Kirish i-bob. Linux operatsion tizimi haqida. Linux distributivalari



Yüklə 162,62 Kb.
səhifə10/12
tarix28.11.2023
ölçüsü162,62 Kb.
#169087
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
. LINUX OPERATSION TIZIMI HAQIDA. LINUX DISTRIBUTIVALARI

Ext3 (Third Extended Filesystem)– ext2 fayl tizimining yangilangan ko’rinishi, lekin bu tizimda yangi texnologiya (jurnallar bilan ishlash) qo’llanilgan. Diskda sodir bo’lgan o’zgarishlarning barchasi “jurnallarga” yozib boriladi va ma’lumotlarga zarar yetkanda shu jurnallar orqali fayllarni tiklash mumkin bo’ladi. Jurnallar bilan ishlashning quyidagi rejimlari mavjud:
Ordered – bu rejimda fayl tizimida sodir bo'lgan xizmat(служебный) fayllarini o'zgarishlari yozib boriladi. Rejim odatiy tarzda ishlatiladi.
Journal – buzilish sodir bo'lganda ma'lumotlarni minimal yo'qotishga erishmoqchi bo'lsangiz shu rejimdan foydalanishingiz mumkin. Bu rejimda xizmat fayllaridan tashqari foydalanuvchining ma'lumotlari xam jurnalga yozilishi mumkin. Shuning uchun bu rejim eng sekin ishlaydigan rejim hisoblanadi.
Writeback – eng tez va eng foydasiz bo'lgan rejim hisoblanadi.

Jurnalning ishlash rejimini faqat Ext3 fayl tizimi uchun o'rnatish mumkin va u quyidagi faylini /etc/fstab o'zgartirib o'rnatiladi:


/dev/sda5 / ext3 defaults, data=journal 1 1
Ext3 fayl tizimida disk bo’limlarining maksimal qiymati 4 Tbayt, lekin Linux yadrosining 2.6 versiyasida 16 Tbayt qilib belgilangan. Faylning maksimal xajmi 1 Tbayt bo'lishi mumkin. Jurnallar bilan ishlash texnologiyasini o'chirib qo'yish xam mumkin.
Ext4 – Linuxning yangi ishlab chiqilgan fayl tizimlaridan biri hisoblanadi. Bu fayl tizimi Linux yadrosining 2.6.28 versiyasida paydo bo’lgan. Ext3 fayl tizimi bilan solishtiradigan bo’lsak, Ext4 fayl tizimi ishlashi va ishonchliligi 2 barobar oshganligini ko’rishimiz mumkin. Bu tizimda disk bo’limlarining maksimal qiymati 1024Pbayt (1Ebayt), fayl xajmining maksimal qiymati 2 Tbayt qilib belgilangan.
ReiserFS – jurnallar bilan ishlay oladigan fayl tizimlaridan biri xisoblanadi. Bu fayl tizimi asosan kichik xajmdagi fayllar bilan ishlashda foydali. Bu fayl tizimining o’ziga xos tomoni shundan iboratki, bir necha kichik xajmdagi fayllarni bir blokda saqlash mumkin. Misol uchun, blok o’lchamingiz 4 Kbayt, siz bu blokga 1 Kbaytli 4 ta faylni joylashingiz mumkin. Shu tariqa siz diskdagi bo’sh joylaringizni tejashingiz mumkin bo’ladi. Katta fayllar bilan bu fayl tizimi juda sekin ishlaydi va bu tizim uzilishlarga(tok manbaining uzilib qolishi, kompyuterni o’chib qolishi) bardoshli emas, shu sababli ReiserFS fayl tizimini tez-tez defragmentatstiyadan o’tkazib turishingiz lozim. Agar siz ushbu fayl tizimidan foydalanmoqchi bo’lsangiz, albatta doimiy tok manbaini saqlab turuvchi qurilmalardan foydalaning.
XFS –bu tizim dastlab Silicon Graphics(SGI) kompaniyasi tomonidan Irix operastion tizim uchun yaratilgan. Bu tizim ham jurnallar orqali ishlaydigan fayl tizimi xisoblanadi. Jurnallarga fayl tizimining umumiy metama’lumotlari yoziladi va buzilish sodir bo’lganda jurnaldagi ma’lumotlarning fayl tizimiga nusxasi olish orqali qayta tiklashni amalga oshirish mumkin bo’ladi. Jurnal hajmi fayl tizimini xosil qilishda o’rnatiladi, xajm 32 megabaytdan kam bo’lmasligi lozim. Bu fayl tizimi ext3, ReiserFS va JFS fayl tizimlariga nisbatan tezroq ishlaydi, lekin ext4 fayl tizimidan sekinroq. XFS fayl tizimiga katta hajmdagi bloklarni(64 Kbayt gacha) o’rnatish mumkin. Shuning uchun bu fayl tizimida video fayllarni qayta ishlash kabi grafikaga aloqador vazifalarda ishlatish tavsiya etiladi.
JFS – dastlab bu tizim IBM kompaniyasi tomonidan AIX operastion tizim uchun ishlab chiqilgan, keyinroq esa OS/2 uchun va nihoyat Linux operastion tizim uchun ishlatilmoqda. Bu ham jurnallar orqali ishlaydigan fayl tizimi. Jurnalning hajmi taxminan umumiy fayl tizimining 40% tashkil etadi. JFS tizimi jurnal va ma’lumotlardan iborat bo’lgan bir necha segmentlardan tashkil etilishi mumkin. Bu segmentlar agregatlar deyiladi va bu agregatlarni alohida montirovka qilish mumkin.
Linux fayl tizimining eng asosiy tomonlaridan biri foydalanuvchi ehtiyojiga qarab adaptatsiyalanish xususiyatga egaligi. Siz bu imkoniyatdan foydalanib sizga qulay hamda foydali holda fayllarni strukturalashtirishingiz mumkin.



Yüklə 162,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin