Metrik rezba: profili teng tomonli uchburchak ko’rinishida bo’lib, undagi burchagi 600 bo’ladi. 187- shakl.
Metrik rezbalar o’zining mustahkamligi bilan boshqa rezbalardan farq qiladi, shuning uchun ular briktiruvchi detallarda (masalan, bolt, shpilka, vint, gaykalarda ishlatiladi). Metrik rezbalar yirik va mayda qadamli qilib tayyorlanadi. Mayda qadamli rezbaning yirik qadamli rezbadan farqi shundaki, bir xil diametrda uning qadami mayda va chuqurligi kam bo’ladi.
Metrik rezbaning shartli belgisi “M” bo’lib, u rezba diametrlarining sonli ifodasi oldiga qo’shib yoziladi.
Masalan, diametri 16 mm bo’lgan metrik rezbaning belgisi M 16.
Agarda mayda metrik rezba bo’lsa, uning qadami qo’shib yoziladi.
Masalan, M 16 x
1. Bu erda 1- rezbaning qadami.
Agarda rezba chapaqay bo’lsa, “chap” so’zi qo’shilib yoziladi. Masalan, M 16 chap.
Dyuymli rezba: profili teng yonli uchburchak bo’lib, uning uchidagi burchagi 550 bo’ladi. Belgisi (") shaklida. 188 – shakl. Masalan, bir dyuymning yozilishi - I". I"- 25,4 mm ga tengdir.
Dyuymli konus rezba chizmada quyidagicha belgilanadi K 2", bu erda K- konus so’zining bosh harfi.
2"- rezba diametrining o’lchami.
Truba rezba ikki xil bo’ladi: Slindrik truba rezba, Konus truba rezba.
Silindrik truba rezba unga katta bo’lmagan bosim ostida ishlash uchun mo’ljallangan bo’lib, suv, gaz trubalarda va ularni biriktiruvchi detallarda ishlatiladi. Rezbaning shartli belgisida “trub” so’zi, rez’ba diametrining sonli ifodasi oldiga yoziladi.
Masalan: Trub I 1/2"
Rezba uchining yarim yoy shaklida qilishdan maqsad, ularni jipsligini mustahkamlash uchun o’raladigan zichlagich yaxshi o’ralishi uchun qulaylik tug’dirishdir.
Konus truba rezbayuqori bosim ostida, yuqori temperaturada ishlaydigan mustahkam va zich birikmalarni talab qiladi, truba va yasamalarda ishlatiladi.
Chizmada konus truba rezba quyidagicha belgilanadi: K trub 1/2"- bu yerda K-konus so’zini bosh harfi. Bunday konus truba rezbalarning yasovchi uchburchagini bissektrissasi konus o’qiga perpendikulyar yo’nalgan bo’lib konuslik esa I:16- ga teng.
Qolgan rezbalar bilan qisqacha tanishtiramiz.