O‘ZBEKISTONDA
FANLARARO
INNOVATSIYALAR
VA
13-
SON
ILMIY
TADQIQOTLAR
JURNALI
20.11.2022
684
TURKISTONDA MUSTAMLAKA AGRAR SIYOSATI VA UNING MEYORIY-
HUQUQIY ASOSLARINI YARATILISHI (1870-1900 YILLAR)
Sulaymanov Qurbon
Farg'ona davlat universiteti Tarix fanlar nomzodi, dotsent
Xoshimova Mohira
Farg'ona davlat universiteti 2-kurs magistranti
Annotatsiya:
1870-1900 yillarda Oʻrta Osiyoda agrar siyosatga nisbatan aniq
ishlab chiqilgan siyosat yoʻq edi. Ba'zan yerdan foydalanishda kichik o'zgarishlar, yer
bilan ikkilamchi munosabatlar to'g'risidagi qoidalar va qarorlar bo'lgan, ammo aniq
rejali ishlar amalga oshirilmagan. Ushbu maqola Turkistonda mustamlaka agrar siyosati
va uning meyoriy-huquqiy asoslarini yaratilishi (1870-1900) haqida so'z yuritiladi.
Kalit so'zlar:
Turkiston, agrar siyosat, yer-xo'jaligi , iqtisodiyot, mustamlaka
ma’mutiyati.
KIRISH
Ma'lumki 1870-1900 yillarda mustamlaka hukumati Turkistonda agrar islohot
oʻtkazish uchun shoshilinch choralar koʻra boshladi. Sharqda
agrar masala nafaqat
iqtisodiy va ijtimoiy, balki siyosiy ahamiyatga ega bo'lgan asosiy masala edi.
ASOSIY QISM
Turkiston o`lkasini iqtisodini mustamlaka hukumat manfaatlariga to`la
bo`ysundirishda bu yerda paxta yakka hokimligini o`rnatish muhim ahamiyat kasb etar
edi. Shuning uchun ham mustamlaka ma`muriyati agrar soha bilan izchil shug’ullana
boshladi. Turkistondagi agrar siyosatni bosh maqsadi va asosiy yo`nalishlarini
asosiy
maqsadi shunday ifodalanadi. “ Bu markaziy masalada uch ko`rinish mavjud. Agar
birinchisida yarqirab turgan yozuv “Pochta” bo`lsa, ikkinchisida “Sug’orish” va nihoyat,
uchinchisida uncha ko`zga tashlanib turmagan bo`lsa ham,
aslida hammasidan muhimi
– “dehqonlarni ko`chirib keltirib o`rnashtirish” yozuvi turibdi”. Rossiya yer tuzilishi va
yer ishlari boshqaruvchisi (1870-1900), agrar islohot sohasida P.A.Stolipinning eng
yaqin xodimi bo`lgan A.V.Krivoshein o`z fikrlarini
aniq dalillashga urinib, masalani
dastlabki iqtisodiy tomoniga urg’u beradi. “Bizning ichki bozorimizga so`nggi
yigirma
yil ichida Amerika paxtasi uchun faqat boj tariqasida yetti yuz million rubl’ to`lashga
to`g’ri keldi. 1900 yildan buyon esa yiliga qiriq million to`lab kelmoqdamiz.
Turkistonni Rossiya imperiyasi uchun bebaho boyliklar makoni ekanligi, ya`ni
masalani sof iqtisodiy tomoniga mamuriyat jiddiy e`tibor qaratgan edi”.
Yerning
kimga tegishliligi, mulk shakllari davlatning ichki va tashqi siyosatini
belgilab berdi. Turkiston o’lkasini boshqarish to’g’risidagi nizomda “Turkiston oʻlkasi
yer xoʻjaligi” deb nomlangan maxsus boʻlim boʻlib, mamlakatdagi yer-xoʻjalik
munosabatlarini butunlay oʻzgartirdi.