Kirish I. Bob. O’rta osiyoning antik davri arxeologik yodgorliklari


Antik davrining tarixiy o’lkashunoslikni o’rganishdagitutgan o’rni



Yüklə 50,36 Kb.
səhifə11/12
tarix16.06.2022
ölçüsü50,36 Kb.
#61629
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
66 77=0000WORD.

2.2. Antik davrining tarixiy o’lkashunoslikni o’rganishdagitutgan o’rni.
Tarixiy o`lkashunoslikning rivojlanishi. 1917 yilga qadar o`lkani o`rganish masalasi. Rus olimi M. V. Lomonosov o`z o`lkasini mukammal o`rganish maqsadida 1761 yili 30 savoldan iborat javob varaqasi tuzib, aholi o`rtasida tarqatgan edi. Ayni vaqtda bu bilan o`lkashunoslik faniga asos solingandi. O`lkani o`nganish masalasi O`rta Osiyo, shu jumladan O`zbekiston hududida Rossiyadan anchagina keyinroq, ya`mi XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlanadi. Rus olimlari O`rta Osiyoning chorizm tarafidan bosib oliiishidan ancha ilgari bu o`lkani o`rganishbo`yicha bir qancha ishlar qilgan edilar. Biroq, XIX asrning birinchi yarmidagi o`lkani o`rganish, ya`ni mahalliy tarixchilik ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotdagi biqiqliqka mos bo`lib, feodal tuzum manfaatlari uchun xizmat qilar edi. Tarix fanidan feodal sinfining manfaatlari, xonlar va ular sulola-sining taxtga egaligi va «odilligi»ni mafkuraviy jihatdan asoslash uchun foydalanib kelindi. Saroy tarixchilari o`zlarining asosiy e`tiborlarini siyosiy voqeliklarni xonlarning faoliyati va o`z raqiblari ustidan qozongan g`alabalarini ko`klarga ko`tarib maq-tash, saroydagi an`analarni tasvirlashga qaratdilar. CHunki zamon o`zi shunaqa edi. Natijada bu davr tarixchiligining mavzui jahon tarixchiligi mavzusidan bir qadar ajralib qoldi. X—XV asrlardagi mahalliy tarixchilar Muhammad Narshaxiy, Tabariy, Rashididdin, Nizomiddin Jomiy, Abulg`ozixon va boshqalarning asarlari o`zining mazmundorligi, faktik materialga boyligi bilan bu davrda yozilgan tarixiy asarlardan sezilarli darajada ajralib turadi. SHarqshunos A. A. Romaskevich Rashididdinning «Jome ut-tavorix» nomli asari ustida so`z yuritar ekan, haqli ravishda bu asar o`zining mazmuni va hajmi jihatidan muhimligini ko`rsatib, biz bu asardan keyin eron tarixchiligida voqealarni bu xilda bayon qilish uchun bo`lgan intilishni ko`rmaymiz, deb yozgan edi. Bu O`rta Osiyo tarixchiligiga ham xos narsa edi. SHunday qilib, XIX asrning birinchi yarmida tarix fani ham, boshqa fanlar singari, hukmron sinfning manfaati uchun xizmat qildi. XIX asrning 30-yillarida Buxoro saroy tarixchisi Muhammad YOqub yozgan «Gulshan ul-muluk» nomli asar o`sha davr tarixiy manbalaridan biri hisoblanadi. Bu asar fors-tojik tilida yozilgan bo`lib, unda qadimgi zamonlardan to XIX asrning 30- yillarigacha bo`lgan Buxoro amirligidagi siyosiy voqealar bayoni beriladi. Asarda saroy voqeliklari, xukmron sinflar tarixi, o`zaro urushlar, unda erishilgan g`alabalar, xonlikning keyingi sulolasining genealogiyasi (nasabnomasi) ifodalanib, jamiyatning rivojlanishida asosiy kuch bo`lgan xalq ommasining ahvoli, uning tilak-orzulari, xalq harakatlari va bu harakatning tub mohiyatini yoritishga bo`lgan intilishni deyarli ko`rmaymiz. Yana o`sha davrda fors-tojik tilida yozilgan ikkinchi manba Buxoro saroy tarixchisi Muhammad Mir Olimning «Tarixi amir Nasrullo» nomli asaridir. Bu asar Buxoro amiri Nasrulloning (1826—1860) topshirig`i bilan yozilgan. Asar XVIII asrning ikkinchi yarmida Buxoro amirligida yuz bergan siyosiy voqealarni, ichki va tashqi voqeliklarni tasvirlash bilan boshlanib, amir Nasrulloning hokimiyatga kelishi, uning dastlabki yillardagi davlatni boshqarishda tutgan siyosati bilan tugallanadi. Asarda Buxoro amirligidagi 1821 — 1825 yillarda bo`lib o`tgan xitoy-qipchoqlar qo`zg`oloni va uning bostirilishi haqida so`zlanadi. Ammo asarda qo`zg`olontshg asosiy sabablari va mohiyati ochib berilmagan, bu tabiiy hol bo`lib, saroy tarixchisidan buni kutish mumkin emas edi. YAna shu yo`nalishda yozilgan tarixiy manbalardan biri mulla Ibodulla va mulla Muhammad SHariflar tomonidan fors-tojik tilida yaratilgan «Tarixi amir Haydar» nomli asardir. Asarda ashtarxoniylar bilan mang`itlar sulolasi tarixi, amir Haydarning otasi amir SHoh murodning tug`ilishidan boshlab, to amir Haydar-ning o`limi (1826) gacha Buxoro amirligida bo`lib o`tgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy voqealarga to`xtalib o`tilgan. SHu bilan birga, asarda 1820 yilda A. F. Negri boshliq Rossiyadan Buxoroga yuborilgan elchilik tashrifi to`g`risida xam ma`lumotlar berilgan'. Muhdmmad SHarifning xuddi o`sha davrni aks ettiruvchi «Toj ut-tavorix»—(«Tarixlar toji») nomli asarida mang`itlar nasabnomasi, turkiy va Mo`g`ul qabilalari, CHingizxon, uning avlod-ajdodlari, shayboniylar, ashtarxoniylar sulolasining tarixi beriladi. Umuman, asar ashtarxoniylar, ayniqsa mang`itlar sulolasi vaqtida Buxoro amirligidagi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy voqeliklarni o`rganishda muhim rol’ o`ynaydi. XIX asrning 40-yillarida yozilgan yirik tarixiy manbalardan biri Muhammad Hakimxon to`raning «Muntaxab VI• takorix» nomli asaridir. Asarda XVIII asrning 70 millaridan to Qo`qon xoni Umarxonning vafoti (1822), undan so`ng taxtga o`tirgan Madalixongacha bo`lgan davrdagi Qo`qon xonligi tarixiga doir siyosiy voqealar tasvirlagan. Hakimxon to`ra xon bilan birga yurib, XIX asrning birinchi choragidagi voqealarga aralashadi. U saroydagi fisq-fujur, viloyaxlardagi siyosiy tortishuvlar, xonlikning tashqi va ichki siyosatini, Buxoro amirligidagi siyosiy hodisalarni o`z ko`zi bilan ko`rib, ularni o`z asarida aks ettirgan. Ashtarxoniylardan so`ng taxtga o`tirgan o`zbeklarning ming sulolasi haqida, Umarxonning hukmronlik qilgan (1810—1822) vaqtdagi siyosiy voqealar aniq va izchillik bilan ifodalangan. Asarning qimmati shundaki, Rossiyaning O`rta Osiyoga nisbatan tutgan siyosati va o`sha vaqtdan O`rta Osiyoliklarning Rossiyaga bergan bahosini aniqlashda u muhim o`rin tutadi, chunki muallif Rossiyada bo`lib, u erdagi hayot bilan bevosita tanishgan, Rossiya bilan bog`lanish masalasida ilg`or fikrlarni bayon qilgan. Muallif o`z asarida 1821 — 1825 yillarda Buxoroda bo`lib o`tgan xitoy-qipchoqlar qo`zg`olonida qatnashganlarni «xoin kishilar» deb qoralaydi. Bu esa muallif tutgan yo`lni yaqqol ko`rsatib turibdi. Qo`qon xonligi tarixiga oid manbalardan biri mulla Avaz Muhammadning fors-tojik tilida yozilgan «Tarix jahonnumai» asari bo`lib, o`z ko`zi bilan ko`rganlarining bayoni xamda tarixiy manbalar asosida yozilgan ikki kitob va geografik qo`shimchadan iborat. Asarning birinchi qismida insonning paydo bo`lishidan boshlab, to XVI asrgacha bo`lgan hukmdorlar tarixi berilgan.Asarning ikkinchi qismida Qo`qon xoni Olimxon (1798-1810) va Umarxon (1810-1822) hukmronligi davri siyosati to`liq berilgan. Asarda Buxoro amirining xitoy-qipchoqlar va qoraqalpoq xalqlariga nisbatan tutgan siyosati, Qo`qon xonligi bilan Buxoro amirligi o`rtasidagi munosabatlar, rus askarlari tomonidan Samarqand va Kattaqo`rg`on erlarining bosib olinishi, yo`l va imoratlar qurilishi, ayrim voqealarning sanalari va h. k. lar berilgan. SHu bilan birga, asarda 1842 yili Qo`qonda ko`tarilgan xo`ja qalandar' boshchiligidagi qo`zg`olon, 1847 yilda Toshkent hokimiga qarshi ko`tarilgan harakat kabi muhim voqealar xaqida ham so`z boradi. Asarda keltirilgan bu dalillar tarixni o`rganish uchun muhimdir. Biroq bu xildagi asarlar o`sha davr hukmron feodal sinf mafkurasi ruhida yozilgan bo`lib, unga tanqidiy ko`z bilan qarash talab qilinadi. Qo`qon xonligi tarixchiligida Mulla Niyoz Muhammadning «Tarixi SHohruhiy» degan asari ham diqqatga sazovordir. Muallifning bu asari Qo`qon xonligining XVIII va XIX asrning 70-yillarigacha bo`lgan tarixiga oid muhim ma`lumot beradi. Bu ma`lumotlar shu davr tadqiqotchilari uchun juda qimmatlidir.
Toshkentdagi qoryog`di mahallalik Muhammad Solih Qoraxo`ja o`g`lining 1880—1885 yillar orasida yozgan «Tarixi jadida-i Toshkand» («Toshkentning yangi tarixi») nomli 1200 betdan iborat asari ham juda muhim ahamiyatga ega bo`lib, u O`rta Osiyoda o`tgan uch xonlikda yozilgan tarixiy asarlardan birmuncha farq qiladi. Asar fors-tojik tilida yozilgan. U hukmdorlar o`rtasidagi urushlar tarixidan iborat bo`lib, ikkinchi qismi Qo`qon xonligi va Toshkent tarixiga bag`ishlangan. Bunda muallifning yangicha tarix yozish niyatida ish boshlagani va A. Kundan maslahatlar olganligi seziladi. SHuningdek, asarda Qo`qonning siyosiy hayotida ustunlik rolini o`ynagan guruhlar va shaxslar, Toshkentda bo`lib o`tgan siyosiy harakatlar, xalq qo`zg`olonlari, shu qo`zg`olonlarning yo`nalishi va sabablari haqida (bu masala boshqa hech bir asarda bunchalik yoritilmagan) mufassal ma`lumotlar berilgan. Bu asar yangi davr tarixchiligida yangi intilish edi. Asar O`zbekiston Fanlar akademiyasining SHarqshunoslik institutida nodir asarlar qatorida saqlanmoqda. B XIX asrning birinchi yarmida Xiva xonligida yozilgan tarixiy manbalardan eng muhimi Munis va Ogahiylarning asarlari hisoblanadi. Munis (1778—1829) ning otasi Avazbiy mirob Xiva xoni eltuzarga qadar ham, uning hukmronligi vaqti (1804—1806) da ham saroy xizmatida bo`ladi. eltuzarxonning hukmronligi vaqtida Munis saroy xizmatiga kiradi va xonning topshirig`i bilan o`zining «Firdavs ul-iqbol» nomli mashhur tarixiy asarini yozadi. eltuzarxon SHermuhammad Munisga bu asarni Firdavsiyning «SHohnoma» asaridan ustun qilib yaratishni xam uqtiradi. Munis asari o`zbek tilida yanatilgan.Xiva xonligining XVI —XVII asrlardagi tarixining yoritishda Abulg`ozining asarlaridan foydalanadi. Xiva xonligining XVIII asrdagi tarixiga oid voqealarni o`z ko`zi bilan ko`rgan kishilar, ayniqsa, otasining bergan ma`lumotlari asosida ezadi. XVIII asrning ikkinchi yarmidagi eng muhim voqealarni, 1812 yilgacha bo`lgan tarixiy voqealarni tasvirlash paytida unga xon tomonidan boshqa vazifa, ya`ni Mirxondning mashhur asari «Ravzat us-safo»ni fors tilidan o`zbek tiliga tarjima qilish topshiriladi. Munis bu asarning birinchi kitobini tamomlab, ikkinchisini yozayotgan vaqtida to`satdan vafot etadi. SHunday qilib, u qo`lyozmaning tarjimasini ham, o`z asarini ham tamomlay olmaydi. Muhammad Rizo Ogahiy (1809 — 1864) Xiva xoni Olloquli (1825 — 1842) ning topshirig`i bilan asarni davom ettirib, 1827 yillargacha bo`lgan voqealarni yozadi. So`ngra u 1826—1842 yillardagi voqealar yoritilgan «Riyoz ud-davla», 1842 — 1845 yillardagi tarixiy voqealar yoritilgan «Zubdat ut-tavorix», 1846—1855 yillardagi voqealar yoritilgan «Jomi`ul-voqeoti sultoniy», 1856—1865 yillardagi voqealar yoritilgan «Gulshan davlat» nomli asarlarni yozadi. Ogahiy «SHohidi iqbol» nomli beshinchi asarini Xiva xoni Muhammad Rahimxon davri (1865 —1910)ga bag`ishlaydi. Ammo bu asar tamomlanmay, 1872 yili voqealari bilan tugaydi. Munis va Ogahiylar saroy tarixchilari bo`lsalarda, ularning asarlari o`zining dalillarga boyligi, xronologik izchilligi, o`zida aks ettirilgan siyosiy voqealarning to`liq bayoni jihatdan o`sha davrdagi Buxoro va Qo`qon saroy tarixchilaridan birmuncha yuqori turadi. Xiva saroy tarixchiligi va xususan| Munis, Ogahiy asarlaridagi bu xususiyatni o`z vaqtida V. V. Bartol’d h,am «Istoriya kul’turnoy jizni Turkestana» degan asarida ta`kidlab: «Munis va Ogahiyning kitoblari adabiy va tarixiy asar sifatida kamchiliklariga qaramay, bayon qilishning to`liqligi va daliliy Ma`lumotlarning soni jihatidan bizgacha etib kelgan Buxoro va Qo`qon xonliklari tarixi bo`yicha bitilgan asarlarni «orqada qoldiradi», deb yozgan edi.|

Xulosa.
Xulosa qilib shuni qayd etish kerakki, O’rta Osiyo antik davrda shahar madaniyatining uzluksiz rivojlanishi jarayoniga tortilgan bo’lib, bu yerda Qadimgi Sharq sivilizatsiyasiga xos mahalliy shahar qurilishi an’analari shakllanadi. Me’morchiligida mudofaa inshootlari, diniy va dunyoviy monumental inshootlarning paydo bo’lishi shahar madaniyati taraqqiyotini belgilab beradi. Moddiy madaniyatning barcha jabhalarida originallik, amaliy va tasviriy asarlarida yuksak did va mahorat ruhi antik madaniyatni mazmun va mohiyatini belgilab beradi, XIX asrning birinchi yarmida mahalliy tarixchilar tomonidan yaratilgan tarixiy asarlar mamlakatning xo`jaligi, iqtisodiy munosabatlar, sinfiy kurash, xalq xarakatlari va siyosiy voqealarning ijtimoiy-iqtisodiy ildizlarini ochib bera olmagan bo`lsa ham, tarixchilarimiz o`lkani o`rganishda, solnomalar tuzishda, etnografik va toponimik materiallar to`plashda bu nodir asarlardan, tanqidiy nuqtai nazardan qarab foydalanishlari mumkin. Bu asarlar shuning uchun ham 1917 yilga qadar o`lka tarixini o`rganishda juda qo`l keladi. runki ularning mualliflari bevosita o`sha davrda yashatan, ro`y berayotgan voqea va xodisalarpi o`z ko`zlari bilan ko`rgan, shuningdek ularni oldingi davr voqealari bilan qiyoslagan. SHu nuqtai nazardan bu asarlar muhim ahamiyat kasb etadi.



Yüklə 50,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin