Kirish I bob O`quvchilarning bilim, ko`nikma va malakalarini tashhis etish 1 Bilim, ko’nikma malakalarni shakllatirish



Yüklə 28,36 Kb.
səhifə1/7
tarix11.05.2023
ölçüsü28,36 Kb.
#111500
  1   2   3   4   5   6   7
Safarova Aminaxon Sa\'dulla qizi




MAVZU: BOSHLANG’ICH TA'LIMDA O’QUVCHILARNING BILIM, KÒNIKMA VA MALAKALARINI TASHHIS ETISH


REJA:

KIRISH

I. bob O`QUVCHILARNING BILIM, KO`NIKMA VA MALAKALARINI TASHHIS ETISH

1.1 Bilim, ko’nikma malakalarni shakllatirish.

1.2 Ta'lim olganlikni tashhis etishning mohiyati

II. bob TARBIYAVIY ISHLARNI AMALIYOTDA TADBIQ ETISHDA PEDAGOGNING TUTGAN O’RNI.

2.1 O'quv jarayonida nazorat va hisobga olish funksiyalari.

2.2 Boshlang’ich sinflarda tarbiyavish ishlarni tashkil etish

XULOSA


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

KIRISH


Mavzuning dolzarbligi. Ta’lim-tarbiya ishlarini takomillashtirish, uni jahon andazalari darajasiga ko‘tarish fan sohasidagi yangiliklarni amaliy hayotga tatbiq etish muhim masalalardan biri bo‘lib
qolmoqda. Ayniqsa yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish, ularda fan asoslariga nisbatan bilim, ko‘nikma, malakalarni shakllantirish davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan hisoblanadi.
Наг tomonlama yetuk, barkamol shaxsni tarbiyalash hozirgi kun ta’lim tizimi oldidagi dolzarb muammolardan biridir. Barkamol shaxsni tarbiyalashda u dunyoga kelganidan boshlab, to maktabgacha tarbiya yoshigacha bo‘lgan davrdagi psixologik xususiyatlarini bilish tarbiyachilar, pedagoglar va psixologlar, ota-onalar uchun muhim
ahamiyatga ega.
Har bir mamlakatning taraqqiyoti, istiqboli, farovonligi, ma’naviy yuksalishi, jahonning eng rivojlangan davlatlar qatoridan o‘rin olishi – bilimli, yuqori intellektual salohiyatli, qalbiga va ongiga ezgu fazilatlarni mujassamlagan yoshlarga bog‘liq hisoblanib, har jihatdan yetuk va barkamol, Vatan taqdiri uchun sidqi dildan xizmat qiladigan,
fidoyi, iymonli avlodni voyaga yetkazish, o‘qitishni sifatli va mazmun jihatdan yuqori pog‘onalarga olib chiqish avvalo o‘qituvchi va tarbiyachi murabbiylar zimmasiga sharafli va ayni paytda mas’uliyatli vazifani yuklaydi. Barkamol shaxs tarbiyasini tashkil etish barcha davrlarda ham ijtimoiy jamiyatning muhim talabi va asosiy maqsadi bo‘lib kelgan. Tabiiyki hozirgi ta’lim islohotlari sharoitida ham barkamol avlod
tarbiyasi haqida gapirar ekanlar: «Vatanimizning kelajagi, xalqimizning ertangi kuni, mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi obro‘-e’tibori avvlambor farzandlarimizning unib, o‘sib, ulg‘ayib, qanday inson bo‘lib hayotga kirib borishga bog‘liqdir.»1 – deb alohida ta’kidlaganlar. Hozirgi paytda yuz berayotgan globallashuv jarayoni va jamiyatni isloh etish sharoitida yangicha fikrlovchi shaxslarni tarbiyalash ta’lim tizimida ham jiddiy o‘zgarishlar kiritishni talab etadi. Hozirgi paytda maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishga yanada yuqori talablar qo‘yilmoqda. Bu talablarga javob berish nutqni rivojlantirishga oid yangi izlanishlarni taqozo
etadi. Shunday qilib, pedagogika ilmining hozirgi bosqichida maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishga nisbatan qo‘yiladigan talablar bilan ushbu talablar ijrosi o‘rtasida ziddiyatlar namoyon bo‘lmoqda. Maktabgacha ta’lim sog‘lom, har tomonlama yetuk bolalarni tarbiyalash uchun zarur tashkiliy, uslubiy, psixologik, pedagogik shart-sharoit yaratadi, bolalarni maktabda muntazam ravishda ta’lim olishga tayyorlash ota-onalarga yordam beradi.
Yosh avlodga tarbiya berishdek murakkab vazifani hal etishda maktab juda
katta ahamiyat kasb etadi. Ayni shu joyda yoshlarimiz ijtimoiy jamiyat va ilmiy
texnika taraqqiyoti talablariga javob bera oladigan mukammal ma’lumotlarni
oladilar. Maktab yoshlarining dunyoqarashlariga poydevor hamda g’oyaviy
e’tiqodlari uchun negiz yaratadi, ularning irodalarini shakllantiradi, xalqimiz baxtsaodati yo’lida sidqi dildan mehnat qilishga taayyorlaydi.

Yüklə 28,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin