Kirish I. Bob maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisining kompetensiyasi


Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarni rivojlanishi va tarbiyasi, kamoloti



Yüklə 217,5 Kb.
səhifə14/17
tarix02.01.2022
ölçüsü217,5 Kb.
#43968
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Gulim

Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarni rivojlanishi va tarbiyasi, kamoloti

Shaxsni rivojlantirish haqida tushuncha

«SHaxs» - kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub’ekti va ob'ekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarning iste'molchisi va ularni amalga oshiruvchidir. SHaxs - muayyan jamiyatning a'zosidir. SHaxsning kamol topishida va uning xulqida ijtimoiy va biologik omillarning ta'sir kuchi hamisha ham bir xil bo’iavermaydi. CHunki uning xulqiga, munosabatlariga vaziyat ham ta'sir etadi. SHaxsning kamolga etishida nasl-irsiyat, ijtimoiy muhit, ta'lim-tarbiya muhim ahamiyatga ega. SHaxs qaysi jamiyatda yashasa, o’sha jamiyat hayotidagi qonun-qoidalarga asoslanib kamol topadi. Har bir odam shaxs sifatida turlicha namoyon bo’ladi. U o’zining xarakteri, qiziqishi, qobiliyati, aqliy rivojlanganlik darajasi, ehtiyoj va mehnat faoliyatiga munosabati bilan farqlanadi.

Rivojlanish kishidagi jismoniy, ruhiy va ijtimoiy jarayon bo’lib, u barcha tug’ma va egallangan miqdor va sifat o’zgarishlarini o’z ichiga oladi.

Jismoniy rivojlanish bo’yicha o’sishi, vazinning ortishi, sezgi a'zolarini mukammallashuvi, harakatlarni to’g’ri boshqara bilish bilan bog’likdir.

Ruhiy rivojlanishda esa kishi shaxsidagi psixologik sifatlar va belgilarning shakllanishi, emotsional irodaviy, bilish jarayonida muhim o’zgarishlar ro’y beradi.

Bolaning ijtimoiy rivojlanishi u ijtimoiy hayotda qatnasha boshlaganda uning xulqida, tevarak-atrofga bo’lgan munosabatida namoyon bo’ladi.

SHaxsning shakllanishi kishilik jamiyati tomonidan yaratilgan ijtimoiy-tarixiy tajribani o’zlashtirish, ta'lim-tarbiya berish orqali amalga oshiriladi. Bu har xil faoliyatlarda yuzaga keladi. Bolalar egallashlari lozim bo’lgan mazmunni tanlash, uning egallab olishiga rahbarlik qilish kattalar tomonidan ta'lim-tarbiya jarayonda amalga oshiriladi. Tarbiya va ta'limning mazmuni, vositalari, metodlari, bolaning rivojlanish jarayoni ularning yoshi bilan izohlanadi. Jumladan, kichik yoshdagi bolalar bilan ish olib borilganda ularning mustaqil hayotga butunlay moslashmaganligi hisobga olinadi.

Keyingi yosh guruhlarda maktabgacha yoshdagi bolaning mustaqilligi, moslashishi ancha oshib boradi. SHunga muvofiq tarzda ta'lim-tarbiyaviy ishlarning vazifalari, mazmuni, vositalari o’zgaradi. Bolalarning maktabgacha yoshning oxiriga borib erishgan rivojlanish darajasi ular bilan olib boriladigan ta'lim-tarbiya ishini murakkablashtirish imkonini beradi.

Ijtimoiy-tarixiy tajribani o’zlashtirish faol ish jarayonida yuz beradi. Faollik bolaga xos xususiyatdir. Tarbiya jarayonidagi faollik asosida faoliyatning har xir turlari shakllanadi.

Ta'lim-tarbiya orqali amalga oshiriladigan faoliyatlarni maktabgacha yoshdagi bolalar birdaniga o’zlashtirib olmaydilar, ularni bolalar tarbiyachi rahbarligida sekin- asta egallab boradilar.

Bolalar hayotining birinchi yilidanoq faoliyatning eng oddiy turlari undagi shaxsiy qobiliyatlar, xususiyatlar, tevarak-atrofga ma'lum bir munosabatning shakllanida asos bo’lib xizmat kiladi. Masalan, kattalarning bolalar bilan bo’ladigan hissiy, hissiy-predmetli munosabatlaridanoq bolada dastlabki ijtimoiy talabni vujudga keltiradi, dastlabki harakat va tasavvurlar, ta'surotlar shakllana boshlaydi.

Harakat usullarini egallab borish orqali bolada faollik rivojlanadi. Ammo faollikning qay darajada rivojlanib borishi irsiyatga hamda taqlidchanlik qobiliyatiga bog’liq. Bola hayotining dastlabki yillarida kattalar bilan bo’ladigan munosabati va narsa-buyumlar bilan bajargan harakati asosiy faoliyat turi hisoblanadi. Bola bilan muomala kilish orkali kattalar ularni asta-sekin buyumlar olamiga olib kiradilar.

Mana shu yul bilan bola buyumlar bilan bo’ladigan faoliyatning o’ziga xos tomonlarini egallab boradi.

2,5 yoshdan keyin buyumlar bilan bo’ladigan faoliyatda bolalar ancha yuqori ko’rsatkichlarga erishadilar va ularning o’yin hamda tasviriy faoliyatga o’tishlari uchun asos yaratiladi. Kattalar tomonidan tashkil etilgan muomala munosabatlarida, faoliyatlarda o’z-o’zini anglab olishning dastlabki shakllari shakllanadi.

Mashg’ulotlardagi o’quv faoliyati orqali bolalar tevarak atrofidagi tabiat to'g’risidagi, ijtimoiy hayot, kishilar to'g’risidagi bilimlarni o’zlashtirib oladilar. SHuningdek ularning aqliy va amaliy bilimlari kengayib boradi.

Agar ta'lim jarayonida 3-4 yoshli bolalar diqqati tabiat, kishilar to’g’risidagi konkret faktlarga qaratilsa, 5-6 yoshli bolalarga ta'lim berishda asosiy e'tibor muhim bog’likliklar va munosabatlarga, ulardagi oddiy tushunchalarni shakllantirishga qaratiladi. Bular orqali bolalarda tushunarli tafakkur rivojlantiriladi.

Kichik maktab yoshidagi bolalar uchun o’qish asosiy faoliyat bo’lib qoladi va bu faoliyatni bolalar ijtimoiy ahamiyatli faoliyat deb anglay boshlaydilar. Bola o’zini maktab o’quvchisi deb tushuna boshlaydi.

Demak, bolani tarbiyalashda, uning rivojlanishida faoliyat etakchi rol o’ynaydi. SHuning uchun ta'lim-tarbiya muassasalarida va oilada bolaning hayotini u turli- tuman faoliyatlar bilan shug’ullana oladigan qilib tashkil etish kerak. Bunga albatta, bolalar faoliyatining mazmunini boyitib borish, yangi bilim malakalarni singdirish mustaqilligini rivojlantirish bilan erishiladi.

SHaxsni shakllantirish tarbiya jarayonida ro’y beradi, inson tarbiyasi uning xalq baxt-saodati yo’lidagi bunyodkorlik mehnatida, ijtimoiy hayotda, sotsial-iqtisodiy vazifalarini hal etishda namoyon bo’ladi

Odam shaxsini shakllantirish bu tevarak-atrofdagi dunyoga, tabiatga, mehnatga, boshqa odamlarga va o’ziga munosabat sistemasini izchil o’zgartirish va murakkablashtirishdir. Bu uning butun hayoti davomida ro’y beradi. Bunda bolalik va o’smirlik yoshi ayniqsa muhimdir.

Odamning shaxs sifatida rivojlanishi uning jismoniy va ma'naviy kuchlari birligida har tomonlama va yaxlit amalga oshiriladi. Dunyoqarash, e'tikod, ma'naviy sifatlar, his-tuyg’ular (burch, vijdon, mas'uliyat, muhabbat) madaniyati aniq tarixiy ijtimoiy sharoitda yaratiladi va shaxsning shakllanishiga ta'sir, etadi.

SHaxs faoliyati muomalada shakllanadi hamda rivojlanadi. Agar odam ijtimoiy faoliyatning turli xillarida: o’quv, ishlab chiqarish faoliyati va hokazolarda ishtirok etsa, bu faoliyat shaxsni rivojlantiradi, lekin faoliyat odamni u yoki bu ijtimoiy munosabatlardan chegaralab qo’ysa, u yo shaxsning rivojlanishiga to"sqinlik qiladi, yoki uning rivojlanishini buzadi. SHaxsning etakchi xususiyatlari shaxsga, uning ichki dunyosiga tashqi ta'sir natijasida rivojlanadi. SHaxsning ma'naviy hayot mazmuni - bu shaxsning o’z ichki ishining yakuni bo’lib, bu jarayonda tashqi ta'sirlar qayta ishlanadi va o’zlashtiriladi.

Odamning rivojlanishi — bu miqdor va sifat o’zgarishi, eskining yo’q bo’lishi va yangining vujudga kelishi jarayoni bo’lib, uning manbai va harakatlantiruvchi kuchlari shaxsning ham tabiiy, ham ijtimoiy tomonlarining ziddiyatli o’zaro aloqasida yashiringandir.

Odamning tabiiy tomoni uning butun umri davomida rivojlanadi va o’zgaradi. Bu rivojlanish va o’zgarishlar yosh xususiyatiga ega bo’ladi. SHaxsning ijtimoiy rivojlanish manbai shaxs bilan jamiyatning ziddiyatli o’zaro aloqasida yashiringandir.

Maktabgacha pedagogika fani bu ziddiyatli o’zaro aloqani ochib tashlaydi va ulardan shaxsni shakllantirish uchun foydalanadi. Jumladan, bolaning odamlar hayotida ishtirok etish ehtiyoji bilan u intilishni amalga oshirish imkoniyatlari o’rtasidagi ziddiyat faoliyat sifatida o'yinning vujudga kelishi va rivojlanishiga hamda bolalardagi o’yin faoliyatida ijtimoiy xulq-atvor shakllari, ijtimoiy munosabatlar va hokazolarning shakllanishiga olib keladi.

Irsiyat nishonalari shaxsni shakllantirishning ob’ektiv omillariga kiradi. Odamlar organizmdagi anatomik tuzilishni, fiziologik harakatni, modda almashinuvi tipini, asab sistemasi tipi va qayishqoqligini (bular uning atrof-muhit ta'siriga beriluvchan qilib qo’yadi), asab reaktsiyalari jo’shqinligi va tezligini meros qilib oladilar. Asosiy shartsiz reflekslar ham, xilma-xil faoliyat turlariga qobiliyatning alohida anatomik- fiziologik asoslari - qobiliyat nishonalari ham meros bo’ladi. Irsiyat qonunlari to’g’risidagi fan — genetika odamlarda yuzlab turli kobiliyat nishonalari — mutlaq eshitish, favqulodda ko’rish xotirasi, g’oyat tez ta'sirlanishdan tortib nodir matematik va badiiy iste'dodgacha mavjud bo’lishini nazarda tutadi.

2. Bola shaxsini rivojlantirishda tarbiyaning roll

Tarbiya - inson kamolotiga ta'sir etuvchi tashqi omillardan hisoblanadi. Tarbiya — aniq maqsadlarga ko’zlab sistemali ravishda, insonda ijobiy fazilatlarni tarkib toptirishi yo’lida tarbiyachi rahbarligida amalga oshirib boriladi. Ammo tarbiya ta'sirining kuchi va uni natijasi irsiyat va muhit kabi omillarning hamkorligi bilan belgilanadi.

Tarbiya ta'sirida muhit ta'siri bera olmagan fazilatlar o’zlashtiriladi, ya'ni bilim, ma'lumot egallanadi.

Tarbiya tufayli tug’ma kamchiliklar ham o’zgartirilib, shaxsni kamolga etkazish mumkin. Masalan, ko’rlar, gunglar ham o’qitilib, sog’lom kishilar qatori hayotga tayyorlanadi.

Tarbiya va ta'lim jarayonida katta yoshli odam bolaga tushunarli bo’lgan mazmunni tanlaydi, uning o’zlashtirishiga rahbarlik qiladi. Bola shaxsini rivojlantirishda tarbiyaning etakchilik roll shu bilan belgilanadi. Bunda bolaning ruhiy-fiziologik imkoniyatlari, ularning jo’shqinligi hisobga olinadi. SHu munosabat bilan tarbiya jarayonining o'zi doimiy bo’lib qolmaydi. U o'zgarib boradi: uning mazmuni boyiydi va murakkablashadi, shakllari o’zgaradi, o’sayotgan odam shaxsiga ta'sir ko’rsatish usullari tobora xiima-xil bo’lib boradi.

Tarbiyaning o’zgarishi bolaning «eng yaqin rivojlanish zonalari» (L. S. Vigotskiy) bilan bog’lik bo’lib, ular ancha murakkab mazmundagi bilimlar. ko’nikmalar, faoliyat turlari va hokazolarni o’zlashtirishga ruhiy-fiziologik imkoniyatlar paydo bo’lishi bilan ajralib turadi (masalan, emaklashdan keyin yurish; bijir-bijirdan keyin faol nutqni o’zlashtirish; ancha miqdordagi tasavvurlarga ega bo’lgandan keyin tushunchalar darajasidagi bilimlarni o’zlashtirish; buyum asosidagi o’yin, mehnat faoliyatining vujudga kelishi va hokazo). Tarbiya va ta'lim «eng yaqin rivojlanish zonasi»ga asoslanib, bugungi rivojlanish darajasidan oldinda boradi va bolaning rivojlanishini olg’a harakatlantiradi.

Bola shaxsini rivojlantirishda tarbiyaning hal qiluvchi roli ko’zi ojiz va kar bolalar uchun mo’ljallangan jamoat muassasalarida ayniqsa aniq namoyon buladi. Bunday bolalar uchun ishlab chiqilgan tarbiya sistemasi ularni turmushga va mehnat faoliyatiga tayyorlashni ta'minlaydi.

Biroq tarbiya bola rivojlanishini jadallashtirmasligi uning biror tomonining ruhiy rivojlanishini sun'iy ravishda tezlashtirmasligi kerak. SHuning uchun maktabgacha tarbiya pedagogikasida bola shaxsini har tomonlama va uyg’un rivojlantirish, uning rivojlanishini boyitish maqsadi o’rtaga qo’yiladi (A. V. Zaporojets).



Yüklə 217,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin