Kirish I. Bob. Mamlakatimizning yoqilg'i boyliklari


Viloyatlar kesimida yoqilg'i boyliklarining taqsimlanishi



Yüklə 1,02 Mb.
səhifə12/14
tarix16.03.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#88175
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
O\'zbekistonning yoqilg\'i xomashyo salohiati va uning hududiy tarkibi

2.3 Viloyatlar kesimida yoqilg'i boyliklarining taqsimlanishi
Yonganda ko‘p miqdorda issiqlik chiqadigan, tevarak atrofdagilarga zararli ta’sir qilmaydigan, issiqlik olish uchun ishlatilishi maqsadga muvofiq hamda iqtisodiy jixatdan foydali bo‘lgan barcha moddalardan yoqilg‘i sifatida foydalanish mumkin. Elektr, mexanik va issiqlik energiyasini olishni asosiy manbai organik yoqilg‘i hisoblanadi. Hozirgi vaqtda yer yuzida ishlab chiqarilayotgan va iste’mol qilinayotgan energiyaning 70% ni organik yoqilg‘ining kimyoviy energiyasi hisobidan va faqat 30% gina suv, shamol, quyosh va atom energiyasidan foydalanish hisobidan olinadi. Mamlakatimiz yoqilg‘i sanoati qariyb bir asrlik tarixga ega. Bu sanoat yer qa’rida topilgan va qazib olinayotgan ko‘mir, Neft, tabiiy gaz konlari negizida shakllandi va rivojlanib bormoqda. Respublikamizda 159 (zaxirasi sanoat darajasida hisoblangan) neft-gaz koni ochilgan, ularning 115 tasi Buxoro - Xiva geologik provintsiyasida, 27 tasi Farg‘ona vodiysi, 10 tasi Surxondaryo, 7 tasi Ustyurtda joylashgan. Konlarning gaz, gaz-kondensatli, gaz-neft’, neft, gaz-neft kondensatli turlari mavjud.
Yoqilg‘i sanoati respublika yoqilg‘i-energetika kompleksining asosiy turlarini tashkil etadi va barcha turdagi yoqilg‘ini qazib olish, tabiiy gazni tozalash va yetkazib berish, Neft maxsulotlari ishlab chiqarish korxonalaridan iborat.
Mustaqillik yillarida ko‘rilgan keskin tadbirlar natijasida neft qazib olish xajmi yuqori sur’atlarda o‘sdi. Respublikaning neft mustaqilligi ta’minlandi.
Agregat holiga ko‘ra yoqilg‘i qattiq, suyuq va gaz yoqilg‘isiga, kelib chiqishiga yoki olinish usuliga ko‘ra tabiiy va sun’iy yoqilg‘iga bo‘linadi. (1-jadval).
Organik yoqilg‘ilarning tasnifi.
1-jadval

Yoqilg‘i

Agregat xolati

Qattiq

Suyuq

Gaz

Tabiiy

Yog‘och,torf, qo‘ng‘ir va toshko‘mirlar, antratsit, slanetslar

Neft’

Tabiiy gaz

Sun’iy

Koks,
briketlar,
yog‘och ko‘miri,

Mazut,
kerosin,
benzin,
solyar moyi, gazoil

Koks gazi, domna gazi,
generator gazi, Neft gazi, propan, atsetilen

Organik yoqilg‘i energiya manbai bo‘lishi bilan bir qatorda, u kimyo sanoati uchun muhim xom-ashyo hisoblanadi. Organik yoqilg‘ilarni qayta ishlash natijasida ko‘plab muhim kimyoviy maxsulotlar olinadi. Qazib olingan joyi va ishlatilishiga ko‘ra maxalliy yoqilg‘i (torf va slanets) va tashib keltiriladigan yoqilg‘ilar bo‘ladi.


Yoqilg‘i tarkibi organik va mineral moddalardan iborat bo‘ladi. Organik moddalarga uglerod (C), vodorod (H2), kislorod (O2), azot (N2) va oltingugurt (S) kiradi. Bu kimyoviy elementlar va ular birikmalarining miqdori turli xil yoqilg‘ida turlicha bo‘ladi. Masalan, neft’ va uning maxsulotlari tarkibi asosan uglerod va vodoroddan tashkil topgan. Yoqilg‘i tarkibiga yonuvchan elementlar, namlik va yoqilganda kulga o‘tadigan minerallar kiradi. Yoqilg‘ining tarkibi kimyoviy elementlarning massaviy foiz miqdori, namligi va kul miqdori bilan tavsiflanadi.
Qattiq va suyuq yoqilg‘ining elementar tarkibini quyidagicha yozish mumkin:

C+H+S+O+N+A+W=100% (1)

Yoqilg‘ining yonuvchan qismiga uglerod, vodorod va oltingugurt kiradi. Yoqilg‘ining yonmaydigan qismiga eca, azot, kislorod, namlik W va yoqilg‘i yonganda kulga aylanadigan mineral moddalar A kiradi. Yoqilg‘ining tarkibi ishchi, quruq, yonuvchan va organik massalarga ajratiladi. Xar bir massa tarkibiga mos ravishda quyidagidek indekslar beriladi: ishchi – i; quruq – q; yonuvchan – yo; va organik – o;
Yoqilg‘i iste’molchiga qaysi holda berilsa va yondirilsa, shu holdagi yoqilg‘iga ishchi yoqilg‘i, massasi va elementar tarkibi esa, mos ravishda ishchi massa va ish tarkibi deyiladi. Ishchi massaning elementar tarkibini quyidagicha yozish mumkin.


(2)

Yoqilg‘ini yonmaydigan elementlari uning ballastini tashkil etadi. Kislorod va azot yoqilg‘ining ichki ballasti, kul va namlik esa tashqi ballasti hisoblanadi. Yoqilg‘ining quruq massasi tarkibida namlik bo‘lmaydi:




(3)

Ishchi massadan quruq massani qayta hisoblash formulasi quyidagi ko‘rinishga ega:




va sh.k. (4)

Yoqilg‘ining yonuvchan massasi tarkibida tashqi ballast, ya’ni namlik va kul bo‘lmaydi:


(5)

Bunday tarkibni “yonuvchan massa” deb aytishimiz shartli albatta, chunki uning tarkibidagi faqat C, H va S largina yonuvchan elementlar hisoblanadi.


Yoqilg‘ining yonuvchan massasining tarkibi uning o‘zgarmas tavsifi bo‘lib, xajmi va kul miqdori o‘zgarganda ham bu tavsifi o‘zgarmaydi.Qattiq yoqilg‘idagi uglerod miqdori uning geologik yoshi ortishi bilan ko‘payadi. Masalan, torfdagi uglerod miqdori Cyo=5060%, qo‘ng‘ir ko‘mirda Cyo=6075%, toshko‘mirda Cyo=7590% ni tashkil etadi. Quruq va ishchi massadan yonuvchan massani qayta hisoblash quyidagi formula bo‘yicha amalga oshiriladi.
va sh.k. (6)

Yoqilg‘ining organik massasi tarkibini quyidagicha yozish mumkin:


C+H°+S° +N° =100% (7)


Barcha issiqlik texnikasi hisoblarida yoqilg‘ining tarkibi uning ishchi massasi bo‘yicha olinadi. Gaz yoqilg‘isi tarkibini quyidagi formula orqali ifodalash mumkin:


CH4+CmHn+CO+H2+H2S+CO2+O2+N2=100% (8)


Qattiq va suyuq yoqilg‘ining va yonuvchan gazning asosiy tavsiflari 2 va 3-jadvalda keltirilgan.


Qattiq va suyuq yoqilg‘ining asosiy xossalari


2-jadval

Yoqilg‘i turi

Yoqilg‘ining yonuvchan massasi %

Cyo

Hyo

Oyo

Syo

Q , kJ/kg

Yog‘och

50

6

43

0

1,05-1,47

Torf

53-62

52,62

32,37

0,1-03

0,84-1,05

Qo‘ng‘ir ko‘mir

62-72

4,4-6,2

18-27

0,5-6,0

0,62-1,09

Toshko‘mir

75-90

4,5-5,5

4-15

0,6,-6,0

2,10—3,00

Antratsit

90,96

1,02,0

1-2

0,5-7,0

2,70-3,10

Neft

83-86

11-13

1-3

0,2-4,0

4,30-4,60

Slanets

72-76

8-10

10-12

-

0,73-1,50

Mazut

84-87

9-11

1

3-3,5

4,00-4,55

Tabiiy gazlarning xossalari


3-jadval

Gaz magistrali

Gazning tarkibi, xajmga nisbatan, %

CH4

C2H2

C3H8

C4H10

C5H12

N2

CO2

kJ/kg

Gazli – Kogon

95,4

2,6

0,3

0,2

0,2

1,1

0,2

3,66

Jarkax-Toshkent

95,5

2,7

0,4

0,2

0,1

1,0

1,0

3,67

Buxoro-Ural

94,9

3,2

0,4

0,1

0,1

0,9

0,4

3,67

Saratov-Moskva

91,9

2,1

1,3

0,4

0,1

3,0

1,2

3,61

Uglerod yoqilg‘ining asosiy tarkibiy qismidir. 1 kg sof uglerod to‘la yonganda 33900 kJ issiqlik chiqadi. 1 kg vodorod yonganda 125600 kJ issiqlik chiqadi. Yoqilg‘i tarkibiga kiruvchi vodorodning bir qismi yoqilg‘idagi kislorod bilan birikkan bo‘ladi va yonishda ishtirok etmaydi. Yoqilg‘i yonganda oltingugurt sulpfid angidrid SO­2 ga aylanadi va suv bug‘lari bilan birikib sulpfid kislota H2SO3 hosil qiladi. Oltingugurtning yonishidan hosil bo‘lgan suyuq va gaz maxsulotlar ichki yonuv dvigatelllari hamda qozon agregatlari metall qismlarining zanglashiga sabab bo‘ladi, havoni va o‘simliklarni zaharlaydi va ularni nobud qiladi, qurilish inshootlarini yemirilishini tezlashtiradi. Oltingugurtning zararli xossalarini eptiborga olib, uni ballast qatoriga kiritish mumkin. Kislorod va azot shartli ravishda yonuvchan massa tarkibiga kiritilgan. Ular ichki ballast hisoblanadi, chunki yonuvchan massaning foiz miqdorini kamaytiradi va yonish sohasini sovitadi. Bundan tashqari yoqilg‘ida kislorod miqdori ko‘p bo‘lsa, u yonish sohasida vodorod bilan birikib, suv hosil qiladi.


Ko'mir zaxiralarining eng katta mavjudligi G'arbiy Sibir mintaqasida (Kuznetsk ko'mir havzasi), Sharqiy Sibirda (Kansk-Achinsk jigarrang ko'mir havzasida) ochiq usulda qazib olishning afzalligi. Evropa qismi uchun texnologik yoqilg'ining asosiy manbai (kokslangan ko'mir) Kuznetsk havzasining ko'miridir, uning ta'sir doirasi Ukraina suvereniteti munosabati bilan endi Volganing chap qirg'og'i bilan chegaralanmaydi. , lekin Volganing o'ng qirg'og'iga tarqaladi. Rossiyaning shimoliy va shimoli -g'arbiy hududlari Lena havzasidan ko'mir bilan ta'minlangan. Iqtisodiy faoliyatning nazariy aspektlarini konkretlashtirish ishlab chiqarishning joylashuvini tarmoqli asoslash usullarini amalda qo'llash ko'lamini ko'rib chiqishni talab qiladi, ular iqtisodiy geografiya va tarmoqlararo tarmoqlar majmualarini mintaqaviy tadqiqotlar kursida ko'rib chiqilgan. Milliy iqtisodiyot Rossiya va MDH davlatlari. Bu asosan Rossiyaning sharqiy hududlarida joylashgan kichik aholi punktlarining asosi.



Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin