul», «O`g`il bilan qiz - uyning mehmoni», «O`g`il bilan qiz - tun bilan kun», «O`qil oftob, qiz mohtob», «Bolalar osmondagi yulduzlar, qorong`u tunni erug` kunduz qiladi», «O`g`li yo`qning o`rni yo`q, qizi yo`qning qadri yo`q». Bolani har kim ham tug`adi, lekin tarbiya har kimning qo`lidan kelavermaydi. «Tug`ishga tug`ib, tarbiya qilolmaydi» ham ota, ham onaga tegishli bunday tanbehlar har bir xalqda uchraydi. Xalq tarbiyaning boshlanishi haqida muayyan fikrlarni aytadi: qancha erta boshlasa, Xalq tarbiyaning boshlanishi haqida muayyan fikrlarni aytadi: qancha erta boshlasa, shuncha yaxshi. Tarbiyani bola tug`ilishdan boshlagan yaxshi, chunki tarbiya bola tug`ishdan ham muhimroqdir. «Dunega keltirgan ota va ona emas, edirib-ichirgan, yaxshi tarbiya bergan ota va ona». Ota bilan ona faqat ota-onagina emas, tug`ilish bu boshlanishi, ota bilan ona eng avvalo tarbiyachilardir, faqat shundagina ular o`z vazifalarini tugal ado etgan hisoblanadilar. «Ona maktabi» otadan ko`ra muhimroqdir: «Otasi yaxshining bittasi yaxshi, onasi yaxshining hammasi yaxshi», «Ona miyasiga quyganni ota sug`urib ololmaydi». Xalq tafakkurida merosxo`rlik, meros va ota-onalar ta`lim faoliyatining natijalari uzviy bir butunlikda namoen bo`ladi. «Yaxshi xotinning bolalari ham yaxshi bo`ladi» (rus), «Aql katta bo`lganda kiradi, tarbiya tug`ilgandan boshlanadi» (o`zb), «Yaxshi go`shtning sho`rvasi totli, yaxshi odamning bolasi totli» (qir) va hoqazo. Lekin, bolaning o`z kilmishlari uchun shaxsan mas`ulligi ham inkor etilmaydi: «Ahmoq o`g`ilga ota ham aql bo`lolmaydi», «Ahmoq o`g`ilni ota ham yo`lga sololmaydi». Har bir xalqning milliy oʻzligini koʻrsatadigan qadimiy urf-odat va marosimlari, ezgulikni ulugʻlaydigan boqiy anʼanalari boʻladi. Xususan, bizning milliy qadriyatlarimiz ham maʼnaviyatimizning yuksalishiga, millat sifatida shakllanishimizga alohida hissa qoʻshib, asrlar davomida xalqimizga juda katta ruhiy-maʼnaviy quvvat baxsh etib kelgan. Ajdodlarimiz tafakkuri va dahosi bilan yaratilgan bu qadriyatlar tom maʼnoda maʼnaviy boyligimizdir. Dastavval ana shu bebaho tafakkur durdonalarining bugungi maʼnaviy-madaniy taraqqiyotimizda tutgan oʻrni xususida toʻxtalsangiz.
Darhaqiqat, har bir xalqning milliy oʻziga xosligini koʻrsatadigan anʼana va marosimlari, urf-odat va bayramlari bor. Asrlar boʻyi yaratilib, zukko xalqning yuksak ijodiy salohiyati tufayli sayqallanib kelgan ana shunday anʼanalar aslida oʻsha millatning oʻzligini, mentalitetini, milliy qiyofasini belgilaydi. Zero, bundan bir necha ming yillar muqaddam Zarautkamar va Sarmishsoy qoyatoshlariga gʻaroyib surat va chizgilarni muhrlab, asrlar davomida koʻngilday poyonsiz vatanimizning barcha soʻlim goʻshalarida “Alpomish”, “Goʻroʻgʻli” singari buyuk eposlarni kuylab kelgan zukko ajdodlarimiz bamisoli badiiy tafakkur sarchashmasidagi injularga qiyos qilsa arzigulik boy madaniy merosni yaratishgan.
Oʻzbek xalqining paydo boʻlish tarixi qanchalik qadimiy boʻlsa, uning milliy anʼanalari, urf-odatlari, marosimlari ham shunchalik uzoq tarixiy ildizga egadir. Ular xalqimizning maʼnaviy ehtiyojlari zamirida juda qadim zamonlardayoq paydo boʻlib, shakllangan va zukko ajdodlarimizning benazir ijodiy salohiyati tufayli asrlar mobaynida sayqallanib kelgan.
Domla, siz aytayotgan oʻsha milliy anʼanalarimiz va urf-odatlarimizning betakrorligi nimada? Aniq misollar bilan aytish mumkinmi?
Albatta, xalqimiz anʼanalarining goʻzalligi va betakrorligini his etish uchun birgina dehqonchilik madaniyati bilan aloqador urf-odatlar, mavsumiy marosimlar va serhosillik gʻoyasini oʻzida mujassamlashtirgan qadriyatlarni eslashning oʻzi kifoya. Misol uchun, hut yaqinlashishi bilan, “qantar ogʻib, qoziq boshida qor turmay” erib ketadigan davr boshlanganda qish uyqusidan uygʻongan dala-qirlarda, togʻ ungurlarida koʻklam darakchilari ‒ boychechaklar boʻy koʻrsatishi bilanoq xalqimiz anʼanasiga koʻra, “boychechak xabari” marosimi oʻtkazilgan. Bolakaylar, yosh-yalanglar daladan boychechak terib kelib, mahalladagi keksa otaxonlaru nuroniy onaxonlar, koʻpdan buyon kasal boʻlib yotgan kishilar oldiga borib, bahor chechaklarini taqdim etishgan. Keksalarni qadrlash va eʼzozlash bilan bevosita bogʻliq bu qadriyatning mohiyati shundan iboratki, unda keksalarimiz boychechakni yuz-koʻzlariga surtib, koʻklamga yetib kelganliklariga shukrona qilganlar, yoshlarga iqbol, yurtga xotirjamlik tilaganlar. Shu tariqa tabiat bilan insonning taqdirdoshligi gʻoyasi ulugʻlangan. Asrlar sinovidan oʻtib, asl qadriyat darajasiga koʻtarilgan ana shu marosim xalqimizning mavsumiy urf-odat, anʼanalarining debochasi hisoblangan. Yil boʻyi oʻtkazilgan bunday anʼanaviy udumlar, rasm-rusumlarning sanab adogʻiga yetish qiyin. Birgina bahor faslida oʻtkazilgan udum va marosimlarning oʻzida bir olam maʼno aks etgan: “loy tutish” bahor faslining ilk kunlarida loyqa oʻtirib qolgan ariq-zovurlarni mahalla-qishloq ahli birgalashib, koʻpchilik boʻlib tozalashi, ariq qazish va ularni yangi mavsumga tayyorlash maqsadida oʻtkazilgan anʼanaviy hashar; “qozon toʻldi” ‒ roʻzgʻorga qut-baraka yogʻilishi, mahallalar obod, koʻngil xotirjam boʻlishini tilash maqsadida navroʻz bayramidan bir kun avval oʻtkazilgan oilaviy marosim; “shox moylar” bobodehqonlarimizning moʻl hosil olish niyatida erta bahorda dalaga qoʻsh chiqarib, baraka urugʻi qadashi udumi; “qoʻsh oshi” erta bahorda dalaga birinchi marta qoʻsh solinadigan kuni momolar tomonidan bugʻdoy yormasidan maxsus taom pishirish odati; “yilboshi sayli” ‒ quyoshning hamal burjiga oʻtishi, yangi mehnat mavsumining boshlanishi, inson ruhiyatida ham, tabiatda ham yangilanish, tozarish jarayoni roʻy berishi va bahoriy tengkunlikni nishonlash maqsadida oʻtkazilgan qadimiy bayram; “kadi sindirdi” navroʻz sayli kuni mahalla ahli bir yerga jam boʻlib, yangi yilda barcha ezgu niyatlar amalga oshsin, roʻzgʻorimizdan qut-baraka arimasin degan niyatda oilada foydalanib kelingan suv va moyqovoqlardan bir nechtasini yerga urib sindirish udumi; “navroʻz goʻja” ‒ gʻalla ekinlarining hosili barakali boʻlsin uchun yilboshi bayrami kuni yetti xil donli ekin masalligʻidan goʻja tayyorlash anʼanasi; “olma otish” navroʻz bayrami saylida qiz-juvonlar halinchak uchishayotganda yigitlar oʻzlariga unashtirib qoʻyilgan qayliqlariga olma otishi odati; “sumalak sayli” har yili koʻklamda yil barakali, serhosil, toʻkin-sochin kelsin degan niyatda bugʻdoy maysalatib, bahoriy taom tayyorlash marosimi; “sumalak bayti” sumalak saylida chechan momolarning koʻklamni vasf etuvchi xalq qoʻshiqlarini aytishi anʼanasi; “halinchak uchish” koʻklamda qiz-juvonlarning bogʻlardagi mevali daraxtlarga arqon tashlab, argʻimchoq uchishi udumi; “buqcha tashladi” koʻklam kunlari dehqonlar dala hovlisiga koʻchib chiqmoqchi boʻlganda oʻzlari tanlagan joyga pichoq suqib belgi qilishi va band qilish uchun biror buqchani tashlab kelishi odati; “abruk chiqarish” boshqa chorvadorlar bilan birgalikda belgilangan kuni bahorgi yaylovga koʻchib ketolmagan choʻpon oilasi oʻzining birorta roʻzgʻor anjomini koʻchuvchilardan berib yuborishi qaʼdasi; “gulbarra” koʻklamning birinchi chechagi “gulbarra” ochilganda oʻtkazilgan xalq sayli; “lola sayli” qir-adirlar, dala-tuzlar qip-qizil lolalarga burkangan paytda tabiat qoʻyniga saylga chiqish udumi; “qizil gul sayli” har yili koʻklamda qizil gullar ochilgan paytda anʼanaviy tarzda oʻtkazilgan sayl; “darveshona” yil barakali kelsin degan umidda erta bahorda aholidan ixtiyoriy asosda toʻplangan pul yoki oziq-ovqat hisobiga oʻtkazilgan xayriya ehsoni; “Sust xotin” yil qurgʻoq kelganda oʻtkazilgan qadimiy yomgʻir chaqirish marosimi va hokazo. Xullas, ijodkor xalqimizning bahor fasli bilan bogʻliq bunday marosim va udumlari gʻoyat koʻp boʻlib, bundan bir-ikki yil burun men ularni roʻyxat qilganimda birgina navroʻz bayrami tantanalari doirasida anʼanaviy tarzda oʻtkazib kelingan 70 dan ortiq turli xil udum, rasm-rusum va marosimlar mavjud boʻlganligini koʻrib, xalqimiz maʼnaviy qadriyatlari tizimining qanchalar serqirra va mukammalligidan qalbimda oʻzgacha bir gʻururni tuygan edim. Shulardan baʼzi birlarinigina misol qilib keltirdim, xolos. Aslida mamlakatimizning har bir hududida oʻziga xos bahoriy anʼanalar shakllanganki, bu xilma-xillik ajdodlarimiz zakovatining nechogʻlik teranligini koʻrsatadi. Birgina bahorgi hashar anʼanasining “loy tutish”, “boqi”, “chim qoʻydi”, “xayrov oshi”, choʻponlarning suruvni erta bahorda yaylovga chiqarishi bilan aloqador “abruk chiqarish”, “tayoq qizartirar”, “supra qoqdi”, “qoʻton buzish” singari udumlar mavjud boʻlgan.
Milliy qadriyatlar, anʼanalar zamonlar osha rivojlanib va bu jarayonda turli oʻzgarishlarga uchraganligi, ayrim urf-odat va rasm-rusumlar unutilib, yangilari yaratilib, xalqimizning benazir ijodiy salohiyati tufayli sayqallanib kelganligi tabiiy. Lekin hamma davrlarda ham milliy qadriyatlarga munosabat bir xilda boʻlmagan. Masalan, oʻtgan asrning mafkuraviy tazyiqlari oqibatida ming yillar davomida elimizning ezgu damlariga esh boʻlib kelgan ne-ne qadriyatlarimiz qatagʻonga uchramadi deysiz. Mana shu taʼqib va tazyiqlardan hozir biz taʼkidlayotgan milliy anʼanalarimiz qay tariqa omon chiqdi? Yaʼni, anʼanalarimizning barini saqlab qololdikmi? Ayrim udumlarimiz yoki rasm-rusumlar, dilbar qoʻshiqlar unutilib, tarixga aylanmadimi? Bugun-chi, bugun milliy qadriyatlarimizni tiklash va rivojlantirish jarayonida qaysidir anʼanalarimizni esdan chiqarib qoʻymadikmi?
‒ Xalq ijodi oʻz mohiyatiga koʻra, hamisha yangilanib, yasharib, takomillashib, uzluksiz rivojlanib boradigan jarayon hisoblanadi. Bundan ming yillar burun yaratilib, hozirga qadar hech bir oʻzgarishsiz, “sof holida” yetib kelgan biror marosim yoki folklor asarini topish qiyin. Chunki har bir davr, har bir avlod bobomeros qadriyatlar silsilasiga oʻz badiiy-estetik mezonlaridan kelib chiqqan holda oʻzgarish kiritishi tabiiy. Shuning uchun ham biz folklorni doimiy harakatdagi ijod deya taʼriflaymiz.
Oʻzining asriy taraqqiyoti mobaynida xalqimizning milliy qiyofasi timsoliga aylangan udum va marosimlarimiz ham doimiy ravishda yangilanib, toʻlishib, tobora goʻzallashib va boyib kelgan. Ana shunday tarixiy taraqqiyotning qaysidir qatlamlarida ayrim udumlarning unutilishi, siz aytganday “tarixga aylanishi” hodisasi ham roʻy bergan albatta. Hatto xalq ogʻzaki badiiy ijodining janrlar tarkibi ham tarixiy-folkloriy jarayonning izchil taraqqiyoti davomida muttasil takomillashib, baʼzi janrlar yoʻqolib, boshqalari rivojlanishda davom etavergan. Masalan, ulugʻ bobokalonimiz, buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy oʻzining “Mezon ul-avzon” asarida oʻsha davr oʻzbek folklorida mavjud boʻlgan janrlar xususida soʻz yuritar ekan, “Chun oʻzonlarning oʻzmogʻi va oʻzbaklarning budi-budoyi hech vazn bila rost emas erdi” deb yozgan. Bu oʻrinda oʻzon, yaʼni baxshi-shoirlar tomonidan ijro etilgan “oʻzmogʻ” hamda xalq lirikasining “budi-budoy” janri xususida gap bormoqdaki, bu janrga mansub matnlar bizning kunlargacha saqlanib qolgan emas. Shoir asarlarida “ayolgʻu” degan bir atama ham uchraydi. Garchi ayrim manbalarda bu soʻz “cholgʻuchi”, “sozanda” maʼnosini ifodalashi qayd etilsa-da, taniqli tilshunos olim Shayx Sulaymon Buxoriy oʻzining 1882 yilda yaratgan “Lugʻati chigʻatoyi va turki usmoniy” nomli asarida “ayolgʻu” soʻzini “bulbul sadosiday qalbga oziq beradigan yoqimli kuy, ohangga ega qoʻshiq” deb izohlagan. Afsuski, hozirgacha oʻtkazilgan folklor ekspeditsiyalarda xalq orasida shunday nom bilan ataladigan qoʻshiq turi mavjudligi aniqlanmadi. Nazarimizda, “ayolgʻu” xalq lirikasiga mansub qoʻshiqlardan boʻlib, keyinchalik u unut boʻlib ketgan yoki janr nomini bildiruvchi atama oʻzgarishga uchragan boʻlishi mumkin.
Lekin shunday marosim qoʻshiqlari borki, oradan necha asrlar oʻtganiga qaramay, muayyan oʻzgarishga uchragan holda boʻlsa-da, milliy folklorimizda yashashda davom etmoqda. Masalan, “chinka” qoʻshigʻini olib koʻraylik. Alisher Navoiyning “Mezon ul-avzon” asarida bu xususda “yana “chinga”durkim, turk ulusi zufof va qiz koʻchurur toʻylarida ani ayturlar” degan bir qaydnoma keltirilgan. Demak, yozma manbalarning guvohlik berishicha, XV asrda xalqimizning nikoh toʻyi marosimi folklori tarkibida “chinka”/“chinga”/“changi” deb nomlangan qoʻshiq ijro etilgan. Shunisi qiziqki, besh yuz yil burun yangragan bu qoʻshiqning aks-sadosi xalqimizning nikoh toʻyi marosimi bilan bogʻliq aytimlarning XX asrda yozib olingan namunalarida oʻz ifodasini topganligi maʼlum boʻldi. Hassos olima Muzayyana Alaviya oʻz folklor ekspeditsiyalari kundaliklaridan birida shunday yozgan edi: “Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanidagi Sijjak qishlogʻida qiz toʻyiga xabar qilayotganlarida “Habibanikiga chinkaga boringlar!” deb qiz oʻltirishga chaqirar ekanlar. Unda oʻyin, qoʻshiq boʻlar ekan. Namangan viloyatining Chust tumanidagi Karkidon qishlogʻida qiz uzatarda qizning otasi fotiha bergandan keyin “yor-yor” aytishni “qiz chinkaga oʻtirdi” yoki “chinka boshlandi” der ekanlar. Toshkentda xatna toʻyida yigitlar koʻpchilik boʻlishib aytadigan qoʻshiqni “chinka” deydilar. Pskentda toʻyda yoqish uchun toʻnka qoʻyganni “chinka” der ekanlar”.
Hozir ham “chinka” qoʻshiqlari aytiladimi?Mening bilishimcha, chinka qoʻshiqlarining faqat bir turi, yaʼni “yor-yor” anʼanaviy takrori qoʻshib aytiladigan koʻrinishi bugungi kunda ham marosim folklori tizimida saqlangan. Chunki Alisher Navoiy ham “Mezon ul-avzon”da “chinka” qoʻshigʻining ikki xil turi boʻlib, “Bir navʼi hech vazn bila rost kelmas va bir navʼida bir bayt aytilurkim, munsarihi matviyi mavquf bahridur va yor-yor lafzini radif oʻrnigʻa mazkur qilurlar, andoqkim:
Qaysi chamandin esib keldi sabo, yor-yor,
Kim damidin tushti oʻt jonim aro, yor-yor”, ‒ deb yozgan edilar. “Chinka”ning ana shu “hech vazn bila rost kelmaydigan” turi unutilib ketgan boʻlib, ikkinchi navʼi “yor-yor” janri sifatida hozir ham keng ijro etib kelinmoqda.
Aytish joizki, urf-odat va marosimlar, xalq qoʻshiqchiligi anʼanalarining bunday oʻzgarib, yangilanib borishi nomoddiy madaniy meros rivojining oʻziga xos xususiyatlaridan biridir. Har bir davrning badiiy-estetik ehtiyoji va hayotiy voqeligi, xalqning turmush tarzi va badiiy tafakkuri taraqqiyotidan kelib chiqqan holda folklor anʼanalari ham ayrim uzvlarini yoʻqotib, baʼzilari esa yanada boyitilib, toʻlishib-takomillashib, oʻsib-rivojlanib boraveradi. Lekin shuni qayd etish kerakki, u yoki bu folklor janri, urf-odat yoki marosim unut boʻlib ketishining ham muayyan sabablari bor. Tarixiy-folkloriy jarayonning qonuniyatlariga koʻra, qadimda muayyan marosimni oʻtkazishga hayotiy-maishiy ehtiyojning yoʻqolishi, yaʼni ijtimoiy voqelikda oʻsha marosimni oʻtkazish ehtiyoji yoʻqligi bois koʻpgina marosimlar bolalar oʻyinlari sifatida oʻz shakli va funksiyasini oʻzgartirgan holatda yashashda davom etavergan. Xususan, bolakaylarimizning koʻklamgi oʻyinlaridan birida ijro etiladigan “Oftob chiqdi olamga” deb boshlanadigan qoʻshiq aslida qachonlardir surunkali yogʻingarchilik davom etganda “quyoshni chaqirish” maqsadida oʻtkazilgan mavsumiy marosimning verbal komponenti hisoblangan. Bu marosimni oʻtkazishga ehtiyoj yoʻqolgach esa u bolalar oʻyiniga aylangan.
Urf-odat va marosimlarimiz tizimidagi ana shunday oʻzgarish keyingi davrlarda ham roʻy berdi. Masalan, dalaga ilk bor qoʻsh olib chiqilayotganda, momolar katta-katta doshqozonlarda “qoʻsh oshi” pishirishgan. Ular “Ilohim oqlikka buyursin, toʻqlikka chiqaylik! Sening sharofating bilan togʻora-togʻora un elaylik!”, ‒ deb hoʻkizlarning shoxi orasiga bir chimdimdan un sepishgan. Dalaga qoʻsh chiqarayotgan keksa mirishkorlar esa: “Bu yil hosilimizga baraka bersin, moʻl-koʻlchilik boʻlsin, oyogʻing tekkan joyga Bobo dehqon nazar qilsin, xayru barakasini bersin!” deb yaxshi niyat bilan hoʻkizlarning oyoqlariga un surtib qoʻyishgan. Odatda “qoʻsh oshi”ni pishirishdan avval uyma-uy yurib, masalliq uchun un, don-dun yigʻishgan. Har bir oila kelayotgan yilda hosil moʻl, roʻzgʻor but, bola-chaqasi sogʻ-omon boʻlishini niyat qilib, “qoʻsh oshi”ga imkon qadar oʻz hissasini qoʻshishga harakat qilishgan. Qut-baraka va moʻl hosil gʻoyasini oʻzida mujassamlashtirgan bu udumning mavsumiy marosimlar silsilasidan tushib qolganligining sababi uni oʻtkazishga hayotiy ehtiyoj yoʻqolganligi bilan belgilanadi. Chunki endilikda yerlar texnika vositalari bilan shudgor qilinib, ekin ekishda hoʻkiz va omochdan foydalanishga ehtiyoj qolmaganligi bois, “qoʻsh oshi”, “shox moylar” singari marosimlar oʻtkazilmaydigan boʻldi. Ammo bu marosimlar butunlay xalq xotirasidan chiqib ketgani yoʻq, aksincha, oʻzining ikkilamchi talqindagi hayotida yashashda davom etaverdi.
Oʻtgan asrda shoʻrolar tuzumining mafkuraviy tazyiqi natijasida koʻplab udumlarimiz, asriy qoʻshiqlarimiz unutilish arafasiga kelib qolgan edi. Biz 80-yillarning boshlarida folklor ekspeditsiyasiga chiqqanimizda yilboshi-navroʻz bilan bogʻliq xalq qoʻshiqlari, roʻza paytida aytiladigan “yo ramazon” aytimlari, soʻz magiyasi bilan bogʻliq folklor asarlari ‒ afsun-avrash, badik, kinna, gulafshon singari janrlarga oid matnlarni yozib olishimiz juda qiyin kechgan. Chunki ijrochilar bunday folklor namunalarini aytib berishga choʻchishar edi. Shukurlar boʻlsinki, mamlakatimiz osmonida istiqlol quyoshi porlab, milliy anʼanalarimizni qayta tiklash va saqlab qolishning keng imkoniyatlari yuzaga keldi. Ayniqsa, marosim folklorining butun bir tizimi ‒ moʻl hosil va qut-baraka gʻoyasini oʻzida mujassamlashtirgan navroʻz bayrami va koʻklamni ulugʻlash bilan bogʻliq bahoriy qadriyatlari, barkamol avlod tarbiyasi bilan bogʻliq udum va oʻyinlar, nikoh toʻyi marosimi tarkibidagi koʻplab qadimiy rasm-rusumlar tiklanganligi yosh avlodni maʼnaviy jihatdan barkamol qilib tarbiyalashda muhim rol oʻynamoqda.
Xalq ogʻzaki ijodiyotining eng muhim xususiyatlaridan biri tarbiya vositasi ekanligi bilan belgilanadi. Xalqimiz tomonidan yaratilgan rivoyatlar, masalan, Amir Temur, Alisher Navoiy singari buyuk bobolarimizning ezgu ishlari haqidagi rivoyatlar, tarixiy qoʻshiqlar, tarixiy dostonlar, maqol va hikmatli soʻzlar orqali yosh avlod dunyoqarashi shakllanadi, tarixiy qadriyatlarni eʼzozlash anʼanasi kamol topadi, maʼnaviy madaniyat yuksaklikka koʻtariladi. Chunki bu asotirlarda oʻziga xos gʻoya, mafkura yashiringan…
Albatta, gʻoyatda boy badiiy anʼanalar mahsuli hisoblangan folklorimizda xalqimizning orzu-istaklari, ezgu oʻylari, oʻziga xos turmush tarzi hamda Maktabgacha ta’lim- qarashlari mujassamlashgan. Shuning uchun ham folklor asarlari, urf-odat, anʼana va marosimlar xalqimizning maʼnaviy qiyofasini koʻrsatuvchi koʻzgugina emas, balki milliy tarbiyaning muhim va qudratli vositalaridan biri hamdir. Chunki bizga ajdodlarimizdan meros boʻlib kelayotgan har bir doston, har bir qoʻshiq, har bir maqol yoki rivoyatda xalqimizning oʻziga xos milliy qiyofasi, orzu-intilishlari, ezgu maqsadini ifodalovchi gʻoyalar oʻz ifodasini topgan.
Siz yuqorida Amir Temur, Alisher Navoiy singari buyuk bobokalonlarimizning muborak nomlarini tilga olganingizda xalqimiz orasida naql qilinadigan purmaʼno rivoyatlar yodimga tushdi. Darhaqiqat, oʻzbek xalq ogʻzaki ijodiyotida yurtimizning shonli tarixi, ilmiy va maʼnaviy qadriyatlarining yaratilishiga ulkan hissa qoʻshgan ulugʻ siymolar hayoti va ezgu ishlari haqida hikoya qiluvchi rivoyatlar juda koʻp. Bilasizki, har qanday tarixiy shaxs haqida ham rivoyat yoxud afsona yaratilmaydi. Oʻzining butun umrini el-yurt ravnaqi, ona vatan osoyishtaligi, diyorimizning gullab-yashnashiga baxshida etgan buyuk zotlarning nomigina folklor asarlarida muhrlanib, boqiylikka daxldor siymolarga aylanadi. Shuning uchun ham oʻzining benazir ilmiy salohiyati bilan jahon sivilizatsiyasiga katta hissa qoʻshgan Abu Rayhon Beruniy, al-Xorazmiy, Ibn Sino, Mirzo Ulugʻbek kabi buyuk olimlar, mardlik, adolat va vatanparvarlik timsoliga aylangan ulugʻ bobomiz sohibqiron Amir Temur, oʻzbek xalqi badiiy tafakkurining betakrorligini dunyo miqyosida eʼtirof ettirgan Alisher Navoiy, Bobur singari zukko soʻz ustalari haqidagi xalq rivoyatlari yoshlarimiz uchun chinakam ibrat maktabi boʻla oladi.
Zero, rivoyatlarda xalqimizning qon-joniga singib ketgan yaratuvchilik va bunyodkorlik gʻoyalari oʻz badiiy ifodasini topgan.
Biz bugun yuksak texnologiyalar zamonida, ilmiy tafakkur gʻoyat taraqqiy etgan bir davrda yashayapmiz. Yaʼni, globallashuv jarayoni hayotimizga qanchalik chuqur kirib borar ekan, mafkuraning ahamiyati ham shu qadar oshib boraveradi. Folklor oʻz mohiyatiga koʻra milliy mafkurani shakllantiruvchi qadriyatlardan biri ekan, ana shunday vaziyatda uning tarbiyaviy ahamiyati nimalarda koʻrinadi?
‒ Globallashuv jarayoni kundan-kunga avj olib, texnika taraqqiyoti mislsiz darajada oʻsib borayotgan hozirgi davrda ham folklorning tarbiyaviy ahamiyati sira kamaygan emas. Agar jahon miqyosida ham olib koʻradigan boʻlsak, dunyo adabiyotida, jahon kino sanʼatida folklorga yuz burish, folklorning tarbiyaviy quvvatidan kuch olishga intilish tamoyili ustuvorlik qilayotganligini koʻrish mumkin.
Bilasizmi, chanqovuzning poyonsiz koʻngil kengliklariga jo boʻlgan tuygʻularni tarannum etuvchi sirli navolariyu, “Alpomish”ni kuylayotgan baxshining jozibador badihasi, farzandiga alla aytayotgan onaning mehr baytlariyu, “ostonasi tillo uy”ga entikib qadam tashlayotgan kelinchakning poyiga qoʻshiqlardan poyandoz toʻshayotgan momolarning betakror navolari hech bir kishini befarq qoldirmaydi. Chunki folklor xalq ijodi boʻlgani uchun u insonning mohiyatida, ruhiyatida yashaydi. Bu ruhiyat mudroq boʻlishi mumkin, uni uygʻotish uchun esa folklorga murojaat qilinsa kifoya. Zero, asrlar boʻyi yaratilib, xalqimizning ulkan ijodiy dahosi tufayli sayqal topib, goʻzallashib kelgan qoʻshiqlar, soʻz gavharlaridan shodalar tizgan chechan baxshilarga ilhom bergan dostonlar, oʻzida ajdodlarimizning purmaʼno hikmatlarini mujassamlashtirgan maqol va matallar, xayolot olamining sirli moʻjizalaridan soʻylaguvchi ertaklar mohiyatini anglagan har qanday kishi avvalo oʻzligini anglaydi.
Folklor bugungi kunda oʻziga xos, yangicha koʻrinish kasb etmoqda. Buni adabiyotda ham, sanʼatda ham kuzatish mumkin. Folklorning yangicha koʻrinishda rivojlanib borayotganligi hamisha taraqqiy etib, doimiy rivojlanib kelgan xalq ijodiyoti bugungi kun kishisining maʼnaviy-madaniy hayotida ham muhim oʻrin tutishidan dalolat beradi.
Maʼlumki, 2010 yilda Vazirlar Mahkamasining “2010–2020 yillarga moʻljallangan nomoddiy madaniy meros obʼyektlarini muhofaza qilish, asrash, targʻib qilish va ulardan foydalanish Davlat dasturi” qabul qilingan edi. Ayting-chi, hozirda folklorshunos-mutaxassislar xalqimizning nomoddiy madaniy merosini muhofaza qilish va targʻib etish borasida qanday ishlarni amalga oshirmoqdalar?
‒ Maʼlumki, oʻzbek xalq ogʻzaki badiiy ijodi qadim zamonlarda yashagan ajdodlarimizning mifologik tasavvurlaridan tortib zukko baxshilarimiz zakovati tufayli yaratilgan yuzlab dostonlar, shuningdek, xilma-xil janrlardan iborat gʻoyat boy durdonalar tizimi hisoblanadi. Asrlar davomida yaratilib, sayqallanib kelgan ana shu ulkan qadriyatlarimizda xalqimiz badiiy tafakkurining bir necha ming yillik tarixi mujassamlashgan. Nomoddiy madaniy meros obʼyektlarini muhofaza qilish, asrash, targʻib qilish va ulardan foydalanish yuzasidan 2010–2020 yillarga moʻljallangan “Davlat dasturi”ning qabul qilinishi ana shu bebaho maʼnaviy qadriyatlarni saqlash, ilmiy tadqiq etish va ommalashtirish borasida keng koʻlamli ishlarni amalga oshirishga imkon yaratdi.

Yüklə 160 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin